01.12.2010 yildagi 85-TK-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va meʼyorlashtirish Bosh boshqarmasi (“Boshdavekosertifikat”), 01.12.2010 yildagi 85-TK-son
Kuchga kirish sanasi
01.12.2010
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va meʼyorlashtirish Bosh boshqarmasi (“Boshdavekosertifikat”)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotlarni ekologik sertifikatlash qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoʻllanish sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur standart, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-apreldagi 151-sonli “Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va olib chiqishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi, 2002-yil 21-fevraldagi 62-sonli “Oʻta xavfli yuklarni va harbiy kontingentni Oʻzbekiston Respublikasi Hududidan tranzit yoʻli bilan olib oʻtishni davlat nazorati va boshqaruvi toʻgʻrisida”gi, 2004-yilning 6-iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonini soddalashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga muvofiqligini tasdiqlash, uni ishlab chiqarishda, transportda tashishda, saqlashda, utillashtirish va yoʻq qilishda Davlat Ekologik Sertifikatlashtirish Tizimi (DEST) va Oʻzbekiston Respublikasining Milliy Sertifikatlashtirish Tizimi (MST) talablariga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, Respublika hududiga olib kirilayotgan yoki hududidan olib chiqib ketilayotgan, hududdan tranzit usulida olib oʻtilayotgan mahsulotlarni ekologik sertifikatlashtirishga tayyorlash va ekologik sertifikatlashtirishning umumiy qoidalarini oʻrnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotlarni majburiy ekologik sertifikatlashtirishning oʻziga xosligini, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining alohida meʼyoriy-huquqiy hujjatlarida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Meʼyoriy havolalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Asosiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1 Ekologik sertifikatlashtirish mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2 Ekologik sertifikatlashtirishni tashkil qilish va oʻtkazish qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda akkreditlangan idoralar tomonidan amalga oshiriladi (matnda keyingi oʻrinlarda — ESI).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3 Mahsulotni ekologik sertifikatlashtirish chizmalari ushbu Qoidalarning ilovasida keltirilgan. Mahsulotni ekologik sertifikatlashtirishning tavsiyaviy chizmalari ushbu standartning A ilovasida keltirilgan. Har bir aniq holat uchun, buyurtmachining taklifini hisobga olgan holda, ESI sertifikatlashtirishning chizmasini, mahsulotni ishlab chiqarishning oʻziga xos tomonlarini va ekologik xavfini, sinov usullarini, xoʻjalik faoliyatini yurituvchi obyektni atrof-muhitni muhofazasiga taʼsirini, shuningdek, mahsulotni qoʻllanishida, transportda tashishda, saqlashda, utillashtirish va yoʻq qilishda faraz qilingan (potensial) ekologik xavfini hisobga olib, tanlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4 Ekologik sertifikatlashtirishda, mahsulotni unga oʻrnatilgan meʼyoriy hujjatlarda (keyingi oʻrinlarda — MH deb yuritiladi)gi talablarga muvofiqligini, ekologik sertifikatlashtirishga oid koʻrsatkichlarini tasdiqlash amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5 Mahsulotni ekologik sertifikatlashtirishda, shuningdek, meʼyoriy-huquqiy va boshqa rasmiy MH larning mahsulotga qoʻyilgan majburiy talablariga ham rioya qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.6 Mahsulotni ekologik sertifikatlashtirishda, tansiflagich guruhiga mansubligini, shu toʻpga mansubligini, mahsulotni kelib chiqishini, texnik hujjatlarga muvofiqligini, shuningdek, uni oddiy sharoitlarda qoʻllanishi, transportda tashish va saqlanishini identifikatsiyalash imkonini beruvchi tavsiflari (koʻrsatkichlari), sinov usullari qoʻllaniladi va tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7 Oʻtkazilgan sinovlarni qaytarilmasligini oldini olish maqsadida, akkreditlangan sinov laboratoriyalari (keyingi oʻrinlarda — ASL) yoki akkreditlangan ekoanalitik laboratoriyalari (keyingi oʻrinlarda — AEAL) ulardan avval boshqa ASL va AEAL tomonidan oʻtkazilgan sinovlar natijalarini tan olishni amalga oshirishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.8 Ekologik sertifikatlashtirish ishlarini haqini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida oʻrnatilgan tartibda, ariza beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ekologik