01.06.2017 yildagi PF-5066-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular sodir boʻlganida harakat qilish boʻyicha yaxlit davlat tizimi va uning muvofiqlashtiruvchi organi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi, sohaning zarur meʼyoriy-huquqiy bazasi shakllantirildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralarning favqulodda vaziyatlar profilaktikasi, ularning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha imkoniyatlarini mustahkamlash borasida koʻlami va mazmuniga koʻra salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish borasida koʻrilayotgan choralar tizimi faoliyati samaradorligining tahlili shuni koʻrsatadiki, respublika aholisi va hududlarini muhofaza qilish sohasida bir qator muammoli masalalar mavjud:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan — tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlar xavfsizligini taʼminlashni prognozlash, xavfni baholash, kuzatish va nazoratini amalga oshirish masalalari bilan shugʻullanuvchi bir qator ixtisoslashtirilgan muassasalar faoliyat yuritayotgan boʻlishiga qaramasdan, favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlashning taʼsirchan tizimi yaratilmagan, buning oqibatida zilzilalar, xavfli gidrometeorologik hodisalar, ekzogen geologik jarayonlar, texnogen xususiyatli avariya va halokatlarning tahdidini har tomonlama tahlil qilish, ularning yuz berish xavfini aniqlash toʻliq amalga oshirilmayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining amaldagi tashkiliy-shtat birligi va shaxsiy tarkibining kamligi favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni keng koʻlamli va samarali amalga oshirishni taʼminlamayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan — ayrim shahar va tumanlarda quyi boʻgʻin mavjud emasligi va rivojlanmagani favqulodda vaziyatlar boʻlimlari tomonidan profilaktik chora-tadbirlarni mamlakatimizda tizimli ravishda amalga oshirishga imkon bermayapti, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda yuzaga keladigan muammolarni hal etish borasida aholi bilan keng qamrovli muloqot olib borish hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan samarali hamkorlik qilishni taʼminlamayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining professional qutqaruv otryadlari maʼmuriy markazlarda joylashgani olis tumanlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir boʻlganda qutqaruv otryadlarining jalb etilishida muayyan qiyinchiliklar tugʻdirib, ularni faqat favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarigagina jalb etish bilan cheklaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan — hududlarda favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish, prognozlash, oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalariga jalb etilishi lozim boʻlgan boshqaruv organlari, kuch va vositalarni muvofiqlashtiruvchi taʼsirchan mexanizmlar mavjud emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarini zamonaviy avariya-qutqaruv texnikalari, asbob-uskunalari, anjomlari va aloqa vositalari bilan taʼminlash darajasi qoniqarsizligicha qolmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan — aholi va hududlarni tabiiy ofatlar va texnogen avariyalar xavfidan muhofaza qilish boʻyicha muammolarni hal qilishda respublikaning ilmiy-tadqiqot salohiyatidan amalda toʻliq foydalanilmayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchidan — favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash, ularning xavfi toʻgʻrisida aholini xabardor qilish va ogohlantirish, shuningdek, qutqaruv ishlarini olib borishga jalb etilishi lozim boʻlgan kuch va vositalarni muvofiqlashtirish va boshqarish ishlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish ishlari sust olib borilmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqqizinchidan — aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi, kelgusida ushbu sohada ishlovchi professional kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirishning eng muhim yoʻnalishlari hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini favqulodda vaziyatlar tahdidi va xavfini oldindan bartaraf etadigan, aholi hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilganda oʻz vaqtida va kompleks yordam koʻrsatishga qaratilgan faoliyat olib boradigan, uning har bir xodimi “Oʻz vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish” shiori ostida xizmat qiladigan mobil, zamonaviy professional xizmatga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan muloqotlarni mustahkamlash va kengaytirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmasini takomillashtirish, aholi va hududlar xavfsizligiga tahdidlar, tabiiy va texnogen xususiyatli xavflar manbalari mavjudligini hisobga olgan holda, tuman va shaharlardagi kuch va vositalarni samarali taqsimlash, aholi hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilganda oʻz vaqtida va sifatli yordam koʻrsatuvchi turli xizmatlarning tezkor harakatini muvofiqlashtiruvchi mexanizmlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar sodir boʻlishi xavfining chuqur tahlilini va aniqlashni nazarda tutuvchi favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash tizimini takomillashtirish, respublika hududlarini seysmik xavflar, texnogen avariya va halokatlar manbalari boʻyicha rayonlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning hayoti va sogʻligi, mol-mulkiga xavflarni barvaqt profilaktika qilish va ularning oldini olish, hayotiy faoliyatni taʼminlovchi obyektlar va tizimlarning barqaror ishlashini, tahdidlar va ularning kelib chiqish omillarini oldindan aniqlash, bartaraf etish borasida aniq choralar koʻrish, aholining ushbu sohada maʼlumotlarga ega boʻlish darajasini oshirishni taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini, shuningdek, kichik hajmli kemalarni ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va suv havzalarida odamlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida davlat nazorati va kuzatuvini kuchaytirish;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish vakolatiga ega rahbarlar va mansabdor shaxslar tomonidan ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda fuqarolarni favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda harakat qilishga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, shuningdek, vazirlik uchun kadrlarni shakllantirish tartibini tubdan qayta koʻrib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va seysmoprognostik xizmatning moddiy-texnik taʼminotini yanada yaxshilash, oʻquv va ilmiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, ilmiy xodimlar, mutaxassislar va qutqaruvchilarning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlar yaratish;
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan maqsadli va ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ular yuz berganda iqtisodiyot obyektlari faoliyati barqarorligini oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Gʻ.A. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmogʻi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmogʻi mavjud shtat birligi va moddiy-texnik bazasi bilan toʻliq, amaldagi moliyalashtirish tartibi, mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi bilan oʻtkaziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Berilayotgan Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmogʻi bazasida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognostik monitoring Respublika markazi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Gʻ.A. