Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017 14.04.2016 yildagi 113-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2840-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks rivojlantirishni taʼminlashda mahalliy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PQ-2495-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining faoliyatini yanada takomillashtirish va mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan taklif etilgan boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 49 nafar boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi apparatining ilovaga muvofiq tuzilmasi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini tizimli asosda tahlil qilib borish, mavjud nomutanosibliklar, zaxiralar va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xomashyo, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash, uning asosida va mamlakatni istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, hududlarni kompleks taraqqiy ettirishning joriy va oʻrta muddatli dasturlarini ishlab chiqish, mintaqalar iqtisodiyotini chuqur tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda mintaqaning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sanoat asosida yanada chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatdosh mahsulotlar chiqarishni tashkil etish va shu asosda eksportga yetkazib berilayotgan mahsulotlar hajmi va turlarini koʻpaytirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy investitsiya dasturlari ishlab chiqishni taʼminlash va amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarish obyektlari qurish va oʻz vaqtida ishga tushirish hamda amaldagilarini modernizatsiyalashning borishi ustidan monitoring olib borish, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning oʻrta va uzoq muddatli tasdiqlangan dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini bajarishda koʻmaklashish, pudrat tashkilotlarini mutanosib tarzda rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish, mintaqaviy investitsiya dasturlarini amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha faol ish olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini ildam rivojlantirish, transport xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash, uy-joy — kommunal xizmatlari koʻrsatish darajasi va sifatini tubdan oshirish, aholini sifatli ichimlik suvi va sanitariya-tozalash tizimi bilan taʼminlash, aholi punktlarini obodonlashtirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini maqbul joylashtirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni va suvdan tejamli foydalanish usullarini joriy etish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xoʻjaligi xomashyosini yanada chuqur qayta ishlash hamda meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarini saqlash uchun muzlatish quvvatlarini tashkil etishni chuqur tahlil qilish va bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqadagi demografik jarayonlar hamda aholining jins va yosh tarkibini, uning bandlik darajasi va tarkibini tizimli tahlil qilish, shuning asosida ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish oʻrinlari yaratish hisobidan band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan taʼminlash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, aholiga tibbiy, taʼlim va ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot vazirini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligini malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha bir hafta muddatda takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 14-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-apreldagi 113-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 148-modda; 2017-y., 13-son, 199-modda)