Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.06.2018 04.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2679
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 04.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2679
Kuchga kirish sanasi
08.06.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.06.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 4-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2679]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 308-mh-sonli “Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3020, 01.06.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi (X. Meliyev) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (J. Achilov) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi (X. Meliyev) tegishli vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida bir oylik muddatda Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tushuntirish boʻyicha seminar oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir M. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 4-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
177-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 4-iyundagi 177-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, adliya organlarida roʻyxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan buyon matnda NNT deb yuritiladi), shu jumladan ularning alohida boʻlinmalari (vakolatxonalari va filiallari), shuningdek bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari (bundan buyon matnda xalqaro va chet el NNTlarning vakolatxonalari va filiallari deb yuritiladi), diniy tashkilotlar tomonidan tadbirlar oʻtkazilishini, xalqaro va chet el NNTlarning vakolatxonalari va filiallari tomonidan bosma, audiovizual hamda boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishini adliya organlari bilan kelishish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (roʻyxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi yoki xorijiy davlat hududida bevosita NNT tomonidan tashkillashtirilgan, oʻz ustavida (nizomida) belgilangan maqsadlarga erishish uchun konferensiya, seminar, trening, yigʻilish, aksiya, davra suhbati, uchrashuv, simpozium va boshqa shakllarda shaxslarni toʻplash tadbir deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom siyosiy partiyalar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlar, diniy tashkilotlarning ibodat, diniy rasm-rusumlar va marosim tarzidagi tadbirlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (roʻyxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi tadbirlarni adliya organlari bilan kelishish talab etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNTning ustaviga (nizomiga) muvofiq uning rahbar organlari yigʻilishlari, NNTning, shu jumladan xalqaro va chet el NNTning vakolatxona va filiallari tomonidan ularning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan bosh tashkiloti xodimlari ishtirokida tashkilot faoliyati bilan bogʻliq oʻtkaziladigan tadbirlari, basharti ularda uchinchi shaxslarning (Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan ommaviy axborot vositalari vakillaridan tashqari) ishtirok etishi nazarda tutilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNTning Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya (ruxsatnoma) olish talab qilinadigan faoliyat turi boʻyicha tegishli litsenziyaga (ruxsatnomaga) ega boʻlgan holda ushbu faoliyat turini amalga oshirish yuzasidan oʻtkaziladigan tadbirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNTning normativ-huquqiy hujjatlarda, davlat dasturlari va milliy rejalarda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining devoni, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarida oʻtkazilishi nazarda tutilgan tadbirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNTning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratilgan davlat granti doirasida oʻtkaziladigan tadbirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan yoki ular bilan kelishilgan rejalarga muvofiq oʻtkaziladigan ommaviy jismoniy-tarbiya va sport tadbirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNTning Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga muvofiq oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlari (vakolatli organ tomonidan berilgan ruxsatnoma nusxasi taqdim etiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda NNT vakilining ishtirok etishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishish talab etilmaydigan tadbirlar haqida adliya organiga tadbir oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin yozma ravishda xabar beriladi, bundan boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda NNT vakilining ishtirok etish hollari mustasno.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (roʻyxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro, respublika, viloyatlararo NNT, xalqaro va chet el NNTlarning vakolatxona va filiallari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlar — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (roʻyxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududlarida faoliyat olib boradigan NNT tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlar — NNT roʻyxatdan oʻtgan hududiy adliya organlari bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, xalqaro va chet el NNTlarning vakolatxonalari va filiallari tomonidan bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (roʻyxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Kelishish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. NNT oʻz ixtiyoriga koʻra har bir alohida tadbirni yoki tadbirlar rejasini (roʻyxatini) kelishish uchun adliya organiga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirlar rejasi (roʻyxati) yillik, choraklik yoki oylik boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli adliya organida roʻyxatdan oʻtgan ikki yoki undan ortiq NNT tomonidan hamkorlikda tadbir oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlsa, ushbu tadbirni oʻtkazishni kelishish yuzasidan tashkilotchi NNTlarning biri tomonidan murojaat qilinishi yetarli hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (roʻyxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrugʻiga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tadbir yoki tadbirlar rejasini (roʻyxatini) kelishish uchun NNT tadbir oʻtkazilishi moʻljallangan sanadan kamida yigirma kun oldin, xorijiy davlat hududida tashkillashtiriladigan tadbirlar boʻyicha tadbir oʻtkazilishidan, xuddi shuningdek xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkaziladigan tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan boʻlsa, ularning tashrifidan kamida bir oy oldin tegishli adliya organiga yozma ravishda murojaat etishi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (roʻyxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tadbir yoki tadbirlar rejasini (roʻyxatini) kelishish haqidagi murojaatda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi yoki unga ilova qilinishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirning nomi, mazmuni (kun tartibi), maqsadi va shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan shaxslar soni va maqsadli guruhlar (voyaga yetmaganlar, talabalar, ayollar va h.k);
