Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.09.2017 14.01.1999 yildagi 18-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.09.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh TIZIMIDA BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda aholi sogʻligʻi ustidan davlat nazoratini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 40-son, 413-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning joylardagi organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturiga muvofiq sogʻliqni saqlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga bepul tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning davlat tomonidan kafolatlangan darajasi va sifatini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqarishning barcha darajalarida aholiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimini tashkil etish va mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash tizimini mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmini takomillashtirish, shu jumladan davolash-profilaktika muassasalarining bosqichma-bosqich pulli xizmatlar koʻrsatishga oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy klinikalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda, barpo etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida xodimlari soni 43 nafardan iborat, hududiy tarkibiy boʻlinmalariga ega boʻlgan Nazorat inspeksiyasi tashkil etilsin, unga quyidagi funksiyalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash organlari, mulkchilik shakllari va mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, davolash-profilaktika, sanitariya muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalar tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilishni taʼminlash masalalariga doir qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari va davolash-profilaktika muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalar xodimlari tomonidan korrupsiya va suiisteʼmolchiliklarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlarini jalb etgan holda mablagʻ bilan taʼminlanadigan davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini xarid qilish, sotish va ulardan belgilangan maqsadda foydalanish jarayoni ustidan nazoratni tashkil etish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash tizimi xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlar va arizalarni koʻrib chiqish, qoida buzishlar va suiisteʼmolchiliklar hollari boʻyicha xizmat tekshiruvlari oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonunchilikni buzishayotgan sogʻliqni saqlash tizimi xodimlarini moddiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisida Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisida Nizom 4-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi shtatlarining hududiy taqsimlanishi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziriga vazirlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan xodimlar soni, mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organining Namunaviy nizomi hamda tuzilmasi 6 va 7-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki hafta muddatda, belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlari tuzilmasini va ular toʻgʻrisida nizomni ishlab chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi — tuman (shahar) markaziy kasalxonasi toʻgʻrisida Nizomni ishlab chiqsin, bunda markaziy tuman kasalxonasi (markaziy shahar kasalxonasi) oʻziga biriktirilgan hudud aholisiga shoshilinch tibbiy yordam berish hamda dastlabki tibbiy-sanitariya xizmati koʻrsatish vazifalarini bevosita hal qilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 14-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 40-son, 413-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
14-yanvardagi 18-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining maqomini, vazifalarini, funksiyalarini, vakolatlarini va uning faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) sogʻliqni saqlash davlat boshqaruvi markaziy organi hisoblanadi va u oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻz ishini respublikaning davlat boshqaruvi boshqa organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash masalalariga doir xalqaro shartnomalariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 285-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻz vakolatlari doirasida chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari, ularning shaharlar va tumanlardagi boʻlinmalari respublika sogʻliqni saqlash organlarining yagona tizimini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari ikki tomonlama — tegishli hokimlik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi boʻysunuvida boʻladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 285-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, tezkor boshqarish huquqi bilan alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob schyotlariga va boshqa schyotlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi salomatligini saqlash va yaxshilashni, sogʻlom avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlarni shakllantirishni, profilaktik sogʻliqni saqlashni rivojlantirishni, sogʻlom turmush tarzini keng ommalashtirishni taʼminlovchi davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning aholiga tibbiy-sanitariya xizmati koʻrsatishning davlat tomonidan kafolatlangan darajasida va sifatda malakali tibbiy xizmat olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishini, aholining koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarning barcha turlaridan teng bahramand boʻlishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish konsepsiyasini amalga oshirish, sogʻliqni saqlashning nodavlat sektorini, xususiy vrachlik amaliyotini rivojlantirish va tibbiy xizmatlar bozorini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqni isloh qilishning meʼyoriy-huquqiy negizini yaratish, sogʻliqni saqlashni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni ishlab chiqish va yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlashni boshqarishning barcha darajalarida aholiga favqulodda shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimini tashkil etish va mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni, shu jumladan tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan nogiron bolalarni va yolgʻiz keksa fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yuborishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksa fuqarolarni aniqlash va ularga yakka tartibdagi dasturlar boʻyicha, shu jumladan uyda parvarish qilish boʻyicha ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlar, shu jumladan nogiron bolalar, urush qatnashchilari, faxriylar, yolgʻiz keksalar va aholining boshqa zaif qatlamlari ehtiyojlariga muvofiq tibbiy-ijtimoiy yordam turlarini tanlash va taqdim etish, shu jumladan ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash maqsadida ular hisobini yuritish;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qaroriga asosan yettinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz tajribasini va eng yaxshi jahon yutuqlarini uygʻunlashtirish asosida tibbiyot fanini rivojlantirish strategiyasini va prognozlashni ishlab chiqish, ilmiy-tibbiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, fan, texnika va ilgʻor tajriba yutuqlarini sogʻliqni saqlash amaliyotiga joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi salomatligini muhofaza qilishga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sogʻliqni saqlashning maqsadli dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun budjetdan tashqari mablagʻlarni, xorijiy investitsiyalarni va xalqaro tashkilotlar mablagʻlarini jalb etish, davolash-profilaktika muassasalarini oʻzini-oʻzi mablagʻ bilan taʼminlashga bosqichma-bosqich oʻtkazishni taʼminlash, tibbiy sugʻurtani ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash, shu jumladan tibbiy yordam sohasida normativlar va standartlar tizimini yaratish, dori vositalari, tibbiy buyumlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish hamda ularga rioya etishni nazorat qilish;
(7-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini sanitariya-epidemiologiya jihatidan salomatligini hamda manfaatdor organlar bilan birgalikda respublika hududini karantin va oʻta xavfli infeksiyalardan muhofaza qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta tibbiy taʼlim tizimini, xalqaro aloqalarni rivojlantirish hamda sogʻliqni saqlash sohasida chet el tajribasidan va jahon standartlaridan foydalanish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun jamoatchilikni jalb etish.
(7-bandning oʻn ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 53-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan— OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 16-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING FUNKSIYALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish sohasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan birgalikda respublika sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish prognozlarini va maqsadli dasturlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasalliklarning oldini olish, tibbiy yordam, nogironlik, tibbiy ekspertiza boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash tizimi davolash muassasalari, shuningdek xususiy tibbiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi shaxslar tomonidan aholiga oʻz vaqtida malakali va sifatli tibbiy yordam koʻrsatilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy yordam sifati standartlarini va hajmini belgilaydi, tibbiy va farmatsevtik faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiradi.
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 285-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari va dezinfeksiya, sanitariya-gigiyena va parfyumeriya-kosmetika vositalarini hamda tibbiy buyumlarni, kuchli taʼsir qiluvchi va zaharli moddalarni, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni standartlashtirish va sertifikatsiyalashni, ularni ishlab chiqarishni va ulardan foydalanish tartibini nazorat qilishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari, dezinfeksiya vositalariga va boshqa tibbiy buyumlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganadi, talab va takliflar balansini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda shoshilinch tibbiy yordam xizmatining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda tusdagi avariya vaziyatlari va halokatlarni bartaraf etish respublika dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda foydalanish uchun belgilangan tartibda tibbiy buyumlar, dori vositalari, dezinfeksiya vositalari va zaxiralarini tashkil qiladi;
(8-bandning yettinchi — oʻninchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqumli va yuqumsiz, parazit kasalliklarning, shuningdek insonning yashashi va mehnat faoliyatiga noqulay taʼsir koʻrsatuvchi muhit omillari bilan bogʻliq boʻlgan kasb kasalliklarining oldini olishga doir ishlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor organlar bilan birgalikda boshqa davlatlar hududidan yuqumli va karantin kasalliklarning kirib kelishining oldini olish ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika yordami yoʻnalishlari va hajmlari, profilaktik emlash muddatlari va usullari toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy tashxis tizimini takomillashtiradi, respublika hududi boʻyicha tashxis xizmatlari tarmogʻini rivojlantiradi, ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlar tarmoqlarining faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-sonli qaroriga asosan 14-xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 285-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila, ona, ota va bolaga, shuningdek muhtoj shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish dasturini amalga oshirishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya normalarini, qoidalarini, gigiyena normativlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ularga rioya qilinishi ustidan davlat sanitariya nazoratini, shuningdek, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari ishiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash, qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibini belgilaydi;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga asosan oʻn yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud-tibbiy va sud-ruhiy ekspertizani taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, sanitariyaga oid qonun hujjatlari, davlat standartlari va sertifikatlash qoidalari talablarini tekshirish ishlariga isteʼmolchilar jamoat tashkilotlari vakillarini jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarning jamoat tashkilotlari taqdimnomalariga koʻra oʻziga qarashli laboratoriyalarda tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) xavfsizlik talablariga muvofiqligini shartnoma asosida sinovdan oʻtkazadi.
(8-bandning oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 53-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan— OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 16-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlar, shu jumladan nogiron bolalar, urush qatnashchilari, faxriylar, yolgʻiz keksalar va aholining boshqa zaif qatlamlariga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamning tabaqalashtirilishi va manzilligini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlar, shu jumladan nogiron bolalar, urush qatnashchilari, faxriylar, yolgʻiz keksalar va aholining boshqa zaif qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam berish davlat ijtimoiy siyosatini va bunday yordam mexanizmining ishlashi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda pensionerlar, nogironlar va yolgʻiz keksa fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, jumladan sanatoriy-kurortda davolanishga yoʻllanmalar va harakatlanishning maxsus vositalari berilishida qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda muhim ijtimoiy normalar va