29.09.2017 yildagi PQ-3300-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pulga tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalar qoʻllanishini yanada takomillashtirish, shuningdek, aholi bilan pulli hisob-kitob qilishni tezkor hisobga olish va nazorat qilish tizimini kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5116-sonli Farmoniga muvofiq Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida davlat soliq xizmati organlariga hisob-kitoblar haqidagi maʼlumotlarning onlayn rejimida uzatilishini taʼminlaydigan nazorat-kassa mashinalarini koʻllash orqali naqd pul va naqd pulsiz shakldagi tushumlar, shu jumladan, elektron toʻlovlar ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etilishi, respublikamizning qolgan hududlarida mazkur tizim bosqichma-bosqich kiritilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasining aholi bilan naqd pulda amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatib borish funksiyasiga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining (keyingi oʻrinlarda — onlayn NKM) zamonaviy modellarini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishda amalga oshiriladigan hisob-kitoblar hajmini aniqlash uchun 2018-yilning 1-yanvaridan 30-martigacha Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida 500 dan 1000 gacha boʻlgan onlayn NKMlar tajriba sinovi tariqasida amaliyotga joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning 1-iyulidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida barcha yuridik shaxslar tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishda aholi bilan naqd puldagi hisob-kitoblarni majburiy tarzda onlayn NKM yordamida amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning 1-dekabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik va jismoniy shaxslar tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishda aholi bilan naqd puldagi hisob-kitoblarni majburiy tarzda faqat onlayn NKMni qoʻllagan holda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorning mazkur bandi qoidalari qonunchilikka muvofiq faoliyatining oʻziga xos xususiyati sababli nazorat-kassa mashinalarini koʻllamasdan amalga oshirishi mumkin boʻlgan ayrim toifadagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qamrab olinmagan olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ushbu bandda belgilangan muddatlar tugagandan keyin onlayn NKMlarni qoʻllamasdan tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish nazorat-kassa mashinasini qoʻllash tartibini buzish deb qaraladi va qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat soliq qoʻmitasi va uning hududiy organlari 2018-yilning 1-mayidan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli onlayn NKMlarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan chiqarilishini, shu jumladan, jahon informatsion Internet tarmogʻi orqali masofadan xizmat koʻrsatish imkoniyatlaridan foydalangan xolda, oʻzlari faoliyat yuritayotgan shahar va tumanlarda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi (B.R. Parpiyev) va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qamrab olinmagan olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlari roʻyxatini tasdiqlasin hamda har yili yangilab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qamrab olinmagan olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlari roʻyxatini har kalendar yilning 25-dekabriga kadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Onlayn NKMdan kelib tushadigan fiskal maʼlumotlarni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash, joylash va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga soʻrovga muvofiq uzatish fiskal maʼlumotlar operatori tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (B.R. Parpiyev) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov) va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda fiskal maʼlumotlar operatorining faoliyatini tartibga soladigan Nizomni tasdiqlasin va fiskal maʼlumotlar operatori funksiyasini bajaradigan yuridik shaxsni aniqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi (F.X. Bokiyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov), Davlat soliq qoʻmitasi (B.R. Parpiyev) va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-yilning 1-noyabrigacha keyinchalik cheklarning haqiqiyligini aniqlashda foydalaniladigan unikal kodli chek beradigan onlayn NKMga qoʻyiladigan yagona texnik talablarni belgilaydigan davlat standartini ishlab chiqsin va qonunchilikda belgilangan tartibda ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun “Oʻzstandart” agentligiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onlayn NKMga qoʻyiladigan yagona texnik talablar konfiguratsiyasi maʼlumotlarining ochiqligini taʼminlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilgan holda, 2017-yilning 1-dekabrigacha respublikada onlayn NKM va (yoki) NKM tarkibida ishlash uchun moʻljallangan maʼlumotlarni onlayn rejimida davlat soliq xizmati organlariga uzatish funksiyasiga ega boʻlgan maxsus qurilmalarni keng ishlab chiqarilishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarga onlayn NKMni boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olish imkoniyatini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) telekommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan, mobil aloqa operatorlari va provayderlariga pullik hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga uzluksiz uzatish xizmatlari taqdim etishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bazaviy stansiyalar, jumladan, SDMA-450 texnologiyalarini qoʻllagan holda stansiyalar sonini koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqlar bilan, ayniqsa, olis va borish kiyin boʻlgan aholi punktlarini qamrab olish zonalarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onlayn NKMdan foydalanishda maxsus tarif rejalarini ishlab chiqish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (B.R. Parpiyev) Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (L.X. Tangriyev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari va aholi oʻrtasida mazkur qarorning maqsadi, mohiyati va amaliy ahamiyatini keng yoritish boʻyicha tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (B.R. Parpiyev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralar qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Bosh vazir oʻrinbosari D.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.R. Parpiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 29-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3300-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2017-y., 07/17/3300/0039-son)