07.09.2012 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxslarni readmissiya qilish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki davlat oʻrtasida yaxshi qoʻshnichilik, sherikchilik munosabatlarini, shuningdek turli sohalarda, shu jumladan noqonuniy migratsiya va transchegaraviy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash masalalarida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga boʻlgan intilishdan kelib chiqib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar davlatlaridan har birining oʻz milliy qonunchiligiga muvofiq uning hududiga yoki ushbu hudud orqali chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning noqonuniy migratsiyasi uchun javobgarlik belgilash boʻyicha suveren huquqini hurmat qilgan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Bitim Tomonlar davlatlarining xalqaro huquq boʻyicha huquqi, majburiyati va javobgarligini kamaytirmasligini taʼkidlab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar davlatlarining hududlarida migratsiya jarayonlarini qatʼiy tartibga solish dolzarbligidan kelib chiqqan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Taʼriflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimda keyingi oʻrinlarda keltirilgan taʼriflar kuyidagi maʼnolarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“readmissiya” — soʻrayotgan Tomon davlati hududiga chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirishi, chiqishi va boʻlishi masalalari boʻyicha unda amalda boʻlgan milliy qonunchilikni buzgan holda kirgan yoki u erda boʻlgan shaxslarni mazkur Bitimda nazarda tutilgan tartib, shartlar va maqsadlarda soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari tarafidan topshirish va soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari tarafidan qabul qilib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“soʻrayotgan Tomon” — shaxsni readmissiya yoki tranzit qilish toʻgʻrisida soʻrov yuborayotgan Tomon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“soʻralayotgan Tomon” — nomiga shaxsni readmissiya yoki tranzit qilish toʻgʻrisida soʻrov yuborilgan Tomon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“uchinchi davlatlarning fuqarolari” — Tomonlar davlatlarining fuqaroligiga ega boʻlmagan va mazkur Bitim ishtirokchisi boʻlmagan davlat fuqaroligiga mansub shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“fuqaroligi boʻlmagan shaxslar” — Tomonlar davlatlarining fuqarolari boʻlmagan va uchinchi davlatlar fuqaroligiga mansubligini tasdiqlovchi dalillarga ega boʻlmagan shaxslar, mazkur Bitimning 2-moddasi 1-bandi taʼsir doirasida boʻlgan bir Tomon davlatining fuqaroligini boshqa Tomon davlati hududiga kirgandan keyingi davrda yoʻqotgan shaxslar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“vakolatli organlar” — Tomonlar davlatlarining mazkur Bitimni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro bayonnomasi” — mazkur Bitimni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi bayonnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“shaxsga oid maʼlumotlar” — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli maʼlumot yoki shunday maʼlumot asosida aniqlanadigan jismoniy shaxsga oid maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tranzit” — uchinchi davlat fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning soʻrayotgan Tomon davlatidan borish davlatiga ketayotganda soʻralayotgan Tomon davlati hududi orqali oʻtishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Tomonlar davlatlari fuqarolarini readmissiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrayotgan Tomon davlati vakolatli organlarining soʻroviga koʻra soʻrayotgan Davlat hududiga chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirishi, chiqishi va boʻlishi masalalari boʻyicha shu davlatning milliy qonunchiligini buzgan holda kirgan yoki u erda boʻlgan shaxslarni qabul qiladi, agar ularning soʻralayotgan Tomon davlatining fuqarolari ekani aniqlangan boʻlsa yoki soʻrayotgan Tomon davlati hududiga kirgandan keyin soʻralayotgan Tomon davlatining fuqaroligini yoʻqotib, boshqa davlatning fuqaroligini olmagan boʻlsa, yoki ushbu shaxslarga nisbatan soʻrayotgan Tomon davlati fuqaroligini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Zarurat tugʻilganda soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari topshirilayotgan shaxslarga ularning soʻralayotgan Tomon davlati hududiga kirishlari uchun zarur boʻlgan hujjatlarni beradi, ushbu hujjatlarning amal qilish muddati ular berilgan sanadan boshlab 30 kalendar kunni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shaxsning Tomonlardan biri davlatining fuqaroligiga ega ekanligini aniqlash uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi hujjatlar roʻyxati Ijro bayonnomasida bayon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar Ijro bayonnomasi kuchga kirgan sanadan boshlab 30 kun ichida diplomatik kanallar orqali bunday hujjatlar namunalarini almashadilar. Keyinchalik har bir Tomon koʻrsatilgan hujjatlar namunalariga kiritilgan har qanday oʻzgartishlar toʻgʻrisida boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali darhol xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan hech birini taqdim etishning imkoni boʻlmasa, soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organi soʻralayotgan Tomon davlatining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi bilan readmissiya qilinishi lozim boʻlgan shaxs oʻrtasida uning fuqaroligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish maqsadida suhbat oʻtkazish haqida kelishadi. Bunday suhbatlarni oʻtkazish tartibi Ijro bayonnomasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari oʻzlari topshirgan shaxsni uni topshirish sanasidan boshlab 30 kalendar kun davomida qayta qabul qilib oladilar, agar soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari tomonidan mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan readmissiya qilish uchun asoslar mavjud emasligi aniqlansa, bunday holda soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organi ushbu shaxsga taalluqli oʻz ixtiyorida boʻlgan materiallarni soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organiga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxs soʻralayotgan Tomon davlati fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi haqiqiy hujjatga ega boʻlsa, readmissiya toʻgʻrisidagi soʻrovni joʻnatish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Uchinchi davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni readmissiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrayotgan Tomon davlati vakolatli organlarining soʻrovi boʻyicha soʻrayotgan Tomon davlati hududiga shu davlat qonunchiligini buzgan holda kelgan yoki u erda boʻlgan uchinchi davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni qabul qiladi, agar ularning soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga bevosita soʻralayotgan Tomon davlatining hududidan kirib kelganligi aniqlangan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Uchinchi davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmasa va ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan yoki doimiy yashaydigan davlatning vakolatli organi tomonidan bunday hujjat berilishining imkoni boʻlmasa, readmissiya toʻgʻrisidagi soʻrovga ijobiy javob olingandan soʻng soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari unga oʻz davlati hududiga kirish uchun hujjat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijasida soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari topshirgan shaxsni readmissiya qilish uchun mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan asoslar yoʻqligi aniqlansa, soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari oʻzlari topshirgan shaxsni uni topshirish sanasidan boshlab 30 kun ichida qayta qabul qilib oladilar. Bunday holda soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organi mazkur shaxsga taalluqli oʻz ixtiyorida boʻlgan hujjatlarni soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organiga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur moddaning qoidalari quyidagilarga nisbatan qoʻllanmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga qonuniy tarzda kirish paytida ushbu davlatning vakolatli organlari tomonidan berilgan haqiqiy vizaga, vaqtinchalik yoki doimiy yashash uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxslarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga xalqaro shartnomaga muvofiq vizasiz tartibda qonuniy asosda kirib kelgan shaxslarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viza, vaqtinchalik yoki doimiy yashash uchun ruxsatnomalar soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari tomonidan ushbu davlatning hududiga kirilgandan keyin berilgan shaxslarga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur moddaning qoidalari faqat Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi bilan readmissiya toʻgʻrisida xalqaro shartnomalarni tuzgan uchinchi davlatlar fuqarolariga va uchinchi davlatlardan boʻlgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Readmissiya toʻgʻrisidagi soʻrovlarni yuborish va koʻrib chiqish muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shaxsni readmissiya qilish toʻgʻrisidagi soʻrov soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organi tomonidan bevosita soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organiga ushbu shaxsning soʻrayotgan Tomon davlati hududiga noqonuniy kirishi yoki u erda noqonuniy boʻlishi fakti aniqlangan va/yoki uning shaxsi aniqlangan kundan boshlab 45 kalendar kun ichida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shaxsning soʻrayotgan Tomon davlati chegarasini kesib oʻtishi paytidan yoki shaxsning soʻrayotgan Tomon davlati hududida noqonuniy boʻlishi fakti aniqlangan paytdan boshlab 180 kalendar kundan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa, soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organi mazkur Bitimning 3-moddasida koʻrsatilgan shaxsni readmissiya qilish toʻgʻrisidagi soʻrovni rad etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organi shaxsni readmissiya qilish toʻgʻrisidagi soʻrov olingan sanadan boshlab 30 kalendar kun ichida ushbu shaxsni qabul qilib olishga rozilik