Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ShAHAR ATROFI, ShAHARLARARO VA XALQARO YOʻLOVChILAR TAShISh AVTOMOBIL TRANSPORTIDA OChIQ TENDERLAR TAShKIL ETISh VA OʻTKAZISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli “Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Aholiga xizmat koʻrsatish madaniyati va sifatini oshirish, yoʻlovchilar tashuvchi avtomobil transporti bilan xizmatlar koʻrsatish sohasida raqobat muhitini yaratish, yoʻlovchilar tashuvchi avtomobil transporti faoliyatini tartibga solish hamda Olmaliq, Buxoro, Namangan, Nukus va Samarqand shaharlarida shaharda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar oʻtkazishning ijobiy tajribasini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi shahar atrofi, shaharlararo (viloyat ichida, viloyatlararo) va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun respublikada ochiq tenderlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda va Qoraqalpogʻiston Respublikasi doirasidagi yoʻnalishlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari rahbarlik qiladigan shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashishni tashkil etish boʻyicha hududiy komissiyalar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
shaharlararo-viloyat ichki yoʻnalishlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri oʻrtasidagi yoʻnalishlarda, shuningdek xalqaro yoʻnalishlarda — Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar oʻtkazishni tashkil etish masalalari boʻyicha idoralararo komissiya ochiq tenderlar tashkilotchilari boʻladilar.
3. Quyidagilar:
Shahar atrofi, shaharlararo (viloyat ichida, viloyatlararo) va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazishga oid chora-tadbirlar dasturi 1-ilova*ga muvofiq;
* 1-ilova berilmaydi.
Shahar atrofi, shaharlararo (viloyat ichida, viloyatlararo) va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yoʻnalishlarida yoʻlovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq;
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar oʻtkazishni tashkil etish masalalari boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi 4-ilova*ga muvofiq;
* 4-ilova berilmaydi.
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar oʻtkazishni tashkil etish masalalari boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar oʻtkazishni tashkil etish masalalari boʻyicha idoralararo komissiya qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tender gʻolibi bilan shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarda xizmat koʻrsatish yuzasidan kontrakt tuzadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi Shahar atrofi, shaharlararo (viloyat ichida, viloyatlararo) va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda Idoralararo komissiyani va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining tegishli komissiyalarini ular bilan taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi bilan birgalikda:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
oʻn kun muddatda shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yoʻnalishlarida yoʻlovchilar tashishni tashkil etish komissiyalarini tuzsinlar va ular toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasinlar;
yoʻlovchilar tashishni tashkil etish komissiyalari rahbarlarining hisobotlarini yilning har choragida eshitib borsinlar va ularga har tomonlama koʻmaklashsinlar.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
7. Ommaviy axborot vositalari shahar atrofi, shaharlararo (viloyat ichki, viloyatlararo) va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar oʻtkazishning borishini muntazam yoritsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 29-iyul,
368-son
Shahar atrofida, shaharlararo (viloyatlar ichida, viloyatlararo) va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom shahar atrofida, shaharlararo va shaharlararo-viloyatlar ichida yoʻnalishlarni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi doirasida yoʻnalishlarni, shaharlararo-viloyatlararo yoʻnalishlarni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri oʻrtasidagi yoʻnalishlarni, shuningdek xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilab beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ochiq tenderda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan, davlat soliq xizmati organlarida hisobda turadigan avtomobil transportida tegishli ravishda shahar atrofida shaharlararo, xalqaro yoʻlovchilar tashishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga hamda tender takliflarida tavsiya etilayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya kartochkalariga ega boʻlgan har qanday yuridik shaxs qatnashishi mumkin. Tender qatnashchisi aynan bitta avtotransport vositalarini har xil yoʻnalishlarga tavsiya etishga haqli emas.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Tugatish yoki bankrotlik bosqichida turgan yoxud mulkiga arest solingan talabgorlarning tenderda qatnashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 58-modda)
3. Quyidagilar ochiq tenderlarning tashkilotchilari hisoblanadilar:
Oldingi tahrirga qarang.
shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda va Qoraqalpogʻiston Respublikasi doirasidagi yoʻnalishlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari rahbarlik qiladigan shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashishni tashkil etish boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda “Komissiya” deb ataladi);
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
shaharlararo-viloyatlararo yoʻnalishlarda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri oʻrtasidagi yoʻnalishlarda, xalqaro yoʻnalishlarda — shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar oʻtkazishni tashkil etish masalalari boʻyicha Idoralararo komissiya (bundan keyin matnda— “Komissiya” deb ataladi).
