Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.07.2020 05.06.2017 yildagi 355-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.07.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan birgalikda ushbu qaror kuchga kirguncha berilgan turoperator va mehmonxona xizmatlari sertifikatlarini uch oy muddatda xatlovdan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror chiqqungacha sertifikatlashtirish organlari tomonidan berilgan turoperator va mehmonxona xizmatlarining muvofiqlik sertifikatlari ularning amal qilish muddati tugagungacha amal qilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 5-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
355-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 355-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Turizm toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PQ-2666-son qaroriga muvofiq turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish va inspeksiya nazorati tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan turistik xizmatlarning alohida turlarini, jumladan umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni, turistlarga transport xizmatlari koʻrsatishni sertifikatlashtirish Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzstandart” agentligi deb ataladi) tomonidan belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tadbirkorlik subyektlari faqat belgilangan tartibda tegishli sertifikatlar olingandan keyin va ularning amal qilish muddati davomida turoperatorlik va mehmonxona xizmatlari koʻrsatish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlik sertifikatining (keyingi oʻrinlarda sertifikat deb ataladi) amal qilish muddati berilgan sertifikatni har yili tasdiqlagan holda uch yildan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatning asl nusxasi bevosita sertifikatlashtirish obyektida turadi va u uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaldagi sertifikatsiz turoperatorlik va mehmonxona xizmatlari koʻrsatish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish, joylashtirish vositalariga toifa berish hamda sertifikatlashtirilgan turoperator va mehmonxona xizmatlarining standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar (keyingi oʻrinlarda normativ hujjat deb ataladi) talablariga muvofiqligining inspeksiya nazorati, Oʻzbekiston Respublikasining Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi, belgilangan tartibda akkreditlangan “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan, milliy sertifikatlashtirish organi — “Oʻzstandart” agentligi bilan mustahkam hamkorlikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Turoperator va mehmonxona xizmatlarining standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash boʻyicha sertifikatlashtirish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Oilaviy mehmon uylari xizmatlarini sertifikatlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 631-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Xostel xizmatini sertifikatlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda mehmon uylari va xostellar reyestriga ular toʻgʻrisida maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirish obyektlari — turoperator va mehmonxona xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turoperator xizmatlari — turistlar bilan tuzilgan shartnoma asosida ularning ehtiyojlariga muvofiq koʻrsatiladigan, turistik operator (joylashtirish, ovqatlantirish, transport xizmati koʻrsatish, ekskursiyalar, boʻsh vaqtni va shu kabilarni tashkillashtirish) xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehmonxona xizmatlari — joylashtirish vositalarida (mehmonxonalar, turistik bazalar va majmualar, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oʻtovli oromgohlar va normativ hujjatlar talablari taalluqli boʻlgan boshqa joylashtirish vositalari) vaqtinchalik yashash joyi berish boʻyicha xizmatlar, xostellardan tashqari;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — sertifikatlashtirish obyektini sertifikatlashtirishga ariza bergan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat egasi — sertifikat berilgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirish — sertifikatlashtirish obyektining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash boʻyicha faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylashtirish vositalarini tasniflash tizimi (tasniflash tizimi) — normativ hujjatda belgilangan, binolar, jihozlar, koʻrsatilayotgan xizmatlar turlari va sifati, xizmat koʻrsatish darajasiga doir talablar majmuiga asoslangan tegishli toifani joylashtirish vositalariga berish uchun koʻrsatilayotgan mehmonxona xizmatlarining sifatini baholash tizimi. Toifalar yulduz (yulduzlar) koʻrinishidagi belgi bilan belgilanadi, ularning soni (bittadan beshtagacha) xizmat koʻrsatish sifati darajasiga bogʻliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat — turoperator va mehmonxona xizmatlari sifatini va ularning muayyan normativ hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik belgisi — xizmatning muayyan normativ hujjatga muvofiqligini koʻrsatish uchun xizmatlarga doir ilova hujjatlari uning bilan tamgʻalanadigan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan belgi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim — sertifikat va muvofiqlik belgisini qoʻllash huquqini berish toʻgʻrisidagi bitim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Sertifikatlashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Sertifikatlashtirish uchun ariza berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda, shaxsan oʻzi, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda Markazga sertifikatlashtirish uchun ariza (keyingi oʻrinlarda ariza deb ataladi) beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Turoperator xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga arizachining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagilar ilova qilinishi kerak:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ hujjatlar talablariga binoan turizm sohasida maʼlumotga va/yoki malaka sertifikatlariga ega boʻlgan arizachining xodimlari toʻgʻrisida ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotlar;

turoperator xizmatlari koʻrsatish jarayonida favqulodda holatlar yuzaga kelganda arizachi xodimlarining harakat qilish rejasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlar, shu jumladan bunday mulkning ijara shartnomasi;

ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda arizachi tomonidan turoperator xizmatini tashkillashtirish uchun tuzilgan shartnomalar (transport va ekskursiya xizmatiga, joylashtirish, gid-tarjimonlar xizmatiga, ovqatlanish, koʻngilochar va dam olish, turagentlik xizmatlariga hamda turistlarni qabul qiluvchi davlatlardagi xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar va boshqalar) roʻyxati. Ilgari turoperator xizmatlari koʻrsatmagan arizachilar sertifikat olingandan keyin olti oy davomida koʻrsatib oʻtilgan shartnomalar roʻyxatini taqdim qilish toʻgʻrisida kafolat xatini Markazga taqdim etishlari lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turist arizasi, turoperator xizmatlari koʻrsatishga doir namunaviy shartnoma namunalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida, mamlakatga kirish/chiqish uchun zarur hujjatlar, bojxona va viza qoidalari toʻgʻrisida, xavfsizlik choralari, oʻzini tutish qoidalari va tashrif buyurilayotgan mamlakatning oʻziga xos xususiyatlari, sugʻurtalash, vaksinatsiya zarurati, cheklovlar va qarama-qarshi koʻrsatmalarning mavjudligi va boshqalar toʻgʻrisidagi axborot materiallari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga arizachining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagilar ilova qilinishi kerak:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ hujjatlar talablariga binoan turizm sohasida maʼlumotga va/yoki malaka sertifikatlariga ega boʻlgan arizachining xodimlari toʻgʻrisida ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatiga xavfsizlikka rioya etishni nazorat qilish va normativ hujjatning belgilangan talablariga joylashtirish vositasining muvofiqligini tasdiqlash kiradigan, vakolatlangan nazorat organlarining (yongʻin va sanitariya-gigiyena xavfsizligi, gaz qurilmalari va lift jihozlaridan xavfsiz foydalanish) xulosa va dalolatnomalari (ariza kelib tushgan kungacha bir yildan kech boʻlmagan vaqtda tuzilgan) nusxalari. Yangidan tashkil etilgan joylashtirish vositalari uchun ulardan foydalanish kunidan boshlab bir yil davomida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar oʻrniga davlat komissiyasining foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasi nusxasi ham taqdim etilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlar, shu jumladan bunday mulkning ijara shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehmonxona xizmatlari koʻrsatish jarayonida favqulodda holatlar yuzaga kelganda arizachi xodimlarining harakat qilish rejasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehmonlar xavfsizligi va xizmat koʻrsatish (dezinfeksiya toʻgʻrisida, yongʻin signalizatsiyasi tizimi va liftlarga texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida) sifatini taʼminlash boʻyicha tegishli xizmatlar bilan shartnomalar nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farroshlar xizmati va ovqatlanish joylari ishchilarining tibbiy daftarchalari nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehmonxona xizmatlari koʻrsatish tartibi va ulardan foydalanish qoidalari toʻgʻrisidagi axborot materiallari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Arizachining xohishiga koʻra arizachining koʻrsatilayotgan xizmatlarning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjatlar arizaga ilova qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Sertifikatlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni davomida Markaz arizani koʻrib chiqadi va sertifikatlashtirishni amalga oshirish toʻgʻrisida yoki sertifikatlashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sertifikatlashtirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi asoslarga binoan qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada toʻliq boʻlmagan hajmdagi maʼlumotlarni koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 7 yoki 8-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar va maʼlumotlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza, hujjatlar va maʼlumotlar sifatining sertifikatlashtirish maqsadlari uchun zarur boʻlgan axborotni aniqlashga imkon bermasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatlashtirishni ushbu bandda koʻrsatib oʻtilmagan asoslar boʻyicha rad etish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markaz qaror qabul qilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida arizachiga quyidagilarni yuboradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisida — sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror va Markazning bank hisob rekvizitlari, sertifikatlashtirishga toʻlanadigan haq miqdori va muddati koʻrsatib oʻtilgan sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma. Sertifikatlashtirish boʻyicha ishlar (xizmatlar) narxi ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan toʻlovlarning miqdorini eʼtiborga olgan holda hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirishni rad etish toʻgʻrisida — rad etishning muayyan asoslangan sabablari koʻrsatilgan holda qaror.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Arizachi qarorni olgandan keyin oʻttiz kun mobaynida Markazning bank hisob raqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha haq toʻlashi va Markaz bilan sertifikatlashtirish toʻgʻrisida shartnoma imzolashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatib oʻtilgan shartlar buzilgan taqdirda Markazning sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori bekor qilinadi, bu toʻgʻrida arizachi ikki ish kuni mobaynida xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Sertifikatlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatib oʻtilgan shartlar arizachi tomonidan bajarilgandan keyin uch ish kuni davomida Markaz rahbarining buyrugʻi bilan komissiya tarkibi va sertifikatlashtirish maqsadi, obyektlari, hajmi va uning boʻyicha ishlar mazmunini aniqlaydigan sertifikatlashtirish dasturi tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishini rejalashtirish va muvofiqlashtirishni Markazning sifat boʻyicha ekspert-auditorlari orasidan tayinlanadigan uning raisi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya raisi komissiya tarkibi tasdiqlangan kundan boshlab besh ish kuni davomida taqdim qilingan arizani hamda unga ilova qilingan hujjatlar va maʼlumotlarning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tahlil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahlil natijalariga koʻra komissiya raisi xulosa chiqaradi, unda arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarda nomuvofiqliklar yoʻqligi yoki mavjudligi toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtiladi, uning nusxasi arizachiga sertifikatlashtirish tugagungacha ularni bartaraf etish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiya tomonidan sertifikatlashtirish obyektining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash (keyingi oʻrinlarda audit deb ataladi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turoperator xizmatlari uchun — arizachining joylashgan joyida oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehmonxona xizmatlari uchun — joylashtirish vositasining joylashgan joyida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar va maʼlumotlarning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tahlil qilish tugallangan kundan boshlab uch ish kunidan keyin komissiya baholashni oʻtkazishni boshlashi kerak. Baholash muddati 10 ish kunidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Baholashni oʻtkazish uchun arizachi komissiyaga normativ hujjatlar talablariga binoan zarur hujjatlarni taqdim etishi va uning ishlashi uchun sharoitlar yaratishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizachidan, taqdim qilinayotgan xizmatlarni sertifikatlashtirishga tegishli boʻlmagan hujjatlarni berishni va ularni baholashni amalga oshirishni talab qilish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Baholash vaqtida normativ hujjatlar talablariga sertifikatlashtirish obyektining aniq muvofiqligi, shu jumladan quyidagilar tekshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xodimlarning malakasi, ularning oʻz lavozim yoʻriqnomalarini bilishlari va unga rioya qilishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sertifikatlashtirish obyektining holati va jihozlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) arizachining xavfsizlikni taʼminlash tizimi talablariga rioya qilishi va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sertifikatlashtirish obyektining normativ hujjatlar talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha sertifikatlashtirish obyektining nomuvofiqligi toʻgʻrisida protokol tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mehmonxona xizmatlarini baholash oʻtkazilayotganda quyidagilar majburiy shartlar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 tagacha nomyerga ega boʻlgan joylashtirish vositalarining nomyerlarini toʻliq tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 tadan koʻp nomyerga ega boʻlgan joylashtirish vositalarining nomyerlarini tanlab tekshirish (15 % dan 30 % gacha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylashtirish vositalarining boshqa xonalari va jihozlarini toʻliq tekshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomyerlarni tanlash komissiya raisi tomonidan amalga oshiriladi va joylashtirish vositasining haqiqiy holatining aniqligini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar arizachining ikki yoki undan ortiq joylashtirish vositalari mavjud boʻlsa har bir joylashtirish vositasi boʻyicha alohida sertifikatlashtirish oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Agar arizachi oʻzining joylashtirish vositasiga toifa berilishiga daʼvogar boʻlsa, bu toʻgʻrida arizada koʻrsatib oʻtilishi kerak, mehmonxona xizmatlarini baholash vaqtida komissiya ushbu joylashtirish vositasini tasniflash tizimiga binoan uning tegishli toifaga muvofiqligini aniqlaydi. Baholash davomida ushbu Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha joylashtirish vositasini tasniflash protokoli tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Baholash davomida ushbu Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha sertifikatlashtirish obyektini baholash protokoli tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ish natijalariga koʻra komissiya ushbu Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha, qaror qabul qilish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasini ikki nusxada tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasida sertifikatlashtirish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa axborot qoʻshimcha tarzda aks ettirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasiga sertifikatlashtirish obyektini baholash protokoli, mehmonxona xizmatlari uchun — joylashtirish vositalarini tasniflash protokoli, nomuvofiqliklar aniqlangan holatlarda — sertifikatlashtirish obyektining nomuvofiqligi toʻgʻrisida protokollar hamda sertifikatlashtirishning barcha bosqichlarida komissiya tomonidan toʻplangan boshqa hujjatlar ilova qilinadi. Sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasi va protokollarning ikkinchi nusxasi arizachiga imzo qoʻydirib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Sertifikatlashtirish natijalari boʻyicha qarorlar qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Komissiya raisi sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasi tuzilgan kundan boshlab ikki ish kuni davomida ushbu dalolatnomani Markazga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasi taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni davomida Markaz quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat berish toʻgʻrisida (mehmonxona xizmatlariga nisbatan sertifikat berish toʻgʻrisidagi qarorda joylashtirish vositasiga tasniflash tizimiga binoan tegishli toifani berish toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtilishi mumkin);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat berishni rad etish toʻgʻrisida — agar aniqlangan nomuvofiqliklar baholash vaqtida arizachi tomonidan bartaraf etilmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror sertifikatlashtirishda ishtirok etmagan sifat boʻyicha ekspert-auditor tomonidan tayyorlanadi va Markaz rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Sertifikat egasi va Markaz oʻrtasida tuzilgan kelishuvga asosan muvofiqlik belgisidan foydalaniladi va u sertifikatning amal qilish muddati davomida sertifikatlashtirish obyektida Markaz tomonidan inspeksiya nazorati oʻtkazilishi orqali tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda ushbu qaror arizachiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikat berish toʻgʻrisidagi qarorda arizachiga Markaz bilan bitimni imzolash shartlari va muddatlari hamda sertifikat va muvofiqlik belgisini qoʻllashga toʻlov toʻlash uchun Markazning bank hisobi rekvizitlari koʻrsatib oʻtiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikat va muvofiqlik belgisini qoʻllash uchun toʻlov miqdorini ushbu Nizomning 5a-ilovasiga muvofiq arizachining oʻzi mustaqil hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Sertifikat berish toʻgʻrisidagi qaror olingan kundan boshlab oʻttiz kun davomida arizachi sertifikat va muvofiqlik belgisini qoʻllashga toʻlov hisobini Markazga taqdim etishi, Markazning bank hisob raqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan ushbu toʻlovni toʻlashi hamda Markaz bilan bitimni imzolashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatib oʻtilgan shartlardan biri buzilgan holatlarda Markazning sertifikat berish toʻgʻrisidagi qarori bekor qilinadi, bu toʻgʻrida arizachiga bildirish xati yuboriladi. Bunda sertifikatlashtirish toʻgʻrisida shartnoma boʻyicha toʻlangan toʻlov arizachiga qaytarib berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Sertifikat berishni rad etish uchun asos boʻlgan muayyan sabablar koʻrsatib oʻtilgan, sertifikat berishni rad qilish toʻgʻrisidagi qaror arizachiga yuboriladi. Arizachi qarorni olgan kundan boshlab oʻttiz kun davomida koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etadi va ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Sertifikat berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar arizachi tomonidan oʻz vaqtida bartaraf etilgan holatlarda, nomuvofiqliklarning bartaraf etilganini tasdiqlovchi barcha hujjatlar bilan ularni bartaraf etish toʻgʻrisidagi tegishli ariza arizachidan olingan kundan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda bepul ravishda, faqat nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlash uchun oʻtkaziladigan sertifikatlashtirish bosqichi amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda komissiya taqdim etilgan hujjatlar asosida avval tuzilgan dalolatnomaga qoʻshimcha ravishda sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatlashtirish obyektini baholashning qoʻshimcha dalolatnomasida sertifikat berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar arizachi tomonidan bartaraf etilganligi toʻgʻrisida axborot koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Komissiyaning qoʻshimcha dalolatnomasi olingan kundan boshlab ikki ish kunidan oshmaydigan muddatda Markaz ushbu Nizomning 27-bandiga muvofiq