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognostik monitoring Respublika markazi faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PP-2915-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufiga topshirilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparati tarkibida Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yongʻin xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar va yongʻinlar yuzaga kelishining oldini olish va profilaktika tadbirlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini, ruxsat berish va boshqa maxsus funksiyalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga xavf-xatar tugʻilganda kompleks yordam koʻrsatish, favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir boʻlganda ular toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida ogohlantirish va xabardor qilishni tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini (keyingi oʻrinlarda — FVDT) faoliyatini hamda fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini tashkil etish va taʼminlashda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni taʼminlash, shuningdek, seysmik kuzatuvlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnik resurslarning davlat zaxira fondlarini shakllantirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali hamkorligini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yongʻinlarni oʻchirish, insonlar hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish tadbirlarini tashkil etish, vazirlik va uning tuzilmalari kuch va vositalarining doimiy shayligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirish sohasidagi ilmiy-texnik va innovatsion siyosat olib borishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va maqsadli ilmiy-texnik dasturlarni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini, mansabdor shaxslarni va FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda va sodir boʻlganda harakat qilishga tizimli tayyorlash, shuningdek, kema haydovchilarini oʻqitishni tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali kadrlar tayyorlashning samarali tizimini yaratish, shuningdek, Vazirlik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, ilgʻor xorij tajribasini oʻrganish, umumlashtirish va targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlarda, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etishga qaratilgan qurilish ishlarini, rekonstruksiya, kapital taʼmirlash, muhandislik-qurilish, oʻrmonchilik va meliorativ tadbirlarni bajarish.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat va hududiy komissiyalarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi 1 — 3 ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan eng muhim masalalarni koʻrib chiqish, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining vazifalarini belgilash va qaror qabul qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili favqulodda vaziyatlarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi (bahor mavsumida) hamda yongʻin xavfsizligi (kuz mavsumida) oyligini tashkil etish va oʻtkazish;
(6-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining avariya, halokat, tabiiy va boshqa ofatlar oqibatida jabrlangan fuqarolar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etgan shaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy muhofaza qilish, tibbiy reabilitatsiya qilish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy va moddiy resurslar davlat zaxiralarini tashkil etishni taʼminlash, shuningdek, ulardan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish borasida xalqaro hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yongʻinlar profilaktikasi, xavfi yuqori boʻlgan obyektlarning mustahkamligini oshirish, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining barqarorligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy va muhandislik-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
(6-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinlar yuzaga kelishiga shart-sharoit yaratuvchi sabab va omillarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq joylarda va chekka aholi punktlarida koʻngilli yongʻin boʻlinmalari tashkil etilishiga, shuningdek, ularni moddiy va ijtimoiy ragʻbatlantirishga koʻmaklashish;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoniga asosan oʻn birinchi-oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga idoraviy boshqaruv organlari, kuch va vositalar shayligini taʼminlashda ishtirok etish, obyektlarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, jumladan, obyekt xodimlarini evakuatsiya qilish harakatlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun idoraviy moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini tashkil etish va ulardan foydalanishga rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarda jabrlangan aholini, jumladan, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda bevosita ishtirok etgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha joylarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini nazorat qilish va tekshirish.
(6-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar shahar va tumanlar favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarning oldini olish va ularni bartaraf etish komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(6-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarning oldini olish, avariya, halokat, tabiiy ofatlar zarari va oqibatlarini kamaytirish tadbirlarini amalga oshirish;
(6-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv organlari kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga shayligini taʼminlashda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avariya-qutqaruv tuzilmalarini, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam koʻrsatish tadbirlarini taʼminlash xarajatlarini qoplashda ishlatiladigan moliyaviy va moddiy-texnik resurslar zaxira jamgʻarmalarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, unda quyidagi ustuvor yoʻnalishlar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkiliy-shtatlar tuzilmasini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xodimlarni tayyorlash, tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning malakasini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda fan va texnika yutuqlarini tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qutqaruv tuzilmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilash hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilish choralarini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, vazirlik va idoralar rahbarlari Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasi (A.J. Ramatov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari vazirlik va idoralar bilan birga Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning toʻlaqonli va belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarining yetakchi olimlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash boʻyicha ekspert guruhi tuzsin, ularning samarali ishlashini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarining chuqur tanqidiy tahlilini, amaliyotda qoʻllashni va ilgʻor xorij tajribasini oʻrganish, shu asosda Dasturda nazarda tutilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muntazam va sifatli tayyorlash, oʻz vaqtida koʻrib chiqish va belgilangan tartibda kiritish yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalarini bir hafta muddatda kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar toʻgʻrisida”gi Nizomni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga Farmondan kelib chiqadigan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda vazirlik boʻlinma va muassasalarining oʻziga xos xususiyati va maqsadlarini hisobga olgan holda toʻlaqonli faoliyat yuritishini taʼminlash uchun ularni joylashtirish, jihozlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish tadbirlari toʻgʻrisidagi dasturni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 1-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5066-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga
ShARH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini kamaytirish va samarali bartaraf etish aholining tinch va xavfsiz hayot kechirishini taʼminlash, mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlariga erishishda muhim ahamiyatga ega.

