04.09.2017 yildagi 693-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion oʻqitish uslublarini joriy etish yoʻli bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda respublikada haydovchilik madaniyatini va avtotransport vositalari haydovchilarining bilim darajasini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-kommunikatsiya va taʼlim texnologiyalaridan foydalanish asosida avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida qoʻllanilayotgan innovatsiya uslublari oʻqitish jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtardi. Bu esa malaka imtihonlarini topshirish samaradorligini oshirish hamda haydovchilarning yoʻl harakati xavfsizligi masalasida huquqiy bilimini taʼminlash imkonini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, haydovchilar malakasini muntazam oshirishni nazarda tutadigan qonun talablari yetarli darajada bajarilmayapti. Aksariyat hollarda yuridik shaxslarga tegishli transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar yoʻl-transport hodisalari ishtirokchilariga aylanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati xavfsizligini, fuqarolar hayoti va salomatligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish choralarini kuchaytirish, shuningdek oʻquv jarayoniga innovatsiya uslublarini joriy etish yoʻli bilan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilarning malakasini oshirish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qarorlarini samarali amalga oshirish maqsadida “Avtotest Report” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi oʻrinlarda “Avtotest Report” MChJ deb ataladi) tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha oʻqitishning uygʻunlashgan uslublari qoʻllangan holda yangi taʼlim texnologiyalaridan keng foydalanilayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayoniga oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan, oʻqitish monitoringini olib borish va uni rejalashtirish imkonini beradigan avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimi joriy etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish boʻyicha “Avtotest 3.0” oʻquv-uslubiy kompleks ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, yuridik shaxslar avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish tadbirlarini moliyalashtirish ish beruvchilarning mablagʻlari hisobiga, boshqa shaxslarning esa — oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim muassasalari (davlat taʼlim muassasalaridan tashqari) bitiruvchilarning huquqiy savodxonligini yanada takomillashtirish uchun ularni oʻquv qoʻllanmalari bilan zarur miqdorda taʼminlasin va “Avtotest” oʻquv qoʻllanmalari hamda boshqa zamonaviy oʻqitish vositalarining qiymatini taʼlim xizmatlari tannarxiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Avtotest Report” MChJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga qoʻshma bitimlar asosida kompyuter va server texnikasi, shuningdek “Avtotest” oʻquv-uslubiy vositalariga mos keladigan dasturiy mahsulotlarni begʻaraz topshirish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda bosma hamda elektron axborot vositalarini, shu jumladan butunjahon Internet tarmogʻini keng jalb etgan holda aholi oʻrtasida ushbu qarorning maqsadlari va vazifalarining muntazam hamda har tomonlama yoritilishini tizimli asosda taʼminlasin;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan, shu jumladan 2018-yilning 1-iyulidan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini sertifikatsiz boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ga nisbatan maʼmuriy javobgarlikni joriy etishni, litsenziya/litsenziya kartochkalarining amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish yoki bekor qilishni nazarda tutadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga 2018-yil 1-yanvardan boshlab oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 4-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
693-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-sentabrdagi 693-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1 va 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/172/0298-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida taʼlim jarayonini takomillashtirish va oʻqitishning zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 30-apreldagi 106-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 4-son 32-modda) 2-bandi ikkinchi xatboshiga “amalga oshirish huquqini” soʻzlaridan keyin “shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqaradigan shaxslar (haydovchilar) malakasini oshirish faoliyatini yuritish boʻyicha alohida huquqni” soʻzlari qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 958-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son; 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son; 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/172/0298-son)