Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli ““Kelajak” markazlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yosh avlodning ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, oʻquvchi-yoshlarda mehnatsevarlikni va kasb tayyorgarligining dastlabki koʻnikmalarini shakllantirish, boʻsh vaqtlarini yanada mazmunli tashkil etish, shuningdek har tomonlama yetuk va barkamol shaxslarni voyaga yetkazish maqsadlariga yoʻnaltirilgan maktabdan tashqari taʼlim tizimini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-may,
275-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 275-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 9-son, 89-modda):
a) 5-bandning uchinchi xatboshidagi “0,5 stavka boʻyicha hisob-kitobdan kelib chiqib kontrakt” soʻzlari “oʻtilgan mashgʻulotlar hajmiga proporsional ravishda soatbay haq toʻlagan holda shartnoma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. “Barkamol avlod” bolalar markazlarida oʻqiganlik uchun ota-onalardan olinadigan toʻlovlar oyiga eng kam oylik ish haqiga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch shaharlarida — 5 foiz, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (shahar)larida — 2,5 foiz;
viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida — 10 foiz;
respublikaning qolgan tuman (shahar)larida — 5 foiz;
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquvchilari va ichki ishlar organlarining profilaktik hisobiga olingan oʻquvchilar “Barkamol avlod” bolalar markazlarida oʻqiganlik uchun ota-onalar toʻlovidan ozod qilinadi.
Ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlar:
toʻgarak faoliyati uchun zarur boʻlgan xom ashyo va materiallar, moddiy boyliklar (mebel, asbob-uskuna va jihozlar, kompyuter texnikasi va boshqalar) xarid qilishga;
madaniy-ommaviy tadbirlarni oʻtkazish va ularda qatnashish bilan bogʻliq xarajatlarga;
oʻquvchilari respublika miqyosida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar va festivallarda 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan toʻgarak rahbarlarini tegishincha eng kam oylik ish haqining besh, toʻrt, uch barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Barkamol avlod” bolalar markazlarida bolalar oʻqiganligi uchun ota-ona toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin”;
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Barkamol avlod” viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasida respublika va Toshkent shahar bolalar markazlarining
NAMUNAVIY SHTAT TUZILMASI
g) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Uch yoʻnalish — texnik ijodkorlik, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik va ekologiya boʻyicha “Barkamol avlod” respublika bolalar markazlarining
NAMUNAVIY SHTAT TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 361-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)