qaror qabul qiladi. Qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni davomida ushbu qaror arizachiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yangi asoslar boʻyicha sertifikat berishning rad etilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Sertifikat berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatib oʻtilgan muddat tugagandan keyin taqdim qilingan sertifikatlashtirish talablarini bajarish toʻgʻrisidagi ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Sertifikat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Sertifikat blankasi qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish raqami va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi, blankalar Markazga blankalarni zarur miqdorda beradigan Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi buyurtmasiga binoan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Arizachi ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatib oʻtilgan shartlarni bajargan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida, Markaz ushbu Nizomning 10 va 11-ilovalariga binoan shaklda sertifikatni rasmiylashtiradi va uni Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz arizachining tegishli tarzda vakolatlangan vakiliga sertifikatni imzolab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Amaldagi sertifikat uning egasiga muvofiqlik belgisini qoʻllash huquqini, mehmonxona xizmatlariga nisbatan esa — joylashtirish vositalarini tasniflash tizimiga muvofiq berilgan toifani qoʻllashga huquq beradi. Turoperator va mehmonxona xizmatlari koʻrsatish vaqtida amaldagi sertifikat egalari muvofiqlik belgisidan sertifikatning amal qilish muddati davomida oʻzlarining reklama va axborot materiallarida foydalanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizachining xohishiga koʻra mehmonxona xizmatlari uchun sertifikatda tasniflash tizimi boʻyicha joylashtirish vositasining toifasi koʻrsatiladi yoki koʻrsatib oʻtilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylashtirish vositalariga nisbatan har bir joylashtirish vositasiga alohida sertifikat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan faoliyatni keyinchalik amalga oshirish uchun sertifikatning amal qilish muddati tugaguncha uch oydan kech boʻlmagan vaqtda sertifikat egasi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda qayta sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Markazga murojaat qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Sertifikat egasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ hujjatlarga va ushbu Nizom talablariga, bitim shartlariga rioya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlarga doir sertifikatni qoʻllash va ilova hujjatlarini muvofiqlik belgisi bilan belgilash qoidalariga va normativ hujjatlar talablariga binoan joylashtirish vositalariga berilgan toifani ishlatish qoidalariga rioya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha manfaatdor shaxslar uchun sertifikat bilan bemalol tanishish imkoniyatini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 2, 3 va 4-ilovalariga muvofiq shakllarda taqdim qilingan maʼlumotlarning oʻzgarishi va menejmenti tizimidagi, koʻrsatilayotgan xizmatlar roʻyxatidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida Markazga bir oy davomida axborot berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz sertifikatini qoʻllash huquqini uchinchi shaxslarga bermasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatni toʻxtatish, qaytadan tashkil etish yoki joylashgan joyini yoki xizmat koʻrsatish joyini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻttiz kun davomida sertifikatning asl nusxasini ilova qilgan holda Markazga yozma xabar berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat egasini tugatish, uning faoliyatini toʻxtatish, uning qaytadan tashkil etilishi yoki qayta sertifikatlashtirishdan bosh tortish vaqtida sertifikatning amal qilish muddati tugaguncha oʻzining xizmat koʻrsatishini toʻxtatishini taʼminlashi kerak, ushbu Nizom 64-bandining “b” kichik bandiga muvofiq sertifikatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bogʻliq oʻzgartirishlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sertifikatlashtirish obyektining inspeksiya nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Inspeksiya nazorati sertifikatlashtirish vaqtida belgilangan normativ hujjatlar talablariga sertifikatlashtirish obyektining muvofiqligini tasdiqlash maqsadida uning davriy qayta baholanishining tartib-taomili hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya nazoratini oʻtkazish muddati 10 ish kunidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Markaz inspeksiya nazoratini oʻtkazish davrini belgilaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi veb-saytida Inspeksiya nazoratini oʻtkazish rejasini joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun Markaz rahbarining buyrugʻi bilan komissiya tarkibi, inspeksiya nazoratini oʻtkazish muddati va dasturi tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning sifat boʻyicha ekspert-auditorlari orasidan komissiya raisi tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Inspeksiya nazorati boshlanguncha oʻn ish kunidan kech boʻlmagan vaqtda Markaz sertifikat egasiga bu toʻgʻrida maʼlum qiladi va ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan, toʻlov miqdorlarini eʼtiborga olgan holda hisoblanadigan inspeksiya nazoratini oʻtkazish narxi toʻgʻrisida xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikat egasi inspeksiya nazoratini boshlash kunigacha besh kundan kech boʻlmagan vaqtda inspeksiya nazoratini oʻtkazish toʻlovi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni Markazga taqdim qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Inspeksiya nazoratini oʻtkazishga oʻz vaqtida toʻlov toʻlanmaganda yoki inspeksiya nazoratini oʻtkazish rad etilganda Markaz sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Inspeksiya nazorati ushbu Nizomning 17 — 26-bandlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda komissiya sertifikatning asl nusxasi mavjudligini tekshiradi va inspeksiya nazoratining natijalari salbiy boʻlganda sertifikat egasidan sertifikatning asl nusxasi olib qoʻyiladi, bu toʻgʻrisida inspeksiya nazorati dalolatnomasida koʻrsatib oʻtiladi. Inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha Markazning qarori chiqarilgungacha sertifikat egasi oʻz faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Rejadagi inspeksiya nazorati bitim asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatlashtirishdan keyin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi rejadagi inspeksiya nazorati sertifikat berilgandan keyin kamida olti oy oʻtgandan soʻng oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi rejadagi inspeksiya nazorati avvalgi inspeksiya nazorati oʻtkazilgandan keyin kamida oʻn ikki oy oʻtgandan soʻng oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta sertifikatlashtirishdan keyin rejadagi inspeksiya nazorati sertifikatning amal qilish muddati davomida ikki marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Inspeksiya nazoratining dalolatnomasi taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni davomida Markaz quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) inspeksiya nazoratining natijalari ijobiy boʻlganda — sertifikatning amal qilishini tasdiqlash toʻgʻrisida. Mehmonxona xizmatlariga nisbatan qarorda tasniflash tizimiga binoan joylashtirish vositasining tegishli toifasini tasdiqlash yoki oʻzgarishi toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtilishi mumkin;

