Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 09.06.2015 yildagi PQ-2351-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Koreya Respublikasiga Davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2015-yil 27 — 29-may kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash borasidagi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar va kelishuvlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2015-yil 27 — 29-may kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar rejasi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan, vazirliklar, idoralar va xoʻjalik subyektlari — masʼul ijrochilar tomonidan ishlab chiqilgan Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan Koreya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik sohalarda hamkorlik qilish loyihalarini amalga oshirish tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2015-yil 27 — 29-may kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha ishchi guruh 2-ilovaga muvofiq tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ishchi guruh (R. Azimov)ga quyidagi vazifalarni amalga oshirish yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2015-yil 27 — 29-may kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida erishilgan Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash borasidagi bitimlar va kelishuvlarning toʻliq va sifatli bajarilishi ustidan tizimli monitoringni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari — masʼul ijrochilarning mazkur qaror bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar va loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha ular tomonidan koʻrilayotgan aniq choralar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash boʻyicha imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz amalga oshirilishi bilan bogʻliq masalalarni muvofiqlashtirish, shuningdek, koreya tomoni bilan ushbu masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlikni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar — masʼul ijrochilar tomonidan qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tasdiqlangan tarmoq jadvallari loyihalariga qatʼiy rioya qilinishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari — masʼul ijrochilar mazkur qaror bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasi doirasidagi chora-tadbirlar va loyihalarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlasin va har chorakda uni amalga oshirishning borishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi va Ishchi guruhga maʼlumot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 9-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2351-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 9-iyundagi PQ-2351-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2015-yil 27 — 29-may kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hujjat/chora-tadbirlarning nomlanishi

Ijro muddatlari

Ijro uchun masʼullar

I BOB. DAVLATLARARO, HUKUMATLARARO VA IDORALARARO BITIMLARNING

AMALGA OShIRILIShINI TAʼMINLASh

1. Davlatlararo hujjatlar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasida qoʻshma deklaratsiya qoidalarini amalga oshirish.

Tizimli va doimiy asosda

TIV

2. Hukumatlararo hujjatlar

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi 2005-yil 10-maydagi Ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Ayirboshlash notalari qoidalarini amalga oshirish.

Tizimli va doimiy asosda

Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi haydovchilik guvohnomalarini oʻzaro tan olish va almashtirish toʻgʻrisidagi Bitim qoidalarini amalga oshirish.

Bitimning kuchga kirishi yuzasidan davlat ichki tartib-taomillarini bajarish.

Tizimli va doimiy asosda,

2015-yil 2-yarim yillik

TIV, IIV

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreyaning Eksport-import banki oʻrtasida “Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish (loyiha qiymati — 38 mln dollar, shu jumladan “EDCF” jamgʻarmasining uzoq muddatli imtiyozli kreditlari — 33 mln dollar) boʻyicha Qarz shartnomasini amalga oshirish. Loyihaning TIHni tasdiqlash va loyihani amalga oshirish boʻyicha hukumat qarori loyihasini tayyorlash va kiritish.

2015 2016 yillar

2015 yil 1-avgustgacha

Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,manfaatdor vazirliklar va idoralar

3. Idoralararo hujjatlar

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Koreya Respublikasining Strategiya va moliya vazirligi oʻrtasida 20152019-yillarga moʻljallangan “EDCF” jamgʻarmasining liniyasi boʻyicha hamkorlik dasturini (“EDCF” jamgʻarmasining 415,3 mln dollar qiymatidagi imtiyozli kreditni jalb qilgan holda umumiy qiymati 630,7 mln dollar boʻlgan 6 ta loyihani) amalga oshirish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumi qoidalarini amalga oshirish.

2015 — 2019 yillar

Moliya vazirligi, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida 2015 — 2017-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi qoidalarini amalga oshirish.

2015 — 2017 yillar

TIV

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Koreya Respublikasi Politsiya milliy agentligi oʻrtasida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida Memorandum qoidalarini amalga oshirish.

Tizimli va doimiy asosda

IIV, TIV

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi oʻrtasida ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida Memorandum qoidalarini amalga oshirish.

2015 — 2016 yillar

TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi oʻrtasida ikki tomonlama savdo munosabatlarini kengaytirish boʻyicha choralar toʻgʻrisidagi oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida Memorandum qoidalarini amalga oshirish.

