02.05.2016 yildagi PQ-2524-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoatning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning oʻrta va uzoq muddatli strategik dasturlari samarali amalga oshirilishini taʼminlay oladigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash darajasini tubdan oshirish, muhandislik taʼlimi rivojining jahon tajribasini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlashni tashkil etishni yanada takomillashtirish va sifatini yaxshilash, shuningdek buning uchun zarur zamonaviy moddiy-texnika bazasini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (keyingi oʻrinlarda — TDTU)ni TDTU hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti negizida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinasozlik, energetika, muhandislik geologiyasi va konchilik ishi, elektronika va asbobsozlik, muhandislik intellektual tizimlari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni sinab koʻrish va joriy etishga yoʻnaltirilgan amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet mamlakatlar taʼlim muassasalarining tajribasini va mamlakat iqtisodiyoti talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli muhandislik-texnik va ishlab chiqarish yoʻnalishlari hamda mutaxassisliklar boʻyicha davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarini, ilmiy-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-taʼlim jarayoniga chet ellik mutaxassislarni jalb etish maqsadida yetakchi xorijiy texnika oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, TDTU respublikaning muhandislik-texnika yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash sohasidagi bazaviy oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TDTU bilan birgalikda 2016-yilning 1-avgustiga qadar TDTUning yangilangan tashkiliy tuzilmasiga muvofiq uning fakultetlari va kafedralarini qayta tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin, shuningdek yangi tashkil etilayotgan Muhandislik tizimlari fakulteti hamda Muhandislik-fizika fakultetini yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan toʻliq taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan birgalikda bir oy muddatda TDTU Neft va gaz fakulteti talabalari kontingentini I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universitetining Toshkent shahridagi filialiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi tashkil etilayotgan Muhandislik tizimlari fakultetini TDTUning Neft va gaz fakulteti binosiga joylashtirsin, binoni rekonstruksiya qilish ishlari oliy texnika taʼlim muassasalari uchun nazarda tutilgan xalqaro standartlarni hisobga olgan holda 2016/2017 oʻquv yili boshlanishigacha nihoyasiga yetkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining Fanlar akademiyasining Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutini hamda uning huzuridagi Ixtisoslashtirilgan konstruktorlik-texnologiya byurosini tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tugatilayotgan Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining ilmiy va muhandis xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun 2-ilovaga* muvofiq tarkibda attestatsiya komissiyasi tuzilsin, malakali mutaxassislar TDTUning yangidan va qaytadan tashkil etilayotgan fakultetlariga, yoʻnalishlar boʻyicha kafedralari va laboratoriyalariga ishga qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublika Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ishtirokida bir oy muddatda Ion- plazma va lazer texnologiyalari institutining ilmiy-texnikaviy loyihalari, konstruktorlik-texnologiya ishlanmalari, uskunalari hamda boshqa mol-mulkining zarurligi va saqlab qolishning maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun ularni toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazsin, zamonaviy uskunalar TDTU Muhandislik-fizika fakultetining yangi tashkil etilayotgan laboratoriyalariga topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK bir oy muddatda Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining:
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar, Doʻrmon yoʻli koʻchasi, 28 manzilidagi binosi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi balansidan I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universitetining Toshkent shahridagi filialini kengaytirish uchun “Oʻzbekneftgaz” MXK balansiga bepul asosda, tasarruf etish huquqisiz qabul qilinishi-topshirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi TDTU bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda TDTUning yangilangan nizomini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TDTU xodimlari sonini belgilangan tartibda tasdiqlangan yangi tashkiliy tuzilmaga muvofiq holga keltirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarordan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi respublika budjeti xarajatlari parametrlariga zarur oʻzgartishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining boʻshayotgan xodimlarini belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat texnika universitetida kadrlar tayyorlash tarkibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 18-iyundagi 134-sonli qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 24-25- sonlar, 227-modda) 2, 3 va 8-bandlari, shuningdek uning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 2-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2524-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-maydagi PQ-2524-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

R.S. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri, komissiya raisi

A.V. Vaxabov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari

Sh.I. Salixov

Fanlar Akademiyasi prezidenti

N. Tursunov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari

A.M. Sadikov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bosh konsultanti

D.R. Turdiyev

iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari

B. Nizamov

mehnat vaziri oʻrinbosari

O.R. Parpiyev

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi ijrochi direktori

F.X. Rizayev

Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti mudiri

R.X. Saidaxmedov

Toshkent davlat texnika universiteti rektori

M. Karimov

Toshkent davlat texnika universiteti prorektori

lavozimi boʻyicha

Toshkent davlat texnika universiteti muhandislik-fizika fakulteti dekani

lavozimi boʻyicha

Toshkent davlat texnika universiteti muhandislik tizimlari fakulteti dekani

B.O. Onorboyev

Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, komissiya kotibi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 188-modda, 38-son, 446-modda; 2017-y., 26-son, 582-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)