Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2019 09.06.2017 yildagi 370-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF–5024-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ–2915-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiya faoliyatining huquqiy asoslarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Bioinspeksiya deb ataladi) va hududiy bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda hududiy inspeksiyalar deb ataladi) malakali kadrlar bilan toʻldirilishini, ularning zarur yengil va maxsus avtotransport vositalari, mebel, asbob-uskunalar, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, aloqa va himoya vositalari bilan jihozlanishi taʼminlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy inspeksiyalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari binolarida bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirish uchun xonalar ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyani hamda uning hududiy inspeksiyalarini moddiy-texnik jihozlash Dasturini tasdiqlash uchun uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bioinspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari faoliyatini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bioinspeksiya va uning hududiy inspeksiyalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini, ilmiy-tadqiqot tadbirlarini, shu jumladan oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari kadastrini yuritish tadbirlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini aniqlagan shaxslarni taqdirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va inshootlarni kapital qurish va joriy taʼmirlash boʻyicha xarajatlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tadbirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Bioinspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari faoliyatini tashkil etish uchun avtomobil benzini va dizel yonilgʻisi uchun limitni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga va Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 9-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
370-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 370-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda Bioinspeksiya deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bioinspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bioinspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bioinspeksiya oʻz faoliyatini Davlat ekologiya qoʻmitasining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar va idoralar, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyalari toʻgʻrisidagi nizom Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bioinspeksiyaning markaziy apparati faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Bioinspeksiyaning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy inspeksiyalar Bioinspeksiyaning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bioinspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, bank hisobvaraqalariga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bioinspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Bioinspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bioresurslar, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish, tiklash va ulardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar davlat organlari, boshqa tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarining mavjud boʻlishi, turlarining xilma-xilligini, tabiiy turkumlari yaxlitligini va ularning yashash muhitini saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga xos, noyob, qimmatbaho tabiat obyektlari va majmualari, oʻsimlik va hayvonlarning genetik fondi saqlanib qolishini taʼminlash, inson faoliyatining tabiatga salbiy taʼsirining oldini olish, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga doir atrof tabiiy-muhit monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrlarini, shuningdek yovvoyi hayvonlar, yovvoyi oʻsimliklarni koʻpaytirish va ularni saqlash pitomniklarining, zoologik va botanik kolleksiyalarning davlat hisobini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bioinspeksiya oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bioresurslar, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish, tiklash va ulardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar davlat organlari, boshqa tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, tiklash va ulardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar davlat organlari, boshqa tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan barqaror foydalanish va ularni tiklash sohasiga doir dasturlar va rejalar ishlab chiqilishi va ularning bajarilishi boʻyicha davlat organlari, boshqa tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqxona ishlarini yuritish va ularning rejimini taʼminlash, shuningdek baliqchilik va ovchilik xoʻjaliklarining, baliq zaxiralari va ovlanadigan hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish va ularni tiklash boʻyicha baliqchilik va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va tiklash, shuningdek pitomniklar tashkil qilinishi va ularning faoliyat yuritishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv havzalari, suvni muhofaza qilish zonalari va qirgʻoqboʻyi polosasida oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari holatiga taʼsir etuvchi ishlarning bajarilishi ustidan nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobini yuritish va nashr qilish ishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ekologik nazorat inspektorlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, ularga oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish boʻyicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan nazorat sohasida metodik yordam beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil ravishda yoki oʻzaro kelishuv boʻyicha ichki ishlar organlari, davlat soliq, bojxona va boshqa davlat organlarini jalb qilgan holda, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, tiklash, ulardan oqilona foydalanish sohasidagi tabiatni muhofaza qilish qonun hujjatlari buzilishi holatlarini aniqlash, ularning oldini olish boʻyicha tezkor tadbirlar (reydlar) oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarining mavjud boʻlishi, turlarining xilma-xilligini, tabiiy turkumlari yaxlitligini va ularning yashash muhitini saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ularni tiklash boʻyicha chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, tegishli dasturlar va rejalar bajarilishi ustidan nazorat olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baliqchilik va ovchilik xoʻjaliklari, baliq pitomniklari, baliqni himoyalash inshootlari faoliyati va holati, suv havzalarida, suvni muhofaza qilish zonalari va qirgʻoqboʻyi polosasida oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari holatiga taʼsir koʻrsatuvchi ishlarning bajarilishi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlariga yetkazilgan zarar oʻrnini toʻldirish boʻyicha choralar koʻrilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy suv havzalarida baliq yetishtirilishi va ovchilik xoʻjaliklarida biotexnik tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatnomalar beradi hamda ruxsat beruvchi talab va shartlarga rioya etilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklanish va taqiqlovlarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oʻziga xos, noyob, qimmatbaho tabiat obyektlari va majmualari, oʻsimliklar hamda hayvonlarning genetik fondi saqlanib qolishini taʼminlash, inson faoliyatining tabiatga salbiy taʼsirining oldini olish, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga doir atrof tabiiy muhit monitoringini olib borish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