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tenderga alohida yoʻnalishlar ham, yoʻnalishlar paketlari ham qoʻyilishi mumkin shuningdek uzunligi kamida 400 km boʻlgan ushbu yoʻnalishlarning alohida jadvallari.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 58-modda)
Yoʻnalishlar paketlarini shakllantirishda yoʻnalishlarning ahamiyati va rentabelligi hisobga olinadi. Paketga rentabelli yoʻnalishlar bilan bir qatorda aholiga xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan rentabelsiz yoʻnalishlar ham kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tender kamida ikki qatnashchi mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi.
Tashuvchiga tender oʻtkazilmasdan yoʻnalishda ishlash huquqining birkitilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
yangi yoʻnalish ochilgandan keyin uch-toʻrt oy mobaynida yangi yoʻnalishda avtotransport vositalarining muntazam sinov ishlari bajarilishi;
koʻcha-yoʻl tarmogʻida oldindan kutilmagan vaziyatlarda, ayrim uchastkalar, transport uzellari va maydonlari yopilganda vaqtinchalik yoʻnalishlar joriy etilishi;
yoʻnalishlarning tashkilotlar buyurtmalari boʻyicha soatbay haq toʻlash asosida bajarilishi;
dam olish zonalari, sport-sogʻlomlashtirish komplekslari, yarmarkalarning faoliyat koʻrsatish davrida mavsumiy yoʻnalishlarning tashkil etilishi;
maxsus yoʻnalishlar (tashkilotlar xodimlarini ishga olib borish va ishdan olib ketish kabilar uchun) tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
boʻlib oʻtmagan tendyer munosabati bilan yoʻnalish tashuvchining xizmatisiz qoladi. Komissiya yoʻnalishga (yoʻnalishlar paketiga yoki jadvaliga) takroriy tender natijalarigacha boʻlgan davrga kontraktning amalda boʻlishini uzaytiradi yoxud istalgan tashuvchiga ushbu davrda mazkur yoʻnalishga xizmat koʻrsatishni yuklaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Tenderda qatnashish uchun buyurtmanomalar mavjud boʻlmaganda yoxud unda atigi bir nafar tashuvchi qatnashganda Komissiya ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda takroriy tender tashkil etishi kerak, bunda yoʻnalishga (yoʻnalishlar paketiga yoki jadvalga) yoʻnalishga qoʻyiladigan talablarning qayta koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Agar takroriy tenderni oʻtkazishda yoʻnalishga (yoʻnalishlar paketiga) yana atigi bir nafar tashuvchi talabgor boʻlsa, Komissiya ushbu tashuvchiga yoʻnalishda (yoʻnalishlar paketida yoki jadvalida) ishlash huquqini mazkur tashuvchining tender takliflari qoʻyilayotgan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda biriktirib qoʻyish huquqiga egadir.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 58-modda)
II. TENDERNI OʻTKAZIShNING MAQSADI VA TAMOYILLARI
6. Quyidagilar tenderni oʻtkazishning asosiy tamoyillari hisoblanadi:
yoʻnalishlarni mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilar oʻrtasida haqqoniy, xolisona taqsimlash;
tashuvchini tanlash masalalarining subyektiv hal etilishi imkoniyatiga mutlaqo yoʻl qoʻymaslik uchun gʻolibni tanlash tender qatnashchilari, matbuot vakillari ishtirokida oʻtkazilishi kerak;
tashuvchilar tender hujjatlarida qayd etilgan yagona talablar va yoʻlovchilar tashish qoidalari asosida raqobatlashishi kerak;
yoʻlovchilar tashish huquqini tashuvlarning eng foydali shartlarini (avtobuslarning qulay rusumlari, qatnov oraligʻi katta boʻlgan yoʻnalishda xizmatlar koʻrsatish, yoʻnalishlarda ishlash chogʻida qatnov xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarining samarali tizimi va shu kabilarni) taklif etgan tashuvchi oladi.