b) inspeksiya nazoratining natijalari salbiy boʻlganda — sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida. Mehmonxona xizmatlariga nisbatan qarorda joylashtirish vositalari toifasini qoʻllashga vaqtinchalik taqiq koʻrsatib oʻtiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror inspeksiya nazoratida ishtirok etmagan sifat boʻyicha ekspert-auditor tomonidan tayyorlanadi va Markaz rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror uning qabul qilingan kunidan boshlab ikki ish kuni davomida sertifikat egasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Markaz sertifikatning amal qilishini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan keyin uning egasiga sertifikatning asl nusxasini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun oʻttiz kunlik muddat koʻrsatib oʻtiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddat davomida sertifikat egasi aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etishi va bu toʻgʻrida Markazga ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi barcha hujjatlar bilan ariza taqdim qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Sertifikat egasidan sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan nomuvofiqliklarning bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tegishli ariza barcha tasdiqlovchi hujjatlar bilan oʻz vaqtida Markazga kelib tushgan holatlarda komissiya taqdim etilgan hujjatlar asosida avval tuzilgan dalolatnomaga sertifikat obyekti inspeksiya nazoratining qoʻshimcha dalolatnomasini uch kun muddatda tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda inspeksiya nazoratining qoʻshimcha dalolatnomasini tuzish uchun toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda komissiya taqdim etilgan hujjatlar asosida avval tuzilgan dalolatnomaga sertifikatlashtirish obyektini inspeksiya nazoratining qoʻshimcha dalolatnomasini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan sabablar sertifikat egasi tomonidan bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi axborot inspeksiya nazoratining qoʻshimcha dalolatnomasida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Komissiyaning qoʻshimcha dalolatnomasi olingan kundan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda Markaz quyidagilar toʻgʻrisida qaror qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) inspeksiya nazoratining natijalari ijobiy boʻlganda — sertifikatning amal qilishini tasdiqlash toʻgʻrisida. Mehmonxona xizmatlariga nisbatan qarorda tasniflash tizimiga binoan joylashtirish vositasining tegishli toifasini tasdiqlash yoki oʻzgarishi toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) inspeksiya nazoratining natijalari salbiy boʻlganda — sertifikatning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida. Mehmonxona xizmatlariga nisbatan qarorda joylashtirish vositalari toifasini qoʻllashga taqiq koʻrsatib oʻtiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda inspeksiya nazoratining dalolatnomasida koʻrsatib oʻtilmagan yangi nomuvofiqliklar boʻyicha sertifikat amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Toʻxtatib turish toʻgʻrisida qarorda koʻrsatib oʻtilgan muddat tugagach Markazga kelib tushgan sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan nomuvofiqliklarning bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Quyidagi holatlarda ham sertifikatning amal qilishi toʻxtatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) sertifikatning amal qilish muddati tugaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sertifikatning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida sertifikat egasining arizasi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sertifikat egasidan faoliyatni tugatish yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha — faoliyatni tugatish yoki toʻxtatish kunidan boshlab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) sertifikat egasini tugatish yoki uning faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisida nazorat yoki roʻyxatga olish organlaridan olingan axborot boʻyicha — sertifikat egasi tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) sertifikat egasi qayta tashkil etilganda — qayta tashkil etish kunidan boshlab, agar sertifikat egasi bunday qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻttiz kun davomida sertifikatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bilan Markazga murojaat qilgan boʻlsa, mazkur qayta oʻzgartirishlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) sertifikat egasining joylashgan joyi yoki sertifikatda koʻrsatib oʻtilgan xizmatlarni koʻrsatish joyi oʻzgarganda, agar sertifikat egasi tegishli qaror qabul qilish kunidan boshlab oʻttiz kun davomida Markazga sertifikatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilgan boʻlsa, mazkur holat bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) ushbu Nizomning 45-bandi va 48-bandining “b” kichik bandiga muvofiq sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilmagan holatlarda — Markaz tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Ushbu Nizom 53-bandining “b” kichik bandi va 55-bandining “j” kichik bandiga muvofiq sertifikatining amal qilishi toʻxtatilgan tadbirkorlik subyekti Markazning toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori chiqqan kundan boshlab uch oy oʻtgach sertifikatlashtirish obyektining sertifikatlashtirilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida ariza bilan Markazga murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Sertifikatning amal qilishi toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi qaror u qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni davomida sertifikat egasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Rejali inspeksiya nazorati boʻyicha ishlarga haq toʻlash bitimda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Inspeksiya nazoratining narxi ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan toʻlovlar miqdorini eʼtiborga olgan holda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Sertifikat quyidagi dalillar aniqlangan holatlarda sud qarori boʻyicha bekor qilinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) sertifikat soxta hujjatlardan foydalanib olinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Markazning sertifikat berish toʻgʻrisidagi qarori noqonuniy deb topilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda sertifikat Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Tadbirkorlik subyektining sertifikati ushbu Nizom 59-bandining “a” kichik bandiga muvofiq bekor qilingan boʻlsa, u bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab olti oy oʻtgach sertifikatlashtirish obyektining sertifikatlashtirilishini oʻtkazish toʻgʻrisida ariza bilan Markazga murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror kelib tushgan kundan boshlab sertifikat egasi turoperator va mehmonxona xizmatlari koʻrsatish uchun yangi shartnomalar tuzishni toʻxtatib turishi va Markaz tomonidan belgilangan muddatda nomuvofiqliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Sertifikatning amal qilishini toʻxtatish yoki sertifikatni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror kelib tushgan kundan boshlab sertifikatining amal qilishi toʻxtatilgan yoki sertifikati bekor qilingan tadbirkorlik subyekti mavjud shartnomalar boʻyicha turoperator va mehmonxona xizmatlari koʻrsatishni va yangi shartnomalar tuzishni toʻxtatishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Sertifikat amal qilishining toʻxtatib turilishi va toʻxtatilishi sertifikat, muvofiqlik belgisi va joylashtirish vositasining toifasini qoʻllash huquqini toʻxtatib turadi yoki toʻxtatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyekti sertifikatining amal qilishi toʻxtatib turilgan, toʻxtatilgan yoki sertifikati bekor qilingan boʻlsa, u oʻzining sertifikatlashtirilgan xizmati (sertifikati) borligi toʻgʻrisida maʼlum qilish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Sertifikatni qayta rasmiylashtirish, uning dublikatini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Markaz tomonidan sertifikatni qayta rasmiylashtirish quyidagi holatlarda bitim asosida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) sertifikatlashtirish arizasida koʻrsatib oʻtilgan sertifikat egasining joylashgan joyi (pochta manzili) yoki xizmat koʻrsatish joyi oʻzgargani toʻgʻrisida ariza bilan sertifikat egasining murojaatida, lekin ushbu ariza haqiqiy oʻzgarishlar boshlanishidan keyin oʻttiz kun davomida Markazga taqdim qilingan boʻlishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sertifikat egasining uni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaatida, lekin ushbu ariza qaror qabul qilingan va qayta tashkil etilgandan keyin oʻttiz kun davomida Markazga taqdim qilingan boʻlishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha joylashtirish vositalarining toifasini oʻzgartirishda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Ushbu Nizom 64-bandining “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan holatlarda Markaz ariza kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni davomida sertifikat egasining arizasi asosida ushbu sertifikatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, ushbu arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avval berilgan sertifikatning asl nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etish zaruratini tasdiqlovchi hujjatlarning sertifikat egasining imzosi bilan tasdiqlangan nusxalari;
(65-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan miqdorda sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Ushbu Nizom 64-bandining “b” va “v” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan holatda qaror qabul qilgan kundan boshlab uch ish kuni davomida sertifikatni qayta rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Qabul qilingan qaror uning qabul qilingan kunidan boshlab uch ish kunidan kech boʻlmagan vaqtda sertifikat egasiga yuboriladi, shundan soʻng Markaz qayta rasmiylashtirilgan sertifikatni uning egasiga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Qayta rasmiylashtirilgan sertifikatning amal qilish muddati avval uning egasiga berilgan sertifikatning amal qilish muddatiga muvofiq boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Sertifikat egasining xohishiga koʻra Markaz u bilan qayta rasmiylashtirilgan sertifikatning amal qilish muddati yuzasidan yangi bitim tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holatga kelgan sertifikat oʻrniga Markaz sertifikat egasining arizasiga binoan, ariza olingan kundan boshlab besh kun davomida uning dublikatini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza bilan ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan miqdorda sertifikat dublikatini berish uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat birga taqdim etilgan shart boʻyicha, bitim asosida sertifikatning dublikati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Sertifikat egalari va arizachilar tomonidan taqdim etilgan arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlar va maʼlumotlarda koʻrsatib oʻtilgan axborotlarning ishonchliligiga ularning oʻzlari javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Markaz belgilangan tartibda sertifikat berish toʻgʻrisida va berishni rad qilish, sertifikat amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki sertifikatlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Berilgan va qayta rasmiylashtirilgan sertifikatlar, amal qilish muddati toʻxtatilgan sertifikatlar, bekor qilingan sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumot har oyda Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestrini yuritish maqsadida “Oʻzstandart” agentligiga elektron shaklda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amal qilish muddati toʻxtatilgan sertifikatlar va bekor qilingan sertifikatlar toʻgʻrisidagi axborot tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda Markaz tomonidan davlat soliq xizmati organlariga va sertifikatlashtirish obyektining joylashgan joyi boʻyicha ichki ishlar organiga yuboriladi hamda ushbu maʼlumot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Arizachi yoki sertifikat egasi Markazning qaroridan rozi boʻlmagan holatlarda ushbu qarorga apellatsiya bilan “Oʻzstandart” agentligiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega. “Oʻzstandart” agentligining apellatsiya boʻyicha qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Markaz arizachining (sertifikat egasining) oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan oʻzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Markaz va arizachilar hamda sertifikat egalari oʻrtasida hujjat aylanishi (ariza, hujjatlar va maʼlumotlar, qarorlar, bildirish xatlari, ariza va shu kabilarni berish va yuborish) qogʻozli manbada yoki elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin. Ariza, hujjatlar va maʼlumotlar sifati sertifikatlashtirish maqsadlari uchun zarur boʻlgan axborotni aniqlashga imkon berishi kerak. Markazga kelib tushgan hujjatlar va maʼlumotlar sertifikatlashtirish yoki inspeksiya nazorati jarayonida ularning asl nusxalari bilan solishtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Amal qilishi toʻxtatilgan va bekor qilingan sertifikatlar Markaz tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir yil oʻtgach belgilangan tartibda yoʻq qilinishi lozim, bu toʻgʻrida quyidagi asosiy maʼlumotlar aks ettiriladigan maxsus jurnalda qayd amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qarorning raqami va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sertifikat egasining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) koʻrsatiladigan xizmat nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) blankaning bosmaxona raqami va Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestri boʻyicha raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) yoʻq qilish sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Sertifikatlashtirish va inspeksiya nazoratini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan Markazning hujjatlari sertifikat berilgan kundan boshlab besh yil oʻtgach belgilangan tartibda yoʻq qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Arizachilar va sertifikat egalari Markazga vakolatlangan nazorat organlarining (yongʻin va sanitariya-gigiyena xavfsizligi, gaz qurilmalari va lift jihozlaridan xavfsiz foydalanish) xulosalari va dalolatnomalarini taqdim etishlari mumkin, ularda sertifikatlashtirish obyektlarining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan ushbu organlar tomonidan oʻtkazilgan toʻliq boʻlmagan tekshiruv aks ettirilgan boʻladi. Aniqlangan dalillar toʻgʻrisida Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakolatlangan nazorat organlari (yongʻin va sanitariya-gigiyena xavfsizligi, gaz qurilmalari va lift jihozlaridan xavfsiz foydalanish) boʻlgan tegishli vazirlik va idoralarga taqdimnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatga ega boʻlmasdan turoperator va mehmonxona xizmatlari koʻrsatadigan, sertifikatlashtirish talablarini buzgan yoki soxta hujjatlardan foydalangan tadbirkorlik subyektlari rahbarlari qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Turoperator va mehmonxona xizmatlarining standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SERTIFIKATLAShTIRISh SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎“TURISTIK XIZMATLARNI SERTIFIKATLAShTIRISh
‎MARKAZI” DUK

