30.10.2017 yildagi 878-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilari va ularning trenerlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3196-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek sportchi va trenerlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ularning salomatligini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlariga toʻlanadigan umrbod oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlagan trenerlarga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, bir martalik pul mukofotlari nufuzli xalqaro sport musobaqalarida 2018-yil 1-yanvardan boshlab yuksak natijalarga erishgan sportchilarning trenerlariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R.D. Kurbanov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 30-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
878-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 878-son qaroriga
1-ILOVA

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlariga toʻlanadigan umrbod oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar uchun umrbod oylik toʻlovlarni (keyingi oʻrinlarda umrbod oylik toʻlovlar deb ataladi) tayinlash, toʻlash, miqdorini oshirish va toʻlashni toʻxtatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Umrbod oylik toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor sportchilarga (keyingi oʻrinlarda sportchi deb ataladi) toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sportchilarga toʻlanadigan umrbod oylik toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) taqdimnomasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Umrbod oylik toʻlovlarini tayinlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Umrbod oylik toʻlovni olish uchun sportchilar har yili 1-dekabrga qadar quyidagi hujjatlarni Vazirlikka taqdim etadi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shakldagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchining pasporti nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib yoki sovrindor boʻlganini tasdiqlovchi diplom nusxasi (diplom boʻlmagan taqdirda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, Xalqaro paralimpiya qoʻmitasining tasdiqlovchi hujjati).
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlik Nizomning 4-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni uch kun ichida oʻrganib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sportchilarga umrbod oylik toʻlovlar tayinlash toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarga umrbod oylik toʻlovlarni tayinlash toʻgʻrisida farmoyishi qabul qilingandan soʻng Vazirlik sportchiga bir kun ichida bu haqida yozma ravishda maʼlum qiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Umrbod oylik toʻlov tayinlangan sportchining familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, doimiy yashash manzili oʻzgargan taqdirda, sportchi bu haqida 10 kun muddatda Vazirlikka yozma ravishda xabar berishi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Umrbod oylik toʻlovlarni toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Umrbod oylik toʻlov Vazirlik tomonidan sportchiga quyidagi miqdorda toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltin medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kumush medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bronza medali uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Umrbod oylik toʻlovlar jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan daromad soligʻisiz amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sportchilar uchun toʻlanadigan umrbod oylik toʻlovlar Vazirlikka Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Umrbod oylik toʻlovning miqdorini oshirish yoki uni toʻlashni toʻxtatish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida sovrindor boʻlganligi uchun umrbod oylik toʻlovlar tayinlangan sportchilar kelgusi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib boʻlgan taqdirda yoki Xalqaro olimpiya qoʻmitasi va Xalqaro paralimpiya qoʻmitasining qaroriga muvofiq gʻolib va sovrindor deb topilganda, umrbod oylik toʻlov oshirilgan miqdorda ushbu Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan tartibga muvofiq qayta tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilar umrbod oylik toʻlov toʻxtatilishiga asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umrbod oylik toʻlov oladigan sportchi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqarilganda yoki sport musobaqalarida boshqa davlat nomidan ishtirok etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Butunjahon antidoping tashkiloti (WADA) tomonidan taqiqlangan dori vositalari qoʻllagani aniqlanib, Olimpiya va Paralimpiya gʻolib va sovrindorligidan mahrum etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud qaroriga muvofiq ozodlikdan mahrum etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchi vafot etganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umrbod oylik toʻlovlar toʻxtatilishi sportchiga avval toʻlangan toʻlovlarni qaytarib olinishiga asos boʻlmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sportchiga umrbod oylik toʻlov miqdorining oshirilishi yoki toʻxtatilishi Vazirlikning taqdimnomasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Umrbod oylik toʻlovlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlarini maqsadli ishlatilishi va toʻgʻri toʻlanishi boʻyicha nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlariga toʻlanadigan umrbod oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Shakl‎

‎‎‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri

‎‎____________________________________ga (familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎___________________________________, (ariza beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎manzil boʻyicha yashovchi: ___________________

‎‎_____________________________________; (viloyati (shahar), koʻchasi, uy va xonadon raqami)

‎‎______________________________________ (shaxsini tasdiqlovchi hujjat)

