Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 01.11.2016 yildagi 378-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari tarkibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mintaqaning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirishni taʼminlash, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari tarkibini takomillashtirish hisobiga yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini oshirish, Surxondaryo viloyatining eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoateksport” XK, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, Surxondaryo viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2019-yillar davrida Surxondaryo viloyatida paxta maydonlari va paxta xom ashyosining yalpi yigʻimini optimallashtirish parametrlari toʻgʻrisidagi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatida paxtadan boʻshayotgan yerlarda 2017 — 2019-yillarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishning maqsadli parametrlari toʻgʻrisidagi 2, 2a va 2b-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2019-yillar davrida Surxondaryo viloyatida ekin maydonlari, asosiy qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining hosildorligi va yalpi yigʻimining prognoz parametrlari toʻgʻrisidagi 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatida 2017-yilda eski va samarasiz bogʻlar va uzumzorlarni kesib tashlash parametrlari toʻgʻrisidagi 4-ilovaga* muvofiq takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Surxondaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi bilan birgalikda ekin maydonlarining unumdorligi darajasini va ulardan foydalanish samaradorligini, ularning suv bilan taʼminlanganligini, qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini, fermer xoʻjaliklarining rentabelligini puxta tahlil qilish asosida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maqsadli parametrlardan kelib chiqib 2017-yilda paxtadan boʻshagan yerlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish uchun fermer xoʻjaliklari boʻyicha paxtadan boʻshagan yer maydonini bir oy muddatda aniqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda paxtadan boʻshayotgan past rentabelli va meliorativ jihatdan nobop yerlarni optimallashtirish, eski va samarasiz bogʻlar va uzumzorlarni kesish, shuningdek keyinchalik ushbu maydonlarda sabzavot-poliz ekinlari, kartoshka, intensiv bogʻlar va uzumzorlarni joylashtirish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Surxondaryo viloyati hokimligi, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari xalq deputatlari tuman kengashlari bilan birgalikda joriy yilning oxirigacha sessiyalarda paxtadan boʻshagan yerlarda sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik va uzumchilikka ixtisoslashtirilgan yangi fermer xoʻjaliklari tashkil etish masalalarini koʻrib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi sabzavot, poliz ekinlarining seleksiya navlarini tanlash va ekish, intensiv bogʻlar va uzumzorlar tashkil etish, shuningdek har bir tumanning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan tavsiyalarni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va fermer xoʻjaliklariga yetkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, Surxondaryo viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ingichka tolali paxta navlari maydonlarini bosqichma-bosqich kengaytirish hamda elita xoʻjaliklarida va boshqa urugʻchilik xoʻjaliklarida urugʻlik chigitlarni koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga muvofiq ingichka tolali paxta navlarini yetishtirishning resurslarni tejaydigan usullarini joriy etish, qoʻsh qatorli ekin maydonlarini kengaytirish, gʻoʻzani parvarish qilish agrotexnikasi boʻyicha takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzpaxtasanoateksport” XK, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxtaning bizning mintaqamiz bilan oʻxshash tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirishga moslashtirilgan ingichka tolali navlari chigitlarini chet eldan sotib olish masalasini 2016-yil 15-noyabrgacha ishlab chiqsinlar va tegishli taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab turgan paxta tozalash zavodlarini ingichka tolali paxta navlari xom ashyosini qayta ishlashga qayta ixtisoslashtirish yuzasidan ikki oy muddatda takliflar tayyorlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “Oʻzvinosanoat-xolding” XK, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish boʻyicha yirik klaster korxonalar tashkil etishni, ularga tegishli ekin maydonlarini, shu jumladan paxtadan boʻshaydigan yerlarni biriktirishni nazarda tutuvchi meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va eksport qilish hajmlarini koʻpaytirish boʻyicha bir oy muddatda takliflar tayyorlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK asbob-uskunalar sotib olish va Surxondaryo viloyatida polietilen plyonka ishlab chiqaradigan korxona tashkil etish boʻyicha ikki oy muddatda takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri E.M. Gʻaniyev hamda Surxondaryo viloyati hokimi T.N. Mamaraimov zimmasiga yuklansin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 1-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
378-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 44-son, 514-modda; 2017-y., 29-son, 693-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)