2015 — 2016 yillar

TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, DBQ

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOYKA) oʻrtasida 2015 — 2017-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturini (va qiymati 57,4 mln dollar boʻlgan grantlarni jalb qilgan holda 58,2 mln dollar qiymatidagi loyihalarni) amalga oshirish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida Memorandum qoidalarini amalga oshirish.

2015 — 2017 yillar

TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Koreya Respublikasining Bandlik va mehnat vazirligi oʻrtasida Koreya Respublikasiga ishchilarni joʻnatish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida Memorandum qoidalarini amalga oshirish.

20152016 yillar

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

II BOB. IKKI TOMONLAMA HAMKORLIKNI YaNADA KENGAYTIRISh VA MUSTAHKAMLASh

1. Siyosiy sohada hamkorlik qilish

12.

Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida ikki tomonlama konsultatsiyalar oʻtkazish.

20152017 yillar

TIV

13.

Parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish.

Doimiy asosda

Oliy Majlis, TIV

14.

“Koreya Respublikasi — Markaziy Osiyo” hamkorligi Forumining oʻninchi yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining ishtiroki masalasini koʻrib chiqish.

2015-yil 2-yarim yillik

TIV

15.

Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining mudofaa idoralari, sud organlari va bosh prokuraturalari delegatsiyalarining oʻzaro tashrifini tashkil etish hamda hamkorligini yanada rivojlantirish.

Doimiy asosda

TIV, Mudofaa vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura

2. Savdo-iqtisodiy va investitsiya sohasida hamkorlik

16.

Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi moliya vazirlarining toʻrtinchi qoʻshma yigʻilishini oʻtkazish.

2016 yil

Moliya vazirligi, TIAISV, TIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar

17.

Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo qoʻmitaning sakkizinchi yigʻilishini oʻtkazish.

2015-yil 2-yarim yillik

TIAISV, TIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar

18.

Koreya tomoni bilan oʻzaro savdo hajmlarini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, jumladan quyidagilar:

a) Koreya Respublikasiga strategik tovarlar (uran konsentrati, rangli va nodir yer metallari, paxta tolasi va boshqalar), shuningdek, elektrotexnika, toʻqimachilik, meva-sabzavot va boshqa talab yuqori boʻlgan sanoat mahsulotlarini yetkazib berish;

b) Koreya Respublikasidan Oʻzbekiston Respublikasiga sanoatni modernizatsiya qilish uchun yuqori texnologiyali uskunalarni import qilish boʻyicha aniq takliflarni tayyorlash va ishlab chiqish.

20152016 yillar

TIAISV, NKMK, “Oʻzeltexsanoat AK, “Oʻzbekyengilsanoat” DAK, “Oʻzavtosanoat” AK, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzpaxtasanoateksport” XK, manfaatdor vazirliklar va idoralar, tarmoq kompaniyalari

19.

Ishbilarmon doiralar delegatsiyalarining oʻzaro tashriflari, qoʻshma bizne� — forumlari, konferensiyalar, prezentatsiyalar va ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari ishtirokida boshqa tadbirlarni muntazam oʻtkazish. Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasida muntazam oʻtkazib boriladigan koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ularning ishtirokiga koʻmaklashish.

Doimiy asosda

TIAISV, manfaatdor vazirliklar va idoralar

20.

Surgil koni negizida Ustyurt gaz kimyo kompleksini qurish boʻyicha loyihani yetakchi koreya kompaniyalari — Koreya gaz korporatsiyasi va “Lotte Kemikal” konsorsiumlari bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli amalga oshirishni taʼminlash. Obyekt qurilishini yakunlash va ishlab chiqarishni boshlash.

Korxonani loyiha quvvatiga chiqarish.

20152016 yillar

2015-yil 2-yarim yillik

2016-yil 1-yarim yillik

“Oʻzbekneftgaz” MXK, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

21.

Sanoatni yanada modernizatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish, xususiylashtirish, ishbilarmonlik muhiti va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, korporativ boshqaruvni tubdan takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan strategik dasturlar doirasidagi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda yuqori texnologiyali Koreya kompaniyalarini jalb qilish boʻyicha koreya tomoni bilan takliflar tayyorlash va ishlab chiqish.

20152016 yillar

loyihalar roʻyxatini tayyorlash — 2015-yil
1-avgustgacha

TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish

22.

