20.01.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2650
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 20.01.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2650
Kuchga kirish sanasi
26.01.2015
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON “OʻZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi punktlaridagi suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish tizimlaridan foydalanishda ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 20-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2650]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi va 2013-yil 6-noyabrdagi 300-son “Respublikaning issiqlik va suv bilan taʼminlash tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aholi punktlaridagi suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish tizimlaridan foydalanishda ishlar xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor v. b. O. AXMEDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 26-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining 2014-yil 26-dekabrdagi 140-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi punktlaridagi suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish tizimlaridan foydalanishda ishlar xavfsizligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar aholi punktlaridagi suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish tizimlaridan foydalanish tashkilotlari xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar aholi punktlaridagi suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish tizimlari tashkilotlari (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalar talablari ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnologik jarayonlarni va sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlash hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarni oʻtkazish dasturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi. Tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-2014 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishlari lozim.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchov natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tashkilotlar oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan rezervuarlar, elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar oʻta xavfli kasblar roʻyxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar oʻta xavfli ishlar roʻyxatiga kiritilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini meʼyorlashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik elektr toklar urishidan hamda uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratidan himoya qilish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tashkilot xodimlari Uy-joy-kommunal xoʻjaligi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalariga (roʻyxat raqami 2275, 2011-yil 6-oktabr) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi himoya vositalarining nomenklaturasi va zarur miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularning degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Kasbiy tanlov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq zarur maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Bosim ostida va boshqa oʻta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir, zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish shart-sharoitlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyenaga, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish, unga yoʻl-yoʻriq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoaviy himoya vositalarining sozligi va xodimlarning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) talablari asosida amalga oshirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tashkilot rahbariyati oʻz xodimlarining majburiy tibbiy koʻriklardan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Xodimlarni sogʻligʻining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qoʻyish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
(40-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar tegishli normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-§. Tashkilot maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining koʻrinarli qismiga osib qoʻyilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Maydonlardagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Yozgi mavsumda yoʻlkalar va oʻtish joylariga suv sepilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Qishki mavsumda yoʻlkalar va oʻtish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Yoʻlovchilar uchun moʻljallangan yoʻlaklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m boʻlib, yon tomonlari devorcha va toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Tashkilot hududida har kuni tozalab, dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Tashkilotning hududi chegara boʻylab toʻsilgan boʻlishi va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari, yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda yordamchi binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Muntazam ishlashga moʻljallangan xonalarning pollariga yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi, mazkur pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq boʻlishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari koʻrsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ish jarayoni halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi va u yerdagi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinlarni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Kirish va chiqish yoʻllari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-2014 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-2004 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari oʻtish yoʻlaklarining kengligiga qoʻyilgan talablarni buzmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 21o S, oʻrtacha ogʻir ishda 17o S va ogʻir ishda 16o S dan past boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalardagi havo harorati 22o S dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalargacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(14-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi zarur.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Ichimlik suvi OʻzDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq boʻlishi, uning harorati 8o S dan 20o S gacha boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar oʻrnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi zarur. Yorugʻlik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marta tozalanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Yorugʻlik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi boʻlgan gaz va chang konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli mavjud boʻlsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajratilib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlar, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorongʻi paytida yoritilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan taʼminlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar boʻshatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Ish jarayonlariga qoʻyiladigan xavfsizlikning umumiy talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-2014 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Ishlab chiqarish jarayonlari. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar”ga muvofiq tashkil etilishi kerak.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlarning xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali taʼminlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat koʻrsatish tartibidagi ish turlari va usullarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologik jarayonlar natijasida atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishi va zararli omillarning tegishli meʼyorlaridan ortiq darajada tarqalishining oldini olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Texnologik jarayonlarni amalga oshiruvchi uskunalar ketma-ketligi blokirovka (avtomatik toʻxtatib qoʻyish) tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Uskuna avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorugʻlik signallari boʻlishi kerak. Signal elementlari (elektr qoʻngʻiroq, oʻchib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Avtomatlashtirilgan liniyalar ogohlantiruvchi yorugʻlik signali berish moslamasiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomatlashtirilgan liniya toʻxtatilgandan soʻng, uni ovozli va yorugʻlik signali bermasdan ishga tushirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Texnologik jarayonlarni amalga oshiruvchi uskunalar ular ishga yaroqli, nazorat-oʻlchash asboblari va blokirovka (avtomatik toʻxtatib qoʻyish) tizimi soz holatda boʻlganida ishga tushirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Barcha tarmoqlarda texnologik jarayonlar xavfsiz bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Tashkilotlarda texnologik jarayonlarni amalga oshiruvchi barcha uskunalarning texnik hujjatlari (pasporti, chizmasi va ishlatishga doir qoʻllanmasi) boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Texnologik uskunalarga tashkilot rahbari tomonidan mazkur ishni bajarish topshirilgan xodim tomonidan xizmat koʻrsatilishi lozim. Begona shaxslarning ishlab chiqarish joylarida boʻlishlariga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Ishlab chiqarish joylaridagi yoʻlaklarga xom ashyo, tayyor mahsulot va chiqindilarni joylashtirish (qoldirish) taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Barcha ishlab chiqarish joylarida mexanizmlarni tozalash va ish joylarini tartibga keltirish uchun zarur jihozlar boʻlishi lozim. Uskuna ishlab turganda uni artish, sozlash, taʼmirlash va chiqindilarni olib tashlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Ishlab turgan uskunalar joylashgan joylar zarur toʻsiqlar, himoya va saqlovchi moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ish joylari va ishlab chiqarish binolariga begona shaxslarning kirishiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda yongʻin va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Belgilangan tartibda sinovdan oʻtkazilmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarishda qoʻllash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
