Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 19.02.2016 yildagi PQ-2493-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Azal-azaldan xalqimizning ezgu va goʻzal qadriyatlarini, uning olijanob orzu-intilishlarini oʻzida mujassam etib, qadim ajdodlarimizdan bizga oʻlmas meros sifatida bezavol oʻtib kelayotgan Navroʻzi olam mustaqillik yillarida mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, barcha vatandoshlarimiz orziqib kutadigan, tom maʼnodagi umumxalq bayramiga aylanib qoldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sharqona yangi yilning boshlanishi, tabiat uygʻonishining ramzi, asl milliy, eng ardoqli bayram boʻlmish Navroʻzning odamzodning tabiat bilan uygʻun va hamohang boʻlib yashashida, jamiyatimizda mehr-oqibat va hamjihatlik, insoniylik, bagʻrikenglik va bunyodkorlik, xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodimizni milliy anʼanalarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirishdagi oʻrni va taʼsiri tobora ortib borayotganini inobatga olib hamda bu qutlugʻ ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2016-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita Navroʻz bayramini poytaxtimiz Toshkent shahrida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barcha shahar, tuman va qishloqlarda umumxalq sayillari shaklida yuqori darajada oʻtkazishga qaratilgan tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy tadbirlar rejasini oʻn kun muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tadbirlar rejasini tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navroʻz kunlarida inson oʻzini tabiat bilan uzviy bogʻlanganini, uning ajralmas bir qismi sifatida his etishini ifoda etadigan, atrof-muhitni, ona zaminni ardoqlab, uning neʼmatlarini, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuygʻusi bilan yashashga daʼvat qiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni uyushtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha shahar va qishloqlarimizda boʻlib oʻtadigan tadbirlarda, ommaviy axborot vositalarida Navroʻz bayramining tarixi, uni nishonlash bilan bogʻliq urf-odat, anʼana va qadriyatlarimizning mohiyati va ahamiyatini keng yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navroʻzning ruhi va falsafasida oʻz aksini topgan mehr-muruvvat, ahillik va totuvlik, yoshi ulugʻ insonlar, tabarruk otaxon va onaxonlarni har tomonlama eʼzozlash, koʻmakka muhtoj kishilarga begʻaraz yordam berish bilan bogʻliq xayriya tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi dehqonchilik mavsumining boshlanishi, yasharish va yangilanish, qut-baraka, obodlik va farovonlik ramzi boʻlmish Navroʻz faslida mahallalarda, shahar va qishloqlarimizda hasharlar, keng koʻlamdagi obodonchilik va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan bayram dasturlariga folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, oilaviy ansambllar, baxshilar, shuningdek, professional va isteʼdodli estrada ijrochilarini tanlov asosida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayram dasturlarini tayyorlashda folklor sanʼatining eng yaxshi namunalarini, el-yurtimizning dilidan chuqur joy olgan qadimiy urf-odatlar, ezgu insoniy tuygʻularni tarannum etadigan mumtoz kuy va qoʻshiqlar, oʻlan va laparlarga keng oʻrin berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda joylardagi homiylik xayriya mablagʻlari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 19-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2493-son
(“Xalq soʻzi” gazetasi, 20.02.2016-y., 36 (6471)-son)