Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2023 23.12.2014 yildagi 357-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 661-sonli “Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 23-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
357-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 14-moddasiga (yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin tayinlash) asosan tayinlangan pensiyalarni toʻlashga yoʻnaltirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Pensiya jamgʻarmasi deb ataladi) mablagʻlarini qoplash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda korxonalar va tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda tashkilot deb ataladi) tomonidan pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplashga toʻlov ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari boʻyicha 2016-yil 1-yanvardan boshlab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 12-moddasi “v” — “j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalar boʻyicha 2016-yil 1-yanvargacha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1993-yil 3-sentabrdagi 939-XII-son qarorining 3-bandiga muvofiq tashkilotlar xodim Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalar boʻyicha pensiyalar toʻloviga xarajatlarni qoplaydigan toʻlovni 100 foiz miqdorida, lekin ushbu Nizomda nazarda tutilgan minimal miqdordan kam boʻlmagan miqdorda Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazadilar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalarini toʻlashga xarajatlarni qoplash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Pensionerning yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi har oyda keyingi oyning 1-sanasiga qadar tashkilotga mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalarini toʻlashga xarajatlarni qoplash toʻgʻrisida regress talabnomani yuboradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilotlar har oyda mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda olingan mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalari toʻlangan oydan keyingi oyning 25-sanasigacha mazkur xarajatlarni qoplovchi toʻlovni Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazadilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Pensionerning yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi har oyda oyning 15-sanasigacha Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining xarajatlari boʻyicha qarzdorligi summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Pensionerning hisobga turgan joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan pensiyalarni toʻlashga sarflangan mablagʻlarning, ular tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, qonunchilikka muvofiq regress daʼvo arizalari boʻyicha tashkilotlardan undirilishini taʼminlaydilar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xodim mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyatini har xil ish beruvchilarda yoʻqotgan taqdirda har bir ish beruvchi mablagʻlarni solidar tartibda qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasini birlamchi aniqlashda (birinchi ish beruvchida) nogironlik guruhi belgilanmagan boʻlib, keyinchalik esa yangi olingan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasi nogironlik guruhini belgilash bilan birga oshirilgan boʻlsa, pensiyalarni toʻlashga sarflangan Pensiya jamgʻarmasi xarajatlarini qoplash nogironlik guruhi qaysi ish beruvchi davrida belgilangan boʻlsa, shu ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi uchun javobgar tashkilot tugatilgan taqdirda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tashkilotning tugatish kuniga tayinlangan pensiya miqdorida kapitallashtirilishni hisobga olgan holda ajratmalarni majburiy ravishda quyidagi tartibda amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik boʻyicha pensiyalarni toʻlashga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar nogironlik muayyan davrga belgilangan boʻlsa, nogironlikning amal qilish muddatiga, biroq kamida besh yil uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar nogironlik muddatsiz belgilangan boʻlsa, ajratmalarni hisoblab chiqish sanasida xodimlar Oʻzbekiston Respublikasida kutilayotgan umr koʻrish yoshiga yetgungacha boʻlgan muddatga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari boʻyicha mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn sakkiz yoshga yetmagan oila aʼzolariga — ular ushbu yoshga yetgunlariga qadar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini boqish bilan mashgʻul boʻlgan oila aʼzolariga — boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralari, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan taʼtilda boʻlish huquqini beradigan yoshga toʻlgunga qadar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota, ona, oʻgay ota, oʻgay ona, xotin, erga — agar ular Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga toʻlgan yoki nogironligi boʻlgan shaxs boʻlsalar, shuningdek buva va buviga — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart boʻlgan kishilar boʻlmasa, ajratmalarni hisoblab chiqish sanasida ular Oʻzbekiston Respublikasida kutilayotgan umr koʻrish yoshiga yetgunga qadar boʻlgan muddatga.
(8-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agar Oʻzbekiston Respublikasida kutilayotgan umr koʻrish yoshi va mehnat vazifalarini bajarishda mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyasiga huquqi boʻlgan fuqaro yoshi oʻrtasidagi farq 5 yildan kam boʻlsa, shuningdek, agar fuqaroning yoshi Oʻzbekiston Respublikasida kutilayotgan umr koʻrish yoshidan koʻp boʻlsa, u holda mablagʻlar kamida 5 yil uchun toʻlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Qonunning 12-moddasi “b” bandiga asosan tayinlangan pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashkilotlar xodim Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetguniga qadar Qonunning 12-moddasi “b” kichik bandiga muvofiq tayinlangan, biroq ushbu nizomning 11-bandiga muvofiq belgilanadigan uning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan pensiyalarni toʻlashga oʻtgan yil uchun Pensiya jamgʻarmasining amaldagi xarajatlarini har yili 1-fevralgacha toʻliq qoplaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan xarajatlarni qoplash tashkilot soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organlarining xizmat koʻrsatuvchi banklarida ochilgan Pensiya jamgʻarmasining tegishli daromadlar tranzit hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 281-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash uchun zarur summalarning minimal miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun 12-moddasining “b” bandida nazarda tutilgan ish joylariga ega boʻlgan tashkilotlar ana shunday ish oʻrinlarining roʻyxatini, kasblar, lavozimlar nomini, mazkur ish joylarida ishlovchi ishchilarning yillik oʻrtacha sonini, ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalarini hisobga olgan holda aniqlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu ish joylaridan mazkur yil davomida imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqadigan xodimlarning soni ularning yillik oʻrtacha sonining 3 foizi miqdorida qabul qilinadi. Qonunning 31-moddasiga muvofiq ularga tegishli pensiya miqdorini aniqlash uchun koʻrsatib oʻtilgan kasblarda ishlagan xodimlarning oʻrtacha oylik ish haqi oldingi yil maʼlumotlari boʻyicha hisoblab chiqariladi. Pensiya miqdori koʻrsatib oʻtilgan oʻrtacha oylik ish hajmining 60 foiziga teng boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Pensiya jamgʻarmasining pensioner hisobda turgan joydagi tuman (shahar) boʻlimlari har yili 15-yanvarga qadar Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya oluvchilar — 60 yoshgacha erkaklar va 55 yoshgacha ayollar roʻyxatini oldingi yil uchun amalga oshirilgan xarajatlar miqdorini va tashkilotlar nomini va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini koʻrsatgan holda tashkilot boshqa mintaqada joylashgan taqdirda — Pensiya jamgʻarmasining tashkilot soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi hududiy boshqarmasiga va tuman (shahar) boʻlimiga yetkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiya jamgʻarmasining tashkilot soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi hududiy boshqarmasi va tuman (shahar) boʻlimi koʻrsatib oʻtilgan pensiyalarni toʻlashga oldingi yil uchun Pensiya jamgʻarmasining amaldagi xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning, shu jumladan Pensiya jamgʻarmasining pensionerlarni hisobga olish joyidagi hududiy boshqarmalaridan va tuman (shahar) boʻlimlaridan olingan maʼlumotlarni hisobga olgan holda umumiy toʻplamini chiqaradi va 20-yanvargacha uni tegishli tashkilotga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot tegishli maʼlumotlar olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda koʻrsatib oʻtilgan pensiyalarni toʻlashga oldingi yil uchun Pensiya jamgʻarmasining amaldagi xarajatlarini solishtirib chiqishi shart.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 281-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Pensiya jamgʻarmasining tashkilot soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi hududiy boshqarmasi va tuman (shahar) boʻlimi har yili 1-fevralgacha har bir tashkilot boʻyicha (soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatilgan holda) xodim Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetkuniga qadar Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash uchun oldingi yil uchun Pensiya jamgʻarmasining amaldagi xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning umumiy toʻplamini tashkilot soliq hisobiga qoʻyilgan joyidagi davlat soliq xizmati organiga yetkazadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiya jamgʻarmasining tashkilot soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari qonunchilikka muvofiq ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan mablagʻlarni, ular tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, regress daʼvolar boʻyicha tashkilotlardan undirib olishi mumkin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tashkilot tugatilayotganda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) majburiy tartibda Qonunning 12-moddasi “b” bandida nazarda tutilgan ish oʻrinlari boʻyicha eng kamida minimal talab qilingan maxsus ish stajiga ega boʻlgan shaxslarga ular Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetgunga qadar boʻlgan muddatga pensiyalar toʻlash uchun ketadigan mablagʻlarni, ajratmani amalga oshirish kunida belgilangan pensiya miqdorida kapitallashtirilishni hisobga olgan holda ajratadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiya miqdori Qonunning 31-moddasiga muvofiq aniqlangan oʻrtacha oylik ish haqining 60 foiziga teng boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ishsiz maqomiga ega boʻlgan shaxslarga muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalar toʻlashga xarajatlarni qoplash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har oyda Qonunning 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin yoshga doir pensiyalar tayinlangan shaxslarning roʻyxatini, amalga oshirilgan xarajatlarni koʻrsatgan holda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlik Bosh boshqarmalarining Aholi bandligiga koʻmaklashish tegishli tuman (shahar) markazlariga (keyingi oʻrinlarda Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari deb ataladi) yetkazadilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari har oyda pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning 15-sanasigacha Pensiya jamgʻarmasiga mazkur Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan xarajatlarni qoplovchi mablagʻlarni ishsiz Qonunning 7-moddasida belgilangan pensiya yoshiga yetguniga qadar oʻtkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Pensioner hisobda turgan joy boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi mazkur Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi amalga oshirgan xarajatlar boʻyicha Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining qarzdorligi summalari haqidagi maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organiga har oyda oyning 15-sanasigacha taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Pensioner hisobda turgan joy boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari mazkur Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan pensiyalarni toʻlashga ketgan mablagʻlarni Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlaridan, ular tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, qonunchilikka muvofiq regress daʼvo arizalari boʻyicha undirishlari mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari va davlat soliq xizmati organlari xarajatlarning toʻliq va oʻz vaqtida qoplanishi yuzasidan nazoratni mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tushumlarning oʻz vaqtida va toʻliqliligini taʼminlash maqsadida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari va davlat soliq xizmati organlari axborot almashinuvi boʻyicha oʻzaro hamkorlikni, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiradilar.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat shart-sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohat yetkazish xavfi boʻyicha ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish natijalarining davlat ekspertizasi asosida tegishli tashkilotlar hisobi yuritilishini taʼminlaydi va shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda axborot ayirboshlash boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191. Tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki yetishmaganligi tufayli qondirilmagan qarzdorligi summasi umidsiz soliq qarzdorligini hisobdan chiqarish uchun nazarda tutilgan tartibda hisobdan chiqarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu tashkilot boʻyicha xarajatlarni qoplash summasini bundan keyin hisoblash umidsiz qarzdorlik hisobdan chiqarilgan sanadan boshlab toʻxtatiladi.
(191-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 189-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 281-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur Nizomning 3, 10 va 15-bandlarida koʻrsatilgan pensiyalarni toʻlashga xarajatlar oʻz vaqtida qoplanmaganligi uchun oʻtkazilishi lozim boʻlgan summaning har bir kechiktirilgan kuni uchun 0,033 foizi miqdorida, lekin qarzdorlikning 100 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tashkilot qayta tashkil etilgan (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratish, oʻzgartirish) taqdirda mazkur Nizomning 3, 10 va 15-bandlarida koʻrsatilgan pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash majburiyati uchun uning huquqiy vorisi javob beradi. Xarajatlarni toʻlash toʻgʻrisidagi barcha talablar (daʼvolar) ham unga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini roʻyobga chiqarish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularning baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2001-yil 1-martdagi 103-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 13-modda) ilovaning 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda) 1-ilovaning 5-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52-son, 622-modda; 2016-y., 24-son, 281-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)