Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 12.06.2001 yildagi 253-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tuzilmasini va uni tashkil etish tizimini Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga qatʼiy muvofiq ravishda takomillashtirish, mutaxassislar tayyorlash sifati oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001—2003-yillarda 1 va 2-ilovalarga* muvofiq oʻrta maxsus oʻquv yurtlari (texnikumlar) va hunar-texnika bilim yurtlarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001/2002 oʻquv yilidan boshlab faoliyat koʻrsatayotgan texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlarining 1-kurslariga qabulni akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun yangidan tasdiqlangan oʻquv dasturlari boʻyicha, mazkur taʼlim muassasalariga har yilgi qabul soni doirasida tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etilayotgan texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari negizida barpo etilayotgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning ixtisoslashuvi boʻyicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001/2002 oʻquv yili boshlangungacha qayta tashkil etilayotgan oʻrta maxsus va kasb-hunar oʻquv yurtlarining binolari va inshootlarida zarur taʼmirlash ishlarini amalga oshirsinlar, 1-kurslarda taʼlimni kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun moʻljallangan taʼlim dasturlari boʻyicha boshlash uchun zarur asbob-uskunalar, taʼlim vositalari, davlat taʼlim standartlari, yangi oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari 2 va 3-kurs talabalarining oʻqishini, belgilangan tartibda, butun oʻquv davrida amaldagi oʻqitish shartlari va oʻquv dasturlari boʻyicha tugatishlarini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari negizida barpo etilayotgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga jalb etilayotgan pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni, boshqa mutaxassislarni 2001-yil 15-avgustgacha attestatsiyadan oʻtkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2001-yilda va 2002-yilga hamda kelgusi yillarga investitsiya dasturlarini ishlab chiqishda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga aylantirilayotgan texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlarini bosqichma-bosqich belgilangan standartlar darajasiga yetkazish maqsadida rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash uchun kapital qoʻyilmalarning zarur limitlarini ustuvor tartibda nazarda tutsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 12-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
253-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 11-son, 69-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda)