31.05.2004 yildagi 251-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni ulgurji sotishning bozor metodlarini kengaytirish, tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini zamonaviy talablarga muvofiq tubdan yaxshilash, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari mahsulotlariga narx belgilashning bozor mexanizmini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar-xom ashyo birjalarida birja, auksion, koʻrgazma-yarmarka savdolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan turdagi va sifatdagi tovarlar, shu jumladan, belgilangan tartibda birja savdolariga qoʻyilgan hosila moliyaviy vositalar (derivativlar) elektron birja savdolari natijalari boʻyicha birja bitimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan tovarlar auksion savdolari (shu jumladan, davlat xaridlarini tashkil etish boʻyicha elektron savdolar) natijalari boʻyicha auksion bitimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja tovariga qoʻyilgan talablarga javob bermaydigan hamda xaridorlarga ularning namunalari va modellarini, elektron kataloglarini, prospektlarini, reklama byulletenlarini yoki boshqa tavsiflovchi hujjatlarini koʻrib chiqish imkoni berilishini talab qiladigan har qanday tovar bilan koʻrgazma-yarmarka bitimlari tuzish vositasida tashkil etilishi mumkin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 09/18/33/0597-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qurilish materiallari sotiladigan savdo komplekslarida:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjalar tomonidan qurilish materiallarining koʻrgazma-yarmarka ulgurji savdosini tashkil etish uchun bepul asosda maydonlar va xonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar-xom ashyo birjalari aʼzolariga — koʻrgazma-yarmarka savdolarida sotishga moʻljallangan tovarlarni saqlash uchun ijara shartlarida maydonlar va xonalar ajratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:

birja savdolarining ishtirokchilari faqat birja aʼzolari — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish va birja bitimlarini tuzish huquqini olgan yuridik shaxslar hisoblanadi. Birja aʼzolari birja savdolarida ular nomidan birja bitimlarini tuzish vakolati berilgan oʻz xodimlari orqali ishtirok etadilar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 09/18/33/0597-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlar yoki ularning manfaatlarini ifodalaydigan, birjada akkreditatsiya qilingan agentlar koʻrgazma-yarmarka savdolari va kimoshdi savdolari ishtirokchilari hisoblanadilar;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-iyundagi 166-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 24-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja aʼzolari-dilerlar birja savdolarida ulgurji savdoni faqat ularda ulgurji savdoni amalga oshirish huquqiga litsenziya mavjud boʻlganda amalga oshiradilar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar-xom ashyo birjalari aʼzolari tomonidan import boʻyicha keltirilgan hamda sotish uchun moʻljallangan qurilish materiallari namunalari va guruhlarini sotuvga qoʻyish faqat ularning respublika hududiga belgilangan tartibda qonuniy keltirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar-xom ashyo birjalarining auksion va koʻrgazma-yarmarka savdoni tashkil etishga xarajatlari bitishuvlar ishtirokchilaridan vositachilik yigʻimi olish hisobiga, shuningdek auksion va koʻrgazma-yarmarka savdo qatnashchilariga koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar (reklama, axborot, maslahat berish, oʻquv, noshirlik xizmatlari va shu kabilar) hisobiga qoplanadi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar, shuningdek birja aʼzolari boʻlmagan yuridik shaxslar koʻrgazma-yarmarka savdolarida brokerlar orqali yoki birja tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq mustaqil ravishda ishtirok etishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-martdagi 74-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 12-son, 132-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida isteʼmol tovarlarini sotish (sotib olish) uchun ulgurji savdoni amalga oshirishga litsenziya mavjud ekanligi talab etilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 323-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tovar-xom ashyo birjalariga:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja tovarlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarni sotuvga qoʻyish uchun bepul asosda birja aʼzosi maqomi berish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 09/18/33/0597-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan va mintaqaviy savdo maydonlari tarmogʻini kengaytirish, shu jumladan koʻrsatib oʻtilgan savdo maydonlarini birja, koʻrgazma-yarmarka va auksion savdolarining elektron tizimiga ulagan holda yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish yoʻli bilan kengaytirish boʻyicha choralar koʻrish.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja aʼzolarini birja, kimoshdi va koʻrgazma-yarmarka savdolari qoidalariga kasb boʻyicha oʻqitishni tashkil qilish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchilarga va birinchi navbatda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga mahsulotlarni sotish, shuningdek bitimlar boʻyicha elektron hisob-kitoblarni elektron toʻlov tizimi orqali amalga oshirish imkonini beradigan Internet orqali savdo tizimiga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish rejimida koʻrgazma-yarmarka savdolarida ishtirok etish imkoniyatini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja aʼzolariga ixtisoslashtirilgan savdo maydonchalari orqali birja savdolari tizimiga kirish, savdolar natijalariga koʻra tuzilgan bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular boʻyicha elektron hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja aʼzolariga koʻrgazma-yarmarka savdolari tizimiga Internet orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kirish rejimida belgilangan tartibda birja savdolariga kirish imkonini nazarda tutish tavsiya etilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-martdagi 74-sonli qaroriga asosan beshinchi — yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 12-son, 132-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja tovarlari kotirovkalari doimiy ravishda (bir haftada kamida bir marta) birjaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 09/18/33/0597-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar-xom