Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.03.2021 17.02.2016 yildagi PF-4779-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.03.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi PF-6185-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni koʻrib chiqishning yangilangan tartibini belgilash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuniga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-noyabrdagi PF-500-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartish kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B. Kokanbayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 17-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-4779-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-fevraldagi PF-4779-sonli farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. boʻlim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“IV. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotish asoslari va uni rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotish quyidagi hollarda fuqarolik toʻgʻrisidagi Qonun asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan rasmiylashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat armiyasida harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmatiga, shuningdek chet davlatda politsiyaga, adliya organlariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining oʻzga organlariga ishga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar, yoxud boshqa ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasalari materiallarni Tashqi ishlar vazirligiga yuboradilar, bu vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatidan xulosalarni olib, oʻz xulosasi bilan materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyaga taqdim etadi. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti qaror qabul qilishi uchun takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agarda, chet elda doimiy yashovchi shaxs 5 yil mobaynida uzrli sabablarsiz konsullik hisobidan oʻtmagan taqdirda konsullik muassasalari materiallarni Tashqi ishlar vazirligiga yuboradilar. Tashqi ishlar vazirligi oʻz xulosasi bilan materiallarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyaga yuboradi. Komissiya taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti qaror qabul qilishi uchun taklif kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 yillik muddat toʻgʻrisidagi qoida 16 yoshga yetmagan shaxslarga taalluqli boʻlmaydi. Konsullik muassasasining rahbari Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi oʻz vaqtida konsullik hisobidan oʻtmaganligi sabablari uzrli yoki uzrli emasligini vaziyatga qarab mustaqil baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yolgʻonligi shak-shubhasiz maʼlumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi olinganligi aniqlangan taqdirda, bu toʻgʻrisida maʼlumotlar yoki arizalar tushgan chogʻda ichki ishlar organlari mazkur shaxs haqiqatan ham Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi ekanligi yuzasidan zarur tekshirishlar oʻtkazadilar. Yolgʻonligi shak-shubhasiz yolgʻon maʼlumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olish fakti tasdiqlangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyaga taqdim etadilar. Komissiya materiallarni koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaror qabul qilishi uchun takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar shaxs chet davlat foydasini koʻzlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan boʻlsa ham Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi yoʻqotilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet davlat foydasiga faoliyat yuritish natijasida jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilganligini, yoki sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan oʻrnatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi ikkinchi boʻlimida nazarda tutilgan tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlardan birining fuqaro tomonidan sodir etilishini tasdiqlovchi hujjatlar shaxsning fuqaroligini yoʻqotish haqida tashabbus bilan chiqqan organning asoslantirilgan taqdimnomasi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi fuqarolikni yoʻqotish tashabbusi haqidagi materiallarning nusxasini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatiga taqdim etadi, ular kelib tushgan materiallar asosida oʻzlarining asoslantirilgan xulosalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyaga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi fuqarolikni yoʻqotish haqidagi asosli xulosani zarur hujjatlarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiya taqdim etilgan materiallarni, shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralarning xulosalarini koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaror qabul qilishi uchun takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotish toʻgʻrisidagi masalani Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga asos boʻluvchi sabablar va vaziyatlar haqida shaxsga maʼlum qilingandan keyingina koʻrib chiqish mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqqan kundan boshlab yoʻqotilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotish fakti “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31, 32-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida shaxs doimiy istiqomat qiladigan joydagi ichki ishlar organlari tomonidan, chet davlatda doimiy istiqomat qiluvchilar uchun esa konsullik muassasalari tomonidan qayd etiladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 8-son, 72-modda)