11.10.2017 yildagi 814-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli va masofaviy bojxona nazorati tizimlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son Farmoniga muvofiq, fuqarolarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish sharoitlarini jahon standartlariga muvofiqligini taʼminlash, bojxona rasmiyatchiligini soddalashtirish, nazoratning samarali usullarini qoʻllash, shuningdek, turizmni rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli va masofaviy bojxona nazorati tizimlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki yoʻlakli tizim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlarining uchib kelish yoʻnalishida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro temir yoʻl qatnovlari boshlanish yoki soʻnggi nuqtasida bojxona nazorati amalga oshiriladigan temir yoʻl vokzallarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakatining intensivligi yuqori boʻlgan (bir yil davomida oʻrtacha bir sutkada ikki ming nafar yoki undan ortiq fuqarolar harakatlanganda) va infratuzilmasi ikki yoʻlakli tizim joriy etish talablariga javob beradigan avtomobil oʻtkazish punktlarida joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) masofaviy bojxona nazorati tizimi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlarining uchib ketish yoʻnalishida tatbiq etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro aeroportlarda ikki yoʻlakli tizimni ishlashini taʼminlash uchun kerakli infrastruktura ishlari bir oy muddatda oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan hamda Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan shaxslarning safar maqsadi, mamlakati, yoshi va regioni boʻyicha shakllanishini taʼminlaydigan davlat statistika hisoboti shaklini ishlab chiqilsin va amaliyotga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 15-maydagi 97-sonli “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 197-modda) 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 11-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
814-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktabrdagi 814-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli va masofaviy bojxona nazorati tizimlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli va masofaviy bojxona nazorati tizimlarini qoʻllash talablari va tartibini, shuningdek bojxona chegarasi orqali oʻtadigan jismoniy shaxsning bojxona operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida notijorat maqsadlar uchun moʻljallangan tovarlarni deklaratsiyalash shakli sifatida “yashil” yoki “qizil” yoʻlakni tanlash qoidalarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy bojxona nazorati — xalqaro aeroportlar orqali uchib ketayotgan yoʻlovchilarni maxsus ajratilgan joylarda xavfni boshqarish tizimidan foydalangan holda tanlab olish tamoyili asosida hamda masofaviy vizual kuzatuvni amalga oshirish orqali bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazishni taʼminlaydigan tizim;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashil” yoʻlak — kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning koʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni bojxona chegarasidan olib oʻtishi uchun moʻljallangan joy;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-martdagi 235-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 09/18/235/0452-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qizil” yoʻlak — kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni, shuningdek deklaratsiyalanishi jismoniy shaxsning ixtiyoriga koʻra amalga oshiriladigan tovarlarni bojxona chegarasidan olib oʻtishi uchun moʻljallangan joy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joyi — chegara yonidagi bojxona komplekslari va postlari, xalqaro havo yoʻllari (parvozlar) uchun ochiq aeroportlar, Oʻzbekiston Respublikasining chegara va bojxona nazorati amalga oshiriladigan, shuningdek fuqarolar, transport vositalari va tovarlar oʻtkaziladigan Davlat (bojxona) chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida joylashgan temir yoʻl stansiyalari (vokzallar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joylarida ikki yoʻlak tizimiga nisbatan qoʻllaniladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joylarida ikki yoʻlak tizimini qoʻllash uchun kamida bitta “yashil” va “qizil” yoʻlak ajratiladi. Yoʻlaklar umumiy soni bojxona organi tomonidan yoʻlovchilar oqimi va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Har bir yoʻlak tomonga harakatlanish va har bir yoʻlakka kirish yoʻnalishi aniq belgilanishi hamda farqlanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil” yoʻlakka kirish oq fonda yashil rangli sakkiz burchak shaklidagi, shuningdek yashil rangda davlat tili. rus va ingliz tilida “Yashil yo'lak”, “Zelyoniy koridor” va “Green channel”, “Yozma deklaratsiyalanmaydigan tovarlar”, “Tovari, ne podlejashiye pismennomu deklarirovaniyu” va “Nothing to declare” yozuvlari boʻlgan maxsus grafik belgi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qizil” yoʻlakka kirish oq fonda qizil rangli toʻrtburchak shaklidagi, shuningdek davlat tili, rus va ingliz tilida “Qizil yo'lak”, “Krasniy koridor” va “Red channel”, “Yozma deklaratsiyalanadigan tovarlar”, “Tovari podlejashiye pismennomu deklarirovaniyu” va “Goods to declare” yozuvlari boʻlgan maxsus grafik belgi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozuvlar uchun davlat tili, rus va ingliz tilidan tashqari faoliyat koʻrsatadigan hududida bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joyi joylashgan bojxona organlari qoʻllanilishini maqsadga muvofiq deb biladigan boshqa har qanday tildan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Yashil” va “qizil” yoʻlaklarga kirish