18.11.2016 yildagi 388-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 7-noyabrdagi PQ-2654-son qaroriga muvofiq hamda gimnastikani yanada rivojlantirish va sportning gimnastika turlarini ommalashtirish sport bazalarining moddiy-texnika holatini mustahkamlash, bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida, gimnastika boʻyicha terma jamoalarda oʻquv-trenirovka jarayonining yuqori sifatini taʼminlash, gimnastikachi sportchilar, trenerlar va hakamlarning mahorat darajasi hamda malakasini doimiy oshirib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek respublika aholisi keng qatlamlari oʻrtasida sportning gimnastika turlarini faol targʻib qilish va ommalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq maʼqullansin, Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar-oʻsmirlar sport maktablari ishlari samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-trenirovka jarayonini oʻtkazishning xavfsizlik talablariga muvofiq sportning gimnastika turlari boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining faoliyat koʻrsatayotgan sport inshootlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni rekonstruksiya qilish, xalqaro standartlar talablariga javob beradigan zarur maxsus uskunalar va anjomlar bilan jihozlash, shuningdek zarur zamonaviy infratuzilma yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-trenirovka jarayoniga toʻlaqonli ilmiy-metodik rahbarlikni va uning yuqori sifatini, xalqaro maydonlarda yuqori koʻrsatkichlarga erishish uchun sportning gimnastika turlarini rivojlantirishda izchillikni taʼminlash yuklanadigan malakali trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlariga Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabida (keyingi oʻrinlarda Gimnastika boʻyicha BOʻIROZSM deb ataladi) sport gimnastikasi va trampolin boʻlimlarini ochish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
trenirovka jarayonini oʻtkazishda qoʻyiladigan barcha xavfsizlik talablariga rioya etgan holda Gimnastika boʻyicha BOʻIROZSMda ixtisoslashtirilgan sport gimnastikasi zalini qurish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ixtisoslashtirilgan sport gimnastikasi zalini qurish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ — bosh loyihalash tashkiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ToshIESqurilish” UK — pudrat tashkiloti etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahri hokimligi ixtisoslashtirilgan sport gimnastikasi zalini qurish uchun Gimnastika boʻyicha BOʻIROZSMga belgilangan tartibda zarur yer uchastkasi ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasiga bir oy muddatda Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi huzuridagi Sportning gimnastika turlari boʻyicha respublika trenerlar va hakamlar maktabining ustavini tasdiqlash, shuningdek belgilangan tartibda uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahri hokimligi hamda Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining Gimnastika boʻyicha BOʻIROZSMning Toshkent shahri, X.Yusupov koʻchasi, 103a-uy manzilida joylashgan binosini Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasiga tekin foydalanish uchun berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga koʻrsatib oʻtilgan binoning berilishini, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi esa binoning belgilangan tartibda qabul qilib olinishini hamda undan samarali foydalanilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi bilan birgalikda — respublikada sportning gimnastika turlarini rivojlantirish va ommalashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida muntazam va tizimli ravishda faol yoritilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.I. Ikramov va U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 18-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
388-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 18-noyabrdagi 388-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddatlari

Moliyalashtirish manbai

Masʼul bajaruvchilar

I. Sportning gimnastika turlarini ommalashtiruvchi bolalar-oʻsmirlar sport maktablari ishlari samaradorligini oshirish

1.

Gimnastikachilar tayyorlashning ilmiy-metodik va tibbiy taʼminotining zamonaviy tizimini ishlab chiqish va joriy etish, ularni butun trenirovka va musobaqalar davri davomida qoʻshimcha kompleks guruhlar (xoreograf, akrobat, postanovkachi trener, massajchi, vrach) bilan taʼminlash.

2017-yil

-

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Gimnastika federatsiyasi

2.

Ilgʻor ilmiy, konstruktorlik, ilmiy-metodik, tibbiy-biologik ishlanmalarni ishlab chiqish va sportning gimnastika turlarini ommalashtiruvchi sport maktablarining ishlash amaliyotiga joriy etish.

2017-yil

-

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, Sogʻliqni saqlash vazirligi

3.

Istiqbolli sport rezervini izlash va tanlab olish, sport ilm-fani va sport tibbiyoti yutuqlarini hisobga olgan holda yuqori klassli sportchilarni tayyorlash.

Doimiy ravishda

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Xalq taʼlimi vazirligi, Gimnastika federatsiyasi

4.

Respublikaning gimnastika boʻyicha sportchilarini tizimlashtirish va hisobga olish uchun yagona axborot-tahlil bazasini yaratish.

2017-yil

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

5.

Sportning gimnastika turlarini ommalashtiruvchi bolalar-oʻsmirlar sport maktablari trenerlari va mutaxassislarining kasb darajasini oshirish.

Doimiy ravishda

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Gimnastika federatsiyasi

6.

