Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 24.10.2017 yildagi 867-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami koʻrsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-iyundagi PQ-3071-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, respublika aholisiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami koʻrsatishni yanada rivojlantirish va yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar neyroxirurgiya xizmatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neyroxirurgiya xizmatining normativ-huquqiy bazasini va uning tuzilmasini yanada takomillashtirish, jahon standartlari talablarini hisobga olgan holda neyroxirurgik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy yuqori texnologik davolash-diagnostika uskunalari bilan jihozlangan zamonaviy davolash-diagnostika boʻlimlari va operatsiya bloklarini qurish yoʻli bilan ilgʻor jahon yutuqlari darajasida neyroxirurgik kasalliklar diagnostikasi, ularni davolash va profilaktikasining eng samarali va yuqori texnologik usullaridan respublika aholisining foydalanishini va ehtiyojini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning barcha mintaqalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlagan holda kadrlar salohiyatini mustahkamlash, neyroxirurg vrachlarning oʻz maktabini shakllantirish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neyroxirurgik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash sohasida mamlakatda ilmiy tadqiqotlar doirasini kengaytirish, ularni amaliy sogʻliqni saqlashga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi ixtisosli xorijiy tibbiyot tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, axborotni, toʻplangan tajriba va mutaxassislarni keng almashishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) respublika aholisiga neyroxirurgiya yordami koʻrsatish boʻyicha bosh tibbiyot tashkiloti hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud tibbiyot texnikasi parkini doimiy ravishda yangilash va modernizatsiyalashni taʼminlash, Markazni zamonaviy xalqaro talablar darajasida yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish imkonini beruvchi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish boʻyicha menejment va marketing ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tibbiyot xodimlarining kasbiy darajasini, shu jumladan neyroxirurgik kasalliklar diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullari boʻyicha mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiy taʼlim muassasalari va klinikalarida tajriba orttirishni tashkil etish hisobiga doimiy ravishda oshirish va takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neyroxirurgik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash boʻyicha oʻz ilgʻor usullarimiz va texnologiyalarimizni ishlab chiqish va tibbiyot amaliyotiga joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neyroxirurgik kasalliklarni davolash va ular diagnostikasini doimiy ravishda takomillashtirish va oʻzimizning patentlangan usullarimiz va texnologiyalarimiz xalqaro eʼtirof etilishiga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy ixtisosli tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish, tibbiy yordam koʻrsatishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini ular amaliyotiga joriy etish, mintaqalarda zarur profilaktik ishlar amalga oshirilishiga koʻmaklashish, sayyor konsultatsiyalar, mahorat darslarini muntazamlilik asosida amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami koʻrsatishni yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar (keyingi oʻrinlarda Kompleks chora-tadbirlar deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, Kompleks chora-tadbirlar tadbirlarini amalga oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar “Sogʻliqni saqlash” tarmogʻi boʻyicha nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neyroxirurgiya sohasida tibbiyot tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishning yagona metodik vertikali shakllantirilishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi neyroxirurgiya xizmatining tashkiliy tuzilmasini bir oy muddatda tasdiqlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xorijiy davlatlar, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlarini (qarzlarini) va grantlarini hamda boshqa budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 24-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
867-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 867-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami koʻrsatishni yanada rivojlantirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

Summa

Moliyalash-tirish manbai

Masʼul bajaruvchilar

Amalga oshirish mexanizmi

I. Respublika neyroxirurgiya xizmatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish

1

Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga neyroxirurgiya yordami koʻrsatish tizimida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, neyroxirurgiya yordami koʻrsatishning turli darajalarida barcha tarkibiy boʻlinmalarning oʻzaro hamkorligini taʼminlash..

2018-yil

I chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish.

Sogʻliqni saqlash vazirligining neyroxirurgiya yordami koʻrsatishning barcha bosqichlarida aholiga bunday yordam koʻrsatuvchi davlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi buyrugʻi.

2

Neyroxirurgiya sohasida davolash-diagnostika xizmatlari koʻrsatishning zamonaviy ilmiy asoslangan usullari va texnologiyalarini hisobga olgan holda neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlar diagnostikasi va ularni davolashning standartlarini tasdiqlash.

2018-yil

II chorak

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligining neyroxirurgik kasalliklar diagnostikasi va ularni davolash standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi, shuningdek, neyroxirurgik kasalliklarni barvaqt aniqlash boʻyicha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari uchun klinik protokollar.

Aholiga neyroxirurgiya yordami koʻrsatishni takomillashtirish, bemorlar hayoti sifatini yaxshilash.

3

Neyroxirurgik kasalliklar diagnostikasi va ularni davolashning yangi zamonaviy yuqori texnologik usullarini joriy etishni hisobga olgan holda neyroxirurgiya xizmati tibbiyot tashkilotlari uchun yangi shtat normativlarini tasdiqlash.

2018-yil

II chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlar diagnostikasi va shu jumladan, yuqori texnologik uskunalardan foydalangan holda ularni davolashning zamonaviy usullarini joriy etishni hisobga olgan holda yangi shtat normativlarini tasdiqlash.