va ulardan chiqish joylari eni 50 santimetr boʻlgan tegishli rangdagi liniyalar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kirish va chiqish joylarini anglatadigan liniyalar oʻrtasidagi masofa kamida 2 metr boʻlishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Yashil” va “qizil” yoʻlaklar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) avtomobil yoʻllari (piyodalar) va temir yoʻl vokzallarida joylashgan oʻtkazish punktlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona hududiga kirib kelish joylarida — chegara nazoratidan oʻtgandan soʻng;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona hududidan chiqish joylarida — chegara nazoratidan oʻtishdan oldin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xalqaro havo yoʻllari (parvozlar) uchun ochiq aeroportlarda kirib kelishda jismoniy shaxs yoʻlakni tanlashda kuzatib boriladigan bagajga ega boʻlishi uchun bagaj beriladigan joydan soʻng joylashtirilishi zarur.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xalqaro havo yoʻllari (parvozlar) uchun ochiq aeroportlarning bojxona hududidan chiqib ketishda maxsus ajratilgan joylarda vizual kuzatuvni amalga oshirish orqali bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini oʻtkazish imkonini beruvchi masofaviy bojxona nazorati tizimidan foydalanishga ruxsat etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Yashil” va “qizil” yoʻlaklar boshqa yoʻlak orqali oʻtadigan shaxslarni kuzatishni istisno etadigan uslubda ajratilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bojxona organi bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joylarida bevosita ikki yoʻlak tizimi oldida jismoniy shaxslarga bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarni deklaratsiyalash uchun tegishli yoʻlakni ongli ravishda tanlash imkonini beradigan axborot hududini tashkil etishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Axborot hududida jismoniy shaxslarning bojxona chegarasi orqali shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni olib oʻtish masalasi boʻyicha bojxona qonunchiligi va bajarilishini nazorat qilish bojxona organlariga yuklangan boshqa qonunchilikning asosiy qoidalari, ikki yoʻlak tizimini qoʻllash tartibi haqida qisqacha maʼlumotnomalar, shuningdek bojxona qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish joylashtirilishi kerak.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Axborot hududi davlat tili, rus va ingliz tilidagi, shuningdek faoliyat koʻrsatadigan hududida bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joyi joylashgan bojxona organlari qoʻllanilishini maqsadga muvofiq deb biladigan boshqa har qanday tildagi axborot materiallarini oʻz ichiga olgan stendlar, shchitlar, tablo va boshqa qurilmalar bilan jihozlanishi darkor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot hududida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyalari blanklarini toʻldirish joylari, toza blankalar va davlat tili, rus hamda ingliz tilida toʻldirish namunalari boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jismoniy shaxslarning “yashil” yoʻlak orqali oʻtish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Yashil” yoʻlakda tovarlar quyidagi tovarlardan tashqari ogʻzaki deklaratsiyalashtiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib kirish yoki olib chiqish qonunchilikka muvofiq taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymati va (yoki) miqdori respublikaga jismoniy shaxs tomonidan bojxona toʻlovlari solinmaydigan tovarlarni olib kirishning cheklangan normalaridan va respublikadan jismoniy shaxs tomonidan qonunchilikda belgilangan bojxona deklaratsiyasini taqdim etmasdan tovarlarni olib chiqishning cheklangan normalaridan oshib ketgan tovarlar;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma deklaratsiyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va xorijiy valyutadagi olib kirish va olib chiqishga ruxsat etilgan mablagʻlar cheklangan normalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar qoʻl yuki va kuzatib boriladigan bagajda olib oʻtadigan tovarlar unga hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan deklaratsiyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jismoniy shaxsning “yashil” yoʻlakdan oʻtishi bojxona maqsadlari uchun bojxona organiga mazkur shaxsning yozma deklaratsiyalashtiriladigan tovarlari yoʻqligi haqida maʼlum qilish sifatida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda jismoniy shaxslar bojxona qonunchiligi talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jismoniy shaxs “yashil” yoʻlak boʻyicha bojxona chegarasi orqali olib kirish/olib chiqish taqiqlangan yoki cheklangan yoxud qiymati va (yoki) miqdori bojsiz olib kirish normasidan, shuningdek yozma deklaratsiyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va xorijiy valyutadagi olib kirish va olib chiqishga ruxsat etilgan mablagʻlarning cheklangan normasidan ortadigan tovarlarni olib oʻtayotgani gumon qilinganda yoxud bu haqida axborot mavjud boʻlsa, bojxona organining mansabdor shaxsi bunday shaxsga nisbatan bojxona qonunchiligiga rioya etilishini taʼminlaydigan bojxona nazorati shaklini qoʻllash huquqiga ega.