ashyo birjalari aʼzolari ular tomonidan koʻrgazma-yarmarka savdolarida sotiladigan tovarlar narxlarini ommaviy ravishda eʼlon qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-iyuldagi 179-son qarori bilan chiqarilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 231-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 260-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 36-son, 411-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2004-yil 1-iyundan boshlab birja faoliyatini amalga oshirishda qoʻshimcha ravishda quyidagi litsenziya talablari va shartlari joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolarida faqat oldindan eʼlon qilinadigan, mahsulotlar isteʼmolchilari va ishlab chiqaruvchilari keng koʻlamda foydalanadigan birja axborotnomasiga kiritilgan tovarlarni sotish, ayni bir vaqtda oldindan eʼlon qilingan listinglarga kiritilmagan tovarlarni sotish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja axborotnomalariga faqat bir xil standart xossalarga ega boʻlgan, ulgurji guruhlar bilan sotiladigan va oldindan koʻzdan kechirishni talab qilmaydigan birja tovarlarini kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda tovar-xom ashyo birjalari bilan litsenziya bitimlarini qaytadan tuzsin, bunda litsenziya bitimlariga ushbu qarorda belgilangan litsenziya talablari va shartlari kiritilishini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv raisiga, hisob-kitob-kliring palatasi rahbariga hamda birjalarning bosh maklyoriga qoʻyiladigan malaka talablarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja bitishuvlarida qatnashuvchi birjalar aʼzolarini uch oy muddatda, belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha ommaviy axborot vositalarida keng reklama kompaniyasini va tushuntirish ishlarini, shuningdek potensial sotuvchilar, xaridorlar, birjalar aʼzolari oʻrtasida tovarlarni birja savdolarida sotish va xarid qilish qoidalari va afzalliklari boʻyicha maqsadli seminarlar va davra suhbatlari oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
brokerlar va brokerlik idoralari faoliyatini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda joriy qilsinlar, bunda vositachilik yigʻimlarining zarur malaka sifatiga, brokerlik faoliyatini yuritish tajribasiga ega boʻlgan brokerlarning yuqori daromad olishini taʼminlovchi hamda birja savdolari tovar aylanmasiga qarab cheklangan miqdorlari belgilanishini nazarda tutsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja bitishuvlaridan undiriladigan birjalar vositachilik yigʻimlari cheklangan miqdorlarining deklaratsiya qilinishini taʼminlasinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning birja bitishuvlaridan undiriladigan vositachilik yigʻimlarining miqdorlarini belgilashda, “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ uchun foyda soligʻini hisoblashda xarajatlar bilan chegiriladigan monopolist korxonalar hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar yoki ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan sotiladigan mahalliy yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xom ashyo va materiallarni sotish boʻyicha “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ xizmatlariga 0,1 foiz miqdordagi vositachilik yigʻimlari hisobga olinadi va ular quyidagi ulushlarda oʻtkaziladi:
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 687-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/687/1073-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga — 0,05 foiz;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-fevraldagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 06/26/17/0117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga — 0,01 foiz;
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-fevraldagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 06/26/17/0117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga — 0,04 foiz;
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-fevraldagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 06/26/17/0117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi birjalar va ularning aʼzolari tomonidan vositachilik yigʻimlarining cheklangan miqdorlariga rioya etilishini nazorat qilsin.
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning Kuzatuv kengashiga mustaqil ravishda birjaning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash va xodimlar sonini belgilash huquqi berilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 293-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/293/2916-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan uch yil muddatga istisno tariqasida ozod qilinsin, boʻshaydigan mablagʻlar yagona elektron savdo tizimi texnika va texnologiya dasturiy kompleksini zamonaviylashtirishga maqsadli yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hukumatning 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Adliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 31-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
251-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 260-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 36-son, 411-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 31-maydagi 251-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji va birja savdosini tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 1-maydagi 198-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 5-son, 24-modda) 8-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “foizsiz qaytarish asosida” soʻzlari chiqarib tashlansin, “sarflangan mablagʻlar 5 yil mobaynida qaytariladi” soʻzlari “ajratilgan mablagʻlar hisobiga Oʻzbekiston tovar-xom ashyo birjasi hududiy filiallarining binolari Davlat mulki qoʻmitasiga beriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilovaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 22-23-son, 260-modda; 2005-y., 8-9-son, 69-modda, 30-31-son, 231-modda, 32-33-son, 251-modda; 2009-y., 12-son, 132-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2011-y., 14-son, 137-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda, 36-son, 411-modda; 2013-y., 15-son, 199-modda, 24-son, 315-modda, 37-son, 485-modda; 2014-y., 50-son, 590-modda; 2015-y., 52-son, 646-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 09/18/33/0597-son, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son; 10.04.2019-y., 09/19/293/2916-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/687/1073-son; 07.02.2026-y., 06/26/17/0117-son)