beradi yoki soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari tomonidan mazkur Bitimning 2-moddasi 1-bandi va 3-moddasi 1-bandida nazarda tutilgan shaxsni topshirish uchun zarur boʻlgan asoslarning yoʻqligi aniqlansa, shaxsni qabul qilishni asosli ravishda rad etadi. Readmissiya qilish toʻgʻrisidagi soʻrovga oʻz vaqtida javob berishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar mavjud boʻlganda, javob berish muddati soʻralayotgan Tomon davlati vakolatli organining belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan murojaati asosida 60 kalendar kungacha uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Readmissiya muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari har bir alohida holatda boshqacha tarzda kelishmagan boʻlsa, soʻralayotgan Tomon tarafidan readmissiya qilishga rozilik bildirilgan shaxsni topshirish soʻrayotgan Tomon bunday rozilikni olgan sanadan boshlab 30 kun ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan muddat, agar unda aytib oʻtilgan shaxslarni soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organiga topshirishga obyektiv toʻsqinlik qiluvchi holatlar yuzaga kelishi sababli topshirish mumkin boʻlmasa, uzaytirilishi mumkin va bu haqda tegishli yozma bildirish yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Readmissiyaga Soʻralayotgan Tomon tarafidan rozilik berilgan shaxsni topshirish imkoni boʻlmaganda, soʻrayotgan Tomonning vakolatli davlat organi darhol soʻralayotgan Tomonning vakolatli davlat organiga tegishli ravishda yozma xabar yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Tranzit
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organi soʻrayotgan Tomon davlati vakolatli organining soʻroviga muvofiq, agar soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organi ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga uchinchi davlat hududiga toʻsqinliksiz kirishga, bunday davlat tranzit davlati yoki borish davlati boʻlishidan qatʼi nazar, ruxsat etishni kafolatlasa, uchinchi davlatlar fuqarolarini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni soʻralayotgan Tomon davlatining hududi orqali tranzit olib oʻtilishiga ruxsat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarni tranzit olib oʻtilishi soʻrayotgan Tomon davlati vakolatli organining xodimlari hamrohligida amalga oshirilishi mumkin hamda ushbu xodimlarning maqomi Ijro bayonnomasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari har bir alohida holatda boshqacha kelishmagan boʻlsa, mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarni tranzit olib oʻtish toʻgʻrisidagi soʻrov soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organi tomonidan oldindan, shaxsning soʻralayotgan Tomon davlatining hududiga tranzit maqsadida kirishi moʻljallangan sanadan kamida 15 kalendar kun oldin joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organi shaxslarni tranzit olib oʻtish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani olgan sanadan boshlab 7 kalendar kun mobaynida tranzitga ruxsat beradi yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan tranzitni amalga oshirishni rad etish javobini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslar tranzitini amalga oshirishda soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrayotgan Tomon davlati vakolatli organlarining iltimosiga koʻra imkon qadar yordamni koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organi mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslar tranzitini rad etishi mumkin, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) borish davlatida yoki tranzit oʻtish davlatida uchinchi davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni qiynoqlarga solish, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsitadigan munosabatda boʻlish yoki oʻlim jazosiga hukm qilish yoki irqiy, diniy, milliy mansubligi, shuningdek muayyan ijtimoiy guruhga mansubligi boʻyicha yoki siyosiy maslaklari belgisi boʻyicha taʼqib qilish xavfi mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) bunday shaxslarning soʻralayotgan Tomon davlati hududida boʻlishi nomaqbul hisoblansa, shu jumladan milliy xavfsizlik, jamoat tartibini yoki aholi sogʻligʻini saqlash nuqtai nazaridan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari, tranzit uchun ruxsat berilgan boʻlishiga qaramay, mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarni soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlariga qaytarishi mumkin, agar ushbu shaxslar soʻralayotgan Tomon davlatining hududiga kirgandan soʻng ularga nisbatan mazkur moddaning 6-bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlansa, shuningdek boshqa tranzit davlati yoki borish davlati hududiga toʻsiqsiz kirish bundan buyon kafolatlangan deb hisoblash mumkin boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tomonlar oʻzarolik asosida oʻzlari fuqarosi boʻlgan davlatlarga yoki doimiy yashaydigan davlatlarga bevosita qaytarilishi mumkin boʻlgan uchinchi davlatlar fuqarolarining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning tranzit oʻtishi holatlarini cheklash boʻyicha choralar koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish munosabati bilan almashadigan yoki bir-biriga beradigan shaxsiy maʼlumotlar Tomonlardan har birining davlatining milliy qonunchiligiga va Tomonlar davlatlari ishtirokchisi boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq himoya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari faqat mazkur Bitimning maqsadlari uchun shaxsiy maʼlumotlarni almashadilar va ularning maxfiyligini taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Sarf-xarajatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Bitimning 2-moddasi 1-bandida va 3-moddasi 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarni readmissiya qilish va ehtimol soʻralayotgan Tomon davlatining davlat chegarasi orqali oʻtish punktigacha kuzatib borish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni, agar ular koʻrsatib oʻtilgan shaxslar tomonidan mustaqil yoki uchinchi tomon tarafidan toʻlana olinmaydigan boʻlsa, soʻrayotgan Tomon qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Bitimning 6-moddasi 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarni tranzit olib oʻtish va ehtimol kuzatib borish, shuningdek ularning ehtimol qaytarilishi bilan bogʻlik sarf-xarajatlarni, agar ular koʻrsatib oʻtilgan shaxslar tomonidan mustaqil yoki uchinchi tomon tarafidan toʻlana olinmaydigan boʻlsa, soʻrayotgan Tomon qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Bitimning 2-moddasi 5-bandida va 3-moddasi 5-bandida koʻrsatilgan shaxslarni topshirish va ehtimol ularni soʻrayotgan Tomon davlatining davlat chegarasi orqali oʻtish punktigacha kuzatib borish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni harakat yoki harakatsizligi readmissiya qilinishi uchun asoslar boʻlmagan shaxsning topshirilishiga olib kelgan Tomon qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Ijro bayonnomasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar Ijro bayonnomasini tuzadilar, u quyidagilarga taalluqli qoidalarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) vakolatli organlar va ular oʻrtasida vakolatlarning taqsimlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) readmissiya yoki tranzit toʻgʻrisidagi soʻrovning mazmuni va joʻnatish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) suhbatlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) readmissiya yoki tranzitning tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) kuzatib boriladigan shaxslarni topshirish shartlari, shu jumladan uchinchi davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning tranzit olib oʻtilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) mazkur Bitimni bajarish bilan bogʻliq oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Mazkur Bitimning qoʻllanishini toʻxtatib turish va qayta tiklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomonlardan har biri boshqa Tomon bilan maslahatlashuvlardan soʻng milliy xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini yoki aholi sogʻligʻini saqlash bilan bogʻliq sabablarga koʻra mazkur Bitimning amal qilishini qisman yoki butunlay toʻxtatib turishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Boshqa Tomon mazkur Bitimning amal qilishini toʻxtatib turish yoki qayta tiklash toʻgʻrisida bunday qarorni amalga oshirish boshlanishidan kamida 72 soat oldin yozma shaklda diplomatik kanallar orqali xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hamkorlik prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomonlar oʻrtasidagi munosabatlarda paydo boʻladigan va mazkur Bitimni bajarish yoki talqin qilish bilan bogʻliq barcha bahsli masalalar ular oʻrtasida maslahatlashuvlar va muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzaro kelishuv boʻyicha Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari Bitimni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha maslahatlashuvlar va muzokaralarni oʻtkazishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Boshqa xalqaro shartnomalarning amal qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim Tomonlardan har birining Tomonlar davlatlari ishtirokchisi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha mazkur Bitimga uning ajralmas qismi hisoblanuvchi alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarining bajarilgani toʻgʻrisidagi soʻnggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab 30 kalendar kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va uning amal qilish muddati bir Tomon boshqa Tomonning ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish istagi toʻgʻrisidagi yozma xabarnomasi diplomatik kanallar orqali olgan sanadan boshlab 60 kalendar kun oʻtgach toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Bitimning amal qilishi toʻxtatilganda Tomonlar uning amal qilishi davrida vujudga kelgan majburiyatlarni tartibga soladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ostona shahrida 2012-yil 7-sentabrda har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida boʻlgan ikki nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda ixtiloflar kelib chiqsa, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2015-y., 1-son)