normativlar roʻyxatini aniqlaydi va ularning ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari ishtirokida nogironlar, shu jumladan nogiron bolalar, urush qatnashchilari, faxriylar, yolgʻiz keksalar va davlatning qoʻllab-quvvatlashiga muhtoj boʻlgan aholining boshqa zaif qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika, viloyat, tuman, shahar ijroiya hokimiyat organlari ishtirokida yolgʻiz keksa fuqarolar, nogironlar va davlatning qoʻllab-quvvatlashiga muhtoj boʻlgan aholining boshqa zaif guruhlariga ijtimoiy-maishiy yordamni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-ijtimoiy muassasalarda yashovchi keksa fuqarolarga va nogironlarga maishiy, tibbiy va madaniy xizmat koʻrsatishni tashkil etadi, ushbu muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolgʻiz keksa fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish xizmatlarining kompleks tarmoqlarini tashkil etadi va ular ishi ustidan nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarga, shu jumladan nogiron bolalar, urush qatnashchilari, faxriylar, yolgʻiz keksalar va aholining boshqa zaif qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam berish dasturlarini moliyalashtirish uchun mablagʻlarni jalb etish ishida nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorlik qilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolgʻiz keksa fuqarolarga, pensionerlarga va nogironlarga tibbiy-ijtimoiy yordam berish nodavlat xizmatlari tashkil etilishiga koʻmaklashadi va ular ishi ustidan nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlar, shu jumladan nogiron bolalar, urush qatnashchilari, faxriylar, yolgʻiz keksalar va aholining boshqa zaif qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam berish dasturlarini moliyalashtirish ehtiyojidan kelib chiqib amalga oshiriladigan idoraviy mansub tashkilotlar ishini, shu jumladan ularning tijorat faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni reabilitatsiya qilish ishiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish bosqichi sifatida nogironlarning jismoniy tarbiya va sport harakati rivojlanishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ehtiyojmand shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan taʼminlashni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni va pensiya yoshidagi shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qaroriga asosan yigirma birinchi — oʻttiz oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy statistika va axborotlashtirish sohasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqni axborotlashtirish tizimini shakllantirishni taʼminlaydi, sogʻliqni saqlashda statistikani yuritish ishlarini tashkil qiladi, sogʻliqni saqlash tizimida statistik hisobga olish va hisobot tartibiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, statistik axborotlarning ishonchliligini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot va moliya sohasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tizimida iqtisodiyot va moliya ishlarini tashkil qiladi, tibbiyot muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladigan xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlaydi, tizim xodimlari mehnatini normalash va unga haq toʻlashni tashkil qilishni takomillashtirish tadbirlarini roʻyobga chiqaradi;
(8-bandning qirqinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi muassasa va tashkilotlarda faoliyatni tahlil qiladi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritishga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, budjet mablagʻlaridan belgilangan maqsadda va samarali foydalanishni nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash boʻyicha maqsadli dasturlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun mablagʻlarni jalb etish ishlarida davlat, jamoat, xayriya tashkilotlari va jamgʻarmalarining, muassasa va korxonalarning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolash-profilaktika muassasalarining xizmat koʻrsatishning pulli shakllariga bosqichma-bosqich oʻtishini va tibbiy sugʻurtani joriy qilgan holda, sogʻliqni saqlashni mablagʻ bilan taʼminlash tizimini takomillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni, xalqaro tashkilotlar, jamgʻarmalar mablagʻlarini jalb etish ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash sohasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqni kadrlar bilan taʼminlash dasturini ishlab chiqadi va roʻyobga chiqaradi, sogʻliqni saqlashda tegishli yoʻnalishlar va ixtisosliklar boʻyicha tibbiyot kadrlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydi hamda ularni tayyorlashni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Vazirlik va uning hududiy organlari kadrlar tarkibini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlaydi, vrach xodimlarning, shu jumladan klinik ordinatura orqali malakasini oshirish va kasbiy darajasini takomillashtirishni amalga oshiradi, shuningdek rahbar xodimlarning malakaviy tarkibi hamda kasbiy darajasi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, kasbiy tayyorgarligi va malakasi boʻyicha egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan ularni attestatsiyadan oʻtkazadi, sogʻliqni saqlash boshqarmalari birlamchi boʻgʻini va hududiy organlari rahbarlarining doimiy ravishda malakasini oshirish hamda kasbiy darajasini oshirish tizimini yaratadi, vrachlar, farmatsevtlar va boshqa tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirishni nazorat qiladi hamda malaka toifalari berish uchun ularni attestatsiyadan oʻtkazadi.
(8-bandning 31 xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 285-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar tibbiyot va farmatsevtika taʼlim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi, ular faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlaydi va nazorat qiladi;
(8-bandning qirq toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash tizimida ixtisosliklar nomenklaturasini belgilaydi, Vazirlik nomenklaturasidagi lavozimlarga kadrlar tanlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlashni boshqarish sohasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tasarrufidagi muassasalar, tashkilotlar va korxonalar tuzilmasini takomillashtirishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi sogʻliqni saqlash boshqaruv organlari faoliyatiga uslubiy rahbarlikni, uni nazorat qilishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni qonunda belgilangan tartibda tashkil qiladi, qayta tashkil etadi va tugatadi, ular toʻgʻrisidagi nizomlar va ustavlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, tarmoqning yangi tashkilotlari va muassasalarini qurish, ishlab turganlarini rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash dasturlarini ishlab chiqishni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sohasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tibbiy tadqiqotlarni rivojlantirishni va ularning samaradorligini oshirishni, fan, texnika va ilgʻor tajriba yutuqlarini tibbiyot amaliyotiga joriy etishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlar natijalarini ekspertizadan oʻtkazadi, muassasalarga, tashkilotlarga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga sogʻliqni saqlashning dolzarb muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar yuzasidan buyurtmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqni rivojlantirishning muhim muammolarini hal etishda xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantiradi va kengaytiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada xalqaro tadbirlar (simpoziumlar, konferensiyalar, koʻrgazmalar va shu kabilar) oʻtkazishni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy va ilmiy markazlarda tarmoq mutaxassislari tayyorlashni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro, davlatlararo sogʻliqni saqlash tashkilotlarida respublika nomidan vakillik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda ilmiy, uslubiy adabiyotlar va axborotlarni nashr etadi va Vazirlik boʻlinmalarini ular bilan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq xavfli yuklar, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chogʻida xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi.
(8-bandning qirq oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1 maydagi 150-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan — OʻR QHT, 2002-y., 9-son, 66-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING HUQUQLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlikka quyidagi huquqlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining respublikada sogʻliqni saqlashni rivojlantirish, isloh qilish va uni boshqarishni takomillashtirish, tibbiyot muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, malakali tibbiyot kadrlari tayyorlash, sogʻliqni saqlash xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi boshqaruv va davlat hokimiyati organlaridan, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan Vazirlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayʼat majlislarida, tashkiliy-huquqiy shakllaridan va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, sogʻliqni saqlash tizimi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha axborotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va yondash davlatlardagi sanitariya-epidemiologik vaziyat bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurash komissiyasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari mablagʻlardan xodimlarning samarali mehnatini ragʻbatlantirishda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga tegishli muammolarni hal qilishga ilmiy muassasalarni, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sogʻliqni saqlash tuzilmalarining, shu jumladan qoʻshma korxonalarning faoliyatini, ular tomonidan tibbiy-sanitariya standartlari talablarining hamda aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatining taʼminlanishini oʻrganish va ularga baho berish;
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va bank hamda boshqa kredit muassasalarida qonunchilikda belgilangan tartibda valyuta schyotlariga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi muassasalarning amaldagi qonunchilikka xilof ravishda chiqarilgan buyruqlarini bekor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan vazir boshchilik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir Vazirlikka yuklangan vazifalarning bajarilishi va funksiyalarning amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va unga qarashli muassasalar, tashkilotlar, taʼlim muassasalari va korxonalar faoliyatiga rahbarlik qiladi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida buyruqlar, yoʻriqnomalar chiqaradi hamda oʻziga qarashli barcha tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, shuningdek sogʻliqni saqlashning hududiy organlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi va ularning ijrosini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tasarrufiga kiritilgan masalalar boʻyicha normativ hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir oʻrinbosarlari va Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining ular zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida markaziy apparat tuzilmasini va shtat jadvalini, Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, Vazirlikka qarashli muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning nizomlari va ustavlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik markaziy apparati xodimlarini va Vazirlikka qarashli muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning rahbarlarini belgilangan nomenklaturaga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlarini, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bosh vrachini, shuningdek viloyatlar tibbiy tashxis markazlari, tibbiy-ijtimoiy muassasalar tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarini tegishli hudud hokimining tavsiyasiga koʻra lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik markaziy apparati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish shartlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni faxriy unvonlar va mukofotlar berishga belgilangan tartibda taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlikda Vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik faoliyatining aholi salomatligini saqlash va yaxshilashni, sogʻlom avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlarni shakllantirishni, profilaktik sogʻliqni saqlashni rivojlantirishni, sogʻlom turmush tarzini keng ommalashtirishni taʼminlovchi davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, fuqarolarning aholiga tibbiy-sanitariya xizmati koʻrsatishning davlat tomonidan kafolatlangan darajasida va sifatida malakali tibbiy xizmat olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishini, aholining koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarning barcha turlaridan teng bahramand boʻlishini taʼminlash boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarni tayyorlash va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda Vazir paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sogʻliqni saqlash muammolarini ilmiy tahlil qilish uchun Vazirlikda konsultativ-ekspert kengashi tashkil etiladi. Kengash tarkibiga yetakchi olimlar va yuqori malakali mutaxassislar kiradi. Konsultativ-ekspert kengashi tarkibi va uning toʻgʻrisidagi nizom Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 285-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
