Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 09.10.2017 yildagi 807-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi “Chashma” tarixiy-meʼmoriy majmuasini kompleks rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati Nurota tumanining madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanishni tashkil etish, ijtimoiy-madaniy va turizm salohiyatining rivojlanishiga har tomonlama koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Navoiy viloyati Nurota tumanining “Chashma” tarixiy-meʼmoriy majmuasini (keyingi oʻrinlarda Majmua deb ataladi) kompleks rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, shuningdek uning hududidagi madaniy meros obyektlarini taʼmirlash va restavratsiya qilish ishlarini amalga oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar (keyingi oʻrinlarda Kompleks chora-tadbirlar deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Majmua hududidagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) madaniy meros obyektlarini rekonstruksiya va restavratsiya qilish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi — buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Madaniy meros LITI” MChJ — bosh loyihachi tashkilot etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qoʻshimcha quriladigan obyektlar, Majmua atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzshaharsozlik LITI” DUK — bosh loyihachi tashkilot etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur obyektlar boʻyicha bosh pudratchi tashkilotlar oʻrnatilgan tartibda tanlov natijalariga koʻra aniqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majmuani kompleks rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari Respublika va mahalliy budjetlar mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majmua hududidagi madaniy meros obyektlarini rekonstruksiya va restavratsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga har yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2017-yil 1-dekabrga qadar Majmuani kompleks rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini loyihalashtirish ishlari bilan bir vaqtning oʻzida amalga oshirilishiga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda Kompleks chora-tadbirlarga kiritilgan obyektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishini, ularning ekspertizadan oʻtkazilishini va qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirishni oʻz vaqtida amalga oshirsin hamda ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Navoiy viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Majmua hududini kompleks rekonstruksiya qilish maqsadida hududdagi koʻchmas mulk obyektlari egalari boʻlgan fuqarolar va yuridik shaxslarga ularning yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan, ularga belgilangan tartibda boshqa hududdan yer uchastkasi ajratish va pul kompensatsiyalarini toʻlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzqurilishmateriallari” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ bilan birgalikda Navoiy viloyati hokimligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Majmua hududidagi buzilayotgan koʻchmas mulk obyektlari egalariga talab etiladigan metall, sement, oyna va shifer materiallarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar hamda tartibga solinadigan narxlar asosida oʻrnatilgan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati va Nurota tumani hokimliklari ajratilgan metall, sement, oyna va shifer materiallarini Majmua hududidagi buzilishi belgilangan koʻchmas mulk obyektlari egalari boʻlgan fuqarolar va yuridik shaxslarga oʻz vaqtida va toʻliq yetkazib berilishini hamda ulardan maqsadli foydalanilishini taʼminlash boʻyicha masʼul etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Navoiy viloyati va Nurota tumani hokimliklari Nurota shahrining bosh rejasi va meʼmoriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga muvofiq Majmua hududida tashkil etiladigan savdo, xizmat koʻrsatish va hunarmandchilik obyektlarini qurish uchun tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalarini istisno tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri ajratilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Navoiy viloyati hokimligining Nurota tumanidagi madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish va zarur holatda saqlanishini taʼminlash maqsadida Nurota tumani hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklidagi “Chashma” tarixiy-meʼmoriy majmuasi direksiyasini (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati hokimligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya ustavi va tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyani davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini, davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini va uni malakali mutaxassislar bilan butlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kompleks chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash va muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2017-2018-yillarda Navoiy viloyatining Nurota tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 25-martdagi 157-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ishchi guruhi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat banklari bilan birgalikda Majmua hududida zamonaviy savdo va xizmat koʻrsatish hamda milliy hunarmandchilik obyektlarini barpo etish boʻyicha loyiha tashabbuskorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi boʻyicha kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyihani amalga oshirish doirasida loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin hamda bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura va qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov, Navoiy viloyati hokimi Q.B. Tursunov va Nurota tumani hokimi J.J. Hamrayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 9-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
807-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 807-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati Nurota tumanining “Chashma” tarixiy-meʼmoriy majmuasini kompleks rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, shuningdek uning hududidagi madaniy meros obyektlarini taʼmirlash va restavratsiya qilish ishlarini amalga oshirishga doir
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalash-tirish

manbalari

Qiymati, mln.soʻm

Amalga oshirish muddati

Bajarish uchun masʼullar

1

Majmua hududidan koʻchiriladigan koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va koʻchirish ishlarini tashkil qilish.

1. Koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va roʻyxatini shakllantirish.

2. Buziladigan koʻchmas mulk obyektlarini baholovchi tashkilotlar tomonidan baholash.

3. Buziladigan koʻchmas mulk obyektlari egalariga boshqa hududdan yer maydoni ajratish.

4. Koʻchmas mulk obyekti egalariga pul kompensatsiyalarini toʻlash va koʻchirish ishlarini tashkil qilish.








Respublika

budjeti

mablagʻlari

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan








10 mlrd. soʻm



5 mlrd. soʻm

1-noyabr

2017-y.

1-aprel
2018-y.

2018-2019-yillar


2018-2019

yillar

Navoiy viloyati

hokimligi

Navoiy viloyati

hokimligi

Navoiy viloyati

hokimligi



Moliya vazirligi



Navoiy viloyati

hokimligi,

Moliya vazirligi

2

Majmua hududidagi buzilishi belgilangan koʻchmas mulk obyektlari egalari boʻlgan fuqarolar va yuridik shaxslarga tartibga solinadigan narxlar asosida ajratilgan sement, metall prokati, oyna va shifer materiallarini yetkazib berish.

1. Namunaviy loyihalar asosida talab etiladigan qurilish materiallari sarfi hisob-kitobini ishlab chiqish.

2. Vazirlar Mahkamasiga asoslangan hisob-kitoblarni taqdim etish.

3. Manfaatdor vazirliklarning xulosasi asosida qurilish materiallari ajratishga ruxsat berish.

Uy-joy egalarining mablagʻlari hisobidan

Hisob-kitoblarga asosan

1-dekabr

2017-y.


1-dekabr
2017-y.

1-mart
2018-y.

Navoiy viloyati hokimligi



Navoiy viloyati hokimligi


Iqtisodiyot vazirligi,

“Oʻzqurilishmateriallari” AJ,

“Oʻzmetkombinat” AJ

3

Majmua hududida amalga oshiriladigan qurilish
va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun “3D” formatda ishlab chiqiladigan bosh rejaga muvofiq loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, ekspertizadan oʻtkazish va loyiha-oldi hujjatlarini tayyorlash.

1. Loyihalashtirish (loyihaoldi) ishlarini moliyalashtirish.

2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

3. Loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish.

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

1-noyabr

2017-y.

1-dekabr

2017-y.

1-yanvar

2018-y.

Navoiy viloyati hokimligi


“Oʻzshaharsozlik LITI” DUK


Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi

4

Majmuaga kirish qismi (tarkibida 70 oʻrinli konferensiya zali va kutubxona) binosini qurish.

1. Amalga oshiriladigan ishlarni moliyalashtirish.

2. Konferensiya zali va kutubxona binosini qurish.

Oʻzbekiston Respublikasi budjetining markazlash-tirilgan investitsiyalari hisobidan

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

1-oktabr
2018-y.


1-sentabr
2018-y.

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi


Navoiy viloyati hokimligi, Davlat arxitektura
va qurilish qoʻmitasi

5

Majmua hududidagi buloq va undan tarqaluvchi ariqlarni yon devorlarini milliy arxitektura talablari asosida rekonstruksiya qilish.

1. Amalga oshiriladigan ishlarni moliyalashtirish.

2. Rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

1-iyul
2018-y.

1-iyun
2018-y.

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi

Navoiy viloyati hokimligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi

6

Majmua hududida ziyoratchilar va turistlarga qulayliklar yaratish maqsadida milliy andozalar asosida ayvon qurish.

1. Amalga oshiriladigan ishlarni moliyalashtirish.

2. Milliy andozalar asosida ayvon qurish.

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari va homiylik mablagʻlari hisobidan

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

1-iyul
2018-y.

1-iyun
2018-y.

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi

Navoiy viloyati hokimligi, Davlat arxitektura
va qurilish qoʻmitasi

7

Majmua hududida zamonaviy savdo, xizmat koʻrsatish va milliy hunarmandchilik obyektlarini barpo etish maqsadida loyiha tashabbuskorlariga imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish.

1. Loyiha tashabbuskorlari roʻyxatini shakllantirish.

2. Shakllantirilgan loyihalar boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Belgilangan muddatlarda talab etiladigan yoʻnalish va miqdorlarda tijorat banklari orqali kredit mablagʻlari ajratishni taʼminlash.







Tijorat banklari imtiyozli kreditlari







Hisob-kitoblarga asosan

1-dekabr
2017-y.


1-yanvar 2018-y.


2018-2019

yillar

Navoiy viloyati hokimligi



Navoiy viloyat hokimligi



Markaziy bank,

tijorat banklari,
Navoiy viloyat hokimligi

8

Majmua tarkibiga kiruvchi Shayx Abu Hasan Nuriy qabrini maqbara holatiga keltirish.