flora va fauna turli tarkibini, ularning genetik fondi, yovvoyi hayvonlarning yashashi va yovvoyi oʻsimliklarning unib chiqishi muhiti muhofaza qilinishini va tabiiy sharoitlarda saqlanishini, shuningdek oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari tiklanishini taʼminlash maqsadlarida qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarni barpo qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovchilik va baliqchilik xoʻjaliklarini tashkil qilish va yuritish, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, tiklash va ulardan oqilona foydalanish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shuningdek davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatini ularning belgilangan muhofaza qilish va foydalanish rejimiga rioya qilishi yuzasidan tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini tiklash boʻyicha pitomniklar, plantatsiyalar faoliyatini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatdan foydalanuvchilarga oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, tiklash va ulardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha metodik yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatdan foydalanuvchilarning oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini tabiatdan chiqarish uchun kvotalar ajratish boʻyicha har yilgi arizalarini kelgusida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlash uchun toʻplaydi va umumlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrlarini, shuningdek yovvoyi hayvonlar, yovvoyi oʻsimliklarni, koʻpaytirish va saqlash boʻyicha pitomniklarning, zoologik va botanik kolleksiyalarning davlat hisobini yuritish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va davlat boshqa organlari bilan birgalikda oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan oqilona foydalanishni tashkil etish maqsadida oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zoologik va botanik kolleksiyalarni, yovvoyi hayvonlarni koʻpaytirish va saqlash boʻyicha pitomniklarni va yovvoyi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha plantatsiyalarning davlat hisobini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada qoʻriqxona ishiga rahbarlik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarining holatini kuzatadi, u boʻyicha axborot toʻplaydi, umumlashtiradi va tahlil qiladi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ularni tiklash chora-tadbirlarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, dasturlar va rejalar bajarilishi ustidan monitoring olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Bioinspeksiya faoliyatini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bioinspeksiyaga Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bioinspeksiya boshligʻining Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy bioinspeksiyalarga Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda Bioinspeksiya boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliqlar boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bioinspeksiya boshligʻi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalar ishiga rahbarlik qiladi hamda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya, mehnat va shartnoma intizomiga rioya etilishi uchun javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparat xodimlarini hamda hududiy inspeksiyalarning boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bioinspeksiya xodimlarining lavozim vazifalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, formali kiyim-bosh, aloqa vositalari, maxsus anjomlar saqlanishini, shuningdek ularning toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida Bioinspeksiyaning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bioinspeksiya tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, fuqarolarni, ularning vakillari, yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bioinspeksiyaning malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlaydi, ularning malakasini oshirish, tayyorlash, qayta tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazilishini tashkil etadi, shuningdek kadrlar zaxirasini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bioinspeksiya xodimlarini belgilangan tartibda ragʻbatlantiradi va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarda Bioinspeksiya manfaatlarini ifodalaydi, shuningdek Bioinspeksiya nomidan shartnomalar tuzadi va belgilangan tartibda mablagʻlar va mol-mulkni tasarruf qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq boshqa masalalarni hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Bioinspeksiya mansabdor shaxslarining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bioinspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosari, boʻlim boshliqlari, Bioinspeksiyaning bosh va yetakchi mutaxassislari, hududiy inspeksiyalar boshliqlari, boʻlim boshliqlari, bosh va yetakchi mutaxassislari, hududiy inspeksiyalarning ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha davlat inspektorlari Bioinspeksiyaning oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxslari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bioinspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosari, Bioinspeksiya boʻlimlari boshliqlari, hududiy inspeksiyalar boshliqlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish, Davlat ekologiya qoʻmitasi nomidan mansabdor shaxslar va fuqarolarga jarimalar solish, shuningdek ushbu maʼmuriy huquqbuzarliklar oqibatida atrof muhit va tabiiy resurslarga yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirishga qaratilgan choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosini hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha davlat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilishi uchun takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, toʻxtatib qoʻyish, toʻxtatish va (yoki) faoliyat turini oʻzgartirishga, shuningdek atrof muhitga yetkazilgan zararni undirishga qaratilgan choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan tashkilotlar, shuningdek korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish, toʻxtatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish, shuningdek atrof muhitga yetkazilgan zararni undirish yuzasidan daʼvo arizalari bilan sudga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda alohida faoliyat turlarini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnomalar, litsenziyalarni, agar bunday faoliyat oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi talablar buzilishi bilan amalga oshirilsa, ularni toʻxtatib qoʻyish yoki bekor qilish toʻgʻrisida ushbu ruxsatnomalarni litsenziyalarni bergan