14-yanvardagi 18-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nazorat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida tashkil etiladi va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziriga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Nazorat inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida hududiy boʻlinmalari boʻladi, ular boshqaruvning vertikal tizimiga ega boʻladilar va oʻz faoliyatida bevosita Nazorat inspeksiyasi boshligʻiga boʻysunadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining normativ hujjatlariga, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. NAZORAT INSPEKSIYASINING ASOSIY VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Nazorat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash organlari, mulkchilik shakllaridan va mablagʻ bilan taʼminlanish manbalaridan qatʼi nazar, profilaktika va sanitariya muassasalari tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilishni taʼminlash masalalari boʻyicha qonunchilik va normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolash-profilaktika muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalar boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan korrupsiya hamda suiisteʼmolchiliklarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan jalb etilgan mablagʻlar bilan taʼminlanadigan davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalari va tibbiy buyumlarni xarid qilish, sotish hamda ulardan belgilangan maqsadda foydalanish ustidan nazoratni tashkil qilish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonunchilikni buzishayotgan sogʻliqni saqlash tizimi xodimlarini maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. NAZORAT INSPEKSIYASINING FUNKSIYALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Nazorat inspeksiyasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash, davolash-profilaktika muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalar boshqaruv organlarining aholining malakali tibbiy xizmat olish boʻyicha konstitutsion huquqlariga hamda fuqarolarning salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi masalalari yuzasidan oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarishga doir faoliyatini nazorat qilish va tekshirishni amalga oshiradi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqadi va oʻrganadi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari buzilishi hollari boʻyicha xizmat tekshirishlarini oʻtkazadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dorixona, davolash-profilaktika muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalarda budjet mablagʻlaridan foydalangan holda dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotib olishda, sotishda hamda ulardan belgilangan maqsadlarda foydalanishda belgilangan tartibga rioya qilinishi ustidan, shu jumladan favqulodda taftishlar oʻtkazish yoʻli bilan, nazoratni amalga oshiradi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirishlar chogʻida fuqarolar salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya qilish masalalaridagi buzilishlardan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini xizmat yuzasidan tekshirishlar natijalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirini xabardor qiladi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyruqlar loyihalarini tayyorlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hayʼatiga qonunchilik talablari borasida aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish, salomatlikni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya qilishmagan sogʻliqni saqlash xodimlarini moddiy, maʼmuriy va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa turdagi javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash, davolash-profilaktika muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalarni boshqarish organlarida moliya-xoʻjalik faoliyatini birgalikda taftish qilish uchun oʻz ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi bilan muvofiqlashtirib boradi.
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. NAZORAT INSPEKSIYASINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Nazorat inspeksiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining topshirigʻiga binoan yoki tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq inspeksiya guruhlarini sogʻliqni saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya qilinishi masalalari boʻyicha tekshirish va taftishlar oʻtkazish uchun yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha darajalardagi sogʻliqni saqlash organlarida, davolash-profilaktika muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalarda ularning faoliyatiga taalluqli hujjatlarni tekshirish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarish chogʻida davolash-profilaktika muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalarning barcha binolariga, belgilangan kirish tartibiga rioya qilgan holda, qarshiliksiz kirish;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalarini, tibbiy buyumlarni xarid qilish va sotish, shuningdek cheklangan savdo ustamalari qoʻllanishi yuzasidan nazorat va taftishlarni amalga oshirish;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash organlari va davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslardan qonunchilik talablarining buzilishi faktlari boʻyicha yozma tushuntirishlar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyati bilan kelishgan holda, boshqa tarkibiy boʻlinmalar mutaxassislarini tekshirishlarda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hayʼati materiallarini va vazirlik buyruqlarini tayyorlashda qatnashish uchun jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Nazorat inspeksiyasi quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonunchilik va normativ hujjatlar talablarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat siriga va amalga oshirilayotgan ishlarning maxfiylik rejimiga, oʻtkazilayotgan tekshirish va taftishlarning oshkor qilinmasligiga qatʼiyan rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash boshqaruv organlari, tekshirilayotgan davolash-profilaktika, tibbiy-ijtimoiy muassasalar va dorixona muassasalari faoliyatining malakali, xolisona, asosli baholanishini taʼminlash.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. NAZORAT INSPEKSIYASI IShLARINI TAShKIL ETISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi tarkibi belgilab qoʻyiladi hamda oliy yuridik, tibbiy, farmatsevtik va iqtisodiy maʼlumotga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan butlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nazorat inspeksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tayinlaydigan boshliq boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Nazorat inspeksiyasi xodimlari inspeksiya boshligʻining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tasdiqlaydigan yillik rejalar boʻyicha amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Nazorat inspeksiyasi xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish 2 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. Attestatsiyani oʻtkazish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. NAZORAT INSPEKSIYASI XODIMLARINING JAVOBGARLIGI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Nazorat inspeksiyasi xodimlari lavozimi boʻyicha qoida buzilishlari uchun amaldagi qonunchilik bilan belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
14-yanvardagi 18-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi shtatlarining hududiy taqsimlanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Nomi‎‏