“Elektron hukumat” tizimi sohasida Koreya Respublikasining ilgʻor tajribasi va dunyodagi yetakchiligini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasida mazkur tizimni yanada keng joriy etish.

20152016 yillar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,manfaatdor vazirliklar va idoralar

23.

EDCF” jamgʻarmasining qiymati 25,5 mln dollar boʻlgan uzoq muddatli imtiyozli kreditini jalb qilgan holda“Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlaydigan davlat markazini tashkil etish.

2015 2017 yillar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,manfaatdor vazirliklar va idoralar

24.

EDCF” jamgʻarmasining uzoq muddatli imtiyozli kreditini jalb qilgan holda Milliy umumtaʼlim elektron kutubxonasini tashkil etish loyihasini amalga oshirishni yakunlash.

2015 yil

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,Milliy kutubxona, manfaatdor vazirliklar va idoralar

25.

“Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish doirasida “EDCF” jamgʻarmasining qiymati 33,0 mln dollar boʻlgan uzoq muddatli imtiyozli kreditini jalb qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududlaridagi 2229 ta umumtaʼlim maktablarini zamonaviy oʻquv-kompyuter sinflari (kompyuterlar, lazer printyerlari, proyektorlar va boshqa uskunalar) bilan jihozlash.

20152016 yillar

Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

26.

Toshkent shahrida “Inxa” universiteti filialini yanada samarali faoliyat olib borishini taʼminlash.

Yangi “Logistika” fakultetini ochish va unda birinchi yil 50 ta talabani tayyorlashni tashkil etish.

20152016 yillar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

27.

“KOYKA” agentligining qiymati 7,9 mln dollar boʻlgan grant mablagʻlarini jalb qilgan holda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini rivojlantirish (zamonaviy axborot-resurs markazini qurish va uni jihozlash, elektron taʼlim olish tizimini joriy qilish va ilmiy-oʻquv laboratoriyalarini jihozlash) boʻyicha loyihani amalga oshirish masalasini koʻrib chiqish.

20152017 yillar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, TIAISV, Oliy va oʻrta maxsustaʼlim vazirligi,manfaatdor vazirliklar va idoralar

28.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Koreya tadqiqotlar va hududlarni axborotlashtirishni rivojlantirish instituti oʻrtasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Memorandum qoidalarini amalga oshirish.

20152016 yillar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

29.

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ va Koreya Respublikasi davlat pochtasi oʻrtasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Memorandum qoidalarini amalga oshirish.

20152016 yillar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ

30.

Koreya Respublikasining yetakchi oliy taʼlim muassasalari va taʼlim markazlari negizida Oʻzbekiston Respublikasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarining malakasini oshirish.

20152016 yillar

Doimiy asosda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

4. Transport — logistika sohasida hamkorlik qilish

31.

“Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi faoliyatini “Korean Eyr” kompaniyasi bilan hamkorlikda yanada rivojlantirish.

Yuk tashish hajmini oshirish va uning geografiyasini kengaytirish.

20152016 yillar

TIAISV, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, manfaatdor vazirliklar va idoralar

32.

Yangi xalqaro yoʻlovchi terminalini qurgan holda Toshkent shahridagi aeroportni modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish.

Loyiha TIAsini “KOYKA” agentligining qiymati
4 mln dollar boʻlgan grant mablagʻlarini jalb qilgan holda ishlab chiqish.

Loyihani amalga osh�rish uchun “EDCF” jamgʻarmasining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb qilish boʻyicha qarz shartnomasi tuzish masalasini koʻrib chiqish.

20152016 yillar

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, TIAISV, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

5. Moliyaviy — texnik hamkorlik

33.

“EDCF” jamgʻarmasining liniyasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi 2015 — 2019-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturini (“EDCF” jamgʻarmasining 415,3 mln dollar qiymatidagi uzoq muddatli imtiyozli kreditini jalb qilgan holda umumiy qiymati 630,7 mln dollar boʻlgan 6 ta loyihani) amalga oshirish, jumladan:

Toshkent shahrida IV-darajadagi zamonaviy koʻp tarmoqli yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazini barpo etish (imtiyozli kreditlar — 130 mln dollar);

“Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlovchi davlat markazini tashkil etish (25,5 mln dollar);

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida suv resurslarini intellektual boshqarish tizimini joriy etish (100,0 mln dollar);

tabiiy gaz isteʼmolini nazorat qilish va hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish (Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ASKUG). Birinchi bosqich (105,0 mln dollar);

shifoxonalarni zamonaviy texnologiyalar va yuqori texnologiyalarga ega tibbiyot uskunalari bilan jihozlash (21,8 mln dollar).