Iqtisodiyot tarmoqlari jadal rivojlanayotgani, ishlab chiqarish texnologiyalarining murakkablashib borayotgani, ishlab chiqarish obyektlarining aholi punktlariga yaqin joylashtirilayotgani, aholi soni koʻpayib, urbanizatsiya jarayoni tezlashayotgani, xavfli tabiiy jarayonlarning tez-tez sodir boʻlayotgani va koʻlami kengayib borayotgani, shuningdek, transchegaraviy xavflarning mavjudligi tabiiy hamda texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar paydo boʻlish xavfini yanada oshirmoqda.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholi va hududlarni tabiiy ofatlar, texnogen avariya va falokatlardan himoya qilish boʻyicha yaxlit davlat tizimi, zarur meʼyoriy-huquqiy baza shakllantirildi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, aholini falokatlar paytida harakat qilishga tayyorlash borasida koʻlami va mazmuni jihatidan ulkan ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, amaldagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi faoliyatining tahlili mamlakat aholisi va hududlarini tabiiy ofatlar, texnogen avariya va halokatlardan muhofaza qilishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan bir qator muammoli masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.

Xususan, favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash tizimini yanada modernizatsiya qilish talab etiladi. Ushbu tizim bugungi kunda xavfli gidrometeorologik holatlarning mavjud xavf-xatarlarini hamda ular yuz berganda harakat qilish mexanizmlarini manzilli aniqlash imkonini bermaydi.