4

Neyroxirurgik kasalliklarga chalingan va ularning asoratini boshdan kechirayotgan bemorlarning yagona elektron bazasini yaratish.

2018-2019
yillar

Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlan-tirish vazirligi

Davolash va dinamik kuzatishga ehtiyoj sezuvchi aniqlangan neyroxirurgik patologiyali bemorlarning yagona elektron bazasini ishlab chiqish.

II. Neyroxirurgiya xizmati davlat tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

5

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi binosining qurilishi bitkazilmagan blokini rekonstruksiya qilish, keyinchalik unda poliklinika-diagnostika boʻlimini joylashtirish.

2017-2018
yillar

2017-yil

2018-yil

5,2 mlrd soʻm

shu jumladan:

3,0 mlrd soʻm

2,2 mlrd soʻm

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Budjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi)

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Toshkent shahri hokimligi

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash va yangilash.

Neyroxirurgik kasalliklarga chalingan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish shart-shartlarini yaxshilash va sifatini oshirish.

6

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bugʻ qozonini qurish, unda yangi isitish uskunasini oʻrnatish.

2018-yil

2,0 mlrd soʻm

Jamgʻarma mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. Isitish uskunasini xarid qilish va oʻrnatish.

Neyroxirurgik kasalliklarga chalingan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish shartlarini yaxshilash va sifatini oshirish.

7

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini, tibbiyot oliy taʼlim muassasalari klinikalarini va koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining neyroxirurgiya boʻlimlarini, shu jumladan, bolalar boʻlimlarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash.

2019 — 2022-yillar

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

28,0 mln
AQSh dollari

shu jumladan:

3,0 mln
AQSh dollari

5,0 mln
AQSh dollari

10,0 mln
AQSh dollari

10,0 mln
AQSh dollari

Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va

Toshkent shahri hokimliklari

Zamonaviy yuqori texnologik davolash-diagnostika uskunalaridan foydalangan holda neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlar diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini joriy etish. Aholiga tibbiy yordam koʻrsatish sifati va hajmlarini oshirish.

8

Aholiga neyroxirugiya yordami koʻrsatuvchi davlat tibbiyot tashkilotlarini neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlarni operatsiya qilish va davolashda foydalaniladigan tibbiy buyumlar bilan taʼminlash.

2017 — 2021-yillar

15 mln
AQSh dollari

Jamgʻarma mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

Sogʻliqni saqlash vazirligining aholiga neyroxirugiya yordami koʻrsatuvchi davlat tibbiyot tashkilotlari orasida tibbiy buyumlarni taqsimlash boʻyicha buyrugʻi. Tibbiy buyumlarga boʻlgan ehtiyojni 11 foizdan 90 foizgacha koʻpaytirish.

Davolashning barcha bosqichlarida neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash samaradorligi va sifatini oshirish. Bemorlarning hayoti sifatini yaxshilash va uzoq umr koʻrishishiga erishish.

III. Kadrlar salohiyatini mustahkamlash, yetakchi xalqaro tibbiyot markazlari bilan keng hamkorlik qilish

9

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida neyroxirurgiya va neyroxirurglar uchun malaka oshirish kurslari boʻyicha klinik ordinatura tashkil etish yoʻli bilan neyroxirurgiya xizmatining kadrlar salohiyatini (har yili 114 nafar vrach) yanada mustahkamlash, shuningdek, xirurg ixtisosligidagi vrachlarni neyroxirurg vrachlar etib qayta tayyorlash.

2017 — 2021-yillar

526,7
mln soʻm

Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti,

Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Neyroxirurglarning malakasini oshirish va xirurg ixtisosligi vrachlarini neyroxirurg vrachlar etib qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. Neyroxirurgiya mutaxassisligi boʻyicha klinik ordinaturaning oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish.

10

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hamda ular filiallari vrachlarining xorijiy mamlakatlarning yetakchi klinikalarida “neyroxirurgiya” va “intervension neyroradiologiya” mutaxassisliklari boʻyicha qisqa muddatli va uzoq muddatli malaka oshirish kurslaridan oʻtishi.

2017 — 2021-yillar

80,0 ming
AQSh dollari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti,

Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Yetakchi xorijiy klinikalar va markazlar bilan tuzilgan shartnomalar va bitimlar boʻyicha mutaxassislarni ularga yuborish.

Neyroxirurgiya xizmatini tashkil etish, neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlar diagnostikasi va ularni davolashning yangi usullarini joriy etish masalalarida xalqaro tajribani oʻrganish.

11

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (har yili 40 nafar tibbiyot hamshirasi, neyroxirurgiya boʻlimlarining 5 nafar laboranti) va respublika oʻrta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish markazi negizida har yili neyroxirurgiya boʻlimlari tibbiyot hamshiralari va laborantlarining malakasini oshirish.

2017 — 2021-yillar

160,9mln soʻm

Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,

Respublika oʻrta tibbiyot xodimlari malakasin oshirish markazi.