‎‎Sertifikatlashtirish uchun
‎ARIZA

‎‎1. __________________________________________________________________________________________,
‎(yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaga binoan soʻrovchining toʻliq nomi)

‎‎__________________________________________________________________ manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan

‎‎(manzil, telefon, faks, elektron pochta)

tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtish toʻgʻrisida guvohnoma:
‎___________________________________________________________________________________________,

‎‎(roʻyxatdan oʻtish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi)

‎‎________________________________________________________________________________ shaxs nomidan,

‎‎(soʻrovchi rahbarining lavozimi, F.I.O.)

‎‎________________________________________________________________ manzil boʻyicha taqdim etiladigan

(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino nomeri)

‎‎quyida koʻrsatilayotgan:
a) turoperator: _______________________________________________________________________________

‎‎(xizmat turlari: kirish turizmi, chiqish turizmi, ichki turizm)

‎‎b) mehmonxona: _______________________________________________________________________________

‎‎(joylashtirish vositasining turi va nomi, nomer va joylar miqdori)

‎‎____________________________________________________________________________________________
‎(mulk maqomi toʻgʻrisida hujjat/ijara shartnomasi boʻyicha foydalaniladi)

‎‎xizmatlari __________________________________________________________________________________

‎‎(standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar)

‎‎__________________________________________ da belgilangan talablarga muvofiqligini maʼlum qiladi va standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarga ushbu xizmatlarning muvofiqligini sertifikatlashtirishni soʻraydi;
joylashtirish vositasining toifasi aniqlansin

ha‎

yoʻq‎‎

‎‎(soʻralayotganining tagiga chizing)‎‎

‎‎2. Sertifikatlashtirishni oʻtkazishda ishtirok etadigan arizachining javobgar shaxsi ____________________________________________________________________________________________

‎‎(lavozim, F.I.O., telefon, elektron pochta)

‎‎3. Arizachi sertifikatlashtirishning qonunchilik tomonidan belgilangan barcha shartlarini bajarishi va sertifikatlashtirishni oʻtkazish boʻyicha barcha xarajatlarni toʻlashi lozim.
‎‎4. Arizaga zarur hujjatlar va maʼlumotlar _________ varaqda ilova qilinadi.

‎‎_____________________________________________

‎‎______________________

‎‎(arizachi rahbarining lavozimi, F.I.O.)

