Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Respublikada oʻtkazilayotgan sud-huquq islohotlariga binoan qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, shuningdek odil sudlovni amalga oshirish amaliyotida kelib chiqayotgan masalalarni toʻgʻri hal etish boʻyicha tushuntirishlar berish zaruriyati tufayli, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumi tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha qabul qilingan quyidagi qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oliy sud Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi “Fuqarolik ishlarini sudda koʻrishga tayyorlash va ularni koʻrish muddatlari toʻgʻrisida”gi 18-sonli qarorining
a) oʻzbek tilidagi matni preambulasida:
beshinchi soʻzboshisidagi “miqdorda” soʻzi “darajada” soʻzi bilan almashtirilsin;
oltinchi soʻzboshisining birinchi jumlasidagi “amal qilmoqda” soʻzi “mavjud” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) rus tilidagi matni preambulasida:
oltinchi soʻzboshisining oxirgi jumlasi chiqarilsin;
v) rus tilidagi matni 5-bandining birinchi soʻzboshisidagi “naznachatsya” soʻzi “predostavlyatsya” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) oʻzbek tilidagi matni 9-bandining ikkinchi soʻzboshisidagi “159-moddasi” soʻzlari “157-moddasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oliy sud Plenumining 2001-yil 1-iyundagi “Otalikni belgilash haqidagi ishlarni koʻrishda sudlar tomonidan qonunlarning tatbiq etilishi toʻgʻrisida”gi 6-sonli qarorining
a) oʻzbek tilidagi matni 12-bandining:
birinchi soʻzboshisidagi “va shu kabilar” soʻzlari chiqarilsin;
ikkinchi soʻzboshisidagi “toʻxtatilishining oʻzigina” soʻzlar “tugatilishi” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) oʻzbek tilidagi matni 16-bandining:
birinchi soʻzboshisidagi “kabi” soʻzi chiqarilsin;
“b” kichik bandidagi “mazkur” soʻzi “koʻrsatilgan” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) rus tilidagi matni 16-bandi birinchi soʻzboshisining “v” kichik bandidagi “fizicheskoy” soʻzi “polovoy” soʻzi bilan almashtirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumi tomonidan jinoyat ishlari boʻyicha qabul qilingan quyidagi qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 1-sonli qarori
a) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Jinoyat kodeksi 58-moddasiga muvofiq, jinoyatga tayyorgarlik koʻrganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun mazkur jinoyat uchun qonunda nazarda tutilgan eng koʻp jazoning toʻrtdan uch qismidan ortiq boʻlishi mumkin emas. Bunda eng koʻp jazo deganda, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida (moddaning qismida) nazarda tutilgan eng ogʻir jazo muddati yoki miqdori tushunilishi lozim.
Shuni nazarda tutish lozimki, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat ishlari boʻyicha sud ishdagi muayyan holatlarni, har bir ishtirokchining shaxsi haqidagi maʼlumotlar va jinoyatni sodir etishdagi ishtiroki darajasini eʼtiborga olib, jazoni individuallashtirishi hamda birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga qonun sanksiyasi doirasida yengilroq jazo tayinlash masalasini muhokama qilishi lozim”;
b) 17-band birinchi soʻzboshisi birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunga muvofiq jazo tariqasida tayinlangan jarimani mahkum hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oy, hukm chiqarilgan kunda oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan mahkum esa — olti oy mobaynida ixtiyoriy ravishda toʻlashi lozim”;
v) 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ozodlikdan mahrum qilish jazosi:
olti oydan yigirma yilgacha boʻlgan muddatga, JK 60-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, yigirma besh yilgacha boʻlgan muddatga;
voyaga yetmaganlarga nisbatan-olti oydan oʻn yilgacha boʻlgan muddatga, JK 86-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, — oʻn besh yilgacha boʻlgan muddatga;
JK 44-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda jarima tariqasidagi jazosini almashtirish tartibida, — uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga;
JK 46-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazosini almashtirish tartibida, — olti oydan kam boʻlgan muddatga tayinlanishi mumkin;
Yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish (uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish) javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (JK 97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (JK 155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin. Bunda uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi istisno etiladi”;
g) 28-bandidagi ““JK 59-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq” soʻzlari “JK 59-moddasining oltinchi qismiga muvofiq” soʻzlariga almashtirilsin”;
d) quyidagi mazmundagi 30-1 band bilan toʻldirilsin:
“Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qoʻllash boʻyicha
30-1. Jinoyat kodeksi 51-moddasiga muvofiq, umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (JK 97-moddasining ikkinchi qismi) va terrorizm (JK 155-moddasining uchinchi qismi) uchun tayinlanadi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllash masalasini hal etishda, sudlar bu turdagi jazo favqulodda jazo boʻlib, faqat ishda javobgarlikni ogʻirlashtiradigan alohida holatlar mavjud boʻlgandagina tayinlanishi mumkinligini va mahkumni jamiyatdan muddatsiz ajratib qoʻyishdan iborat boʻlishini hisobga olishlari lozim.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo quyidagilarga tayinlanishi mumkin emas:
ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan;
tamom boʻlmagan jinoyatlar uchun”.
e) quyidagi mazmundagi 30-2 band bilan toʻldirilsin:
“30-2. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 50-moddasi toʻrtinchi qismida, 51-moddasi uchinchi qismida belgilangan qoidalar hukm chiqarilgan yoki ish apellatsiya instansiyasida koʻrilgan kunda 60 yoshga toʻlgan erkaklarga nisbatan tatbiq etiladi”;
j) 53-banddagi “JK 59-moddasining oltinchi qismiga muvofiq” soʻzlari “JK 59-moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq” soʻzlariga almashtirilsin”;
z) 55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlar shuni hisobga olishlari kerakki, hukmlar majmui boʻyicha belgilangan jazo yangi jinoyat uchun belgilangan jazo muddatidan ham ilgarigi hukm boʻyicha belgilangan jazoning oʻtalmagan qismidan ham koʻproq boʻlishi kerak.
Bunda ozodlikdan mahrum etish (uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish) tariqasidagi uzil-kesil jazo muddati yigirma besh yildan, voyaga yetmaganlar, oltmish yoshdan oshgan erkaklar hamda ayollarga nisbatan esa — oʻn besh yildan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Jinoyat kodeksi 60-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, agar hukmlardan biri boʻyicha umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan boʻlsa, uzil-kesil jazo yengilroq jazo turini umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash yoʻli bilan tayinlanadi”;
i) 58-bandidagi “JK 59-moddasining oltinchi qismi” soʻzlari “JK 59-moddasining sakkizinchi qismi” soʻzlariga almashtirilsin”.
2. Oliy sudi Plenumining 2001-yil 2-noyabrdagi “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini sud amaliyotida qoʻllash haqida”gi 25-sonli qarori
a) 4-band chiqarilsin;
b) 7-band chiqarilsin.
3. Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 11-sonli qarori
a) 11-band ikkinchi soʻzboshisi ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bu zararning koʻp yoki juda koʻp miqdorda ekanligi har bir muayyan ish boʻyicha tergov organi va sud tomonidan asoslantirilgan boʻlishi zarur”;
b) 18-band birinchi soʻzboshisi birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash (JK 184-moddasi) iqtisodiyot sohasida sodir etilayotgan eng xavfli jinoyatlardan hisoblanadi va bu har bir fuqaro tomonidan qonun bilan belgilangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdek konstitutsiyaviy burchlarini qasddan bajarmaslikda ifodalanadi”;
v) 19-band birinchi va ikkinchi soʻzboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoyat kodeksining 184-moddasi dispozitsiyasi blanket (havola qiluvchi) dispozitsiya boʻlib, “daromadlar”, “foyda”, “soliq toʻlanadigan obyektlar”, “soliqlar”, “majburiy toʻlovlar” kabi tushunchalarning mazmunini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga murojaat qilish lozim. Jumladan, Soliq kodeksining 12 va 23-moddalari soliq va majburiy toʻlovlar tushunchasini, 22-moddasi foyda tushunchasini yoritib beradi va h.k.”;
g) 24-bandidagi “6-bobi” soʻzlari “yigirma birinchi bobi” soʻzlariga almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi B. MUSTAFAYEV
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi V. NAZAROV
Toshkent sh.,
2010-yil 14-may,
07-son