Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2018 09.06.2016 yildagi 193-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Darband” yoʻl-patrul xizmati postiga yondosh hududda bojxona punktini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 553-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqiqlangan buyumlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtilishi holatlarini aniqlash va ularning oldini olish choralarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda Ichki ishlar vazirligining Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining faoliyat koʻrsatib turgan “Darband” yoʻl-patrul xizmati postiga yondosh hududda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi “Gʻalaba” chegara temir yoʻl bojxona punktining “Darband” bojxona punktini (keyingi oʻrinlarda “Darband” bojxona punkti deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Darband” bojxona punktining faoliyati faqat “Termiz-Qarshi” yoʻnalishida harakatlanayotgan avtotransport vositalarida ularni mobil inspeksiya-tekshirish kompleksidan foydalangan holda tekshirish yoʻli bilan kontrabandani aniqlash va oldini olishga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtatdagi xodimlar soni 1-ilovaga* muvofiq 15 nafar boʻlgan “Darband” bojxona punktini, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi boʻlinmalarining, shuningdek Oliy harbiy bojxona institutining shtatdagi xodimlari sonini 2-ilovaga* muvofiq qisqartirish hisobiga tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Rapiscan Systems Ltd” (Buyuk Britaniya) kompaniyasi bilan inspeksiya-tekshirish kompleksini yetkazib berish, montaj qilish va ishga tushirish-sozlash yuzasidan, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan kontrakt tuzishga ruxsat etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda bojxona punktining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorligining texnologik sxemasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, “Darband” bojxona punktining funksiyalarini faqat avtotransport vositalarini inspeksiya-tekshirish kompleksidan foydalangan holda tekshirishdan oʻtkazishdan iborat etib belgilashni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspeksiya-tekshirish kompleksini oʻrnatish va undan foydalanish uchun zarur taʼmirlash-qurilish ishlari amalga oshirilishini, shu jumladan inspeksiya-tekshirish kompleksiga kirish va undan chiqish yoʻllari qurilishini hamda yoʻl-patrul xizmati postiga yondosh hududda (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) qonun hujjatlariga muvofiq radiatsiya xavfsizligi normalariga rioya etgan holda zarur infratuzilma yaratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-patrul xizmati postining mavjud binosida “Darband” bojxona punkti xodimlari uchun toʻrtta xona ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, ushbu qarorni bajarish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti parametrlarida tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi uchun nazarda tutilgan budjet ajratmalari, shuningdek ularning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Darband” bojxona postini jihozlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha keltirilayotgan inspeksiya-tekshirish kompleksi, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, sarflash materiallari bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi keltirilayotgan inspeksiya-tekshirish kompleksini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajarilgan ishlar (koʻrsatilgan xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan inspeksiya-tekshirish kompleksiga texnik xizmat koʻrsatishdan olingan daromadlar yuridik shaxslarning foyda soligʻidan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga va Surxondaryo viloyati hokimligiga istisno tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt boʻyicha taʼmirlash-qurilish ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini 2016-yil 30-sentabrgacha ishlab chiqish bilan birgalikda amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼmirlash-qurilish ishlari yuzasidan pudrat shartnomasini tanlov savdolari oʻtkazmasdan tuzishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan olib kelinadigan, “Darband” bojxona punktini jihozlash uchun zarur boʻlgan inspeksiya-tekshirish kompleksi, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, sarflash materiallari aeroportlarda va temir yoʻl stansiyalarida yigʻimlar undirilmasdan saqlanishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-patrul xizmati postida maʼlumotlarni aloqaning optik vositalari orqali uzatish kanalini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-patrul xizmati posti hududida mobil aloqa operatorlari tarmoqlarining ishonchli ishlashini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzbekenergo” AJ yoʻl-patrul xizmati postini va “Darband” bojxona punktini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Surxondaryo viloyati hokimligi, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomasiga binoan ikki hafta muddatda qoʻshimcha yer uchastkasi ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va taʼmirlash-qurilish ishlari bajarilishi sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzqurilishmateriallari” AK bilan birgalikda loyihalash tashkilotining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha obyektning taʼmirlash-qurilish ishlarini amalga oshirish uchun metall prokat va sementning boshqariladigan narxlarda belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 9-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 24-son, 284-modda)