Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 17.05.2017 yildagi 289-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” XII Xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-savdosini hamda qishloq xoʻjaligi texnikasi va mashinalarining “Uzbekistan Agromash Expo-2017” VI Xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazmasini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloqda sanoat ishlab chiqarishi va qurilishini yanada jadal rivojlantirish, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha eng yangi texnologiyalar va zamonaviy texnika bilan jihozlangan ixcham korxonalarni tashkil etish, yetakchi xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladigan ilgʻor, yuqori samarali texnologiyalar va asbob-uskunalar bilan tanishish uchun fermer xoʻjaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ularni sotib olishda ularga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJning 2017-yil 30-may — 2-iyunda Toshkent shahrida “Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazmalar kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining koʻrgazma maydonlari bazasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” (keyingi oʻrinlarda “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” koʻrgazmasi deb ataladi) XII Xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-savdosini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi texnikasi va mashinalarining “Uzbekistan Agromash Expo-2017” VI Xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazmasini (keyingi oʻrinlarda “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasi deb ataladi) birgalikda oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazmalar kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining koʻrgazmalar maydonlari koʻrgazmalar ishtirokchilariga bepul beriladi, koʻrgazma stendlarini qurish va qoʻshimcha koʻrgazma uskunalarini taqdim etish va xizmatlar koʻrsatish esa belgilangan normativlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” XII Xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-savdosini hamda qishloq xoʻjaligi texnikasi va mashinalarining “Uzbekistan Agromash Expo-2017” VI Xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazmasini oʻtkazishning mavzuli rejalari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan Agrotech Expo-2017” koʻrgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasi doirasida 2017-yil 30-may — 2-iyun davrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi koʻmagida, fermer xoʻjaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari uchun mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari taqdimotlarini tashkil etgan holda, “Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazmalar kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati kinolektoriysida har kungi mavzuli seminarlarni oʻtkazishning namunaviy ssenariysi 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari rahbarlarining, respublikaning barcha mintaqalaridagi fermer xoʻjaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari vakillarining “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” koʻrgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasiga kelishi jadvali, shuningdek mintaqalardan “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” koʻrgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasi ishtirokchilarining Toshkent shahrida boʻlishi boʻyicha biriktirilgan masʼul shaxslar roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi uchun mini-texnologiyalar va ixcham uskunalarning xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-savdosini oʻtkazishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 24-avgustdagi PQ-449-son qarori bilan tashkil etilgan Respublika agrosanoat kompleksi uchun mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-savdosini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash uchun zamonaviy texnologiyalar hamda asbob-uskunalar, shuningdek qishloq xoʻjaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarining yetakchi jahon va mahalliy ishlab chiqaruvchilarini oʻtkaziladigan koʻrgazmalarda qatnashishga jalb etish boʻyicha faol reklama-axborot va tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Oʻzbekistonda va xorijda ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi uchun zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarning mufassal katalogini butunjahon Internet tarmogʻida joylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston Fermerlari kengashi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻplab talab qilinadigan texnologiyalar va asbob-uskunalar turlari boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga bir hafta muddatda taqdim etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari vakillarining, shuningdek respublika mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar tashabbuskorlarining oʻtkaziladigan “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” koʻrgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasida bevosita qatnashishini taʼminlasinlar va ularga kontraktlarni imzolashida koʻmaklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi uchun mini-texnologiyalar va ixcham uskunalarning xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-savdosini oʻtkazishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 24-avgustdagi PQ–449-son qarorining 7-bandida nazarda tutilgan bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” koʻrgazmasida ishtirok etish doirasida, shuningdek koʻrgazma-savdo davomida tuzilgan kontraktlarni bajarish yuzasidan agrosanoat kompleksi uchun texnologiyalar va zamonaviy asbob-uskunalarni chetdan keltiruvchi tashkilotlarga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlariga “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasida tuzilgan kontraktlar boʻyicha qishloq xoʻjaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarini tender savdolari oʻtkazmasdan sotib olishiga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasi natijalariga koʻra 2017-yil 30-iyungacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligiga yetkazib berish uchun jahondagi eng yaxshi ishlab chiqaruvchilardan texnikaning xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan zamonaviy va yuqori unumli turlarini tanlab olish yuzasidan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan oʻtkaziladigan “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” koʻrgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasining xorijiy ishtirokchilariga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” koʻrgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasi oʻtkaziladigan, shuningdek ularning ishtirokchilari yashaydigan joylarda jamoat tartibini va yongʻin xavfsizligining toʻlov undirilmasdan qoʻriqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan Agrotech Expo-2017” koʻrgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasi ishtirokchilarini Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida kutib olish va kuzatib qoʻyishni tashkil etish shtabi ishlari muvofiqlashtirilishini, bunda shtabning zarur miqdorda tashkiliy texnika va aloqa vositalari bilan jihozlanishini, shuningdek ishtirokchilarga transport xizmati koʻrsatish nazarda tutilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” koʻrgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasiga yuborilayotgan koʻrgazmalar yuklarining imtiyozli yuk tariflari boʻyicha tashilishini, belgilangan yuk tariflaridan 30 foizli chegirma berilishini, yuklarning Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida ishlanishi va saqlanishi uchun yigʻimlar toʻlovidan ozod qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” koʻrgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasi ishtirokchilari uchun aviachiptalarning band qilinishi va sotilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan Agrotech Expo-2017” koʻrgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasi ishtirokchilariga Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining SIP zali orqali, toʻlov undirilmasdan xizmatlar koʻrsatilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti binosi xonalarining “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” koʻrgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasi reklama koʻrsatkichlari bilan jihozlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan Agrotech Expo-2017” koʻrgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasi mehmonlari va ishtirokchilariga xizmat koʻrsatadigan avtotransport vositalarining taksilar va turizm avtobuslari uchun moʻljallangan Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti avtomobillar toʻxtash joyiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan bepul kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning hamda “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” koʻrgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasi ishtirokchilarining buyurtmanomalariga binoan yuborilayotgan “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” koʻrgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasi yuklarining imtiyozli tariflar boʻyicha tashilishini, belgilangan stavkalarning kamida 30 foizi miqdorida chegirma berilishini, belgilangan manzilga yetkazib berishning va temir yoʻlda koʻrgazmaga olib kelinayotgan yuklarni tushirish uchun vagonlarning yigʻimlar undirilmasdan oʻz vaqtida berishning tezkor kuzatib turilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan Agrotech Expo-2017” koʻrgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasiga kelayotgan vagonlarning bir sutkagacha boʻsh turib qolganligi uchun toʻlovlardan ozod qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” koʻrgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” koʻrgazmasiga tayyorgarlik va koʻrgazmalar ishlarining matbuotda hamda elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan internet-nashrlarda keng yoritilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 17-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
289-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 368-modda)