17.05.2017 yildagi 291-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarini samarali boshqarishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarini yanada samarali boshqarishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ijtimoiy infratuzilmaning ularni xususiylashtirishda tasarruf etish huquqisiz foydalanish uchun tashkilotlarga berilgan va tashkilotlar hududidan tashqarida joylashgan davlat obyektlari (keyingi oʻrinlarda davlat mulki obyektlari deb ataladi) xatlovdan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining davlat mulki obyektlaridan yanada oqilona foydalanish va ularni tasarruf etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin, ularda quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaga* muvofiq davlat mulki obyektlarini belgilangan tartibda sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovaga* muvofiq davlat mulki obyektlarini operativ boshqarish huquqi bilan davlat organlariga, shuningdek keyinchalik ulardan samarali foydalanish uchun tashkilotlarga bepul berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-ilovaga* muvofiq davlat mulki obyektlarini xoʻjalik boshqaruvi organlari ustav kapitaliga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-ilovaga* muvofiq davlat mulki obyektlarini vakolatli organlarning xulosasi va tumanlar (shaharlar) hokimliklarining qaroriga koʻra buzib tashlash nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan davlat mulki obyektlarini baholash va sotuvga qoʻyish jadvallarini bir oy muddatda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ushbu qarorga 3-ilovada nazarda tutilgan davlat aktivlari xoʻjalik boshqaruvi organlarining ustav kapitaliga belgilangan tartibda berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy boshqarmalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bir oy muddatda tegishli davlat mulki obyektlari qabul qilib olinishi-topshirilishini, shuningdek keyinchalik ulardan samarali foydalanilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qarorga 4-ilovada nazarda tutilgan davlat mulki obyektlarini buzish jadvallarini bir oy muddatda tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda 5-ilovaga* muvofiq davlat mulki obyektlaridan — turar joy binolaridan samarali foydalanish, shu jumladan ularni ustuvor huquq bilan ushbu turar joy binolarida yashayotgan fuqarolarga xususiylashtirib berish masalalarini bir oy muddatda koʻrib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan samarali va oqilona foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 9-oktabrdagi 289-son qaroriga 3-ilovaning 59 — 62-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 17-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
291-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 370-modda, 33-son, 854-modda, 35-son, 927-modda)