‎‎(shaxsiy imzo)

‎‎20____ yil_____ _______________

MOʻ‎

(sana)‎

(mavjud boʻlsa)‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Arizachining xodimlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOTLAR

T/r

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Lavozimi

Maʼlumoti (taʼlim muassasasi nomi, ixtisosligi, diplom raqami va berilgan sanasi)

Turizm davlat qoʻmitasining malaka sertifikati raqami va berilgan sanasi

1.

2.

3.

4.

5.

_______________________________________

_______________________

(arizachi rahbarining lavozimi, F.I.O.)

(shaxsiy imzo)

20___ yi� ___ __________

MOʻ

(sana)

(mavjud boʻlsa)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Arizachi tomonidan tuzilgan shartnomalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

Kontragent (shartnoma tuzgan tomon) nomi

Kontragent koʻrsatadigan xizmat turi

Shartnoma raqami va sanasi

Shartnomaning amal qilish muddati

Xizmat koʻrsatish uchun asos boʻluvchi litsenziyalar, ruxsatnomalar va sertifikatlar raqami, sanasi va amal qilish muddati

1.

2.

3.

4.

5.

6.

_______________________________________

_______________________

(arizachi rahbarining lavozimi, F.I.O.)

(shaxsiy imzo)

20___ yil ___ ______________

MOʻ

(sana)

(mavjud boʻlsa)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOʻLOV MIQDORI

Nomi

Toʻlov miqdori (BHMda)

Turoperator xizmatlari

1.

Kirish (turistlarni qabul qilish) turizmi

3,4

2.

Chiqish (turistlarni yuborish) turizmi

3,5

3.

Ichki turizm

3,3

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xizmatlarning bittadan ortigʻini sertifikatlashtirishda toʻlov miqdori sertifikatlashtirishning umumiy summasidan 35% ga kamayadi.

Mehmonxona xizmatlari

4.

Sigʻimi 10 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari

2,7

5.

Sigʻimi 25 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari

3,8

6.

Sigʻimi 50 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari

6,0

7.

Sigʻimi 100 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari

6,8

8.

Sigʻimi 150 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari

10,7

9.

Sigʻimi 200 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari

12,1

10.

Sigʻimi 350 ta va undan yuqori joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari

13,6

Joylashtirish vositasining toifasini aniqlash va uni berish vaqtida sertifik?tlashtirish boʻyicha xizmatlarga toʻlov miqdori yuqorida koʻrsatib oʻtilganning 200% miqdorida belgilanadi.

Inspeksiya nazorati uchun toʻlov miqdori yuqorida koʻrsatib oʻtilgan toʻlovning 50% miqdorida belgilanadi.

11.

Sertifikatni qayta rasmiylashtirish

0,5

12.

Sertifikat dublikatini berish

0,5

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:

1. Sertifikatlashtirish bilan bogʻliq ishlarni oʻtkazishda toʻlanadigan toʻlov miqdorini hisoblash uchun sertifikatlashtirish shartnomasi rasmiylashtirilgan kunda belgilangan BHM (bazaviy hisoblash miqdori) qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sertifikatlashtirish boʻyicha ishlar (xizmatlar) narxi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan sertifikatlashtirish boʻyicha ishlarni bajarish uchun toʻlov miqdorini ushbu Nizomning 5b-ilovasida koʻrsatilgan tegishli koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikat va muvofiqlik belgisini qoʻllash uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOʻLOV MIQDORLARI

Sertifikatlashtirilgan xizmatlar koʻrsatishdan uch yilda tushgan daromadning prognoz qilingan hajmi

(QQSsiz)

Muvofiqlik belgisini qoʻllash uchun toʻlov (daromadning prognoz qilingan
har bir 10 mln. soʻmiga)

1.

10 000 mln. soʻmdan koʻp emas

bazaviy hisoblash miqdorining 0,05 miqdorida

2.

10 000 mln. soʻmdan yuqori

bazaviy hisoblash miqdorining 0,025 miqdorida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toʻlanadigan toʻlov miqdorini hisoblash uchun bitim rasmiylashtirilgan kunda belgilangan EKOIHM qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Rahbarlik funksiyalari va buxgalterlik hisobi funksiyalarini amalga oshiruvchi shaxslarning hamda reja boʻlimi (shtat jadvalida boʻlganda) boshligʻining imzolari qoʻyilgan arizachining yozma deklaratsiyasi sertifikatlashtirilgan xizmatlar koʻrsatishdan uch yilda tushgan daromadning prognoz qilingan hajmining tasdigʻi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sertifikat va muvofiqlik belgisini qoʻllash uchun toʻlov miqdori yuqorida koʻrsatib oʻtilgan toʻlovni ushbu Nizomning 5b-ilovasida koʻrsatilgan tegishli koeffitsiyentga koʻpaytirish yoʻli orqali aniqlanadi.
(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5b-ilova
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining hududlari boʻyicha toʻlovlarga doir
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOEFFITSIYENTLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mintaqa

Shahar va tuman markazlari

Qishloq aholi punktlari

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

0,7

0,7

2.

Andijon viloyati

1,1

0,7

3.

Jizzax viloyati

1,1

0,7

4.

Qashqadaryo viloyati

1,2

0,8

5.

Namangan viloyati

1,1

0,7

6.

Navoiy viloyati

1

0,7

7.

Surxondaryo viloyati

0,9

0,6

8.

Sirdaryo viloyati

0,7

0,7

9.

Toshkent viloyati

1,3

1,3

10.

Fargʻona viloyati

1,2

0,7

11.

Samarqand viloyati

1,6

0,7

12.

Buxoro viloyati

1,5

0,7

13.

Xorazm viloyati

1,2

0,7

14.

Toshkent sh.

1,8

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

Sertifikatlashtirish obyektining nomuvofiqligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DALOLATNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

‎‎Joylashtirish vositasini tasniflash
‎PROTOKOLI

____________________________________________________________________________________________‎
‎(sertifikatlashtirish obyektining nomi)

T/r‎‏ Normativ hujjat talablari‎‎‏ Tasniflash tizimi ‎‎ Muvofiqlik toʻgʻrisida qayd‎‎‏

*‎

**‎

***‎

****‎

*****

1‎

‎‎2

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

‎‎8

‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎

‎‎Komissiya raisi:

‎‎_________________

‎‎____________________________________

‎‎(shaxsiy imzo)

‎‎(F.I.O.)

‎‎Komissiya aʼzolari: ‎‎_________________

‎‎____________________________________

‎‎(shaxsiy imzo)

‎‎(F.I.O.)

