Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.06.2021 24.01.2000 yildagi 20-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.06.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OZON QATLAMINI HIMOYA QILISh SOHASIDAGI ShARTNOMALAR BOʻYIChA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO MAJBURIYATLARINI BAJARISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 126-sonli “Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 11-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozon qatlamini himoya qilish toʻgʻrisidagi 1985-yilgi Vena konvensiyasiga (keyingi oʻrinlarda Vena konvensiyasi deb ataladi) va Ozon qatlamini buzuvchi moddalar boʻyicha 1987-yilgi Monreal protokoliga (keyingi oʻrinlarda Monreal protokoli deb ataladi) binoan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini taʼminlash hamda ozonni buzuvchi moddalarni chiqarib tashlashni tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan Ozonni buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish milliy dasturi (keyingi oʻrinlarda Milliy dastur deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-son ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Milliy dasturda nazarda tutilgan loyihalar boʻyicha xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash asosan Global ekologik jamgʻarma grantlari hisobiga amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisiga Milliy dasturda nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirishga oid hujjatlarni imzolash huquqi berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Milliy dasturni amalga oshirish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga yuklatilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-sonli qaroriga asosan 2018-yil 13-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/17/0552-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda korxonalar va tashkilotlarning ozonni buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatishga qaratilgan harakatlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishgan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ozonni buzuvchi moddalarga boʻlgan ehtiyoji va ulardan foydalanishi toʻgʻrisidagi idoraviy statistika hisobotini 2000-yil 1-yanvardan boshlab joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar ozonni buzuvchi moddalarning oʻrnini bosuvchi moddalardan foydalanishga oʻtish sohasida, ayniqsa mahalliy resurslardan foydalangan holda, istiqbolli ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlasinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi ommaviy axborot vositalarida Milliy dastur maqsad va vazifalari tushuntirilishini taʼminlasinlar, ozonni buzuvchi moddalarni siqib chiqarish va ularni ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirish ishlarining borishini yoritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar va xizmatlar) roʻyxati 5-ilovaga* muvofiq toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 5-son ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 24-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-son