19.07.2017 yildagi 526-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallarida muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimi samaradorligini taʼminlash, shuningdek tez tibbiy yordam faoliyatini takomillashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-martdagi PF-4985-son Farmoni bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallarida muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari (keyingi oʻrinlarda Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari deb ataladi) 2019-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat koʻrsatishi, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Oʻztransgaz” AJning shoshilinch xizmatlari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmlari joriy etilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Sogʻliqni saqlash” tarmogʻi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordamning tezkorligini, sifati va undan foydalanish darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning barcha hududi boʻyicha tez tibbiy yordam chaqiriqlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordam xizmati sayyor brigadalari faoliyatini tezkor boshqarish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Oʻztransgaz AJ” ning tezkor xizmatlari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordam xizmati faoliyatida tezkor statistik axborot va hisobotlarni shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn kun muddatda — Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Oʻztransgaz” AJ bilan birgalikda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallarining Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlarini tezkor xizmatlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallarining Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Chora-tadbirlar dasturi deb ataladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda har yili Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan vazifalarni bajarish uchun zarur budjet ajratmalari ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning toʻliq va belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlarining tashkil etilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimiga 2018-yil 31-oktabrgacha boʻlgan muddatda ulanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A.Q. Shadmanov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 19-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
526-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 707-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)