III. OChIQ TENDERLARNI TAShKIL ETISh
Oldingi tahrirga qarang.
7. Komissiya tenderga qoʻyiladigan yoʻnalishlar (yoʻnalishlar paketlari yoki jadvali) roʻyxatini tayyorlaydi, tender hujjatlari paketini shakllantiradi, tender predmetini, uni oʻtkazishning asosiy shartlarini, tartibini, vaqtini, joyini, shu jumladan tender qatnashchilari tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini tender oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 58-modda)
8. Ochiq tenderda qatnashishni xohlovchilar tender hujjatlari paketini olish yuzasidan Komissiyaga yozma buyurtmanoma berishlari kerak. Buyurtmanomalar berish va tender hujjatlarini olish uchun belgilangan muddat tender oʻtkaziladigan sanadan 5 kun oldin tugaydi. Barcha buyurtmanomalar Komissiyaning tartib raqami qoʻyilgan va ip oʻtkazib bogʻlangan maxsus daftarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
9. Komissiya tashuvlarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan qatnashchilardan tushgan barcha buyurtmanomalarni istisnosiz qabul qilishga majbur.
Ochiq tenderda qatnashish uchun belgilangan muddatdan kechikib tushgan buyurtmanomalar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qatnashchi tender hujjatlari bahosini eʼlonlarni chop etish xarajatlarini hisobga olgan holda ularni tayyorlashning haqiqiy tannarxi boʻyicha toʻlashi kerak. Tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va ulardan faqat tenderlar oʻtkazishni tashkil etish uchun foydalaniladi. Faqat komissiya raisi Komissiya aʼzolari bilan kelishgan holda ushbu mablagʻlarni tasarruf etish huquqiga ega.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
11. Tender hujjatlari paketi quyidagilardan iborat boʻladi:
shahar atrofida, shaharlararo (viloyat ichida, viloyatlararo) va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish yuzasidan ochiq tenderlar tashkil etish boʻyicha nizom;
qatnashchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakli;
tender qatnashchisi uchun yoʻriqnoma;
tenderga qoʻyilgan yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashishni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar;
qatnashchilarning tender boʻyicha takliflari shakli;
Oldingi tahrirga qarang.
yoʻnalishda (yoʻnalishlar paketida, yoʻnalishning alohida jadvalida) yoʻlovchilar tashish transportida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha kontraktning namunaviy shakli;
tender takliflari va qatnashchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Komissiyaga berish uchun konvert.
Konvertga tenderga qoʻyilayotgan yoʻnalishning (yoki yoʻnalishlar paketining, yoʻnalishning alohida jadvalining) nomi yoziladi.
Agar tenderga bittadan ortiq yoʻnalish (yoʻnalishlar paketi, yoʻnalishning alohida jadvali qoʻyilgan boʻlsa), u holda har qaysi yoʻnalish (yoki yoʻnalishlar paketining, yoʻnalishning alohida jadvali) uchun alohida konvert ajratilgan boʻlishi kerak. Tenderning u yoki bu qatnashchisini ajratib olish mumkin boʻlmasligi uchun konvertlarda hech qanday chiziqchalar yoki farqlovchi belgilar boʻlmasligi kerak. Tenderda qatnashishga talabgorga tender hujjatlari paketini berish maxsus daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(11-bandning yettinchi—oʻn birinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 34-sonli qaroriga asosan yettinchi — oʻninchi xatboshilarga almashtirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 58-modda)
12. Tender boʻyicha takliflarni qabul qilish tender oʻtkazilishidan bir kun oldin tugaydi. Tender boʻyicha takliflarni qabul qilishning tugash sanasi va vaqti Komissiya tomonidan oʻtkaziladigan tender toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
13. Tender boʻyicha takliflar topshirilgandan keyin qatnashchilar ularga biron-bir tuzatishlar kiritish huquqiga ega emas.