(105-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan uskunalar va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi belgilar boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va ularga yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatishda va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega boʻlishi talab etiladi. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi boʻyicha komissiyada sinovdan oʻtishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr qurilma va tarmoqlarda rejali taʼmirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiya sarfining hisobi olib borilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalari va yongʻinga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning oʻz vaqtida sinovdan oʻtkazib turilishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa, suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qoʻllaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Kabellar va elektr simlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va oʻlchash asboblari orqali tekshirib turilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Elektr apparatlari va agregatlarining nollash va yerga ulash simlari butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Quyidagi elektr qurilmalari nollanishi yoki yerga ulanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuchlanishi 380 V undan yuqori boʻlgan oʻzgaruvchan elektr tok hamda 440 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgarmas elektr tokda ishlovchi barcha elektr qurilmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past boʻlgan oʻzgaruvchan elektr tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past oʻzgarmas elektr tokda ishlovchi yuqori xavfli tashqi qurilmalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Nominal kuchlanishi 42 V gacha boʻlgan oʻzgaruvchan elektr tokda va 110 V gacha boʻlgan oʻzgarmas elektr tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nollash yoki yerga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga oʻrnatilgan nazorat kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi boʻlgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi choʻlgʻamalari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning gʻiloflari, asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻr bilan oʻralgan va toʻr yerga ulangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Xlordan foydalanishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. Xlorni ishlatadigan har bir obyekt boʻyicha xlorning kelib tushishini hisobga olish, xlorni tekshirish, avariyali vaziyatlarni lokallashtirish boʻyicha mashq mashgʻulotlarini oʻtkazish daftarlari yuritilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Suv taʼminoti va suvni chiqarish tizimlarining har bir ishlab chiqarish tashkilotlarida xlordan foydalanishga masʼul xodim buyruq asosida tayinlanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130. Suyuq xlordan foydalanuvchi uni saqlovchi har bir tashkilotda rejali-ogohlantiruv taʼmirlash ishlari jadvali, xlordan foydalanish uskunalarining texnik kuzatuvlari va sinov ishlari qatʼiy va oʻz vaqtida bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalarda xlorning chiqib ketishi bilan bogʻliq ehtimoliy avariya holatlarini bartaraf etish, bunday hollarda xodimlarning harakatlari toʻgʻrisida aniq koʻrsatmalar boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Xlor omboriga, shuningdek xlorlagich xonaga kirish oldidan navbatchi xodim shamollatish tizimi ishlashining sozligi va xonalarda gaz yoʻqligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132. Ombordan bochka va ballonlar, xlordozator xonalariga maxsus zambillarda yoki tegishli idish uchun qirqimi bor boʻlgan taglikli aravalarda tashiladi. Ballonlarni xlordozator xonalariga qoʻlda tashish, shuningdek bochka va ballonlarni dumalatishga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133. Xlorli ballonlar va bochkalardan dozalash tizimiga oʻtkazishdan oldin jihozning tayyorligini, shu jumladan bugʻlatgichlarni (tegishli haroratdagi suvning sizib oʻtish imkoniyati borligini) tekshirish, suyuq va gazsimon xlorni qabul qilish uchun xlordozator xonasidagi xodimlarning hammasi xlor uzatilayotganidan ogohlantirilganligiga ishonch hosil qilish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
134. Xlorni bugʻlatgichga uzatadigan liniyadagi xlor joʻmragini asta-sekinlik bilan xlor tarmogʻidagi ortiqcha bosimni 4 atmosfera sigʻimidan oshirmasdan ochish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135. Xlor ishlatib boʻlinganidan keyin uning ballonlar va bochkalarda qolganligi ogʻirlikni tortish orqali aniqlanadi. Ishlatilgan ballonlarda xlorning qoldiq bosimi 0.5 atmosferadan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136. Xlorli ballonlar va bochkalarni almashtirish, qopqoqlarni, kranlar maxoviklarini ochish, ishlatilgan ballonlar va bochkalardan trubkalarni olish, xlorli yangi idishlarni oʻrnatishda va gaz sizib chiqishi mumkin boʻlgan boshqa holatlardagi ishlarni gazniqobda amalga oshirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137. Xlordan foydalanishda avariya holati yoki xlorning sizib chiqishi aniqlangan taqdirda, tovushli signaldan foydalangan holda bu haqda atrofdagi barchani xabardor qilish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Kuchli taʼsir qiluvchi zaharli moddalarni saqlashda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