Shtatdagi xodimlar soni, jami‎‏

shu jumladan‎‎

Inspeksiya boshligʻi‎

bosh nazoratchi‎

dori-darmon vositalari va tibbiyot texnikasi boʻyicha bosh nazoratchi‎

yetakchi nazoratchi yurist‎

yetakchi nazoratchi‎

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ‎

‎‎5

‎1‎

‎1

‎1‎

‎1‎

‎1‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ‎

‎‎3

‎1‎

‎1‎

‎—‎

‎1‎

‎‎—‎

Sogʻliqni saqlash viloyat boshqarmalari:‎

Andijon viloyati ‎

‎3 ‎

1‎

‎1

‎—‎

‎1

‎‎—‎

Buxoro viloyati‎

‎‎3

1‎

‎1

‎—‎‎

‎1‎‎

‎—‎‎

Jizzax viloyati‎

‎2

‎1

‎‎—‎

‎‎—‎

1

‎‎—‎

Qashqadaryo viloyati‎

‎‎3

‎1

1‎

‎‎—‎

‎1

‎—‎‎

Navoiy viloyati‎

2‎

‎1

‎—‎

‎—‎‎

‎1

‎—‎‎

Namangan viloyati‎

‎3 ‎

‎1

‎1

‎—‎‎

1‎

‎‎—‎

Samarqand viloyati‎

‎‎3

‎1

‎1

‎‎—‎

‎1

‎‎—‎

Surxondaryo viloyati‎

‎3 ‎

‎1

1‎

‎‎—‎

‎1

��—‎‎

Sirdaryo viloyati‎

‎2

‎1

‎‎—‎

‎‎—‎

1‎

‎—‎‎

Toshkent viloyati‎

‎‎3

‎1

‎1

‎‎—‎

‎1

‎—‎‎

Fargʻona viloyati‎

‎3 ‎

‎1

‎1

‎‎—‎

‎1

‎—‎‎

Xorazm viloyati‎

‎2

‎1

‎‎—‎

‎‎—‎

‎1

‎—‎‎

Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi‎

‎‎
‎3

‎1

‎1‎

‎‎—‎

‎1

‎‎—‎‎

Jami‎

‎43

‎15

‎11

1‎

15‎

1‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
14-yanvardagi 18-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM

1. Mazkur Nizom “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organi maqomini, vazifalarini, funksiyalarini, vakolatlarini va uning faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sogʻliqni saqlashni boshqarish organi (keyingi oʻrinlarda Boshqarma deb ataladi) respublika sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari yagona tizimidagi hududiy boʻgʻin hisoblanadi va u oʻz faoliyatida tegishli hokimlikka va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqarma oʻz ishini davlat boshqaruvi boshqa organlari va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Sogʻliqni saqlash vazirligining normativ hujjatlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hujjatlariga, boshqa normativ hujjatlarga va mazkur Nizomga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 285-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Boshqarma, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, tasarrufidagi hududda joylashgan sogʻliqni saqlash muassasalarining oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib boradi va nazorat qiladi, sogʻliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini hamda tartibga solishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Boshqarma budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadi, yuridik shaxs hisoblanadi, tezkor boshqarish huquqi bilan alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob schyotlariga va boshqa schyotlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. BOShQARMANING ASOSIY VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi hududda sogʻliqni saqlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar salomatligini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikning bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga tibbiy va tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil qilish, tasarrufidagi hududda onalik va bolalikni muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ular tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifati, budjet mablagʻlaridan belgilangan maqsadda va samarali foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktik sogʻliqni saqlashni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini keng ommalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi hududda sogʻliqni saqlashni boshqarishning barcha darajalarida aholiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimini tashkil qilish va mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, maqsadli dasturlarni amalga oshirish asosida sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlashni texnika bilan qayta jihozlash va uning moddiy bazasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, tashxis qoʻyishga, bemorlarni davolash va sogʻlomlashtirishga zamonaviy texnologiyalar va texnika vositalarini joriy etish; fan, texnika va ilgʻor tajriba yutuqlarini tibbiyot amaliyotiga joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini tayyorlash hamda ularning kasbiy darajasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sogʻliqni saqlash tuzilmalari faoliyatini rivojlantirishga va tashkil qilishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalarni, xalqaro tashkilotlar, jamgʻarmalar va jamoat tashkilotlari mablagʻlarini sogʻliqni saqlash tizimiga jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy xizmatlar koʻrsatishda diagnostika va davolashda yagona standartlarni joriy etish, shuningdek ularga tibbiyot muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalarda rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
(6-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududlarda joylashgan tibbiyot muassasalari tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish;
(6-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samarali sanitariya-epidemiologiya nazoratini taʼminlash, yuqumli va oʻta xavfli kasalliklar tarqalishining oldini olish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilada tibbiy madaniyatni oshirish boʻyicha aholi oʻrtasida profilaktika ishlarini amalga oshirishni tashkil qilish”;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 285-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolgʻiz keksalar, nogironlarni va aholining boshqa zaif qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha amaliy va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy xizmat koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy bazasini mustahkamlash.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. SOGʻLIQNI SAQLASh BOShQARMASINING FUNKSIYALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sogʻliqni saqlash boshqarmasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi hududda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, ularni amalga oshirishda davlat, jamoat tuzilmalarining va boshqa tuzilmalarning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga dastlabki tibbiy va tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil qiladi, undan barchaning bahramand boʻlishini taʼminlaydi, tibbiy va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sifatining tibbiy-sanitariya standartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muntazam nazoratdagi bemorlar kontingentining tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasallanish profilaktikasini takomillashtirish va aholiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, tibbiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi butun hududda aholiga favqulodda shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqumli, parazit kasalliklarning, shuningdek insonning yashashiga noqulay taʼsir koʻrsatuvchi muhit omillari bilan bogʻliq boʻlgan kasalliklar va boshqa kasalliklarning oldini olishga doir ishlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatini rivojlantiradi, sud-tibbiy ekspertizani va sud-ruhiy ekspertizani taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar xodimlarning malakaviy tarkibi va kasbiy saviyasi ustidan nazoratni amalga oshiradi, tibbiyot muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalarni yuqori malakali kadrlar bilan butlashni va vrachlar, farmatsevtlar va tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirishni taʼminlaydi;
