17.02.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2764
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori, 17.02.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2764
Kuchga kirish sanasi
22.02.2016
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 17-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2764]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/6-son “Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2442, 2013-yil 25-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 13-son, 168-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A. YUSUPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 28-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
220/2-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq malakaviy imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-2, 09.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/2764-2/0308-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan izlanuvchilar (bundan buyon matnda izlanuvchi deb yuritiladi) quyidagilardan malakaviy imtihonlarni topshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslik (dissertatsiya mavzusiga muvofiq). Matematik modellashtirish asoslari fani boʻyicha savollar aniq va tabiiy fanlar, Matematik statistika asoslari fani boʻyicha savollar esa, iqtisodiyot, tibbiyot va pedagogika fanlari (ixtisosliklari) boʻyicha malakaviy imtihonlar savollari tarkibiga kiritiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet tili (ingliz, fransuz yoki nemis tili). Dissertatsiyani bajarish uchun boshqa chet tilini bilish talab qilinadigan hollarda, chet tilidan malakaviy imtihon ish bajarilayotgan tashkilotning taqdimnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda taqdimnomada koʻrsatilgan chet tilidan topshiriladi. Bunda IELTS (oʻrtacha 5,5 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (RVT) (567 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam boʻlmagan) hamda kamida V2 darajasidagi CEFR, Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache fur auslandische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplome approfondi de langue francaise) va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi malakaviy sertifikatga ega boʻlgan izlanuvchilar mazkur hujjatlarning amal qilish muddati davomida chet tili boʻyicha malakaviy imtihonni topshirishdan ozod etiladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Chet tilidan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajani olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan izlanuvchilar qoʻshimcha ravishda ikkinchi chet tili fanidan malakaviy imtihon topshiradilar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-1, 23.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 571-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan xorijiy fuqarolar faqat dissertatsiya mavzusiga muvofiq ixtisoslik boʻyicha malakaviy imtihon topshiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-1, 23.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 571-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ixtisoslik boʻyicha malakaviy imtihonlar huzurida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash (bundan buyon matnda Ilmiy kengash deb yuritiladi) tuzilgan tashkilot tomonidan, chet tili (ingliz, fransuz yoki nemis tili) boʻyicha malakaviy imtihonlar esa, yetakchi ilmiy va taʼlim tashkilotlari tomonidan har 3-4 yilda (zarurat boʻlganda qisqaroq muddatda) ishlab chiqilgan, tasdiqlangan hamda OAK tomonidan maʼqullangan dasturlar asosida topshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Malakaviy imtihonlarni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ixtisoslik boʻyicha malakaviy imtihon — dissertatsiya himoyasi oʻtkaziladigan Ilmiy kengash faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet tili boʻyicha malakaviy imtihonlar OAK belgilagan tashkilotlarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy yoki taʼlim tashkilotlari (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) rahbariyatiga oʻzlari rahbarlik qilayotgan tashkilotda, vazirlik va idoralar rahbariyatiga oʻzlari rahbarlik qilayotgan tizimdagi tashkilotlarda malakaviy imtihonlarni topshirishiga ruxsat etilmaydi. Bunda OAK tomonidan tashkilot rahbariyati yoki vazirlik va idoralar rahbariyatining murojaatiga asosan, ular malakaviy imtihonlarni topshirishi mumkin boʻlgan tashkilotlar (malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqiga ega boʻlgan tashkilotlar orasidan) belgilab beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Chet tili boʻyicha malakaviy imtihonni qabul qilish huquqini olish uchun tegishli oʻquv-tashkiliy yoki ilmiy-tashkiliy tuzilmalari mavjud hamda ilmiy, ilmiy-pedagogik salohiyatga, shuningdek yetarli moddiy-texnik bazaga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan tegishli chet tilini koʻrsatilgan holda OAKga murojaat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot murojaatini OAK Rayosatining navbatdagi yigʻilishida koʻrib chiqish natijalariga koʻra, OAK Rayosati tomonidan tashkilotga chet tili boʻyicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, tashkilotga chet tili boʻyicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet tili boʻyicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqi berilgan tashkilotlar roʻyxati OAKning rasmiy veb-sayti va “OAK Byulleteni”ning navbatdagi sonida OAK Rayosatining tashkilotga chet tili boʻyicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqini berish toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilinadi. Tashkilotlar roʻyxati OAKning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Malakaviy imtihonlarni qabul qiladigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan OAK bilan kelishilgan holda ikki yil muddatga malakaviy imtihonlarni qabul qilish komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslik boʻyicha komissiya ilmiy darajaga ega boʻlgan besh — yetti nafar aʼzodan, jumladan tegishli fan tarmogʻi boʻyicha fan doktori ilmiy darajasiga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi yoxud falsafa doktori (Doctor of Philosophy) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda berilgan boshqa ilmiy darajaga ega boʻlgan mutaxassis hisoblangan raisdan iborat boʻladi. Bunda komissiya aʼzolarining kamida ikki nafari fan doktori boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet tili boʻyicha komissiya tegishli mutaxassislar orasidan besh — yetti nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi. Bunda aʼzolardan kamida ikki nafari fan doktori yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi yoxud falsafa doktori (Doctor of Philosophy) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda berilgan boshqa ilmiy darajaga ega boʻlgan mutaxassis boʻlishi kerak. Yuridik fanlar sohasida chet tili boʻyicha komissiya tarkibi eksperiment tariqasida, IELTS (oʻrtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam boʻlmagan), CEFR (V2 darajadan past boʻlmagan) boʻyicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud, ilmiy darajaga ega boʻlmagan yuqori malakali va tajribali mutaxassislardan shakllantirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya, agar uning ishida komissiya aʼzolarining kamida yarmidan koʻpi ishtirok etayotgan boʻlsa, imtihon qabul qilishga haqli hisoblanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-1, 23.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 571-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2764-1, 23.06.