138. Suv taʼminoti tizimlarining tozalash inshootlarida qoʻllanadigan kuchli taʼsir qiluvchi zaharli moddalarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosim ostida saqlanadigan — suyuq uchuvchan ammiak va xlor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bugʻlanadigan kislotalar — sulfat, xlorid kislotalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139. Oqova suvni chiqarish tizimlarining tozalash inshootlarida faqat xlor qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140. Suyuq xlor va ammiak ularni yetkazib beruvchi zavodlardan poʻlat ballonlar, bochkalar, konteynerlar va temir yoʻl sisternalarida, kislotalar esa temir yoʻl yoki transport vositalari sisternalarida keltirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Xlor, ammiak va kislota zaxiralari maxsus jihozlangan omborlarda saqlanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142. Kuchli taʼsir qiluvchi zaharli moddalarni saqlash uchun sarflash omborlarini suv yetkazish tarmoqlari maydonchasiga joylashtirish SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” va amaldagi sanitariya qoidalarini loyihalashtirish meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak.
(142-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xavfli zona doirasi ballonlarda suyuq xlor saqlash omborlari uchun 150 m, konteynerlarda saqlanadigan omborlar uchun 500 m qilib belgilanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
143. Loyihalashtirilayotgan suyuq xlor omborlari boshqa binolar va inshootlarga nisbatan pastroq joylarda hamda yaqin aholi punktlari joylashgan joyga nisbatan shamollar koʻp boʻlgan yoʻnalishlarning asosan shamoldan pana tomonida joylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
144. Suyuq xlor saqlanadigan ombor hududiga begona kishilarning kirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun balandligi kamida 2 m boʻlgan bir tekis, avariya holatda gaz toʻlqinlari oʻtmaydigan hamma tomoni berk toʻsiq oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Toʻsiqni ombor binolari va inshootlaridan kamida 10 m uzoqlikda oʻrnatish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻsiq temir-beton, tikanli sim yoki temirdan ishlanib, ustidan balandligi 0,5 m dan kam boʻlmagan temir asoslar 4 qatorli tikanli sim bilan oʻralishi lozim. Toʻsiqqa qulflanadigan darvoza va eshiklar oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
145. Suyuq xlor omboriga yongʻin oʻchirish transport vositalari va gazdan qutqarish xizmati transport vositalarining kirishi qulay boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
146. Suyuq xlorli idishlar va quvurlardan foydalanilganda ularga namlik va harorat, bosimni oshirishga yoki xlor bilan birikib portlash xavfini yuzaga keltiradigan moddalarning aralashishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
147. Xlor quyish-toʻkish, bugʻlanish, undan foydalanish va uni saqlash maydonlari xlorni joyidan soʻrib olish va yutish uchun koʻchma qurilmalar bilan jihozlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Ochiq manbalardan suv olish va foydalanishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
148. Suv olish inshootlarini choʻkmalardan tozalash, muzni yorish, oqim liniyalarini yuvish, suvni toʻplash hovuzlarida joylashgan setkalarni tozalashda ishlar xavfsizligi taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
149. Sohil boʻyi quduqlaridagi soʻrib oladigan va oqim liniyalarida oʻrnatilgan qurilmalar (zulfinlar, shiberlar, koʻtaruv mexanizmlari, qabul qopqoqlari va boshqalar) ularni taʼmirlash uchun qulay joylashgan boʻlishi kerak. Zulfinlar maxoviklari sirtga bostirmadan 0,7 m dan kam boʻlmagan balandlikka chiqqan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
150. Sohil boʻyi qudugʻining har bir seksiyasida taʼmirlash va tuzatish ishlarini olib borish uchun qulay shart-sharoit yaratilgan boʻlishi kerak. Suv qabul qilish joyining suvni soʻrib oladigan kamerasida quvurlardan devorgacha boʻlgan masofa odam oʻtishi uchun qulay boʻlishi hamda oraliq masofasi 0,9 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quduqqa tushish uchun pastdan va yuqoridan puxta mahkamlangan metall zinalar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
151. Suv soʻrish liniyalarida kirish panjaralarini koʻzdan kechirish, taʼmirlash va tozalash ishlari faqatgina nasos stansiyalari toʻxtatilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
152. Qayiqlardagi qoʻl xaskashlari bilan kirish panjaralarini tozalash faqatgina suv oqimi kuchsiz boʻlganda (0,6 m/sek), kanal chuqurligi sayoz boʻlganda (2 m gacha) hamda kam ifloslanishda ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Panjaralarga xizmat koʻrsatayotgan xodim suvda suzishni bilishi lozim. Tez oqimga ega boʻlgan chuqur daryolarda panjaralarni faqat gʻavvoslar, gʻavvoslik ishlarini amalga oshirayotganda texnika xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda tozalashlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
153. Suvni qabul qilish joyining kallagi panjaralarini bugʻ yoki issiq suv bilan qizdirishda suv yoki bugʻ yetkazib beruvchi shlangning zarur bosimga chidamliligi tekshirilib koʻriladi hamda xodimlarning kuyib qolishining oldini olish maqsadida shlanglar birlashtirilgan joylar mahkam qotiriladi. Ushbu ishlarni bajarayotganda xodimlar qoʻlqoplar va muhofaza maskalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
