Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2019 21.12.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2741
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 21.12.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2741
Kuchga kirish sanasi
29.03.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi” tizimida investitsiya takliflarini va istiqbolli loyihalar pasportlarini kiritish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 21-dekabrda 2741-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 12-iyundagi 254-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2741-1, 12.06.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-son “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda oʻzlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-avgustdagi 215-son “Istiqbolli investitsiya takliflarini kelishish mexanizmini hamda xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi” tizimida investitsiya takliflarini va istiqbolli loyihalar pasportlarini kiritish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 9-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015/23-10-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 9-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 9-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 9-noyabrdagi 2015/23-10, 104, 98-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi” tizimida investitsiya takliflarini va istiqbolli loyihalar pasportlarini kiritish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-sonli “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda oʻzlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-avgustdagi 215-sonli “Istiqbolli investitsiya takliflarini kelishish mexanizmini hamda xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi” tizimida investitsiya takliflarini va istiqbolli loyihalar pasportlarini kiritish va kelishish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi (bundan buyon matnda ITYAEB deb yuritiladi) — loyiha toʻgʻrisidagi barcha kerakli maʼlumotlar saqlanadigan, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (bundan buyon matnda TIAISV deb yuritiladi) tomonidan shakllantiriladigan investitsiya takliflari va istiqbolli loyihalar pasportlari elektron bazasi hisoblanuvchi ixtisoslashtirilgan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya taklifi — tashabbuskor tomonidan ishlab chiqilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etishni koʻzda tutuvchi loyihani amalga oshirishga oid taklif;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskorlari — vazirliklar, idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari — ularning tasarrufiga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshirilishga taklif etilayotgan loyihalar boʻyicha, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yirik korxonalar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar, vazirliklar, idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tasarrufiga kirmaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshirishga taklif etilayotgan loyihalar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlar va kreditorlar — xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va xalqaro moliya va iqtisodiy institutlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlar — investitsiya takliflari va istiqbolli loyihalar pasportlarini oʻz vakolatlari doirasida kelishishni taʼminlovchi davlat boshqaruvi organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV, Moliya vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy investitsiya dasturi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari tomonidan yillik asosda ishlab chiqiladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va TIAISV bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan dastur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat investitsiya dasturi — Hukumat qarori bilan tasdiqlanadigan, Hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hamda toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish bilan amalga oshiriladigan Investitsiya loyihalarining manzilli dasturlarini, shuningdek xorijiy investorlar va kreditorlarni izlash va tanlash ishlari olib borilayotgan Ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxatini oʻz ichiga olgan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. ITYAEBni shakllantirish va ishlashidan asosiy maqsad xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflari va istiqbolli loyihalar pasportlarini vakolatli organlar bilan kelishish jarayonini soddalashtirish va jadallashtirish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. ITYAEB tizimining ishlashi va unga kirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Loyiha tashabbuskorlari va vakolatli organlarning ITYAEB tizimiga kirish huquqi tizimning texnik maʼmuri hisoblanadigan TIAISV tomonidan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. ITYAEB tizimining uzluksiz ishlashi va texnik qoʻllab-quvvatlash TIAISV hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. ITYAEB tizimini shakllantirish butunjahon Internet tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyiha tashabbuskorlari har yili Davlat investitsiya dasturi va hududiy investitsiya dasturlari tegishli ravishda tasdiqlangandan keyin 30 kun mobaynida xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish talab qilinadigan investitsiya takliflari va loyihalar pasportlarini ishlab chiqadi va barcha parametrlarini koʻrsatgan holda ITYAEB tizimiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vakolatli organlar quyidagi muddatlarda investitsiya takliflari va istiqbolli loyihalar pasportlarini kelishadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi — investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasporti kelib tushgan kundan boshlab 10 kun mobaynida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasporti kelib tushgan kundan boshlab 10 kun mobaynida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIAISV — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasporti kelib tushgan kundan boshlab 3 kun