2015 — 2019-yillar

loyiha hujjatini tayyorlash va tasdiqlash — 2015-yil
1-noyabrgacha

loyiha hujjatlarini Koreya Eksimbankiga joʻnatish — 2015-yil

10-dekabrgacha

TIAISV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, manfaatdor vazirliklar va idoralar

34.

IV-darajadagi zamonaviy koʻp tarmoqli bolalar shifoxonasini barpo etish boʻyicha loyihani “EDCF” jamgʻarmasining qiymati 102,8 mln dollar boʻlgan uzoq muddatli imtiyozli kreditini jalb qilgan holda amalga oshirish.

20152017 yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

35.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOYKA) bilan 2015 — 2017-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturini (qiymati 57,4 mln dollar boʻlgan grant mablagʻlarini jalb qilgan holda 58,2 mln qiymatga ega 11 ta loyihani) amalga oshirish, jumladan:

yangi xalqaro yoʻlovchi terminalini qurgan holda (grant qiymati — 4 mln dollar) Toshkent shahridagi aeroportni modernizatsiya qilish loyihasi TIAsini ishlab chiqish;

qurilayotgan IV-darajali zamonaviy koʻp tarmoqli tibbiyot klinikalari uchun yuqori malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlash (7 mln. dollar), yuqori texnologiyali tibbiy uskunalardan foydalanish va taʼmirlash (5,0 mln dollar) markazlarini tashkil etish, shuningdek, davolash muassasalarida diagnostika sifatini yaxshilash (5,0 mln dollar);

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida suv resurslarini boshqarishning integratsiyalashgan tizimini yaratish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish (7 mln dollar);

Xorazm (6 mln dollar) va Fargʻona (6 mln dollar) viloyatlarida texnik mutaxassisliklar boʻyicha kadrlarni kasbiy tayyorlash markazlarini tashkil etish;

Toshkent axborot texnologiyalari universitetini rivojlantirish (7,9 mln dollar);

Oʻzbekiston Respublikasida elektron xaridlar tizimini takomillashtirish (8,5 mln dollar);

sud organlarining rahbarlar tarkibi malakasini oshirish va Oʻsimliklar karantini boʻyicha bosh davlat inspeksiyasi faoliyatini rivojlantirish (0,5 mln dollar).

Loyihalar boʻyicha baholash chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun “KOYKA” agentligi missiyasining tashriflarini tashkil etish.

20152017 yillar

TIAISV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi(OʻMKHTM),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

36.

Koreya Respublikasi Hukumatining 15,0 mln dollar miqdordagi grantlarini jalb qilgan holda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti negizida Koreyaning ilgʻor texnologiyalari bilan jihozlangan zamonaviy toʻqimachilik oʻquv-amaliy texnoparkini tashkil etish.

20152018 yillar

“Oʻzbekyengilsanoat” DAK, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi

37.

Iqtisodiyotning ustuvor sohalarida “Bilimlar almashinuvi dasturi” (KSP) doirasida texnik hamkorlikni kengaytirish.

20152016 yillar

Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

38.

Koreya kompaniyalari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasida yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Koreyaning Eksport-import banki
(2,0 mlrd dollar) va Koreya taraqqiyot banki tomonidan (250,0 mln dollar) kredit liniyalarini taqdim etish toʻgʻrisidagi hadli Bitimlarni amalga oshirish.

Vazirlar Mahkamasining Yigʻma axborot tahlil departamenti mazkur maqsadlarda yetakchi tarmoqlarni rivojlantirish, qoʻshma korxonalar tashkil etish va kreditlar ajratish boʻyicha aniq investitsiya loyihalari roʻyxatini tayyorlasin. Bunda ularni bajarish muddatlarini aniqlagan holda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin.

20152018 yillar

2015 yil iyun

Oʻzmilliybank, Vazirlar Mahkamasining Yigʻma axborot tahlil departamenti

39.

