24.09.1999 yildagi 18-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2018
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
8. FPKning 160-moddasiga muvofiq, sudya qilinishi lozim bo‘lgan aniq harakatlarni to‘liq ko‘rsatib, ishni sudda ko‘rishga tayyorlash haqida ajrim chiqarishga majbur.
ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning FPKning 34-moddasida belgilangan huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
da’vogardan da’volarni ajratish (FPK 157-moddasi) yoxud ularni birlashtirish va birgalikda ko‘rish (FPK 155, 156-moddalari) maqsadida shu yoki boshqa javobgarga nisbatan bir-biri bilan bog‘liq boshqa talablari bor-yo‘qligini aniqlashi;
FPKning 180-moddasi talablariga binoan sud majlisida amalga oshgan holda hal qilish uchun taraflardan kelishuv bitimi tuzish ehtimolini aniqlashi lozim.
11. Agar da’voni ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rmaslik hal qiluv qarorini ijrosini qiyinlashtiradigan yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘yadigan bo‘lsa, sudya FPKning 248-moddasiga muvofiq ishni sudda ko‘rishga tayyorlash davomida da’voni ta’minlash bo‘yicha choralar qo‘llashga haqli ekanligi sudlarga tushuntirilsin.
Shu jarayonda sudya dalillarni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rishi mumkin, chunki FPKning 61-moddasi sudga ariza berilgan vaqtdan boshlab sudya ularni ta’minlanishini nazarda tutadi.
FPKning 131-moddasida ko‘rsatilgan fuqarolik ishlarini ko‘rish muddatlari (tegishli ravishda o‘n kundan, yigirma kundan va bir oydan kechiktirmay) ishni sudda ko‘rishga tayyorlash tugatilgan kundan boshlab hisoblanadi.
13. Sudlar FPKning 92, 93-moddalari talablariga qattiq rioya qilishlari va qonunda ko‘rsatilgan asoslarga binoan ishlarni asossiz ravishda to‘xtatib turishga yo‘l qo‘ymasliklari lozim.
FPKning 22-moddasiga binoan bayonnoma raislik etuvchi va sud majlisi kotibi tomonidan sud majlisi tugagach, uch kundan kechiktirmay imzolanishi lozim. Sud majlisi bayonnomasini tuzish va imzolashga muddat belgilanishi sud protsessi ishtirokchilari o‘z vaqtida bayonnoma yuzasidan e’tiroz keltirishlari hamda sud qarori ustidan shikoyat qilishlarida muhim ahamiyatga egadir.