14. Qatnashchilardan tender boʻyicha tushgan takliflarni Komissiya baholaydi.
IV. TENDER BOʻYIChA TAKLIFLAR MAZMUNI
15. Tender boʻyicha takliflar quyidagi koʻrsatkichlar va axborotlardan iborat boʻlishi kerak:
15.1. Shahar atrofidagi va viloyat ichidagi, shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha:
a) yoʻnalishdagi 1 yoʻlovchi — km uchun tarifning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan darajasi;
b) transport vositasining rusumi (klassi), ishlab chiqarilgan yili;
v) avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni;
g) avtobus ish tartibining taklif etilayotgan varianti;
d) yoʻnalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni;
e) yoʻnalishlarda ishlayotganda harakatlanish xavfsizligini va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar rejasi.
15.2. Viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha ham 15.1-bandda qayd etilgan mezonlar qoʻllanadi, “g” va “d” kichik bandlaridagi koʻrsatkichlardan tashqari.
Qatnashchi tender boʻyicha takliflarning barcha bandlariga doir toʻliq va mufassal axborot taqdim etishga majbur.
V. TENDER BOʻYIChA TAKLIFLARNI BAHOLASh VA GʻOLIBNI ANIQLASh
Oldingi tahrirga qarang.
16. Tender takliflari Komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan quyidagi tartibda koʻrib chiqiladi va baholanadi:
a) qatnashchi tomonidan yoʻnalishdagi 1 nafar yoʻlovchi km. uchun tavsiya etilayotgan tarif darajasi uchun — Komissiya talab etadigan tashish tarifi oʻrniga darajani pasaytirishning har bir punkti uchun ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllagan holda besh balli tizim boʻyicha;
b) transport vositasining rusumi, ishlab chiqarilgan yili uchun — tabaqalashtirilgan ballar boʻyicha. Bunda transport vositasi rusumi uchun olingan ballarga 1.15 miqdorda oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllanadi, agar transport vositasi tender qatnashchisining mulki boʻlsa;
v) tashish uchun tavsiya etilayotgan avtotransport vositalarining umumiy sigʻimi uchun — tabaqalashtirilgan ballar boʻyicha.
Komissiya yoʻnalishda ishlash uchun talab qilinadigan avtomobil rusumini va uning boʻyicha tabaqalashtirilgan ballarni mustaqil ravishda belgilaydi;
g) avtobuslar ish rejimining tavsiya etilayotgan varianti uchun — besh balli tizim boʻyicha;
d) yoʻnalishdagi reyslarning tavsiya etilayotgan soni uchun — besh balli tizim boʻyicha;
e) yoʻnalishlarda ishlashda harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar rejasi — besh balli tizim boʻyicha. Bunda tashuvchi besh ballni quyidagi majburiy shartlarni bajargan taqdirda oladi:
transport vositalarining har kuni reysdan oldingi texnik nazoratini taʼminlash;
haydovchilarning har kungi tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlash;
haydovchilarni Yoʻl harakati qoidalarining 30 soatli dasturi boʻyicha oʻqitish.
Komissiya, yoʻnalishga aniq talablarni hisobga olgan holda, ishtirokchilarning tender takliflarini baholashga qoʻshimcha talablarni tavsiya etishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Tender takliflarini baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan yoʻriqnoma-metodik hujjatlar va ularning shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(16-band “e” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
17. Komissiya tender boʻyicha takliflarni baholashning yakuniy balini har bir qatnashchi boʻyicha aniqlaydi.
18. Agar tanlab olish natijalariga koʻra bir nechta talabgor teng ballar olgan boʻlsa, u holda gʻolib Komissiya aʼzolarining yopiq ovoz berishi yoʻli bilan aniqlanadi.
