11.09.2017 yildagi PQ-3262-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish va arxitektura-landshaft jihatdan tuzish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllarining arxitektura-badiiy tuzilishi darajasini tubdan oshirish, respublikaning avtomobil yoʻllari boʻylab yoʻl chekkalari polosalariga yashil nav-nihollar oʻtkazish va ularni obodonlashtirishga yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha zamonaviy talablar bilan chambarchas bogʻliq holda yagona tizimli va kompleks yondoshuvni shakllantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi zimmasiga avtomobil yoʻllariga tutash hududlarni koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish borasida qoʻshimcha vazifalar va funksiyalar yuklansin, quyidagilar uning ushbu sohadagi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishi va landshaft dizayni qismida zamonaviy yondoshuvlarni shakllantirish va amalga oshirish borasida yagona davlat siyosatini olib borish yoʻli bilan avtomobil yoʻllariga ajratilgan polosalardagi yoʻl boʻyi hududlarini tegishli holatda saqlash bilan bogʻliq ishlarni samarali tashkillashtirish va tizimli asosda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning har bir mintaqasidagi iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda avtomobil yoʻllarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish sohasida ilgʻor zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarni keng koʻlamda qoʻllash orqali ilmiy-tadqiqot ishlarini oqilona tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllari va ularning konstruktiv elementlarini noqulay ob-havo-iqlim omillarining taʼsiridan himoya qilish boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribani sinchiklab oʻrganish natijalariga koʻra avtomobil yoʻllariga tutash hududlarni transportning bulgʻashi va tashlanmalaridan muhofaza qilishning eng samarali va amaliyotda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan zamonaviy usul va texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari negizida, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, avtomobil yoʻllarini loyihalash, arxitektura-badiiy jihatdan tuzish va landshaft dizayni boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni sifatli tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi huzuridagi “Avtoyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” unitar korxonasi “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UK deb yuritiladi) unitar korxonasi etib qayta tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumfoydalanadigan avtomobil yoʻllariga ajratilgan uchastkalar chegarasidagi yoʻl boʻyi hududlarini saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻorish va yashil nav-nihollarni parvarish qilish resurslarini tejaydigan ilgʻor texnologiyalarni joriy etishni hisobga olgan holda, avtomobil yoʻllarining zamonaviy arxitektura-badiiy tuzilishi hamda landshaft dizaynini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dekorativ, shu jumladan yangi-yangi turdagi dekorativ oʻsimliklarni chet ellardan xarid qilish yoʻli bilan ularning koʻchatlarini yetishtirish boʻyicha respublika mintaqalarida dekorativ oʻsimliklarning ixtisoslashtirilgan koʻchatxonalarini tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda avtomobil yoʻllariga tutash hududlarni koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va tegishli holatda saqlash borasidagi ishlarga soha tashkilotlarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta shaharlarning markaziy koʻchalarini koʻkalamzorlashtirish va nav-nihollarni parvarish qilish boʻyicha shartnoma asosida xizmat koʻrsatish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga ham shunday xizmatlar koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining markazini apparati tuzilmasiga Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisining avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UK direktori lavozimi kiritilsin, shtati 6 nafardan iborat boʻlgan avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish boshqarmasi tashkil etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning avtomobil yoʻllari hududiy bosh boshqarmalari tuzilmasiga avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimi kiritilsin, shtat birligi 4 nafardan iborat boʻlgan avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish boʻyicha tegishli boʻlimlar tashkil etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning avtomobil yoʻllari boʻyicha bosh boshqarmalari huzuridagi tuman yoʻl-ekspluatatsiya korxonalari va ekspluatatsiya liniya korxonalari tuzilmasiga avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UKning tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UK boshqaruv apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 24 nafardan iborat tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UKning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boʻlinmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UK Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shox koʻchasi, 68-uyda joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UKning ustavi tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UK avtomobil yoʻllarini loyihalash, arxitektura-badiiy jihatdan tuzish va landshaft dizayni boʻyicha yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki, 2017-yilning 1-oktabridan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilishning loyiha-smeta hujjatlari parametrlarida loyihalashtirilayotgan obyektlarga tutash hududlarni koʻkalamzorlashtirish boʻyicha kompleks tadbirlar majburiy tartibda nazarda tutiladi, qishloq xoʻjalik ekinzorlari bilan band yer uchastkalari va togʻ-toshloq zonalar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumfoydalaniladigan avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini oʻtkazish, shuningdek, shaharlarning tegishli koʻchalarini shartnoma asosida koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UKning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UKga dekorativ oʻsimliklar koʻchatlarini yetishtirish, ularning seleksiyasi va mahalliy iqlim sharoitlariga moslashtirilishi boʻyicha dekorativ oʻsimliklarning ixtisoslashtirilgan koʻchatxonalarini tashkillashtirish uchun sugʻoriladigan yerlar ajratib berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda avtomobil yoʻllari boʻylab oʻtkazish uchun moʻljallangan daraxt-buta navlarining yangi turlarini iqlimlashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi ixtisoslashtirilgan koʻchatxonalar tashkil etilgunga qadar “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UKning buyurtmanomalari boʻyicha avtomobil yoʻllari boʻylab oʻtkazish uchun dekorativ navli daraxt-buta oʻsimliklarining yuqori sifatli koʻchatlarini shartnoma asosida berilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AJ “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UKning buyurtmanomalari boʻyicha, mansubligiga qarab, elektr tarmoqlari tortilishini va “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UKning ixtisoslashtirilgan dekorativ oʻsimliklar koʻchatxonalarining ehtiyojlari uchun energiya resurslari bundan buyon ham uzluksiz yetkazib berilishini, shuningdek, ularning muhandislik tarmoqlariga ulanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UKga Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda, koʻkalamzorlashtirish va oʻsimliklarni parvarish qilish boʻyicha ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan olingan mablagʻlar hisobiga avtomobil yoʻllarini arxitektura-badiiy jihatdan tuzish va landshaft dizayni sohasida eng istiqbolli mahalliy mutaxassislarni yetakchi xorijiy taʼlim muassasalariga oʻqishga va maqsadli amaliy malaka oshirishga yuborishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining “Yoʻl loyiha byurosi” MCHJ tuzilmasiga yashil zonalarni loyihalash, avtomobil yoʻllarini arxitektura-badiiy jihatdan tuzish va landshaft dizayni boʻyicha ixtisoslashtirilgan boʻlimni kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UKning hududiy boʻlinmalarini va uning ixtisoslashtirilgan dekorativ oʻsimliklar koʻchatxonalarini jihozlash uchun xarid qilinadigan texnika, avtotransport vositalari, uskunalar, mashina va mexanizmlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UKning ixtisoslashtirilgan koʻchatxonalarida koʻchat yetishtirish, seleksiya ishlari va mahalliy iqlim sharoitlariga moslashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan tavsiya etilayotgan dekorativ oʻsimliklar roʻyxati 5-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018 — 2020-yillar davrida Avtomobil yoʻllarini, shu jumladan, umumfoydalaniladigan avtomobil yoʻllari va shaharlarning koʻchalarini koʻkalamzorlashtirish dasturi 6-, 6a- va 6b-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 6 — 6b-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dastur parametrlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining raisi A.A. Abduvaliyev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi direktori M.A. Allabergenov, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UK va uning hududiy boʻlinmalarini jihozlash va taʼminlash, “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UKning dekorativ oʻsimliklar koʻchatlarini yetishtirish, seleksiya ishlari va mahalliy iqlim sharoitlariga moslashtirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan dekorativ oʻsimliklar koʻchatxonalarini barpo etish, koʻchatlar va urugʻlarni sotib olish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar koʻchalarining yoʻl boʻyi hududlarini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirishga uchun — mahalliy budjetlarning parametrlarida shahar koʻchalarini saqlash va obodonlashtirish har yili nazarda tutiladigan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining buyurtmanomalari boʻyicha, 2018-yil va undan keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda “Oʻzyoʻlkukalamzorlashtirish” UK va uning tarkibiy boʻlinmalarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash va joriy taʼmirlash xarajatlarini koʻzda tutsin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UK va uning tarkibiy boʻlinmalari 2025-yilning 1-yanvariga qadar dekorativ oʻsimliklar yetishtirish uchun koʻchatxonalar band qilgan yer uchastkalari qismida yer soligʻi toʻlashdan, yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatlarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2776-sonli qaroriga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining raisi A.A. Abduvaliyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 11-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3262-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PQ-3262-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UKning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI

Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl boʻyi hududlarini saqlovchi tuman uchastkalari “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UKning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boʻlinmalari tarkibida yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PQ-3262-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UK boshqaruvi apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 24 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish xodimlari soni bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PQ-3262-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boʻlinmalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 24 nafar, yoʻl boʻyi hududlarini ekspluatatsiya qiluvchi va saqlovchi tuman uchastkalari bu hisobga kirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish xodimlari soni bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PQ-3262-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018 — 2020-yillarda “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UK hududiy boʻlinmalari va uning manzarali oʻsimliklar koʻchatxonalarini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan sotib olinadigan texnika, avtotransport vositalari, uskunalar, mashina va mexanizmlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Texnika, avtotransport vositalari, uskunalar, mashina-mexanizmlarning nomi

Soni (ta)

1.

“TL-100” traktori

240

2.

“2PTS-4-793A-03” traktori uchun tirkama

240

3.

“ISUZU” FVR33G suv sepish mashinasi

270

4.

“ISUZU” SAZ N P26 rusumli avtobus

170

5.

“ISUZU” NQR71PL shassisi negizida toʻrt tonna yuk koʻtaradigan bortli avtomobil

140

6.

“ISUZU” NQR71 negizidagi avtominora

60

7.

Daraxtlarni qayta oʻtqazuvchi “TS44” mashinasi (JSB, Buyuk Britaniya)

28

8.

Benzinda ishlaydigan arra

84

9.

Buta qirquvchi mexanizm

84

10.

Benzin trimmeri

284

11.

Gazonlarni qirquvchi mexanizm

284

12.

Suv nasosi

284

13.

Mexanik usulda ishga tushiriladigan payvandlash mashinasi (plastik quvurlar uchun)

56

14.

Payvandlash apparati

56

15.

Dizel-generator

56

Jami:

2 336

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PQ-3262-son qaroriga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublikasi yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2776-son qaroriga kiritiladigan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2-bandning oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11 — 16-ilovalarga muvofiq “Avtoyoʻlnurtaʼmir”, “Respublika dispetcherlik markazi”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi”, “Avtoyoʻlmexanizatsiya”, “Avtoyoʻlservis” va “Avtoyoʻltaʼminot” unitar korxonalarining tuzilmalari”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-ilovadagi “Avtoyoʻlkoʻkalamzorlashtirish UK” bloki “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UK bloki bilan almashtirilsin*”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 17-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.