05.03.2016 yildagi PQ-2505-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016 — 2020-yillarda meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarining xom ashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xom ashyo bazasini jadal rivojlantirish asosida yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan sifatli raqobatdosh oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish hajmlarini oshirish hamda turlarini kengaytirish, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini yanada chuqur qayta ishlash boʻyicha xorijiy investorlarni jalb qilgan holda yangi ishlab chiqarishlarni qurish va amaldagilarini modernizatsiya qilish, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash boʻyicha zamonaviy savdo-logistika markazlari va muzlatish quvvatlarini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan manfaatdor xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2016 — 2020-yillarda meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarining xom ashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni koʻpaytirish Dasturi maʼqullansin, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaga* muvofiq, oziq-ovqat sanoatining xom ashyo bazasini rivojlantirish uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari asosiy turlarini ishlab chiqarishning prognoz parametrlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovaga* muvofiq, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi korxonalar qurish, amaldagilarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek, tara-qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish investitsiya loyihalarining roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 — 3v-ilovalarga* muvofiq, meva-sabzavot, goʻsht-sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshimcha yangi korxonalar qurilishining prognoz parametrlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-ilovaga* muvofiq, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash uchun yangi zamonaviy muzlatish kameralari qurilishining prognoz parametrlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-ilovaga* muvofiq, oziq-ovqat sanoati uchun yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning maqsadli parametrlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-ilovaga* muvofiq, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning maqsadli parametrlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-ilovaga* muvofiq, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yetkazib berishning maqsadli parametrlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi mazkur dasturda nazarda tutilgan, xom ashyo bazasi va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini rivojlantirishning prognoz parametrlari bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib borilishini taʼminlasin.
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2016-yil yakunlari boʻyicha viloyatlar va tumanlar kesimida ekin maydonlari tarkibini maqbullashtirish natijalari, paxtadan boʻshagan yerlarda boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish samaradorligi, hosildorligi, rentabelligi va eksport imkoniyatlariga alohida eʼtibor bergan holda tanqidiy baholasin va uning natijalaridan kelib chiqib, 2017-2018-yillarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va ishlab chiqarish hajmlarining prognoz parametrlariga zarur tuzatishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xom ashyosi yetishtirish hajmlari kamayishidan koʻriladigan yoʻqotishlarni eksportga yoʻnaltirilgan meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish hisobiga albatta toʻldirilishini nazarda tutib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari, ularning hosildorligi va eksport prognoz koʻrsatkichlariga tegishli tuzatishlar kiritish ishlari har bir oʻtgan yil natijalari boʻyicha amalga oshirib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat va tumanlar boʻyicha qishloq xoʻjaligini tarkibiy oʻzgartirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda ishlab chiqarish xarajatlari va nobudgarchilikni maksimal darajada qisqartirishni taʼminlash maqsadida, meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini omborlar, muzlatish kameralari, qayta ishlash korxonalari, savdo-logistika markazlarining quvvatlari bilan chambarchas bogʻlangan holda kompleks yondashuvga qatʼiy rioya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning 1 — 4-ilovalari bilan tasdiqlangan parametrlardan kelib chiqqan holda, xom ashyo bazasini rivojlantirish va yangi oziq-ovqat sanoati korxonalarini tashkil etish hududiy maqsadli dasturlarni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Meva-sabzavot mahsulotlarini yanada chuqur qayta ishlash va uning eksport salohiyatini oshirishni taʼminlash boʻyicha Respublika komissiyasi 8-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 8-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelajakda yangi va qayta ishlangan mahalliy meva-sabzavot mahsulotlariga boʻladigan talablarni aniqlash boʻyicha tizimli asosda marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, shuningdek yangi sotish bozorlarini oʻzlashtirishda mahalliy eksporterlarga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, birlamchi qayta ishlash va eksport qilish boʻyicha ixtisoslashgan kompleks savdo-logistika markazlari, shuningdek muzlatish quvvatlarini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva, sabzavot, poliz va ularni qayta ishlash mahsulotlarini transportda tashish, bojxona rasmiylashtiruvi va ularni yuklab joʻnatish boʻyicha hisobot taqdim qilishni tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni tezkor koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinadigan yangi va qayta ishlangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha ushbu qarorning 7-ilovasida koʻzda tutilgan prognoz parametrlarining bajarilishi ustidan monitoring olib borishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, mazkur qaror bilan tasdiqlangan investitsiya loyihalari roʻyxatiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublika komissiyasi raisi (Sh. Mirziyoyev) “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasining tuzilmasi, unga yuklatilgan maqsad va vazifalarini tanqidiy koʻrib chiqsin va bir oy muddatda uning tuzilmasi va eksportga yoʻnaltirilgan faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda doimiy asosda:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki bozorda aholining haqiqiy ehtiyoj va talablarini oʻrganish, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari importi tarkibini tahlil qilishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor mahsulot importini qisqartirishga, ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh oziq-ovqat mahsulotlari nomenklaturasi va turlarini koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqib, amalga oshirishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “2011 — 2015-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 7-apreldagi 105-sonli qarorining 5-bandi bilan taqdim etilgan imtiyozlarning amal qilishi 2021-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar uchun yuklarni ortish joyidan Oʻzbekiston Respublikasining chegarasigacha tashish haqi — temir yoʻl tariflari mahalliy tariflardan kelib chiqqan holda undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorda koʻzda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun muntazam ravishda xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etishni taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 5-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2505-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 580-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)