(7-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqarma nomenklaturasidagi lavozimlarga kadrlar tanlashni amalga oshiradi va Boshqarmani yuqori malakali kadrlar bilan butlashni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan, texnika va ilgʻor tajriba yutuqlarini tibbiy amaliyotga joriy etishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy va moliyaviy ishlarni tashkil qiladi, tasarrufidagi muassasalar faoliyatini tahlil qiladi, shuningdek budjet mablagʻlaridan samarali va belgilangan maqsadda foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlashda statistikani yuritish ishlarini tashkil qiladi, tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalarda statistik hisobga olish va hisobot tartibotiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, statistik axborotlarning ishonchliligini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqarma tasarrufidagi muassasalar va tashkilotlar tuzilmasini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshiradi, tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi, qayta tashkil etadi va tugatadi, ular toʻgʻrisidagi nizomlar va ustavlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi hududda sogʻliqni saqlash muassasalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, sogʻliqni saqlashning nodavlat (xususiy) sektorini rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi shart-sharoitlar yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli favqulodda vaziyatlar va halokatlarni bartaraf etish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi, odamlarning hayotini saqlash va salomatligini muhofaza qilishga, fuqarolarni favqulodda vaziyat hududidagi vaziyat va koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida xabardor qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi, Boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar faoliyatidagi qonunchilik buzilishlarini, kamchiliklarni bartaraf etishga doir zarur chora-tadbirlarni koʻradi;
(7-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda xalqaro aloqalarni, sogʻliqni saqlash sohasidagi chet el tajribasini oʻrganishni va undan foydalanishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat, tuman, shahar ijroiya hokimiyat organlari ishtirokida yolgʻiz keksa fuqarolarga, nogironlarga va davlatning qoʻllab-quvvatlashiga muhtoj boʻlgan aholining boshqa guruhlariga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy taʼminlash muassasalarida (“Muruvvat” va “Saxovat” uylarida, pansionatlar, sanatoriylarda) yashovchi keksa fuqarolar va nogironlarga maishiy, tibbiy va madaniy xizmat koʻrsatishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga tibbiy-ijtimoiy yordam berish dasturlarini moliyalashtirish uchun mablagʻlarni jalb etish ishida nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorlik qilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tashkilotlar ishini, shu jumladan ularning aholiga tibbiy-ijtimoiy yordam berishni moliyalashtirish ehtiyojidan kelib chiqib amalga oshiriladigan tijorat faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni reabilitatsiya qilish ishiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish bosqichi sifatida ularning jismoniy tarbiya va sport harakati rivojlanishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan buyurtmalarga muvofiq maxsus harakatlanish vositalari, ishlab chiqarish va maishiy tusdagi moslamalar, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ularni parvarish qilishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarishga buyurtmalarni amalga oshiradi;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qaroriga asosan oʻn toʻqqizinchi — yigirma beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. SOGʻLIQNI SAQLASh BOShQARMASINING HUQUQLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi muassasalarda sogʻliqni saqlashni rivojlantirish, ishlarni takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, malakali tibbiyot kadrlari tayyorlash masalalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun vakolatli organlarga belgilangan tartibda kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatiga kiruvchi sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha konferensiyalar, seminarlar, kengashlar, uchrashuvlar oʻtkazish, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan Boshqarmaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotlarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy kengash majlislarida, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, sogʻliqni saqlash muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha axborotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish uchun hokimlik huzuridagi Favqulodda epidemiyaga qarshi kurash komissiyasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga tegishli muammolarni hal qilishga ilmiy muassasalarni, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va bank hamda boshqa kredit muassasalarida qonunchilikda belgilangan tartibda valyuta schyotlariga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari mablagʻlardan xodimlarning samarali mehnatini ragʻbatlantirishda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi muassasalarning amaldagi qonunchilikka xilof ravishda chiqarilgan buyruqlarini bekor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. BOShQARMA IShLARINI TAShKIL ETISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sogʻliqni saqlash boshqarmasiga tegishli hudud hokimi tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshliq Boshqarmaga yuklangan vazifalar bajarilishi va uning oʻz funksiyalarini amalga oshirishi uchun shaxsan javob beradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 285-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Boshqarma boshligʻi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqarmaga va unga qarashli muassasalar, tashkilotlar, korxonalar faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida buyruqlar, yoʻriqnomalar chiqaradi hamda oʻziga qarashli barcha muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi va ularning ijrosini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, Boshqarmaga qarashli tashkilotlar va muassasalar nizomlari va ustavlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqarma apparati xodimlarini va oʻziga qarashli tashkilotlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan nomenklaturaga muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqarma apparati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish shartlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni faxriy unvonlar va mukofotlar berishga belgilangan tartibda taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Boshqarmada boshliq — tibbiy kengash raisi, lavozimiga koʻra uning oʻrinbosarlari, shuningdek sogʻliqni saqlash muassasalarining boshqa rahbarlari — kengash aʼzolari boʻlgan tibbiy kengash tashkil etiladi. Aʼzolarning shaxsiy tarkibi tegishli hokimlik tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tibbiy kengash maslahat organi hisoblanadi hamda oʻz majlislarida tasarrufidagi hududda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishning va Boshqarma, shuningdek uning tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar faoliyatining, kadrlar tanlash va ularni joy-joyiga qoʻyish, qabul qilingan qarorlar bajarilishini tekshirishning asosiy masalalarini koʻrib chiqadi, Boshqarma tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining, tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar rahbarlarining axborotlarini eshitadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy kengash qarorlari Boshqarma boshligʻining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 40-son, 413-modda)