Koreyaning Eksport-import banki bilan (525,0 mln dollar), “Koreya Ekscheyndj banklari bilan (100 mln dollar) va “SiEmBmiSi” (70 mln dollar, “SMBC”) bilan Koreya kompaniyalari ishtirokida investitsiya loyihalari va tashqi savdo shartnomalarini moliyalashtirish uchun kredit liniyalarini taqdim etish toʻgʻrisidagi hadli bitimlarni amalga oshirish.

Vazirlar Mahkamasining yigʻma axborot tahlil departamenti mazkur maqsadlarda yetakchi tarmoqlarni rivojlantirish, qoʻshma korxonalar tashkil etish va kreditlar ajratish boʻyicha aniq investitsiya loyihalari roʻyxatini tayyorlasin. Bunda ularni bajarish muddatlarini aniqlagan holda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin.

20152016 yillar

2015 yil iyun

Asaka” bank Vazirlar Mahkamasining Yigʻma axborot tahlil departamenti

6. Madaniy-gumanitar hamkorlik

40.

Koreya Respublikasi Hukumatining moliyalashtirilishini jalb qilgan holda Koreya madaniyati va sanʼati uyini qurish va uning faoliyatini tashkil etish.

20152016 yillar

TIV, Madaniyat va sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

III BOB. INVESTITSIYa SOHASIDAGI LOYIHALAR

T/r

Hujjat/loyiha

nomlanishi

Loyiha summasi

(mln dollar)

Ijro

muddatlari

Ijro uchun

masʼullar

1. Neft-kimyo tarmogʻi

41.

GS E&S” kompaniyasi bilan “MTO” (olefinlarga metanol) texnologiyasi boʻyicha polimyerlarni olgan holda tabiiy gazdan olefinlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

Qoʻshma ishchi guruhini tuzish.

DTIA loyihasini ishlab chiqish va kelishish.

3 000,0

2015 yil

2015 yil iyun

2015-yil dekabr

“Oʻzbekneftgaz” MXK

42.

NK Groupva Kwangshin” kompaniyalari bilan yuqori bosimli ballonlarni sertifikatlashtirishni tashkillashtirgan holda zamonaviy avtomobil gaz toʻldiruvchi kompressor stansiyalar kompleksi tarmogʻini quri� va foydalanishga topshirish loyihasi boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida Memorandumni amalga oshirish.

Qoʻshma ishchi guruhini tuzish.

Biznes-reja loyihasini ishlab chiqish.

Qoʻshma korxonani tashkil etish.

Qoʻshma korxona tomonidan “Kwangshin” kompaniyasi bilan uskunalarni yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolash.

67,5

2015 yil

2015 yil iyun

2015 yil avgust

2015 yil sentyabr

2015 yil oktyabr

“OʻzbekneftgazMXK

2. Kimyo tarmogʻi

43.

Nanwhava Posco Engineering” kompaniyalari bilan “Navoiyazot” AJda “tayyor holda topshirish” sharti bilan azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

“Tayyor holda topshirish” sharti bilan texnik-tijorat takliflarini olish.

Pudratchi tashkilotni tanlash va shartnoma imzolash.

Loyihani amalga oshirish boʻyicha hukumat qarorini qabul qilish.

217,0

2015 yil

2015 yil sentyabr

2015 yil noyabr

2015 yil dekabr

GAK “Oʻzkimyosanoat

44.

“KS Glass & Materials” kompaniyasi bilan oziq-ovqat va farmatsevtika tarmogʻi uchun shishadan yangi buyumlar turlarini ishlab chiqarish boʻyicha oʻzaro anglashuv ?oʻ?risidagi Memorandumni amalga oshirish.

Loyihaning DTIAsini ishlab chiqish.

35,0

2015 yil

2015-yil avgust

“Oʻzkimyosanoat” DAK

3. Avtomobilsozlik

45.

GMKorea” kompaniyasi bilan strategik hamkorlikni kengaytirish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish (avtomobilning uchta yangi global modellarini ishlab chiqarishning toʻliq siklini tashkil etish, “GM Powertrain” negizida avtomobil dvigatellarining yangi avlodini, transmissiyalarini chiqarishni oʻzlashtirish).

Qoʻshma ishchi guruh tuzish.

Texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish.

400,0

20152019 yillar

2015 yil iyul

2016 yil mart

“Oʻzavtosanoat AK

46.