1. Maqbara loyihasini ishlab chiqish hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishish.

2. Loyiha asosida rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi mablagʻlari

Loyiha- smeta hujjatlari asosida

1-aprel 2018-y.

1-avgust
2019-y.

Madaniyat vazirligi


Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi

9

Majmua tarkibiga kiruvchi “Panjvaqta” va “Chilustun” jome masjidlarini joriy taʼmirlash.

1. Jome masjidlarini taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish jamgʻarmasi mablagʻlari

Loyiha- smeta hujjatlari asosida

1-yanvar
2018-y.


1-yanvar 2019-y.

Din ishlari qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi

Din ishlari qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi,
Navoiy viloyati hokimligi

10

Majmua tarkibiga kiruvchi muzey binosi qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va investitsiya dasturiga kiritish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi 2018-yilgi Investitsiya dasturi loyihasiga kiritish.

3. Investitsiya dasturi doirasida muzey binosini qurish.

Respublika budjeti mablagʻlari

Loyiha- smeta hujjatlari asosida

1-mart 2018-y.

1-dekabr
2017-y.

1-oktabr
2019-y.

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi

Navoiy viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi

11

Majmua atrofidagi buziladigan koʻchmas mulk obyektlari oʻrnida avtoturargohlar qurish. Milliy uslubdagi zamonaviy arxitektura talablari asosida quriladigan shaxsiy uy-joylar negizida mehmonxona, savdo, servis xizmatlari koʻrsatish, hunarmandchilik obyektlarini tashkil etish.

1. Quriladigan avtoturargohlar uy-joylar, mehmonxona, savdo, xizmat koʻrsatish va hunarmandchilik obyektlarining loyiha takliflarini ishlab chiqish.

2. Nurota shahrining bosh rejasi va meʼmoriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga muvofiq Majmua hududida tashkil etiladigan savdo, xizmat koʻrsatish va hunarmandchilik obyektlarini qurish uchun tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalarini istisno tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri ajratish.

3. Loyiha asosida qurilish ishlarini tashkil qilish.

4. Majmua va uning atrofida barpo etilishi nazarda tutiladigan koʻchmas mulk obyektlarini zarur infratuzilma (gaz, elektr energiya va ichimlik suv) bilan taʼminlash.

Loyiha tashabbuskorlari mablagʻlari












Xizmat koʻrsatuvchi korxonalar

mablagʻlari,

Respublika budjeti mablagʻlari

Loyiha- smeta hujjatlari asosida








Loyiha- smeta hujjatlari asosida

Loyiha- smeta hujjatlari asosida

1-mart

2018-y.


1-aprel 2018-y.









1-aprel 2018-y.

1-iyul
2019-y.

Navoiy viloyati hokimligi,

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi

Navoiy viloyati hokimligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi






Navoiy viloyati hokimligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi


“Oʻztransgaz” AJ

“Oʻzbekenergo” AJ,

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Navoiy viloyati hokimligi

12

Majmua hududida lokal oqova suv tizimini tashkil qilish.

1. Lokal oqova suv tizimini tashkil qilish boʻyicha loyiha- smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Loyiha — smeta hujjatlari asosida qurilish ishlarini amalga oshirish.

“Toza ichimlik suvi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan

Loyiha- smeta hujjatlari asosida

1-mart 2018-y.



1-oktabr 2018-y.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,
Navoiy viloyati hokimligi

13

Majmua hududidan oʻtuvchi S.Siddiqov koʻchasini rekonstruksiya qilish va yangidan qurish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Yoʻllarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi Investitsiya dasturi loyihasiga kiritish.

3. Investitsiya dasturi asosida yoʻl qurilishi ishlarini amalga oshirish.

Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari

Loyiha- smeta hujjatlari asosida

1-dekabr

2017-y.

1-dekabr

2017-y.



1-oktabr
2018-y.

Navoiy viloyati hokimligi


Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Respublika yoʻl jamgʻarmasi


Avtomobil yoʻllari
davlat qoʻmitasi,
Navoiy viloyati hokimligi

14

“Nur” qalʼasi tepaligida optik uskunalar bilan jihozlangan kuzatuv maydonchasi va unga chiqish yoʻlaklarini qurish.

1. Loyiha tashabbuskorini aniqlash.

3. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

4. Kuzatuv maydonchasi qurilishini amalga oshirish.

Mahalliy budjet va

homiylik mablagʻlari

Loyiha- smeta hujjatlari asosida

1-noyabr

2017-y.

1-dekabr
2017-y.

1-iyul 2018-y.

Navoiy viloyati hokimligi


Navoiy viloyati hokimligi


Navoiy viloyati hokimligi

loyiha tashabbuskorlari

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 09/17/807/0075-son)