154. Panjaralarni isitish ishlari suv olish inshootlaridan foydalanish uchun masʼul boʻlgan xodimning bevosita kuzatuvi va rahbarligida amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
155. Suv toshqinlari vaqtida toʻgʻonlarda kecha-kunduz navbatchilikni oʻrnatish kerak. Navbatchilar qutqaruv qayrilma qoziqlari, xodalar va boshqa moslamalar bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156. Suv qabul qiladigan quduqlar choʻkmadan tozalanganda va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning quduqqa tushishida quduqlar hamda suv taʼminoti va oqova suvni chiqarib yuborish tizimlari kollektorlarida texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning suv qabul qilish hovuzlariga tushishi bilan bogʻliq ishlar faqatgina suv nasos stansiyalari ishdan toʻxtatilganda va suv olish inshootlaridan foydalanish uchun masʼul boʻlgan xodimning kuzatuvida amalga oshirilishiga ruxsat etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Quduqlardan suv olishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
157. Suv quduqlari ustidagi pavilyonlar nasos stansiyalari qurilmalari uchun belgilangan texnika xavfsizligi talablariga javob berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158. Yer osti pavilyoniga ega nasos stansiyalarida montaj ishlarini yer ustida bajarishi lozim. Xodimlar nasoslarni koʻtarish va tushirishda xavfsizlikni taʼminlaydigan tartibda joylashtirishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
159. Quduqlarning suv koʻtarish jihozlarini taʼmirlash boʻyicha ishlarni amalga oshirayotgan xodimlar maxsus kiyimda, qoʻlqop va kaskalarda boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160. Chuqur kameralarga tushish texnika xavfsizligi talablariga muvofiq bajarilishi, kameraning gazlanganligi tekshirilishi hamda uni shamollatish taʼminlanishi kerak. Ish qutqaruv belbogʻlari taqilganda va quduqni yoritish lampasi yonib turganda ishlarni amalga oshirish lozim. Kameralarga tushish bilan bogʻliq ishlarda brigada tarkibi kamida toʻrt kishidan iborat boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborish tizimlari inshootlariga avtomatik qurilmalar va nazorat-oʻlchov asboblarini oʻrnatishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161. Suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborish tizimlarida alohida inshootlar va umuman tizim ustidan markazlashtirilgan nazorat hamda masofali (dispetcherlik) boshqaruv tashkil qilinishi kerak. Suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborishning asosiy inshootlari nazorat-oʻlchov asboblari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
162. Nasos stansiyalari va tozalash inshootlarining boshqaruvida avtomatik va telemexanik boshqarilish bilan birga avtomatika va telemexanika uskunalarining ishdan chiqishi holatida ularning uzluksiz foydalanilishini taʼminlaydigan qoʻl bilan boshqarilishi ham nazarda tutilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
163. Avtomatika va masofali (dispetcherlik) boshqaruvi tizimlari jadvalda belgilangan muddatlarda va zaruratga qarab, biroq bir yilda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
164. Avtomatika apparaturasi va masofali (dispetcherlik) boshqaruvi, klemmali yigʻmalar, predoxranitellar va ikkilamchi kommunikatsiyaning boshqa apparaturasidan foydalanishda texnika xavfsizligi talablariga rioya qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Nasos stansiyalari uskunalarining tuzilishi va joylashtirishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
165. Nasos stansiyalarining tuzilishi va jihozlanishi, isitilishi, yoritilishi havo almashishi va xonalarning yongʻinga qarshi uskunalari SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
(165-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
166. Boshqa suv inshootlari bilan blokirovka qilingan suv nasos stansiyalari, yonmaydigan konstruksiyalar bilan ajratilishi shart va toʻgʻri tashqariga chiqish yoʻliga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
167. Yer sathidan pastda joylashgan nasos stansiyalari sizot suvlardan ishonchli ajratilgan va yer usti suvlari bosimidan himoyalangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168. Nasos stansiyalarining mashina zallarida uskunani taʼmirlash uchun montaj maydonchasi va yuk koʻtaruvchi mexanizmlar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
169. Mashina zalining polidan shiftigacha boʻlgan balandligi koʻtarma uskunalari boʻlmaganda 3 m dan kam boʻlmasligi kerak. Mashina zalidagi uskunalar montaj maydonchasi balkoni yoki xizmat koʻrsatish maydonidan oʻtish yoʻlagi devorigacha 2,4 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
170. Nasos stansiyasining poli suv ketishi uchun nishab qilib qurilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171. Pavilyonlarda asosiy elektr yoritqichlardan tashqari koʻchma akkumulyator fonarlari yordamida favquloddagi holatlarda yoritish nazarda tutilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172. Nasos stansiyasi agregatlari, taqsimlash shitlari, quvurlar, armaturalar, yordamchi uskunalar va boshqa mexanizmlar shunday joylashishi kerakki, ular oldiga bemalol oʻtish mumkin boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