Taʼlimning modul tamoyiliga asoslangan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

Neyroxirurgiya boʻlimlari uchun yuqori malakali tibbiyot hamshiralari va laborantlar tayyorlash.

12

Aholiga amaliy tibbiy yordam koʻrsatgan holda Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarining respublika mintaqalarida neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlar diagnostikasi va ularni davolashning yangi usullarini joriy etish boʻyicha neyroxirurg vrachlar uchun mahorat darslarini tashkil etish.

2017 — 2021-yillar

Bajaruvchilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va

Toshkent shahri hokimliklari

Mahorat darslari dasturlarini ishlab chiqish va yangilarini tasdiqlash.

Mintaqaviy darajada neyroxirurgik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullari boʻyicha neyroxirurg vrachlarning bilimlarini va malakasini hamda amaliy koʻnikmalarini oshirish.

13

Yetakchi xorijiy tibbiyot markazlari va klinikalari bilan sheriklikni mustahkamlash yoʻli bilan ilmiy ishlanmalarning zamonaviy jahon tajribasini mahalliy neyroxirurgiya amaliyotiga joriy etish. Xorijiy mamlakatlarning yetakchi neyroxirurgiya klinikalari mutaxassislari ishtirokida neyroxirurgiya boʻyicha ilmiy konferensiyalar, treninglar va mahorat darslarini tashkil etish va oʻtkazish.

2017 —2021-yillar

Bajaruvchilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,

Oʻzbekiston neyroxirurg vrachlar assotsiatsiyasi

Yetakchi xorijiy institutlar va klinikalar bilan shartnomalar tuzish.

Jahon tajribasidan foydalangan holda neyroxirurgik kasalliklar diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini joriy etish.

IV. Neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash sifatini oshirish

14

Rejali neyroxirurgiya yordami koʻrsatishning 3-darajali tizimini tashkil etish, operatsiya qilishning murakkabligiga qarab mijozlarni ushbu darajalar oʻrtasida qayta taqsimlash.

2017 — 2021-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi.

Tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnika bazasidan oqilona foydalanish va malakali neyroxirurgiya yordami olishning barcha bosqichlarida aholining ulardan foydalanishini yaxshilash imkonini beruvchi darajali tizimni joriy etish.

15

Respublikaning davlat tibbiyot tashkilotlarida neyroxirurgik kasalliklarni barvaqt aniqlash skriningini joriy etish.

2019 —2021-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va

Toshkent shahri hokimliklari

Skrining tizimini optimallashtirish va neyroxirurgik kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini vrachlari uchun mavzuli seminarlar oʻtkazish. Yuqori malakali tibbiy yordam bergan holda kasallik rivojlanishining ilk bosqichlarida respublika aholisi orasida neyroxirurgik kasalliklarga chalinish xavfi boʻlgan guruhni aniqlash.

16

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazm, Toshkent, Navoiy va Namangan viloyatlarining viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida neyroxirurgiya boʻlimlarini (15 oʻrinli) tashkil etish.

2018 — 2021-yillar

Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Jizzax,

Sirdaryo, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazm, Toshkent, Navoiy va Namangan viloyatlari hokimliklari

Bolalarning malakali neyroxirurgiya yordamidan foydalanishini yaxshilash.

17

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida asab tizimining yurak-qon tomir patologiyasi boʻlimini tashkil etish yoʻli bilan insultlar profilaktikasi, barvaqt tashxis qoʻyish va davolashni takomillashtirish.

2018-yil

Bajaruvchining mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Bosh miya tomir patologiyasi bilan ogʻrigan mijozlar diagnostikasini optimallashtirish, davolashni yaxshilash. Aholiga neyroxirurgiya yordami koʻrsatishni takomillashtirish, mijozlar hayoti sifatini yaxshilash.

18

Ambulatoriyada davolanadigan neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlarning vrach qabuliga yozilishining elektron tizimini yaratish.

2018-2019-yillar

Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Bemorlarning vrach qabuliga yozilishining yagona elektron tizimini yaratish yoʻli bilan neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlarga maslahat berishni optimallashtirish.

19

Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlarining koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida bosh miyaning tomir kasalliklariga chalingan bemorlarni davolashning endovaskulyar usullarini joriy etish.

2019 — 2021-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Bosh miya tomir patologiyasi bilan ogʻrigan mijozlar diagnostikasini, davolashni optimallashtirishni yaxshilash.

20

Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasida tumanlararo neyroxirurgiya boʻlimini tashkil etish.

2018-yil

Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliyavazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Respublikaning chekka tumanlarida malakali neyroxirurgiya yordamidan foydalanishni oshirish.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kompleks chora-tadbirlar dasturlarini amalga oshirishga jami sarf-xarajatlar:

7,88 mlrd soʻm va 43,08 mln AQSh dollari

ulardan:

mlrd soʻm

mln AQSh dollari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

0,69

0,08

davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari

7,19

15,00

xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar mablagʻlari va grantlari

28,00

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Moliyalashtirishning uzil-kesil hajmlari loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin aniqlanadi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2017-y., 09/17/867/0170-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)