06.05.1999 yildagi 223-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BIRJA VA koʻrgazma-yarmarka savdosini YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 96-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 192-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar oʻrtasidagi bogʻlovchi boʻgʻin hamda bozor infratuzilmasining taʼsirchan mexanizmi sifatida tovar-xom ashyo birjalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjalari savdolarida import kontraktlar tuzish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Respublika tovar-xom ashyo birjalarining hisob-kitob (kliring) palatalari toʻgʻrisida Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar va idoralarning korxonalari hamda ixtisoslashtirilgan tashqi savdo birlashmalari va firmalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi aʼzolariga, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi aʼzolariga bitishuvlarni, qoidaga koʻra, birjalar va yarmarkalarda tuzish tavsiya qilinsin, bunda raqobat, qulaylik va bitishuvlarning oshkoraligi taʼminlansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tovarlar va xom ashyolarning asosiy turlari uchun Birjalar kengashi tomonidan taqdim etilgan birja kotirovkalari ommaviy axborot vositalarida muntazam eʼlon qilib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari oʻzlarining meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda belgilangan tartibda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hukumat qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 6-may.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
223-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
6-maydagi 223-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjalari savdolarida import kontraktlar tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Tartib “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va u toʻlov hamda hisob-kitob Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — “soʻm”da nazarda tutiladigan birja savdolarida tuziladigan tovarlar va xom ashyo xarid qilish boʻyicha import kontraktlarga joriy etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 96-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 192-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Import tovarlarni birja va koʻrgazma-yarmarka savdolarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan savdo maydonchalari orqali sotuvga qoʻyishda sotuvchi yoki sotuvchining brokeri birjaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvga qoʻyilayotgan tovarga uning mijozining mulk huquqini, tovarning mavjudligini yoki ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan uning tayyorlanishini tasdiqlovchi — kafolat taʼminoti mablagʻlarini toʻlagan holda birja bitishuvlari amalga oshirilgan taqdirda, shuningdek tovarning qonunchilikda belgilangan sifat talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sotuvchi tomonidan imzolangan kafolat xatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafolat taʼminoti mablagʻlari toʻlanmagan holda birja bitishuvlari amalga oshirilgan taqdirda — ombor maʼlumotnomasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Banklar, boshqa kredit muassasalari va sugʻurta tashkilotlarining belgilangan tartibdagi shartnoma-kafolatnomalari, kafolatlari soʻm asosida birjalarda tuzilgan import kontraktlarni taʼminlash shakllari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Birja savdolarida tuzilgan import kontraktlarida konsalting xizmatlarining narxlar darajasi haqidagi ekspert xulosasi talab qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Birjaning barcha qatnashchilari uchun real vaqt rejimida tashkil etilib oʻtkazilgan birja savdolari natijalariga koʻra tuzilgan import kontrakti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar-xom ashyo birjalarining birja savdolarida tuziladigan kontraktlarga identifikatsiya raqamlari berishning tasdiqlangan Tartibiga muvofiq birjada yoki uning filialida (ixtisoslashtirilgan savdo maydonchasida) roʻyxatdan oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjada yoki uning filialida (ixtisoslashtirilgan savdo maydonchasida) rasmiylashtiriladi hamda ularning muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import kontraktida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
real vaqt rejimida birja savdosi oʻtkazilgan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdosi protokolining tartib raqami koʻrsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Tartibning 2-bandida sanab oʻtilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun ushbu maʼlumotlarni imzolagan mansabdor shaxslar javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import kontraktlarining toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun ularni imzolagan tomonlar javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import kontraktlarining birjada roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun birja javob beradi;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 96-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 192-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 269-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/269/2861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 269-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/269/2861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Import kontraktlari birjada roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng tegishli bank muassasalari tomonidan ijro etishga qabul qilinadi. Birjada tuzilgan import kontraktlari boʻyicha haq toʻlash kontrakt asosida amalga oshiriladi. Faksimil aloqa boʻyicha olingan va birja muhri bilan tasdiqlangan shartnomalar — topshiriqlar, kafolat xatlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi, keyinchalik asl nusxalari navbatdagi oʻn kalendar kun davomida taqdim etiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 269-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/269/2861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-oktabrdagi 284-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 42-son, 455-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Import kontrakti tuzilgandan keyin xaridor uch bank kuni davomida kontraktda koʻrsatilgan toʻlov shartlariga muvofiq, birja hisob-kitob (kliring) palatasining maxsus schyotiga pul mablagʻlari oʻtkazadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 570-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/570/0715-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Birja import kontraktlari boʻyicha tovarni olib kelishda tovarning kelib tushish joyidagi bojxona boʻlinmalariga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 269-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/269/2861-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning kelib chiqishini tasdiqlovchi sertifikat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk bojxona deklaratsiyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun tegishli hujjatlarni taqdim etgan shaxs javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tovar birja import kontraktlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga kelib tushgandan va xaridor tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingandan keyin birjaning hisob-kitob-kliring palatasi mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi — soʻmda sotuvchi-norezidentning birjaning hisob-kitob (kliring) palatasidagi hisob raqamiga oʻtkazadi, sotuvchi ulardan faqat birjalar va birjalarning koʻrgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan eksport shartnomalari, bojxona bojlari, sud xarajatlari hamda birja shartnomalarini tuzish va ijro etish bilan bevosita bogʻliq xizmatlar (vositachilik yigʻimlari, brokerlik haqlari, tashish xarajatlari va qonunchilikka muvofiq boshqa xarajatlar) toʻlovlari uchun ishlatishi mumkin.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotlarni tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotishdan norezidentlar tomonidan olingan mablagʻlardan birja brokerlari Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olish (sotish) uchun norezidentlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida foydalanishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 323-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalari hisob raqamlarida boʻlgan mablagʻlardan foydalangan holda, pul talabnomasidan voz kechish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 912-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/912/0254-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja brokerlari mahsulotlarni tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotishdan olingan mablagʻlar hisobiga mijoz-norezident nomidan xorijiy valyutani sotib olishga (sotishga) tijorat banklariga buyurtmanomalar berish, norezidentlar — yuridik shaxslar esa — Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida hisob raqamlari ochish va mahsulotlarni tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotishdan olingan mablagʻlar hisobiga xorijiy valyutani sotib olish (sotish) huquqiga egadir.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 323-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
6-maydagi 223-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablagʻlardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 13-martdagi 95-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning uchinchi xat boshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“import kontraktlarini hisobga qoʻyish (tovar-xom ashyo birjalarida tuzilganlari bundan mustasno) vakolatli banklarda ikki ish kunida, import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish boʻlimlarida — ikki ish kunida, hujjatlar topshirilgan kundan tashqari amalga oshiriladi”;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 2003-y., 416-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 161-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishi yoki rezidentlarga xizmatlar koʻrsatilishini nazarda tutuvchi barcha bitishuvlarga (tovar-xom ashyo birjalarida tuzilganlari bundan mustasno) tadbiq etiladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 9-son, 45-modda; 2003-y., 17-18-son, 161-modda; 2006-y., 22-son, 192-modda; 2011-y., 42-son, 455-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/912/0254-son, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son; 01.04.2019-y., 09/19/269/2861-son; 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.09.2024-y., 09/24/570/0715-son)