173. Nasos stansiyasi agregatlari va boshqa mexanizmlarni sozlash, rostlash, moylash, profilaktik kuzatish va taʼmirlash faqatgina elektr asboblar oʻchiqligida va ular rejali-ogohlantiruv taʼmirlash jadvaliga muvofiq toʻliq toʻxtatilganda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174. Nasos stansiyalari navbatchi xodimlariga alohida xonalar ajratilib, aloqa vositalari bilan taʼminlangan boʻlishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175. Nasos stansiyasi agregatlari yoki boshqa jihozlarni dispetcher yoki smena boʻyicha boshliqning ruxsatisiz oʻchirish, yoqish yoxud zaxiradan chiqarish taqiqlanadi. Xodimlar xavfsizligiga yoki jihozning butligiga tahdid soladigan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murakkab oʻchirib yoqishlar yoki xavfli ishlar bajarilishi zarurati bilan bogʻliq, shuningdek nasos stansiyasi ishi rejimining oʻzgarishi tufayli jihoz yoki zaxiraning ishdan oʻchirilishi uchun bosh muhandis yoki boshqarmaning boshqa mansabdor xodimi tomonidan tasdiqlangan maxsus ish dasturlari tuzilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176. Nasos va kompressor qurilmalari ishlayotgan vaqtda himoya qoplamasi va boshqa himoya moslamalarini yechib qoʻyish, moy oʻtkazgich tizimini kavsharlash lampasi va ochiq olovli moslamalar bilan isitish, yoritish maqsadida mashʼaladan foydalanish, agregatlarni ular ishlayotgan vaqtda taʼmirlash va ularning harakatlanayotgan qismlarini qoʻl bilan toʻxtatish qatʼiyan taqiqlanadi. Yogʻlash uchun ishlatiladigan moylar, artib tozalanadigan va boshqa yengil oʻt oladigan materiallarni kompressorlar va elektr dvigatellariga yaqin joyda saqlashga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
177. Barcha kompressor qurilmalarida plombalangan manometrlar boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
178. Har qanday agregatni ishga tushirishdan oldin navbatchi mashinist ularning barcha qismlari va himoya qurilmalarini ishga shayligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agregatni ishga yaroqsizligi aniqlansa, u holda zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrish hamda agregatning nosozligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni kitobchaga qayd etib, rahbariyatni xabardor qilish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
179. Smenali ish vaqtida mashinist, u bilan smena almashuvchi xodim kelib navbatchilikni qabul qilib olmaguncha, oʻz ishini tugatmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
180. Avariyalarni bartaraf etish navbatchi dispetcherning ruxsati va tezkor ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborish tizimlari trassasini tashqi tomondan quduqlar qopqogʻini ochmasdan, signalli nimcha, ilgak va toʻsiq belgisiga ega boʻlgan bir xodim koʻzdan kechirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
182. Tarmoqlar trassasini quduqlar qopqogʻini ochgan holda koʻzdan kechirishni quduq sirtini tozalash uchun moslamalar (lom, belkurak), toʻsiq belgisi, ilgaklar, signalli nimcha bilan taʼminlangan, kamida 2 xodimdan iborat brigada amalga oshiradi. Ochiq quduq yoki kamera lyuklari oldida tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish, quduqni koʻzdan kechirish maqsadida yoqilgan gugurt yoki mashʼala tashlash qatʼiyan man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
183. Texnik (atroflicha) koʻzdan kechiruv va xodimning quduqqa tushishi bilan bogʻliq ishlarda brigadada kamida 3 ta xodim boʻlishi kerak: bir xodim quduqda ishlaydi, ikkinchisi — yer yuzasida, uchinchisi — quduqdagi ishni maxsus kuzatib turadi hamda zarurat tugʻilganda quduqda ishlayotgan xodimga yordam beradi. Quduqda ishlayotgan xodim yer yuzasiga chiqib olmagunga qadar kuzatuvchini boshqa ishlarga chalgʻitish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kameralarda ishlash vaqtida brigadada kamida 4 ta xodim boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
184. Quduqqa yoki kameraga tushish oldidan ularda gaz toʻplanmaganligiga ishonch hosil qilish lozim, buning uchun uzoqdan yorituvchi maxsus lampadan uni ishlab chiqargan zavod va suv taʼminoti hamda oqova suvni chiqarish tashkilotlari yoʻriqnomalariga muvofiq foydalanish kerak, shuningdek skobalar yoki narvonlarning mustahkamligiga xoda yordamida ishonch hosil qilish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruv natijalari qanday boʻlishidan qatʼi nazar, xodimning quduq yoki kameraga tushib, himoya belbogʻisiz va maxsus lampani yoqmasdan ishlashi man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
185. Quduq ichidagi gazni chiqarib yuborishda quyidagilarni amalga oshirish zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlatilayotgan quduq qopqogʻi va suvni chiqarib yuborish quvuridagi 2 ta tutash (yuqorida va quyida turuvchi) kuzatuv quduqlar qopqogʻini ochish orqali tabiiy shamollatish yoxud suv taʼminoti tarmoqlaridagi faqatgina foydalanilayotgan quduqning qopqogʻini ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻl ventilyatori yoki maxsus transport vositalarga oʻrnatilgan havo purkash moslamasi yordamida havoni haydash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv quvuri qudugʻini unda joylashgan oʻt oʻchirish yongʻin gidrantidan keyinchalik chiqarib tashlanadigan suv bilan toʻldirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