19. Komissiyaning tender gʻolibini aniqlash boʻyicha majlisi natijalari protokol bilan rasmiylashtiriladi, uni Komissiya aʼzolari, raisi va mazkur yoʻnalish yoki yoʻnalishlar paketi boʻyicha tender gʻolibi imzolaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Tender gʻolibiga tender boʻyicha yutib olingan ushbu yoʻnalishda (yoʻnalishlar paketida, yoʻnalishning alohida jadvalida) ishlash huquqini tasdiqlaydigan guvohnoma beriladi. Guvohnoma Komissiya raisi tomonidan imzolanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining) muhri bilan tasdiqlanadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
20. Kontraktni imzolash muddati qatnashchi tender gʻolibi deb eʼlon qilingandan keyin 20 kundan oshmasligi kerak. Komissiya kontrakt imzolangungacha oldindan (tender oʻtkazilgandan keyin 15 kun mobaynida) gʻolibning tender boʻyicha takliflarining toʻgʻriligini tekshirishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Tender gʻolibining tender boʻyicha uning tender takliflarining haqiqiyligi Komissiya tomonidan aniqlanishi kerak boʻlgan takliflarining notoʻgʻri ekanligi aniqlangan taqdirda eng koʻp ballar miqdori boʻyicha keyingi talabgor gʻolib deb eʼtirof etiladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari) tender gʻolibi bilan yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashish transporti bilan xizmatlar koʻrsatish boʻyicha 1 yildan kam boʻlmagan muddatga kontrakt tuzadi.
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Tashuvchi tomonidan kontrakt boʻyicha ishlarning barcha shartlariga rioya qilingan taqdirda kontraktni imzolagan organ Komissiya qarori asosida kontraktning amal qilish muddatini uzaytirishga haqlidir.
21. Tenderning istalgan qatnashchisi Komissiyadan tender boʻyicha takliflarning baholash natijalarini yozma shaklda olish huquqiga ega.
Shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yoʻnalishlarida yoʻlovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
1. Shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yoʻnalishlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasi doirasidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi (bundan keyin matnda “Komissiya” deb ataladi) shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yoʻnalishlarida yoʻlovchilar tashish ishlarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, ular koʻrsatayotgan xizmatlar hajmlari va turlarini kengaytirish, transport xizmatlari koʻrsatish bozorida raqobat muhitini yaratishga oid kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, ushbu chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Namunaviy nizomga amal qiladi.
3. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yoʻnalishlarida yoʻlovchilar tashuvchi avtomobil transportining bir maromda ishlashini taʼminlashga oid ishlarni muvofiqlashtirish;
transport xizmatlari koʻrsatish bozorida mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilar uchun teng shart-sharoitlar yaratish va sogʻlom raqobatni rivojlantirish;
shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yoʻnalishlarida yoʻnalishlarni joylashtirish uchun tenderlarni tashkil etish va oʻtkazish;
yoʻlovchilar tashish avtomobil transportini rivojlantirishga, ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar hajmlari va turlarini kengaytirishga oid kompleks chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish;
yoʻlovchilar huquqlariga rioya qilinishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat tarkibda tuziladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari Komissiya raisi hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
5. Qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlaridan va xoʻjalik yurituvchi subyektlardan Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotlarni olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining axborot-maʼlumotlar banki maʼlumotlariga koʻra bir yil davomida yoʻnalishga xizmat koʻrsatishda majburiyatlarni bajarish borasida 5 va undan ortiq bartaraf etilmagan huquqbuzarliklar sodir etgan talabgorning tender taklifini rad etish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
vakolatli organlar tomonidan yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini, tashuvchilar tomonidan belgilangan grafiklarga, jadvallarga, tashish tariflariga rioya qilinishini, tekin va imtiyozli yurish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilarning tekin va imtiyozli yurishi taʼminlanishini nazorat qilishga oid tadbirlarni uyushtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
tenderda yutib chiqilgan yoʻnalishlarda qonunga zid ravishda faoliyat yuritadigan tashuvchilar aniqlanganda, YHHBB, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi organlariga tegishli choralar koʻrish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
shahar atrofida va shaharlararo-viloyat ichida yoʻlovchilar tashishning amaldagi tariflarini oʻzgartirish yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklariga takliflar kiritish.
6. Komissiya:
tender boʻyicha joylashtirilgan yoʻnalishlardagi ish natijalarini muntazam ravishda (bir oyda kamida bir marta) yakunlab borishga;
shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yoʻlovchilar tashish transporti ishi yuzasidan tushgan shikoyatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish ishlarini tashkil qilishga va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrishga;
yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishning sifati va madaniyatining u yoki bu masalalari, grafiklar va yoʻnalishlar boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganishni tashkil etishga;
aholini va davlat boshqaruvi mahalliy organlarini shahar atrofi, shaharlararo-viloyat ichki yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarida ishlash huquqini beruvchi tenderda yutib chiqqan yoʻlovchi tashuvchilar bilan tuzilgan kontraktlar bajarilishi toʻgʻrisida har oyda xabardor qilib turishga, yoʻlovchilar tashish avtomobil transportini rivojlantirish, ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar hajmlari va turlarini kengaytirishga;
tashish jarayonini tashkil etishda yordam koʻrsatishga;
tashuvchilar oʻtkazilgan tender yakunlari boʻyicha Komissiya yoxud uning tartibotlaridan norozi boʻlganlarida ularga tushuntirishlar berishga majburdir.