“INZIAMT” kompaniyasi bilan “GM Oʻzbekiston” AJ avtomobillari uchun alyuminiy buyumlar ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonani tashkil etish toʻgʻrisida shartnomani amalga oshirish.

Qurilish-montaj ishlarining boshlanishi.

Mashina va uskunalar yetkazib beruvchilarini tanlash.

Obyektni ekspluatatsiyaga topshirish.

39,4

2015-2016 yillar

2015 yil sentyabr

2015 yil dekabr

2016 yil sentyabr

“Oʻzavtosanoat AK

47.

S&T Motiv” kompaniyasi bilan amortizatorlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

Qoʻshma ishchi guruhni tuzish.

Biznes-reja loyihasini ishlab chiqish.

5,5

2015-2016 yillar

2015 yil iyun

2015 yil oktyabr

“OʻzavtosanoatAK

48.

Koreyaning “Egaye CSLimited, KM&1 Co. Ltd., HwailPressCo., Ltd., KwangjinMachineCo., Ltd.va DgenxCo., Ltd.” kompaniyalari bilan “T 250” modeli uchun butlovchi qismlar (shtamplangan panellar, konditsionerlash, ventilatsiya va isitish tizimlari, oʻrindiqlar va ularning qismlari, oyna koʻtargichlar va chiqarish tizimlari) ishlab chiqarish uchun uskunalar yetkazib berish boʻyicha shartnomalarni amalga oshirish.

Uskunalarni yetkazib berish va oʻrnatish.

20,7

2015-2016 yillar


2016
yil may

“Oʻzavtosanoat AK

4. Elektr-texnika tarmogʻi

49.

“Samsung Electronics” kompaniyasi bilan 273,4 ming televizorlar va 77,5 ming kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

Butlovchi qismlarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolash.

Butlovchi qismlarni yetkazib berish va ishlab chiqarishni tashkil qilish.

98,0

20152019 yillar

har yili

yil davomida

“Oʻzeltexsanoat AK

50.

Autech Group” kompaniyasi bilan maishiy konditsionyerlar (50 ming donagacha) va sovutgichlar (50 ming donagacha) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

Biznes-reja loyihasini ishlab chiqish.

Qoʻshma korxona tuzish toʻgʻrisida shartnoma imzolash.

20,0

20152019 yillar

2015 yil avgust

2015 yil oktyabr

“Oʻzeltexsanoat AK

51.

Samsung Electronics” kompaniyasi bilan maishiy sovutgichlarni ishlab chiqarishning toʻliq siklini tashkil etish hamda uning butlovchi qismlarini mahalliylashtirish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

Biznes-reja loyihasini ishlab chiqish.

Butlovchi qismlar va uskunalarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolash.

Uskunalarni yetkazib berish va oʻrnatish.

10,0

2015-2016 yillar

2015 yil oktyabr

2016 yil yanvar

2016 yil iyun

“Oʻzeltexsanoat AK

52.

Shinsung Solar Energykompaniyasi bilan foto elektr modullarini (quvvati yiliga 100 mVtgacha) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

Biznes-reja loyihasini ishlab chiqish.

Qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida shartnoma imzolash.

Texnologik uskunalarni yetkazib berish va oʻrnatish.

10,0

20152017 yillar

2015 yil avgust

2015 yil sentyabr

2016 yil iyun

“Oʻzeltexsanoat AK

53.

Samsung Electronics” kompaniyasi bilan 70 ming LED - monitorlar va 50 ming maishiy konditsionyerlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

Uskunalar va butlovchi qismlarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolash.

Uskunalar, press-shakllarni yetkazib berish va oʻrnatish.

3,0

20152017 yillar

2015 yil iyul

2015 yil oktyabr

“Oʻzeltexsanoat AK

5. Farmatsevtika tarmogʻi

54.

New World Med” kompaniyasi bilan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

Biznes-reja ishlab chiqish.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.

10,0

2015 yil

2015 yil iyul

2015 yil dekabr

“Oʻzfarmsanoat” DAK

55.

Jee Sung Corporationkompaniyasi bilan tibbiyot sterilizatorlari ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

Koreya kompaniyasi vakillarining tashrifini tashkil etish.

Biznes-reja ishlab chiqish.

Qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolash.

10,0

2015-yil

2015 yil iyul

2015 yil avgust

2015-yil sentyabr

“OʻzfarmsanoatDAK

56.

