22.01.2016 yildagi 15-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan oʻtkazishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalash ishlarini tashkil etishning ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan progressiv metodlarini, qurilishning zamonaviy standartlarini joriy etishni yanada chuqurlashtirish hamda qurilish qiymatini aniqlashning bozor usullariga oʻtishni jadallashtirishni taʼminlash, shuningdek markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-martdagi 186-f-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarining amalga oshirishda xarajatlarni qisqartirish va tarkibini optimallashtirishga doir kompleks tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari boʻyicha murakkablik toifalari klassifikatori 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016 — 2020-yillarda yangi shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish, ularni qayta ishlash va yangilash tadbirlari rejasi 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar va idoralar huzuridagi Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi xizmati toʻgʻrisida nizom 5-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 5 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar va idoralar huzuridagi Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi xizmatining namunaviy tuzilmasi 5a-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 5a-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 321-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/321/0479-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2016-yil 1-oktabrdan boshlab quyidagi tartib belgilansin, unga koʻra markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlashda:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 321-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/321/0479-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning boshlangʻich qiymatini shakllantirish pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari darajasini aniqlashning takomillashtirilgan mexanizmini joriy etish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-qidiruv ishlarining qiymatini aniqlash, qurilish-montaj ishlarining obyektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari boʻyicha murakkabligini, loyihalash muddatlari hisobga olingan qiymatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2016-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda qoʻllaniladigan moddiy-texnika resurslarining joriy narxlari katalogi” (keyingi oʻrinlarda Katalog deb ataladi) axborot tizimi joriy etilishini taʼminlasinlar, Katalog Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi, uni tarqatish shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachilar tomonidan markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga barpo etiladigan namunaviy obyektlarning boshlangʻich qiymatini hisoblab chiqish uchun, respublika hududlari boʻyicha quvvatlar bir birligini (1 kv m., oʻquvchi oʻrni, koyka va faoliyat sohasidan kelib chiqqan holda boshqalar) qurishning preyskurant qiymatlari toʻplamlarini har yili 1-aprelgacha belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlashning boshlangʻich qiymatini hisoblab chiqishda qoʻllaniladigan materiallar, buyumlar va konstruksiyalarning narxini aniqlash Katalog va boshqa axborot manbalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining, shuningdek loyiha-qidiruv tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda loyihalash tashkilotlari deb ataladi) aksiyadorlari (qatnashchilari) umumiy yigʻilishlarining:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzpoʻlatqurilmaloyiha” MChJni belgilangan tartibda “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AKga birlashtirish toʻgʻrisida.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalash tashkilotlarida davlat nomidan aksiyador (qatnashchi) funksiyalarini amalga oshiruvchi hamda “ToshuyjoyLITI” AJ, “Issiqlikelektrloyiha” AJ va “Energotarmoqloyiha” AJdagi muassislar ulushlarini ularga sotadigan vazirliklar va idoralar roʻyxatini 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, shuningdek loyihalash tashkilotlarining ustav fondlaridagi aksiyalarning davlat paketlari boʻyicha muassis boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda loyihalash tashkilotlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati holatiga, ularning yuqori malakali rahbar va muhandis-texnik kadrlar bilan butlanganligi darajasiga alohida eʼtibor bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirliklar va idoralar oʻz sohasidagi texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni xatlovdan oʻtkazsinlar va tizimli asosda ularning rejalashtirish talablari, muhandislik taʼminoti va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha texnologik asbob-uskunalari bilan jihozlanishiga oid qismi ishlab chiqilishini, yangilanishini va qayta ishlanishini izchil amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Obyektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari boʻyicha murakkabligi toifalari klassifikatori asosida loyihalash tashkilotlarining litsenziya bitimlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 22-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 4-son, 35-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 28-son, 649-modda, 34-son, 890-modda, 38-son, 1053-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2017-y., 09/17/851/0146; 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son; 29.04.2019-y., 09/19/362/3031-son; 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 20.08.2020-y., 09/20/496/1193-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/321/0479-son, 18.09.2021-y., 09/21/579/0886-son)