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 571-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Malakaviy imtihonlarni qabul qilish sessiya shaklida fevral, may, noyabr va dekabr oylarida belgilangan reja asosida oʻtkaziladi, mazkur Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2764-1, 23.06.2017-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 571-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Imtihon topshiruvchilar roʻyxati tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi va unda malakaviy imtihon oʻtkazish joyi va vaqti koʻrsatilishi kerak. Mazkur buyruqning matni u imzolangandan soʻng bir ish kuni ichida tashkilotning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa tashkilotlar imtihon topshiruvchilar roʻyxatiga nomzod kiritish uchun malakaviy imtihonlar oʻtkaziladigan tashkilotga nomzodlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasini ilova qilgan holda malakaviy imtihonlarni qabul qilishning navbatdagi sessiyasi oʻtkaziladigan oyning 1-sanasigacha yozma ravishda murojaat qiladi. Murojaatda nomzod bilan bogʻlanishning aloqa vositalari (telefon raqami, elektron pochta manzili va hokazo) aniq va toʻliq aks ettirilishi lozim. Mazkur murojaatga asosan nomzodlar tashkilot tomonidan imtihon topshiruvchilar roʻyxatiga kiritiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Imtihon topshiruvchilar malakaviy imtihonlarga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Malakaviy imtihonlar oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin malakaviy imtihonlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar OAKga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Malakaviy imtihonlarda tashkilot huzuridagi Ilmiy kengash (agar mavjud boʻlsa) aʼzolari, tashkilot rahbariyati va tegishli vazirlik yoki idora yoxud OAK vakillari ishtirok etishlari mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Malakaviy imtihon yozma va ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi. Yozma shaklda javob tayyorlash uchun maxsus belgi qoʻyilgan imtihon varaqalari tashkilotlar tomonidan avvaldan tayyorlab qoʻyiladi. Imtihon varaqalari uch oy davomida malakaviy imtihon(lar) oʻtkazilgan tashkilotda saqlanadi va uch oydan soʻng dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtihon topshiruvchilar savollarga komissiya aʼzolari oldida javob beradi. Komissiya aʼzolari tomonidan imtihon topshiruvchilarga qoʻshimcha savollar berilishi mumkin. Komissiya aʼzolari ball qoʻyishda mustaqildir.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-1, 23.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 571-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolari qoʻygan ballari toʻgʻrisida komissiya raisiga maʼlum qiladi va komissiya raisi tomonidan oʻrtacha umumiy ball chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Izlanuvchining bilim darajasi 100 ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86 balldan 100 ballgacha — aʼlo;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71 balldan 86 ballgacha — yaxshi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55 balldan 71 ballgacha — qoniqarli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0 balldan 55 ballgacha — qoniqarsiz.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2764-1, 23.06.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 571-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tashkilotlar tomonidan malakaviy imtihonlarni oʻtkazish jarayonlari videotasvirga olinishi mumkin. Videotasvirlar uch oy davomida malakaviy imtihon(lar) oʻtkazilgan tashkilotda saqlanadi va uch oydan soʻng dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Malakaviy imtihonlarni qabul qilish bayonnomasi har bir imtihon topshiruvchi va unga berilgan imtihon savollari alohida koʻrsatilgan holda toʻldiriladi. Malakaviy imtihonlarni qabul qilish bayonnomasi unda ishtirok etgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Malakaviy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan izlanuvchilarga oʻn kun ichida mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi guvohnoma beriladi. Guvohnoma komissiya raisi va tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur guvohnoma besh yil muddatda amal qiladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-1, 23.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 571-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Malakaviy imtihonlarni tashkil qilish va oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlar (imtihon varaqalari va videotasvirlar bundan mustasno) imtihon oʻtkazilgandan keyin uch oy davomida imtihon oʻtkazilgan tashkilotda saqlanadi hamda uch oydan soʻng belgilangan tartibda tashkilot arxiviga topshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Malakaviy imtihonlarning belgilangan talablar asosida oʻtkazilmaganligi holati boʻyicha ikki oy ichida OAKga shikoyat qilinishi mumkin. OAK tomonidan shikoyatni oʻrganish natijasida malakaviy imtihonlarning belgilangan talablar asosida oʻtkazilmaganligi tasdiqlangan taqdirda, malakaviy imtihon natijalari OAK Rayosatining qaroriga asosan bekor qilinadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-1, 23.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 571-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Imtihon topshiruvchi uzrli sababga koʻra imtihon(lar)ga kelmagan va uzrli sababni tasdiqlovchi hujjati mavjud boʻlgan taqdirda, tashkilot rahbarining yozma ruxsati asosida joriy sessiya davomida malakaviy imtihonlarni topshirish huquqiga ega. Bunda tashkilot rahbari tegishli imtihon topshiruvchilar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritadi va OAKni bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Malakaviy imtihonlar bir sessiya davomida takroran yoki malakaviy imtihonlarni qabul qilish sessiyasidan tashqari davrda topshirilishi mumkin. Bunda imtihon topshiruvchi sababini (agar mavjud boʻlsa, asoslovchi hujjatlar ham ilova qilinadi) koʻrsatgan holda OAKga murojaat qiladi. Murojaatni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqish natijasi ijobiy boʻlgan taqdirda, bu haqda murojaat qilgan shaxsga va u imtihon topshiradigan tashkilot(lar)ga OAK tomonidan maʼlum qilinadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tashkilotlar har bir sessiyadan soʻng, sessiya tamom boʻlgandan keyin besh ish kuni ichida malakaviy imtihon(lar)ni oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni va har yili 10-yanvargacha esa, yillik tahliliy maʼlumotni elektron shaklda OAKga taqdim etadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Malakaviy imtihonlarni tashkil etish natijalari OAKning rasmiy veb-sayti va “OAK Byulleteni”da eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mazkur Nizom talablari buzilgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tashkilot rahbari malakaviy imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazishda mazkur Nizom talablariga rioya qilinishini taʼminlash uchun masʼuldir.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi va Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sport ishlari vaziri B. AXMEDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 22-yanvar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAHABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 22-yanvar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 21-yanvar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 20-yanvar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TESHAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 20-yanvar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 19-yanvar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 18-yanvar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh. SALIXOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 18-yanvar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori J. ISMAILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 18-yanvar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