Dongkwang Pharm” kompaniyasi bilan farmatsevtika mahsulotlari (antibiotiklar) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

Koreya kompaniyasi vakillarining tashrifini tashkil etish.

Biznes-reja ishlab chiqish.

Qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolash.

10,0

2015-yil

2015 yil iyul

2015 yil avgust

2015-yil sentyabr

“OʻzfarmsanoatDAK

57.

Yuhan” kompaniyasi bilandamlamalar, siroplar, tabletkalar va kapsulali dori vositalari (yiliga 4 mln dona) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

Koreya kompaniyasi vakillarining tashrifini tashkil etish.

Biznes-reja ishlab chiqish.

Qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolash.

10,0

2015-yil

2015 yil iyul

2015 yil avgust

2015-yil sentyabr

“OʻzfarmsanoatDAK

58.

Ildong Pharm” kompaniyasi bilan endokrin kasalliklarni davolash uchun dori vositalari (yiliga 5 mln dona) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

Koreya kompaniyasi vakillarining tashrifini tashkil etish.

Biznes-reja ishlab chiqish.

Qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolash.

8,0

2015-yil

2015 yil iyul

2015 yil avgust

2015-yil sentyabr

“OʻzfarmsanoatDAK

59.

Kolon Pharm” kompaniyasi bilan vitaminlashtirilgan dori vositalari (yiliga 2 mln dona) ishlab chiqarish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

Koreya kompaniyasi vakillarining tashrifini tashkil etish.

Biznes-reja ishlab chiqish.

Qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolash.

8,0

2015-yil

2015 yil iyul

2015 yil avgust

2015-yil sentyabr

“OʻzfarmsanoatDAK

60.

Koreya farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda Koreyaning yetakchi farmatsevtika kompaniyalarini jalb qilish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish.

Koreya kompaniyasi vakillarining tashrifini tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda Koreya kompaniyalariga koʻmaklashish.

2015-2016 yillar

2015 yil iyul

doimiy

“OʻzfarmsanoatDAK

6. Qurilish materiallarini ishlab chiqarish

61.

IS Dongseo” kompaniyasi bilan sanitariya keramikasi (yiliga 510 ming buyum) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.Biznes-reja ishlab chiqish.

Qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolash.

20,0

2015 yil

2015 yil avgust

2015 yil oktyabr

“Oʻzinfoinvest” agentligi, manfaatdor tarmoq kompaniyalari

62.

Jaal & Bridge International” kompaniyasi bilan qurilish germetiklari (yiliga 2 ming tonna) ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

Biznes-reja loyihasini ishlab chiqish.

Qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolash.

5,0

2015 yil

2015 yil avgust

2015 yil oktyabr

“Oʻzinfoinvest” agentligi, manfaatdor tarmoq kompaniyalari

7. Oziq-ovqat sanoati

63.

Lotte Confectionery” kompaniyasi bilan qandolat mahsulotlari (yiliga 10 ming tonna) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

Bozorni hamkorlikda marketing oʻrganish.

Biznes-reja ishlab chiqish.

10,0

2015 yil

2015 yil sentyabr

2015 yil dekab�

Oziq-ovqat sanoati korxonalari assotsiatsiyasi, TIAISV

64.

Seo Jin Industry Co.Ltd” kompaniyasi bilan oziq-ovqat sanoati uchun qadoqlovchi taralar (yiliga 300 tonna) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

Ishlab chiqarishni joylashtirish joyini aniqlash.

Biznes-reja ishlab chiqish va uskunani yetkazib berish uchun shartnoma imzolash.

4,0

2015-2016 yillar

2015 yil III chorak

2015 yil IV chorak

“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK

65.

Kutek” kompaniyasi bilan Samarqand viloyatida zamonaviy yuqori texnologiyali issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

Ishlab chiqarishni joylashtirish joyini aniqlash.

Biznes-reja ishlab chiqish va yuqori texnologiyali issiqxonalarni yetkazib berish uchun shartnoma imzolash.

2,0

2015-2016 yillar

2015 yil III chorak

2016 yil II chorak

“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK

66.

Shindong Enercom Inc.” kompaniyasi bilan Surxondaryo viloyatidagi yogʻ ekstrakti zavodi negizida yangi texnologiyalarni joriy qilish va modernizatsiya qilish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.