organlarga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi tabiatni muhofaza qilish qonun hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha materiallarni koʻrib chiqishda, ushbu ish boʻyicha aniqlanadigan bironta vaziyatdan xabardor boʻlgan istalgan shaxsni maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha guvoh sifatida chaqirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun oʻtkazilgan tekshiruvlar toʻgʻrisidagi materiallarni va boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bioinspeksiyaning belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilgan va tekshiruvlarni oʻtkazishga huquq beruvchi maxsus guvohnomaga ega boʻlgan mansabdor shaxslari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun tekshiruvlar oʻtkazish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanilishini aniqlash uchun, tadbirkorlik subyektlari tomonidan ular faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari ijro etilishini nazorat qilmasdan, oʻsimliklarning unib chiqishi va hayvonlarning yashash muhitiga toʻsqinliksiz kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda chegara hududlarga tutashgan zonalarga kirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovchilik va baliqchilik hududlarida ovchilik va baliqchilik qurollari, ovchi qushlar va ov itlari, ovchilik va baliqchilik mahsulotlariga ega boʻlgan shaxslardan ov qilish huquqini beruvchi hujjatlar koʻrsatilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni tekshirish, transport, suzish vositalarini maʼmuriy toʻxtatib turish, buyumlar, transport vositalar va kemalar, ov va baliqchilik vositalari, tayyorlangan yovvoyi oʻsimliklarni, ovlangan va tayyorlab qoʻyilgan mahsulotlarni va boshqa buyumlarni koʻzdan kechirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, oʻzga tashkilotlarning mansabdor shaxslaridan, shuningdek jismoniy shaxslardan, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlardan oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishlari holatlari, shuningdek ularning sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va sharoitlar boʻyicha tushuntirish xatlarini talab qilish va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirishlar natijasi boʻyicha dalolatnomalar tuzish hamda oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishlarini, shuningdek ularning sodir etilishiga imkon yaratayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida davlat organlari, boshqa yuridik, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ovchilik, oʻrmon ovchiligi va baliqchilik xoʻjaliklarning kordonlari, binolari, omborxonalari hamda oʻrmon nazoratchilari va malakali ovchilar (egyerlari)ning boshqa inshootlarini koʻzdan kechirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida huquqni buzishlar sodir etilgan holatlarda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barcha turdagi transport vositalarini toʻxtatib turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqonuniy tartibda yigʻib olingan, tayyorlangan, ovlangan yoki qonunga xilof ravishda olib ketish, sotish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketishda ushlangan oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari va uning qismlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyish va tasarruf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqonuniy tayyorlangan va ovlangan mahsulotlarni olib qoʻyish va belgilangan tartibda tayyorlash, qayta ishlab chiqarish va savdo-sotiq bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga (shartnomaviy narxlar boʻyicha), “Mehribonlik”, “Muruvvat”, “Saxovat” uylariga, internat, maktablar va shifoxonalarga (bepul asosda) topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik sodir etilishi vositalari hisoblangan qurol, unga oʻq-dorilar hamda ovchilik va baliqchilikning boshqa buyumlarini belgilangan tartibda olib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, saqlash, tiklash va ulardan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishiga olib keladigan ishlarni belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni ichki ishlar organlariga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi materiallarni koʻrib chiqish hamda Davlat ekologiya qoʻmitasi nomidan aybdor shaxslarga nisbatan jarimalar solish tarzida maʼmuriy choralar koʻrish, zarur hollarda materiallarni koʻrib chiqish uchun huquqni muhofaza qiluvchi hamda sud organlariga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarga oʻsimlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan ziyon uchun zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda daʼvo arizalari berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda obyektni tekshirish jarayonida tashkilotlardan xona, telefon va boshqa aloqa vositalari, maxsus kiyim, shuningdek, maxsus himoya vositalari berilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat vazifalarini bajarish jarayonida formali kiyim-bosh kiyish, shaxsiy biriktirilgan xizmat qurolini va maxsus vositalarni olib yurish, saqlash, shuningdek faqat qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda jismoniy kuchni, maxsus vositalar va xizmat qurolini ishlatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bioinspeksiyaning mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga xam ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bioinspeksiyaning mansabdor shaxslari quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarining oldini olish, aniqlash hamda bartaraf qilish boʻyicha vazifalar va funksiyalarni oʻz vaqtida va toʻliq darajada bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat, tijorat sirini va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa sirni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanish madaniyatini oshirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini fuqarolarga tushuntirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bioinspeksiyaning mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarishda davlat hokimiyati vakillari hisoblanadi va davlatning himoyasi ostida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilgan mansabdor shaxslarga, ular tomonidan xizmat vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qiluvchi har qaysi shakldagi har qanday taʼsir koʻrsatish yoxud ular faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bioinspeksiya xodimlari uchun moʻljallangan xizmat quroli va unga oʻq-dorilari turlari, turkumlari (modellari), miqdori, shuningdek ularni xarid qilish, saqlash, tashish, topshirish, qabul qilib olish va hisobga qoʻyish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bioinspeksiyaning mansabdor shaxslari oʻz vazifalari zarur tarzda bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Moddiy ragʻbatlantirish choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Bioinspeksiya xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va Bioinspeksiyaning budjetdan tashqari fondi hisobiga shakllantiriladigan mehnatga haq toʻlash fondi, budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlari Bioinspeksiya xodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish manbai hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Bioinspeksiyani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 500-modda)