186. Xodimning ortga tashlanadigan shlangli niqobda turib quduqda tanaffussiz ishlashiga 10 daqiqadan koʻp vaqtga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
187. Suv chiqarib yuborish tizimining oʻtish kanalini texnik koʻzdan kechirish oldindan tayyorgarlik koʻrgandan soʻng bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buning uchun ish boshlanishidan 6 — 8 soat oldin kanal suyuq oqovadan tozalanishi va kanalning havosini almashtirish maqsadida kuzatuv quduqlarining qopqoqlari ochilishi lozim hamda quduqlarga panjaralar oʻrnatiladi yoki navbatchilik posti tashkil etilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
188. Suv chiqarishni oʻtkazish kanalini koʻzdan kechirish boʻyicha brigadada kamida 7 kishidan iborat boʻlishi, shu jumladan foydalanish xizmatining 2 nafar masʼul xodimi (bosh muhandis, tarmoq xizmati boshligʻi, navbatchi muhandis) hozir boʻlishi lozim. Brigada ikki guruhga boʻlinishi, birinchi guruh (kamida 3 ta xodim) katta mutaxassis rahbarligida kanal boʻylab yurishi, ikkinchi guruh (kamida 3 ta xodim) boshqa katta mutaxassis rahbarligida yer yuzasida turishi va birinchi guruhning harakatini kuzatishi kerak. Ikkinchi guruh gaz analizatori, gaz indikatori hamda maxsus lampa yordamida quduqlarda gaz borligini tekshirishi va zarurat tugʻilganda kanalda ishlayotgan guruhga yordam koʻrsatishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
189. Quduqlar, kameralar va oʻtish kanallarida ish bajarayotgan brigadada maxsus transport vositalari va quyidagi muhofaza va himoyalanish moslamalari boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
brigadaning har bir aʼzosiga yoʻriqnomaga muvofiq tekshirilgan himoya tasmasi va arqonlari mavjud boʻlgan yakka tartibdagi xavfsizlik kamarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzunligi quduq chuqurligidan kamida 2 m uzun boʻlgan arqon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
karabinli arqon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
signalli nimcha, himoya kaskasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quduq chuqurligidan 2 m dan uzun boʻlgan, lekin umumiy uzunligi 12 m dan oshmaydigan shlangli izolyatsiyalaydigan gazniqob (kanallarda ishlayotganda 2 ta gazniqob). Izolyatsiyalaydigan gazniqobni filtrlaydigan gazniqob bilan almashtirish qatʼiyan man etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12 V dan koʻp boʻlmagan kuchlanishdagi akkumulyatorli fonar (kanallarda ishlayotganda 2-3 ta fonarlar). Akkumulyatorli fonarni ochiq olovli yorugʻlik manbai bilan almashtirish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻl yoki mexanik ventilyator;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan namunadagi koʻchma toʻsish belgilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quduqlar qopqogʻini ochish uchun changaklar va lomlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
skobalarning mahkamligini tekshirish maqsadidagi xoda yoki yigʻiladigan lineyka.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
190. Quduqlar va kameralarning qopqoqlari changak va lom bilan ochilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qopqoqlarni qoʻl bilan ochish taqiqlanadi. Ochilgan qopqoq quduqdan transport vositasi harakatining yoʻnalishi boʻyicha joylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191. Suv chiqarib yuborish tizimini profilaktik tozalash quvur tarmoqlari diametri, oʻtish joylarida harakatning intensivligi va qoʻllaniladigan moslama vositalaridan kelib chiqib, 3 — 5 nafar xodimdan iborat boʻlgan brigada tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
192. Tarmoqni sharlar va boshqa moslamalar bilan tozalaganda lebedkalardan foydalanish kerak. Agar lebedkalar bilan ishlayotgan vaqtda koʻtarilayotgan yukdan chekkada turishning iloji boʻlmasa, quduq yoki kameralar ichida boʻlish, poʻlat arqonni lebedka barabaniga qoʻl bilan yoʻnaltirish taqiqlanadi. Lebedkalarning tishli gʻildiraklari maxsus qoplama bilan yopilgan boʻlishi zarur. Poʻlat arqon yechilganda lebedka barabanida arqonning kamida toʻrt buramasi qolishi kerak. Har kuni ish tugaganidan keyin quduqni darhol qopqoq bilan yopish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193. Xodimlar ishlayotgan quduqni suv bilan toʻlib qolishini oldini olish uchun yirik tirgagichli toʻrlarda yigʻilib qolgan iflosliklarni tozalashda yuqoridagi quduqda tiqin (probka) oʻrnatilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
194. Mazkur Qoidalar talablariga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
195. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(195-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
196. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 26-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 26-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 26-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 26-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 26-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. QURBANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 26-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 26-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIGMATULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 26-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 3-son, 34-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)