‎‎_____________________________________ (pasport seriyasi, raqami, berilgan sanasi, kim tomonidan berilgan)

‎‎ARIZA

‎‎Menga Olimpiya (Paralimpiya) oʻyinlarida gʻolib va sovrindor sportchi boʻlganim uchun umrbod oylik toʻlov belgilangan tartibda tayinlanishi masalasini koʻrib chiqishingizni soʻrayman.
‎‎20__ yil ____ ______________________

‎‎____________________________ (ariza beruvchining imzosi)

‎‎Ariza qabul qilingan 20__ yil ____ __________________

‎‎________________________________________________ (hujjatni qabul qilib olgan mutaxassis imzosi)

‎‎Roʻyxat raqami____________________

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 878-son qaroriga
2-ILOVA

Yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlagan trenerlarga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotlarini berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Parosiyo oʻyinlarida hamda Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiruvchi sport turlari boʻyicha jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlarni (keyingi oʻrinlarda trenerlar deb ataladi) bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Trenerlarni bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik — deb ataladi) taqdimnomasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Trenerlarni bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish xarajatlari Vazirlik Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bir martalik pul mukofotlarining miqdori va ularni toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltin medal — 20 000 AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kumush medal — 15 000 AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bronza medal — 10 000 AQSH dollari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiruvchi sport turlari boʻyicha jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltin medal — 6 000 AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kumush medal — 3 000 AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bronza medal — 1 500 AQSH dollari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Osiyo va Parosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltin medal — 2 500 AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kumush medal — 1 500 AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bronza medal — 1 000 AQSH dollari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sport turlari boʻyicha federatsiyalar va uyushmalar Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Parosiyo oʻyinlarida hamda Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiruvchi sport turlari boʻyicha jahon chempionatlari yakunlangandan soʻng uch kun ichida mazkur nufuzli xalqaro sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar roʻyxatini Vazirlikka taqdim etadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik sport turlari boʻyicha federatsiyalar va uyushmalar tomonidan taqdim etilgan trenerlar roʻyxatlarini besh kun ichida oʻrganib chiqadi, umumlashtiradi va trenerlarni bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlagan trenerlarni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi farmoyishi qabul qilingandan soʻng Vazirlik, Milliy olimpiya qoʻmitasi bir martalik toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlash uchun chet el valyutasiga ayirboshlash uchun vakolatli bankka oʻtkazib beradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vakolatli bank oʻrnatilgan tartibda belgilangan bir martalik pul mukofotlarini gʻolib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlarga Vazirlik va Milliy olimpiya qoʻmitasi taqdim etgan tegishli hujjatlarga asosan AQSH dollarida talab qilib olguncha omonat (depozit) hisobvaragʻiga oʻtkazadi va omonat daftarchasini rasmiylashtirib beradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Trenerlarga toʻlangan bir martalik pul mukofotlari jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan daromad soligʻisiz amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Trenerlarga bir martalik pul mukofotlari uchun ajratilgan budjet mablagʻlarini maqsadli ishlatilishi va toʻgʻri toʻlanishi boʻyicha nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 878-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarga (keyingi oʻrinlarda sportchi deb ataladi) sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar ajratish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sportchilar har yili bir marta oʻzlari uchun maqbul boʻlgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga (keyingi oʻrinlarda sanatoriylar deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan sogʻlomlashtirish kursidan bepul oʻtish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sportchilarni sanatoriylarga yuborish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sportchilar sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Yoʻllanmalarni taqsimlash rejasiga muvofiq oʻtadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Yoʻllanmalar olish uchun murojaat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sportchilar keyingi yilga sanatoriyga yoʻllanma olish uchun har yili 1-sentabrgacha Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchining pasport nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlganligini tasdiqlovchi diplom nusxasi (diplom boʻlmagan taqdirda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, Xalqaro paralimpiya qoʻmitasining tasdiqlovchi hujjati).
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi hujjatlar Vazirlikka toʻliq taqdim etilmagan taqdirda sanatoriyga yoʻllanma olish uchun sportchining arizasi qabul qilinmaydi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikka taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq Yoʻllanmalar soʻrab yozilgan arizalarni roʻyxatga olish daftarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yoʻllanma unda koʻrsatilgan muddatda haqiqiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sportchilar salomatligining holatiga yoki boshqa asosli sabablarga koʻra yoʻllanmadan belgilangan muddatda foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan taqdirda, yoʻllanmaning amal qilish muddati tugashidan kamida ikki hafta oldin Vazirlikka murojaat qilib, yoʻllanma muddatiga oʻzgartirish kiritishlari mumkin. Yoʻllanmada koʻrsatilgan muddatlarni kalendar yil mobaynida ikki martadan ortiq muddatga koʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlik salomatlikni tiklash muddati koʻrsatilgan holda ariza bergan sportchilarning roʻyxatini shakllantiradi va har yili 10-sentabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sogʻlomlashtirish yoʻnalishlarini aniqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Vazirlik tomonidan taqdim etilgan roʻyxatni