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarda himoya qilish sohasidagi muammolarni hal qilish uchun mamlakatimizning mavjud ilmiy salohiyatidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti. Qutqaruv tuzilmalarining moddiy-texnik �aʼminoti, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarda himoya qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash, fuqarolarni bunday vaziyatlar roʻy berganda toʻgʻri harakat qilishga oʻrgatish, xavfli tabiiy jarayonlar kuchayishi bilan bogʻliq mavjud xatarlar, shuningdek, texnogen avariya va halokatlar xavfi toʻgʻrisida oʻz vaqtida va aniq xabardor qilish tizimi bugungi kun talablariga toʻliq javob bermaydi.

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Hujjatda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi faoliyatini takomillashtirishning eng muhim yoʻnalishlari va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining vazifalari belgilandi.

Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi, shuningdek, Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining Tezkor xabarlar xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga oʻtkazildi.

Yuqorida qayd etilgan tashkilotlarning vazirlik tizimiga oʻtkazilishi munosabati bilan tinchlik va harbiy davrda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, gidrotexnik inshootlarning barqaror ishlashi, gidrometeorologik va seysmologik kuzatuvlar, kichik hajmdagi kemalardan bexatar foydalanish, suv havzalarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi va omillarini oldindan aniqlash, ular vujudga kelishini barvaqt profilaktika qilish va oldini olishni taʼminlash hamda boshqa vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yangi asosiy vazifalari etib belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu Farmoni favqulodda vaziyatlar rivojlanish xavfi yuqori boʻlgan tumanlarda (shaharlarda) favqulodda vaziyatlar boʻyicha qoʻshimcha boʻlimlar va qutqaruv otryadlari tashkil etish orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimining salohiyatini mustahkamlash va quyi boʻgʻinlarini kengaytirishga qaratilgan.

Mazkur Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari rahbarligida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha hukumat komissiyasi, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman shahar hokimliklari huzurida ham shunday hududiy komissiyalar tashkil etilganini taʼkidlash zarur. Ularning tarkibiga aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilishni taʼminlashda ishtirok etadigan barcha darajadagi mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari kiritildi.

Quyidagilar Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilandi:

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;

vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar shaharlar hokimliklarining vazifalarini belgilash va qaror qabul qilishi boʻyicha takliflar tayyorlash;

har yili favqulodda vaziyatlarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan fuqaro muhofazasi (bahor mavsumida), aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish (kuz mavsumida) oyligini tashkil etish va oʻtkazish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining avariya, halokat, tabiiy va boshqa ofatlar oqibatida jabrlangan fuqarolar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni ba�taraf etishda ishtirok etgan shaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy muhofaza qilish, tibbiy reabilitatsiya qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish.

Hujjatda aholi bilan muloqotni mustahkamlash va kengaytirish, “Oʻz vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish” shiori ostida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish vazifalarini bajarishni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan.

Mazkur Farmonda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ilm-fan va texnika yutuqlarini joriy etish, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash koʻzda tutilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Farmonni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari imzolandi.

Mazkur hujjatlarda koʻzda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi amaldagi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini tubdan oshirish, shuningdek:

birinchidan — xalq bilan muloqotni mustahkamlash va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlik orqali favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni oʻz vaqtida tizimli asosda qabul qilish;

ikkinchidan — favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash borasidagi ishlarni sezilarli darajada yaxshilash va sifatini oshirish, gidrometeorologik va seysmik kuzatuvlar boʻyicha ishlarni tizimlashtirish, yirik gidrotexni� inshootlar va suv obyektlarida favqulodda vaziyatlar paydo boʻlish xavf-xatarlarini barvaqt aniqlash;

uchinchidan — favqulodda vaziyatlarda kompleks harakat qilish tezkorligini oshirish va ularning zararini kamaytirish;

toʻrtinchidan — mahalliy korxonalar negizida asosiy turdagi avariya-qutqaruv texnikasi, mulk va uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ishlarini tashkil qilish imkonini beradi.