Sportchilarni — bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining sport mahoratini takomillashtirish va oliy sport mahorati guruhlarida shugʻullanayotgan oʻquvchilarini Xalqaro gimnastika federatsiyasi tomonidan sertifikatlangan sport kiyim-boshi, sport asbob-uskunalari va anjomlari bilan taʼminlash.

Doimiy ravishda

Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi

7.

Bolalar va yoshlarni sportning gimnastika turlari bilan shugʻullanishga keng jalb etish uchun respublika aholisining keng qatlamlari oʻrtasida sportning gimnastika turlarini doimiy ravishda faol targʻib qilish va ommalashtirish.

Doimiy ravishda

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

II. Sportning gimnastika turlari boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mavjud sport inshootlarini rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish hamda ularni jihozlash

1.

Idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, respublika sport-taʼlim muassasalarida sportning gimnastika turlari boʻyicha boʻlimlarni xatlovdan oʻtkazish.

2016-yil dekabr

-

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

2.

Gimnastika boʻyicha BOʻIROZSM uchun trenirovka jarayonini oʻtkazishda barcha xavfsizlik talablariga rioya etgan holda sport gimnastikasi ixtisoslashtirilgan zalini qurish va jihozlash.

2017-yil

Toshkent shahri hokimligi, homiylar va Gimnastika federatsiyasi mablagʻlari

Toshkent shahri hokimligi,

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Gimnastika federatsiyasi

3.

Andijon shahrida gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan sport maktabida:

trenirovka jarayonini oʻtkazishda qoʻyiladigan barcha xavfsizlik talablariga rioya etgan holda trampolin uchun ixtisoslashtirilgan zalni qurish va jihozlash;

sport gimnastikasi boʻyicha mavjud zallarni va xoreografiya zalini sport inshootlaridagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativ maishiy sharoitlariga, shuningdek trenirovka jarayoni xavfsizligi boʻyicha talablarga muvofiqlashtirish.

2017-yil dekabr

Andijon viloyati hokimligi, Gimnastika federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Andijon viloyati hokimligi,

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

4.

Ixtisoslashtirilgan Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatining;

Namangan va Fargʻona Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarining;

Buxoro shahridagi 1-bolalar-oʻsmirlar sport maktabining;

Toshkent shahridagi gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan sport maktabining sport zallarini tegishli xalqaro standartlar talablariga muvofiq boʻlgan zamonaviy gimnastika uskunalari bilan jihozlash va qoʻshimcha jihozlash.

2016 — 2019-yillar

Toshkent shahri, Namangan, Fargʻona, Buxoro viloyatlari hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi, Gimnastika federatsiyasi mablagʻlari

Namangan, Fargʻona, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

5.

Namangan shahridagi gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan sport maktabini mukammal taʼmirlash va qoʻshimcha jihozlash.

2017-yil

Namangan viloyati hokimligi mablagʻlari

Namangan viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

6.

Namangan va Fargʻona olimpiya zaxirasi kollejlarining sport zallarini isitish va shamollatishning energiyadan samarali foydalaniladigan tizimi bilan jihozlash.

2016-2017-yillar

Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari hamda homiylar mablagʻlari

Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari , Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

7.

Fargʻona shahridagi gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan sport maktabini rekonstruksiya qilish va jihozlash.

2018-yil

Fargʻona viloyati hokimligi mablagʻlari

Fargʻona viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Gimnastika federatsiyasi

8.

Respublika olimpiya zaxirasi kollejining sport gimnastika zalini mukammal taʼmirlash.

2017-yil iyun

Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi,

Toshkent shahri hokimligi,

Gimnastika federatsiyasi

III. Malakali kadrlar — trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar tayyorlash

1.

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi huzurida Sportning gimnastika turlari boʻyicha respublika trenerlar va hakamlar maktabini tashkil etish.

2017-yil mart

Gimnastika federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Gimnastika federatsiyasi

2.

Osiyo gimnastika uyushmasi (AGU), Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG), Xalqaro gimnastika akademiyasi tomonidan tashkil etiladigan kurslar, seminarlar va mahorat saboqlarida sportning gimnastika turlari boʻyicha trenerlar va hakamlar va boshqa mutaxassislar malakasini oshirish.

doimiy ravishda

Sportning gimnastika turlari boʻyicha respublika trenerlar va hakamlar maktabi, Gimnastika federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Gimnastika federatsiyasi

3.

Sportning gimnastika turlari boʻyicha trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar uchun, shuningdek sportning olimpiya turlari boʻyicha terma komandalarni tayyorlashda bevosita qatnashish uchun seminarlar, leksiyalar, konsultatsiyalar oʻtkazishga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish.

doimiy ravishda

Sportning gimnastika turlari boʻyicha respublika trenerlar va hakamlar maktabi, Gimnastika federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Gimnastika federatsiyasi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 46-son, 532-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)