Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 19-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2088-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 10-apreldagi 51 va 2019-28-sonli “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi haqida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2088-2, 22.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 19-fevraldagi 14 va 2010-5-son “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2088, 2010-yil 19-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 12-son, 86-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-may,
54-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-may,
2017-23-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 29-maydagi 54 va 2017-23-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorda:
a) nomi va 1-banddagi “Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “davlat maqsadli jamgʻarmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ–1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:”.
2. Nizomda:
a) nomi, 5 va 6-bandlardagi “Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “davlat maqsadli jamgʻarmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ–1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlash tartibini belgilaydi.”;
v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandiga muvofiq 2010-yil 1-yanvardan boshlab “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari uchun tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi joriy etilgan.”.
3. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan kelishilgan.
“Oʻzbekneftgaz” MXK boshqaruv raisi A. SULTANOV
2017-yil 29-may
“Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi haqidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Tabiiy gazni tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha “Oʻzbekneftgaz” MXK
KORXONALARI
1. “Muborakneftgaz” MChJ
2. “Shoʻrtanneftgaz” MChJ
3. “Gazlineftgazqazibchiqarish” MChJ
4. “Ustyurtgaz” MChJ
5. “Andijonneft” AJ
6. “Gissarneftgaz” MChJ*
7. “Koʻkdumaloqgaz” MChJ*
8. “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ
9. “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MChJ
10. “Oʻztransgaz” AK
11. “Uz-Kor Gas Chemical” MChJ QK
Izoh:
* “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasiga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi boʻyicha.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 555-modda)