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Yashil” yoʻlak orqali oʻtadigan yoki joʻnab ketadigan shaxsda olib kirish yoki olib chiqish taqiqlangan yoki cheklangan, qiymati va (yoki) miqdori bojsiz olib kirish normasidan, shuningdek yozma deklaratsiyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va xorijiy valyutadagi olib kirish va olib chiqishga ruxsat etilgan mablagʻlarning cheklangan normasidan ortadigan tovarlar borligi aniqlangan holatlarda, bunday shaxs Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jismoniy shaxslarning “qizil” yoʻlak orqali oʻtish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Qizil” yoʻlak orqali oʻtadigan jismoniy shaxslar belgilangan tartibda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar qoʻl yuki va kuzatib boriladigan bagajda olib oʻtadigan tovarlar unga hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan deklaratsiyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Bojxona organlari “qizil” yoʻlakda bojxona nazorati shakllarini qoʻllashda tanlash prinsipiga asoslanadi va bojxona qonunchiligiga rioya etilishini taʼminlaydigan bojxona nazorati shakllari bilan cheklanadi. Bojxona nazorati shaklini tanlash bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “Qizil” yoʻlak orqali oʻtadigan jismoniy shaxsda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan, yozma ravishda deklaratsiyalashtirishi shart boʻlgan tovarlar borligi aniqlangan holatlarda, bunday shaxs Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona toʻlovlari solinmaydigan tovarlarni respublikaga olib kirishning cheklangan normalaridan yoki bojxona deklaratsiyasini taqdim etmasdan tovarlarni respublikadan olib chiqib ketishning cheklangan normalaridan oshadigan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda qonunchilikda belgilangan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qoʻllaniladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlarining uchib ketish joyidagi masofaviy bojxona nazorati tizimiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Xalqaro aeroportlarining uchib ketish yoʻnalishida jismoniy shaxslarning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish va ularga bojxona qonunchiligi boʻyicha tushuntirishlar berish uchun yoʻlovchilar harakatiga taʼsir qilmaydigan alohida bojxona rasmiylashtiruvi joyi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona rasmiylashtiruvi joyi davlat tilida, rus va ingliz tillarida “Bojxona”, “Tamojnya” va “Customs” yozuvlari boʻlgan maxsus grafik belgi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Bojxona rasmiylashtiruvi joyi xalqaro aeroportlarning uchib ketish yoʻnalishida yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va bagajni topshirish hamda chegara nazoratidan oʻtish joylari oraligʻidagi hududida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Bojxona nazorati zonasiga kirish va undan chiqish joylari eni 50 santimetr boʻlgan liniyalar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Bojxona nazorati zonasiga kirish joylariga davlat tilida, rus va ingliz tillarida “Bojxona nazorati zonasi”, “Zona tamojennogo kontrolya” va “Customs control zone” yozuvlari boʻlgan maxsus belgilar oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bojxona nazorati zonasiga kirib kelish joylarida bojxona qonunchiligi toʻgʻrisida bevosita jismoniy shaxslar uchun bojxona chegarasi orqali harakatlanganda deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlar toʻgʻrisida zamonaviy axborot hududlari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Axborot hududida masofaviy bojxona nazorati tizimiga oid bojxona qonunchiligi va bajarilishini nazorat qilish bojxona organlariga yuklangan boshqa qonunchilikning asosiy qoidalari, shuningdek, bojxona qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish joylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Axborot hududi davlat tili, rus va ingliz tillaridagi, shuningdek, faoliyat koʻrsatadigan hududida bojxona hududidan chiqib ketish joyi joylashgan bojxona organlari qoʻllanilishini maqsadga muvofiq deb biladigan boshqa har qanday tildagi axborot materiallarini oʻz ichiga olgan stendlar, shchitlar, tablo va boshqa qurilmalar bilan jihozlanishi darkor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot hududida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyalari blanklarini toʻldirish joylari, toza blankalar va davlat tili, rus hamda ingliz tillarida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Jismoniy shaxslarning masofaviy bojxona nazoratidan oʻtishi tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Jismoniy shaxslar va ularning qoʻl yuklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari) xodimlari tomonidan tekshirish orqali nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish davomida qonunchilik hujjatlariga muvofiq olib chiqilishi taqiqlangan, cheklangan yoki olib chiqishning cheklangan normalaridan oshib ketadigan tovarlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy va xorijiy valyuta boyliklari aniqlanganda, tovarlar qonunchilik talablari asosida olib oʻtilayotganligiga aniqlik kiritish maqsadida aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari tomonidan tekshirish jarayoniga bojxona organlari xodimlari taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniqlik kiritish maqsadida oʻtkazilgan bojxona nazoratida noqonuniy tarzda olib chiqib ketilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona organlari tomonidan dastlabki protsessual hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Jismoniy shaxslarning bagajlarini nazorat qilish texnologik sxemalarga muvofiq bojxona organlari va aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari tomonidan alohida yoki hamkorlikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Masofaviy bojxona nazorati tizimi joriy etilgan xalqaro aeroportlarda jismoniy shaxslar va ularning qoʻl yuklari bojxona organlari tomonidan bojxona nazoratidan oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar, ularning qoʻl yuklari va bagajlari quyidagi hollarda bojxona nazoratidan oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona nazoratini oʻtkazish “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi tomonidan buyurilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlarida davlat organlari, shuningdek, xorijiy davlatlar bojxona, boshqa davlat organlari va xalqaro tashkilotlardan olingan maʼlumotlar mavjud boʻlganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlariga fuqarolarning bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishiga oid tezkor xabarlari kelib tushganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona nazoratining tegishli shakllarini qoʻllash natijasida jismoniy shaxsning oʻzini tutish harakatlarida qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining yetarlicha alomatlari aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Masofaviy bojxona nazoratidan oʻtishda quyidagi holatlarda tovarlar ogʻzaki deklaratsiyalanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq olib chiqilishi taqiqlanmagan va (yoki) cheklovlar belgilanmagan tovarlar olib oʻtilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymati va (yoki) miqdori respublikadan jismoniy shaxs tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojxona deklaratsiyasini taqdim etmasdan olib chiqish normalari doirasidagi tovarlar olib oʻtilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma deklaratsiyalanmasdan olib chiqishga ruxsat etilgan naqd valyuta mablagʻlari cheklangan normalardan oshmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Jismoniy shaxslarning belgilangan bojxona nazorati zonasi orqali yozma deklaratsiyasiz oʻtishi, bojxona maqsadlari uchun bojxona organiga mazkur shaxsning yozma deklaratsiyalanadigan tovarlari yoʻqligi haqida maʼlum qilish sifatida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda jismoniy shaxslar bojxona qonunchiligi talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish tartibi bojxona organlari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Jismoniy shaxslar yonida, qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarida yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlar mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu tovarlar haqida yozma deklaratsiyalash orqali bojxona organi xodimiga bojxona deklaratsiyasini taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Ikki yoʻlakli tizim joriy etilmagan chegara bojxona postlarida jismoniy shaxslarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtishi tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ikki yoʻlakli tizim joriy etilmagan chegara bojxona postlarida jismoniy shaxslar oʻtishi uchun bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi joylari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur joylar kirish va chiqish qismlari eni 50 santimetr boʻlgan liniyalar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, bojxona nazorati zonasiga ushbu joylarga kirishda davlat tilida, rus va ingliz tillarida “Bojxona”, “Tamojnya” va “Sustoms” yozuvlari boʻlgan maxsus belgilar oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Jismoniy shaxslar yonida, qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarida yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlar mavjud boʻlgan taqdirda, bojxona deklaratsiyasi bojxona organi xodimiga taqdim etish yoʻli bilan deklaratsiyalashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Jismoniy shaxslar belgilangan bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi joyi orqali yozma deklaratsiyasiz oʻtishi, bojxona maqsadlari uchun bojxona organiga mazkur shaxsning yozma deklaratsiyalanadigan tovarlari yoʻqligi haqida maʼlum qilish sifatida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda jismoniy shaxslar bojxona qonunchiligi talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish tartibi bojxona organlari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ushbu Nizomda belgilangan talablarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(5 — 8-boblar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktabrdagi 814-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2007-yil 15-maydagi 97-son qaroriga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketgan va Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan shaxslar toʻgʻrisida ularning borish maqsadlari, mamlakatlar, yoshi va mintaqalar boʻyicha har choraklik statistika hisoboti yuritilishini taʼminlasin
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining maʼlumotlari ketgan va kelgan shaxslar toʻgʻrisidagi axborot manbai hisoblanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan shaxslar sonini hisoblab chiqarish boʻyicha integratsiyalashgan axborotlarni tayyorlash va taqdim etish moduli sxemasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Axborot taqdim etuvchi vazirlik, idora” ustunida 1 va 5-satrlardagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Qayerga taqdim etiladi” ustunining 2 va 4-satrlaridagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Axborot taqdim etuvchi vazirlik, idora” ustunida” 2-satrdagi “Mehnat vazirligining” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 3-satr quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi personallashtirish Davlat markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi personallashtirish Davlat markazi maʼlumoti

Safar maqsadi, davlati, yoshi va hududi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasidan ketayotgan va Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan fuqarolarining soni

Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha

Davlat statistika qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

”.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/814/0099-son, 27.03.2018-y., 09/18/235/0452-son; 15.04.2021-y., 09/21/216/0337-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son; 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)