Uskunalar yetkazib berish uchun shartnoma imzolash.

Uskunalarni yetkazib berish va oʻrnatish.

1,5

2015-2016 yillar

2015-yil 1-yarim yillik

2016 yil mart

Oʻzpaxtasanoateksport XK

8. Togʻ-kon sanoati

67.

Shindong Resources” kompaniyasi bilan “Sautbay” volfram konida qoʻshimcha tasdiqlangan burgʻulash ishlarini olib borish uchun shartnomani amalga oshirish.

Qoʻshimcha tasdiqlangan burgʻulash ishlarini olib borish.

Loyihaning bank TIAsini ishlab chiqishni yakunlash.

1,0

2015 yil

2015 yil avgust

2015 yil noyabr

Davlat geologiya qoʻmitasi

68.

Nanjin D&B” kompaniyasi bilangidrofitsiyalashgan burgʻulash qurilmalari (stanoklari) ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shartlari toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va uskunani yetkazib berish.

Obyektni foydalanishga topshirish.

1,0

2015 yil

2015 yil sentyabr

2015 yil dekabr

Davlat geologiya qoʻmitasi

IV BOB. EKSPORT ShARTNOMALARI

69.

Daewoo International” kompaniyasi bilan 4 ming tonna mis yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzish.

25,6

2015 yil

“Oʻzmarkazimpeks, Markazsanoateksport, “Oʻzprommashimpeks, “Oʻzinterimpekskompaniyalari

70.

DaewooInternationalva ShindongEnercom” kompaniyalari bilan 6,8 tonna paxta ip-kalava yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzish.

15,8

2015 yil

71.

Daewoo Internationalkompaniyasi bilan 10 ming tonna paxta tolasi yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzish.

14,3

2015 yil

72.

NS International, Clarco Corporation, NK Globalnet Co Ltd” kompaniyalari bilan 1,1 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari (gilos, anor, qovun, yongʻoq va loviya) yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzish.

2,4

2015 yil

73.

NS International” kompaniyasi bilan 5 ming tonna karbamid yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzish.

1,0

2015 yil

Marka�sanoateksport” DATK

74.

Eraye CS Limited” kompaniyasi bilan avtomobil tasmalari yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzish.

0,3

2015 yil

"zavtosanoat AK

75.

Astra So Ltdva Green Product Ltd kompaniyalari bilan 112,5 tonna qizilmiya ildizini yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzish.

0,2

2015 yil

“Oʻzinterimpeks,

“Oʻzprommashimpeks

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 9-iyundagi PQ -2351-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2015-yil 27 — 29-may kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

R.S. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri, ishchi guruh rahbari

E.M. Gʻaniyev

tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

G.K. Saidova

iqtisodiyot vaziri

X.M. Mirzaxidov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

A.A. Abduxakimov

mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri

A.V. Vaxobov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

U.I. Inoyatov

xalq taʼlimi vaziri

B.M. Axmedov

madaniyat va sport ishlari vaziri

A.A. Kurmanov

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

D.A. Xidoyatov

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

I.B. Turamuratov

Davlat geologiya qoʻmitasi raisi

Sh.A. Tulyaganov

tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri oʻrinbosari, ishchi guruh masʼul kotibi

Sh.X. Tillayev

sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari

Sh.R. Xamrayev

qishloq va suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

R.A. Gulyamov

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori

S.B. Raximov

Oʻzmilliybank boshqaruvi raisi

K.T. Aripov

“Asaka bank” DATB boshqaruvi raisi

Sh.N. Fayzullayev

“Oʻzbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisi

E.K. Iminov

“Oʻzeltexsanoat” AK boshqaruv raisi

E.M. Akramov

“Oʻzqurilishmateriallari” AK boshqaruv raisi

I.S. Basidov

“OʻzbekenergoDAK boshqaruv raisi

M.M. Doʻsmurotov

“OʻzfarmsanoatDAK boshqaruvi raisi

I.U. Haydarov

“Oʻzbekyengilsanoat” DAK boshqaruvi raisi

O.B. Rustamov

“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK boshqaruvi raisi

A.A. Akbarov

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktorining birinchi oʻrinbosari

J.T. Mirzamaxmudov

“Oʻzkimyosanoat” DAK boshqaruvi raisining oʻrinbosari

T.A. Jalilov

“Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisining oʻrinbosari