____________________________________________________________________________________________
‎‎‎(malakaviy imtihon oʻtkazilgan tashkilotning nomi)

‎‎GUVOHNOMA _________-son

‎____________________________________________________________________________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎___________________________________________________________________________ ixtisosligi boʻyicha

‎‎(ixtisoslik shifri va nomi)

‎‎__________________________________________________________ fani boʻyicha ilmiy darajani olish uchun

‎‎(fan tarmogʻi)

‎‎_______________________________________________________________________ dan malakaviy imtihonni

‎‎(ixtisoslik va chet tili)

‎‎muvaffaqiyatli topshirdi va quyidagicha baholandi:

‎‎Malakaviy imtihonning turi (ixtisoslik, chet tili)

‎‎Malakaviy imtihon topshirilgan sana

‎‎Malakaviy imtihon balli

‎‎Malakaviy imtihon komissiyasi raisi va aʼzolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni hamda lavozimlari

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎
‎Mazkur guvohnoma besh yil muddatda amal qiladi.
‎‎Komissiya raisi

‎‎____________

‎‎__________________________________________________

‎‎(imzo)

(F.I.O.)‎

‎‎Tashkilot rahbari

‎‎____________

‎‎__________________________________________________

‎‎‎‎(imzo)

(F.I.O.)‎‎

‎‎20_____ yil “___” ______________
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 7-son, 69-modda; 2017-y., 25-son, 571-modda; 09.04.2021-y., 10/21/2764-2/0308-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)