olgandan keyin besh ish kuni mobaynida sportchilarni doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi davolash-profilaktika muassasalariga yuboradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davolash-profilaktika muassasalari taqdim etilgan roʻyxatlar boʻyicha bir oy muddatda gʻolib va sovrindor sportchilarni bepul dispanserizatsiyadan oʻtkazadilar va uning natijalariga koʻra sanatoriyda sogʻlomlashtirishning zarur yoʻnalishini (tashxisi) aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sportchilarning tibbiy kartasida dispanserizatsiyadan oʻtkazish natijalari asosida sanatoriyda sogʻlomlashtirishning zarur yoʻnalishi (tashxisi) va zid koʻrsatmalar (ular mavjud boʻlganda) koʻrsatilgan holda tegishli yozuv qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davolash-profilaktika muassasasi rahbari gʻolib va sovrindor sportchilar dispanserizatsiyadan belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini taʼminlanishi, shuningdek tibbiy va sanatoriy-kurort kartasida sogʻlomlashtirishning zarur yoʻnalishi (tashxisi) toʻgʻrisidagi yozuvlarning toʻgʻriligi, ishonchliligi va haqqoniyligi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davolash-profilaktika muassasasi tibbiy kartadagi yozuv asosida sportchilarning belgilangan shakldagi sanatoriy-kurort kartasini rasmiylashtiradi va ushbu karta yoʻllanma olish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganda, sportchilar salomatligida oʻzgarishlar yuz bergan taqdirda sanatoriy-kurort kartasiga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolash-profilaktika muassasalaridan har yili 25-oktabrgacha dispanserizatsiyadan oʻtgan sportchilarni sogʻlomlashtirish yoʻnalishlari (tashxisini) qayd etilgan roʻyxatni oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, tasarrufida sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalari boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari bilan birgalikda sanatoriylar nomlarini koʻrsatgan holda muassasalar roʻyxatini tuzadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
besh ish kuni mobaynida ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan roʻyxatni Vazirlikka taqdim etadi.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yoʻllanmalarni taqsimlash va ajratish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdim etgan roʻyxat asosida har bir sanatoriy boʻyicha kelgusi yil uchun Yoʻllanmalarni taqsimlash rejasini ishlab chiqadi va sanatoriylarning yuqori tashkilotlari bilan kelishilgan holda 15-noyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlik yoʻllanmalarni taqsimlash rejasi tasdiqlangandan soʻng undan koʻchirmani oʻn ish kuni mobaynida sanatoriylarga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻllanmalar reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur boʻlganda, yoʻllanmalarni taqsimlash rejasiga yil mobaynida asosli sabablardan (tibbiy koʻrsatma, sportchining rad etishi, musobaqa davri va boshqa asosli sabablar) kelib chiqqan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Oʻzgartirish va qoʻshimchalar Vazirlik tomonidan tegishli sanatoriylarning yuqori tashkilotlari bilan kelishilgan holda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Vazirlik har oyning 30 sanasiga qadar gʻolib va sovrindor sportchilarni taklifiga asosan sanatoriylarga yoʻllanmalarni taqsimlash rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan parametrlarini sanatoriylarga yetkazadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yoʻllanmalar bosmaxona usulida bosilgan, tartib raqamiga ega boʻlgan maxsus blankalarda va “Gʻolib va sovrindor sportchilar uchun yoʻllanma” soʻzlari yozilgan tegishli shtamp bilan tasdiqlanadi hamda ularda qaytarma talon boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vazirlik yoʻllanmalarni taqsimlash rejasiga muvofiq har yili 15-yanvargacha sanatoriylar bilan sportchilarni sogʻlomlashtirish boʻyicha shartnomalar tuzadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sanatoriylar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq sanatoriylar sportchilarni qabul qilishni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sanatoriylar bilan tuzilgan shartnomalar shartlari toʻliq bajarilishiga, shuningdek koʻrsatiladigan xizmatlar sifati uchun sanatoriylar rahbarlari shaxsan masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Sanatoriylarga yoʻllanmalar qiymatini moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sportchilarni sanatoriylarda davolash bilan bogʻliq xarajatlar Vazirlikka Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sanatoriylar har oyning 5 sanasigacha oʻtgan oyda sportchilar amalda foydalangan yoʻllanmalardan kelib chiqqan holda bajarilgan ishlar dalolatnomalari va oʻzaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomalarini Vazirlikka taqdim etadi va hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikka taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi va asosliligi uchun sanatoriylar rahbarlari shaxsan masʼuldirlar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Sanatoriylarda yashash va sogʻlomlashtirish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yoʻllanmadan faqat unda koʻrsatilgan sportchilar foydalanishi mumkin. Yoʻllanmaning boshqa shaxsga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sanatoriyga kelgan sportchilarda pasport, sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan sanatoriy-kurort kartasi (tibbiy xulosa) va oʻrnatilgan tartibda berilgan yoʻllanma boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sportchilarga “standart” yotoqxonalardan joy beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sportchilar sanatoriylardagi mavjud qoʻshimcha xizmatlar uchun belgilangan toʻlovlarni oʻz hisobidan amalga oshirgan holda foydalanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Davolanishga kelgan sportchilarga sanatoriy tomonidan yoʻllanmaning qaytish taloni Vazirlikka topshirish uchun beriladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻllanmaning qaytish talonida sportchilarning familiyasi, ismi va otasining ismi, sanatoriyda amalda boʻlgan vaqti koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Sportchilarga berilgan va ular foydalangan yoʻllanmalar boʻyicha hisob-kitob va nazorat Vazirlik tomonidan olib boriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Vazirlik sanatoriy yoʻllanmalarining oʻz vaqtida va maqsadli berilishini taʼminlaydi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mazkur Nizom asosida ajratilgan mablagʻlarni maqsadli ishlatilishi boʻyicha nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Sportchilarni sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yuborish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri

‎‎_______________________________________________ga _______________________________________ da yashovchi ______________________________________________dan

‎‎(ariza beruvchining F.I.O.)

‎‎ARIZA

Menga ________ yil ____________ oyiga _________________________________________ sanatoriy-‎‎sogʻlomlashtirish‎‎

‎‎(sanatoriy nomi)

muassasasiga belgilangan tartibda yoʻllanma ajratishingizni soʻrayman.
‎‎‎‎Arizaga quyidagilarni ilova qilaman:‎
‎‎pasport nusxasi;

‎‎Gʻolib yoki sovrindor sportchi ekanligini tasdiqlovchi diplom nusxasi (diplom ‎boʻlmagan taqdirda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, Xalqaro paralimpiya qoʻmitasining tasdiqlovchi hujjati).

‎‎Murojaat qiluvchining imzosi:_________________
‎‎Sana: 20___ yil “___” _________________________

‎‎Arizani roʻyxatdan oʻtkazuvchi ________________________________________________

‎‎(arizani qabul qilgan shaxsning F.I.O., lavozimi)

‎‎Sana: 20__ yil “___” _______________________________
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻllanma soʻrab yozilgan arizalarni roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAFTARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Sportchining F.I.O.

Doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi

Tibbiy maʼlumotnomaning tartib raqami va sanasi, shuningdek tibbiy maʼlumotnomani bergan muassasasining nomi

Tibbiy maʼlumotnomada koʻrsatilgan sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasasi nomi

Sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasasi nomi, yoʻllanmaning tartib raqami, muddati

Yoʻllanmani bergan masʼul xodimning F.I.O. va imzosi

Yoʻllanmani olgan gʻolib va sovrindor sportchining imzosi

Sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasasiga kelish kuni

Sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasasidan ketish kuni

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2017-y., 09/17/878/0191-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)