mobaynida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Investitsiya takliflari va istiqbolli loyihalar pasportlarini ITYAEB tizimida kiritish va kelishish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasportini vakolatli organlar bilan kelishish ketma-ketligi loyiha tashabbuskori tomonidan investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasportini ITYAEB tizimida kiritish bosqichida avtomatik tarzda oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasporti kiritilgandan soʻng, loyiha tashabbuskori ITYAEB tizimida oʻrnatilgan ketma-ketlikka muvofiq investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasportini vakolatli organlar bilan kelishish uchun yuboradi. Bunda investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasportiga ITYAEB tizimi tomonidan tegishli tartib raqami beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasporti tegishli vakolatli organga joʻnatish jarayoni tugallangan vaqtdan boshlab unga ITYAEB tizimida avtomatik tarzda “Kelishish kutilmoqda” maqomi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasporti kelishish uchun kelib tushgan vakolatli organ uni mazkur Nizomning 7-bandi bilan belgilangan muddatlarda koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish natijalariga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va oʻzlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomining 1 va 1a-sonli ilovalariga muvofiq taqdim etilgan maʼlumotlarning sifati va toʻliqligi boʻyicha eʼtirozlar aniqlangan holatda, investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasporti kelishilishida sabablarini koʻrsatgan holda rad etadi. Bunda investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasportiga ITYAEB tizimida avtomatik tarzda “Qaytarildi” maqomi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasporti boʻyicha eʼtirozlar mavjud boʻlmagan holatda uni kelishadi. Bunda investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasportiga ITYAEB tizimida avtomatik tarzda “Kelishildi” maqomi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Loyiha tashabbuskori investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasporti kelishilishida rad etilgan kundan boshlab 3 kun mobaynida uni qayta ishlab chiqishi va bevosita investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasporti kelishilishida rad etgan vakolatli organga qaytadan kelishish uchun taqdim etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasportini barcha vakolatli organlar bilan kelishish jarayoni tugagandan soʻng investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasporti TIAISV qoshidagi Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan taʼminlash va koʻmaklashish agentligi “Oʻzinfoinvest”ning www.uzinfoinvest.uz saytida (bundan buyon matnda sayt deb yuritiladi) joylashtiriladi. Bunda investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasportiga ITYAEB tizimida avtomatik tarzda “Eʼlon qilindi” maqomi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Eʼlon qilindi” maqomini olgan investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasporti loyiha tashabbuskori tomonidan tahrir qilinmaydi va har bir sayt foydalanuvchisi uchun ochiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilingan investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasportiga TIAISV tomonidan ITYAEB tizimida “Amalga oshirildi” maqomi beriladi, shundan soʻng investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasporti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar saytdan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Keyingi yilda Davlat investitsiya dasturiga kiritilmagan istiqbolli loyihalarga TIAISV tomonidan “Tugatildi” maqomi beriladi, shundan soʻng investitsiya taklifi va istiqbolli loyiha pasporti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar saytdan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Loyihalar tashabbuskorlarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Loyiha tashabbuskorlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITYAEB tizimi texnik maʼmuridan mazkur tizimdan foydalanishda texnik yordam va maslahatlar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlar bilan kelishish uchun ITYAEB tizimiga investitsiya takliflari va istiqbolli loyihalar pasportlarini kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya takliflari va istiqbolli loyihalar pasportlari yoki ularning alohida parametrlarini ular vakolatli organlar tomonidan kelishilishida rad etilgandan soʻng qayta ishlab chiqish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Loyiha tashabbuskorlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 6-bandi bilan belgilangan muddatni buzmaslikka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik ITYAEB tizimida vakolatli organlar bilan kelishilgan holda muntazam ravishda investitsiya takliflari va loyihalar pasportlari parametrlari yangilanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya takliflari va istiqbolli loyihalar pasportlarini ITYAEB tizimiga kiritishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va oʻzlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomining 1 va 1a-sonli ilovalariga muvofiq taqdim etilgan maʼlumotlarni sifatli va toʻliq taqdim etilishini taʼminlashga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xorijiy investitsiyalarni jalb etishni koʻzda tutuvchi xususiylashtirilayotgan obyektlar va davlat aktivlari boʻyicha salohiyatli xorijiy investorlar va kreditorlar doirasini aniqlash, shuningdek kelgusida ular bilan hamkorlik qilish maqsadida, investitsiya takliflari va istiqbolli loyihalar pasportlarini ITYAEB tizimiga kiritish orqali xususiylashtirilayotgan obyektlar va davlat aktivlari roʻyxatini TIAISVga taqdim etadi. Bunda ularni saytda joylashtirishda vakolatli organlar bilan kelishish tartib-taomili talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur Nizomning talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 9-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 9-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 9-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 51-son, 635-modda)