7. Komissiya majlislari zaruratga qarab, lekin bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Komissiya majlisi unda Komissiya aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi qatnashganda vakolatli boʻladi.
Komissiya qarorlari koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokollar bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda Komissiya raisining (u boʻlmaganda — rais oʻrinbosarining) ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik taʼminlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar oʻtkazishni tashkil etish masalalari boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisida
NIZOM
1. Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar oʻtkazishni tashkil etish masalalari boʻyicha idoralararo komissiya (bundan keyin matnda — Komissiya deb ataladi) shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlar ishini takomillashtirish, transport xizmatlari koʻrsatish bozorida sogʻlom raqobat muhitini taʼminlash va ushbu vazifalarning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashish transportining bir maromda ishlashini taʼminlashga oid ishlarni muvofiqlashtirish;
transport xizmatlari koʻrsatish bozorida mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilar uchun teng shart-sharoitlar yaratish va sogʻlom raqobatni rivojlantirish;
shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun tenderlar tashkil etish va oʻtkazish;
yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish, ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning hajmlari va turlarini kengaytirishga oid kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;
yoʻlovchilar huquqlariga rioya qilinishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning rahbar xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining oʻrinbosarlaridan biri Komissiya raisi hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
5. Qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlardan Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotlarni olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining axborot-maʼlumotlar banki maʼlumotlariga koʻra bir yil davomida yoʻnalishga xizmat koʻrsatishda majburiyatlarni bajarish borasida 5 va undan ortiq bartaraf etilmagan huquqbuzarliklar sodir etgan talabgorning tender taklifini rad etish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
vakolatli organlar tomonidan yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini, tashuvchilar tomonidan belgilangan grafiklarga, jadvallarga, tashish tariflariga rioya qilinishini, tekin va imtiyozli yurish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilarning tekin va imtiyozli yurishi taʼminlanishini nazorat qilinishiga oid tadbirlarni uyushtirish va boshqalar;
tenderda yurib chiqilgan yoʻnalishlarda qonunga zid ravishda ishlayotgan tashuvchilar aniqlanganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chora-tadbirlar koʻrish.
6. Komissiya:
tender boʻyicha joylashtirilgan yoʻnalishlardagi ish natijalarini muntazam ravishda (yilning har choragida kamida bir marta) yakunlab borishga;
shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish transporti ishi yuzasidan tushgan shikoyatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish ishlarini tashkil etish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrishga;
jadvallar va yoʻnalishlar boʻyicha xizmat koʻrsatishning sifati, madaniyati va bir maromda boʻlishining u yoki bu masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganishni tashkil etishga;
aholini va davlat hokimiyati mahalliy organlarini shaharlararo, xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarida ishlash uchun tenderlarda yutib chiqqan tashuvchilar bilan tuzilgan kontraktlarning bajarilishi toʻgʻrisida har oyda xabardor qilib turishga;
tashish jarayonini tashkil etishda yordam koʻrsatishga;
tashuvchilar oʻtkazilgan tender yakunlari boʻyicha Komissiya qaroridan yoxud uning tartibotlaridan norozi boʻlganlarida ularga tushuntirishlar berishga majburdir.
7. Komissiya majlislari zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi. Komissiya majlisi unda Komissiya aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi qatnashganda vakolatli boʻladi.
Komissiya qarorlari koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokollar bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda Komissiya raisining (u boʻlmaganda — rais oʻrinbosarining) ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 44-modda; ; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 11-son, 65-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda;2006-y., 22-son, 194-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2011-y., 7-8-son, 58-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 17-son, 300-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)