‎‎Baholash arizachi/sertifikat egasining masʼul shaxsi ishtirokida amalga oshirildi:

‎‎_____________________________________________

__________________________

‎‎(lavozim, F.I.O.)

‎‎(shaxsiy imzo)

‎‎20___ yil ____ ____________

(sana)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA

‎‎Sertifikatlashtirish obyektini baholash
‎PROTOKOLI
___________________________________________________________________________________________‎
‎(sertifikatlashtirish obyektining nomi)

T/r‎

‎‎Normativ hujjatlar talablari

‎‎Normativ hujjatlarning belgilanishi va bandi

Haqiqiy holati‎

‎‎Muvofiqlik toʻgʻrisida qayd

1.‎

‎‎2.

‎‎3.

4.‎

‎‎5.

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
Komissiya raisi:‎

‎‎_____________________
‎(shaxsiy imzo)

‎‎_________________________________________
‎(F.I.O.)

‎‎Komissiya aʼzolari:

‎‎______________________

‎‎_________________________________________

‎‎(shaxsiy imzo)

‎‎(F.I.O.)

‎‎Baholash arizachi/sertifikat egasining masʼul shaxsi ishtirokida amalga oshirildi:

‎‎_____________________________________________

‎‎______________________

‎‎(lavozim, F.I.O.)

‎‎(shaxsiy imzo)

‎‎20___ yil _____ ______________

(sana)‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA

‎‎Sertifikatlashtirish obyektini baholash/inspeksiya nazoratining
‎______ — son DALOLATNOMASI

‎‎20___ yil ___ __________

‎‎____________________ sh.

‎‎“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK rahbarining 20__ yil “__” ____________ dagi buyrugʻiga muvofiq, tarkibida komissiya raisi ______________ va komissiya aʼzolari _______________ boʻlgan komissiya

‎‎(F.I.O., lavozimi)

‎‎(F.I.O., lavozimi)

‎‎20___yil “___” ________ dan 20__ yil “___” __________gacha arizachi/sertifikat egasining masʼul shaxsi ____________________________________________________________________________________________

‎‎(lavozim, F.I.O., telefon, elektron pochta)

ishtirokida‎

‎‎_________________________________________________________________

talablariga‎

‎‎(standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar)

‎‎________________________________________________________________________________________ ning

‎‎(sertifikatlashtirish obyektining nomi va manzili)

‎‎muvofiqligiga sertifikatlashtirish/inspeksiya nazoratini oʻtkazish maqsadida

‎‎____________________________________________________________________________________________
‎(arizachi/sertifikat egasining nomi va manzili)

arizachi/sertifikat egasi tomonidan koʻrsatiladigan turoperator/mehmonxona xizmatlarini baholadi.
‎‎Baholash vaqtida: ____________________________________________________________________ belgilandi.
‎‎‎Komissiya tavsiyasi: _______________________________________________________________.
Komissiya xulosasi: _______________________________________________________________.
‎‎Ilovalar: _______________________________________________________________________.

‎‎(baholash dalolatnomalari, nomuvofiqlik dalolatnomalari va inspeksiya nazoratida — sertifikat)

‎‎Komissiya raisi:

‎‎______________________

‎‎___________________________________________

‎‎(shaxsiy imzo)

(F.I.O.)

‎‎Komissiya aʼzolari:

‎‎______________________

___________________________________________

‎‎(shaxsiy imzo)

‎‎(F.I.O.)

‎‎Dalolatnoma bilan tanishdim va bitta nusxasini oldim:

‎‎_____________________________________________

‎‎_____________________

‎‎(arizachi rahbari/sertifikat egasining lavozimi, F.I.O.)

‎‎(shaxsiy imzo)

‎‎20___ yil ___ __________

MOʻ‎

(sana)‎

(mavjud boʻlsa)‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA

‎‎(blankaning bosmaxona raqami)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎sertifikatlashtirish milliy tizimi

‎Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

‎“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK

‎MUVOFIQLIK SERTIFIKATI

‎‎Sertifikatlashtirish milliy tizimining

‎‎(muvofiqlik belgisi)

‎‎Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish №:____________________________ roʻyxatga olish sanasi:_______________ ___________________ gacha amal qiladi

__________________________________________________________________________ ‎‎manzilda joylashgan,
‎______________________________________________________________________ tomonidan koʻrsatilayotgan

‎‎(sertifikat egasining nomi va manzili)

‎‎turoperator xizmatlarining ________________________________________________________ da belgilangan

‎‎(standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar)

‎‎talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi.
‎‎Sertifikat: _______________________________________________________________________ ga taalluqli.

‎‎(kirish, chiqish va ichki turizm)

‎‎Qoʻshimcha maʼlumotlar

‎‎____________________________________________________________________.

‎‎Sertifikat ___________________________________________________________________ asosida berilgan.

‎‎(markaz qarorining raqami va sanasi)

‎‎Markaz direktori

‎‎___________________

‎‎______________________________________

‎‎(shaxsiy imzo)

‎‎(F.I.O.)

MOʻ‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎(blankaning bosmaxona raqami)

Oʻzbekiston Respublikasi

‎sertifikatlashtirish milliy tizimi

‎Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

‎“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK

‎MUVOFIQLIK SERTIFIKATI

‎‎Sertifikatlashtirish milliy tizimining

‎‎(muvofiqlik belgisi)

‎‎Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish №:____________________________ roʻyxatga olish sanasi:_______________ ___________________ gacha amal qiladi

__________________________________________________________________________ ‎‎manzilda joylashgan,

‎‎(sertifikat egasining nomi va manzili)

‎‎____________________________________________________________________________________________

(joylashtirish vositasining nomi va turi)

‎‎______________________________________________________________________ tomonidan koʻrsatilayotgan

‎‎(sertifikat egasining nomi va manzili)

‎‎mehmonxona xizmatlarining_________________________________________________________ da belgilangan

‎‎(standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar)

‎‎talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi.
‎‎Joylashtirish vositasiga ________________________________________________________ toifasi berildi.
‎‎Sertifikat: _______________________________________________________________________ ga taalluqli.

‎‎(nomyerlar va joylar soni)

‎‎Qoʻshimcha maʼlumotlar

‎‎____________________________________________________________________.

‎‎Sertifikat ___________________________________________________________________ asosida berilgan.

‎‎(markaz qarorining raqami va sanasi)

‎‎Markaz direktori

‎‎___________________

‎‎______________________________________

‎‎(shaxsiy imzo)

‎‎(F.I.O.)

MOʻ‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 477-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son; 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)