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (roʻyxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbir oʻtkaziladigan joy va aniq sana, shu jumladan tadbirning boshlanish va tamom boʻlish vaqti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirni moliyalashtirish manbalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarqatma, bosma, audiovizual va boshqa materiallarning (mavjud boʻlsa) nusxalari (namunalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaat qilingan sana, vakolatli shaxsning imzosi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tadbirlarning yillik, choraklik yoki oylik rejasini (roʻyxatini) taqdim etish muddati unda nazarda tutilgan birinchi tadbir oʻtkaziladigan sanaga qarab aniqlanadi. Bunda tadbirlar rejasida (roʻyxatida) nazarda tutilgan har bir alohida tadbir boʻyicha mazkur Nizomning 8-bandi oltinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlar tegishli tadbir oʻtkazilishidan kamida yigirma kun oldin taqdim etiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (roʻyxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tadbirda xorijiy davlat fuqarosi (fuqarolari) ishtirok etishi rejalashtirilayotgan boʻlsa, mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha tarzda xorijiy davlat fuqarosining familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, tugʻilgan joyi va sanasi, fotosurati, ish joylari koʻrsatilgan maʼlumotnoma hamda uning kelib-ketish dasturi taqdim etilishi kerak, bundan belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy davlat fuqarolari mustasno.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (roʻyxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xalqaro va chet el NNTning vakolatxonalari va filiallari tomonidan bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanayotganda ularning loyihalari, oʻtkaziladigan tadbirda foydalanish yoki tarqatish uchun xorijiy davlatda tayyorlangan bosma, audiovizual va boshqa materiallar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelish rejalashtirilganda ularning nusxalari (namunalari) tadbir oʻtkazilishidan kamida bir oy oldin adliya organiga kelishish uchun taqdim etilishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (roʻyxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bosma, audiovizual va boshqa materiallarni kelishish uchun taqdim etilgan yozma murojaatda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlanayotgan bosma, audiovizual va boshqa materiallarning loyihalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatda tayyorlangan bosma, audiovizual va boshqa materiallarning nusxalari (namunalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallarning nomi, mazmuni, maqsadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallarni tayyorlagan shaxslar haqida maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, tugʻilgan joyi va sanasi, ish joyi koʻrsatilgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallarning qayerda, qachon, kimlarga tarqatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallarni moliyalashtirish manbalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaat qilingan sana, vakolatli shaxsning imzosi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tadbir yoki tadbirlar rejasini (roʻyxatini), bosma, audiovizual va boshqa materiallarni kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlar adliya organi tomonidan oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlat hududida tashkillashtiriladigan, xuddi shuningdek xorijiy fuqarolar ishtiroki etishi nazarda tutiladigan tadbirlarni kelishish haqidagi hujjatlar adliya organi tomonidan yigirma besh kun ichida koʻrib chiqiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (roʻyxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrugʻiga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida tadbirni oʻtkazish bilan bogʻliq oʻzgarishlar boʻlgan taqdirda, NNT bu haqda adliya organiga bir ish kuni ichida oʻzgarishlar bilan bogʻliq maʼlumotlarni ilova qilgan holda yozma ravishda xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tadbir yoki tadbirlar rejasi (roʻyxati) hamda bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishi yuzasidan qoʻshimcha savollar vujudga kelganda adliya organi tomonidan NNTdan asoslantirilgan tarzda qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning 14-15-bandlarida koʻrsatilgan holatlar adliya organlari tomonidan hujjatlarni koʻrib chiqishning umumiy muddatiga taʼsir qilmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (roʻyxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrugʻiga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Adliya organi tadbir oʻtkazish, bosma, audiovizual va boshqa materiallarni tayyorlash va tarqatishni kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini, ularning qonun hujjatlariga va NNT ustavida (nizomida) belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiqligini oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda, adliya organi NNT tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun tegishli tashkilotlarga yuborishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarni olgan tashkilot oʻn kun ichida oʻz xulosasini taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar xulosada tadbir oʻtkazilishiga, bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishiga rozilik berish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida fikr mavjud boʻlsa, u holda tashkilot ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan holatlar doirasida oʻz xulosasini asoslashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Adliya organi hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan tadbirni oʻtkazishga, bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishiga rozilik berish yoki sabablarini koʻrsatgan holda rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida NNTni yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Quyidagi hollarda tadbirni oʻtkazishga, bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishiga rozilik berish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbir, bosma, audiovizual va boshqa materiallar Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirish, suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga putur yetkazish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qilish, fuqarolarning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qilishga qaratilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomda nazarda tutilgan hamda adliya organlari tomonidan Nizomning 15-bandiga asosan soʻralgan qoʻshimcha hujjatlar (maʼlumotlar) toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa;
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (roʻyxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlar (maʼlumotlar) ushbu Nizomning 7 va 9-bandlarida belgilangan muddatlarda taqdim qilinmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda (maʼlumotlarda) notoʻgʻri axborot keltirilganligi aniqlansa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tadbir oʻtkazilishiga, bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishiga rozilik berish rad etilganda, NNT rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etish va adliya organiga takroran murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tadbir NNT tomonidan adliya organiga taqdim etilgan hujjatlarga (maʼlumotlarga) muvofiq oʻtkazilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tadbirning qonun hujjatlariga va NNT ustavida (nizomida) belgilangan maqsadlarga muvofiq oʻtkazilishi uchun NNT rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. NNT adliya organi vakiliga monitoring qilish uchun oʻzi oʻtkazayotgan tadbirga erkin kirish imkonini berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya organi NNTga oʻtkaziladigan tadbirda oʻz vakilining ishtirok etishi haqidagi maʼlumotni yozma ravishda berishi mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (roʻyxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrugʻiga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. NNT rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs tadbirni monitoring qilish uchun tashrif buyurgan adliya organi vakiliga tadbirni kuzatish, uning qonun hujjatlariga va NNT ustavida (nizomida) belgilangan maqsadlarga muvofiq oʻtkazilishini baholash uchun barcha materiallar va maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyatini yaratishi hamda boshqa zarur shart-sharoitlarni taʼminlab berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya organi zarur hollarda NNTdan tadbir oʻtkazilgandan soʻng tegishli maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (roʻyxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrugʻiga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Qonun hujjatlari va NNT ustavida (nizomida) belgilangan maqsadlarga muvofiq oʻtkazilayotgan tadbirga adliya organi vakili tomonidan aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. NNT adliya organi vakilining tadbir davomida qilgan noqonuniy xatti-harakati yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 22-son, 297-modda; 2016-y., 30-son, 369-modda)