Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2022 13.02.2015 yildagi 26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq majburiyatlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasidan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qarorini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2015-yil 1-yanvardan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun, shuningdek fermer xoʻjaliklari uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foizdan 15 foizgacha pasaytirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, mikrofirmalar va kichik korxonalar, fermer xoʻjaliklari bundan mustasno, 2015-yil 1-yanvardan boshlab yagona ijtimoiy toʻlovni belgilangan stavka boʻyicha, biroq har bir xodimga bazaviy hisoblash miqdorining 65 foizidan kam boʻlmagan miqdorda hisoblaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklari uchun yagona ijtimoiy toʻlovni belgilangan stavka boʻyicha, biroq har bir xodimga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda hisoblash tartibi saqlanib qoladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qaroriga muvofiq, shunday tartib oʻrnatiladiki, unga koʻra shtatdagi xodimlarining 50 foizi nogironligi boʻlgan shaxslardan tashkil topgan nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari korxonalari jami xodimlarining mehnatiga haq toʻlash fondi uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 4,7 foiz miqdorida belgilanadi va yagona ijtimoiy toʻlov summasi belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 840-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/840/2079-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 13-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 7-son, 79-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/840/2079-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)