sertifikatlashtirishni oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1 Ekologik sertifikatalashtirish oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ekologik sertifikatlashtirishga buyurtma berish (V ilovasi) va uni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) buyurtma qilingan mahsulotni MH ga va boshqa taqdim etilgan hujjatlarga mosligini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) buyurtma boʻyicha qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) sinovlar dasturini tayyorlash va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) namunalar tanlab olish va ularni yetkazib berish, identifikatlash va ularni sinovlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) namunalar sinovlarini ASL yoki AEAL da oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) mahsulot ishlab chiqarishni oʻrganish maqsadida tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) mahsulotni ekologik xavfsizlik talablariga deklaratsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) olingan tahlillar natijalari va ekologik sertifikatni berish imkoni yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) ekologik sertifikatlarni, ekologik sertifikat berish idorasida va DEST da Davlat reyestriga roʻyxatga olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2 ESI quyidagi maʼlumotlarni tayyorlashi va ariza beruvchiga, uning talabiga koʻra, taqdim etishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ekologik sertifikatlashtirilishi majburiy boʻlgan mahsulotlar roʻyxati yoki undan koʻchirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ESI ning akkreditatsiya sohasi boʻyicha ekologik sertifikatlashtirishni oʻtkazish qoidalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ekologik sertifikatlashtirish boʻyicha xizmatlarning narx (tarif)lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda berilgan, ESI ning akkreditlash attestati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3 Buyurtmachining yozma arizasiga binoan, ESI boshqa tarmoqlar sertifikatlashtirish tizimlarining (Sogʻliqni Saqlash Vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi va boshqalar) sertifikatlari va xulosalarini olish boʻyicha agentlik xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega. Bunda namunalar tanlab olish, ularni tegishli idoralarga taqdim etish masʼuliyatini bu ishlarni bajargan ESI idorasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot toʻpini ekologik sertifikatlashtirishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transportda tashilayotgan mahsulotning meʼyoriy hujjat nusxasi yoki boshqa texnik tavsiflarni oʻz ichiga olgan hujjatlar (zarur boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotni yetkazib berish uchun tuzilgan, oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan kontraktning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga yetib kelgani toʻgʻrisidagi belgisi bilan tovar-yoʻl hujjat (invoys, hisob-faktura, tovar-yoʻl hujjati)larining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotishga rejalashtirilgan mahsulotning sotish muddatlari, toʻpdan foydalanish va isteʼmolchilar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tranzit yoʻli bilan mahsulotlarni olib oʻtilganida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalish marshruti boʻyicha maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot tashuvchi transport-ekspeditor tashkilotining kafolat xati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotning yoʻl-tovar hujjatlari va yetkazib berish kontraktining nusxalari (invoys, hisob-faktura, tovar-yoʻl hujjati).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotni deklaratsiyalash jarayoni 2005-yil 6-apreldagi 1465-sonli Nizomga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4 Respublika hududiga olib kelinayotgan, sertifikatlashtirilishi majburiy boʻlgan mahsulot uchun MHlar mavjud boʻlmagan hollarda, amaldagi qonunchilikka asosan, bunday mahsulotning ekologik certifikatlashtirishni, identifikatlash va oʻxshash boʻlgan mahsulot turining ekologik xavfsizligi koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi tomonidan kerakli meʼyoriy hujjatlar yoki ekologik xavfsizligi boʻyicha texnik tavsiflarni taqdim etmagan hollarda, murojaat qiluvchi ekologik sertifikatlashtirish oʻtkazishni inkor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.5 Buyurtma berilgan vaqtida, buyurtma berilgan mahsulot ESI ning akkreditlash sohasiga kiritilmagan boʻlsa, berilgan buyurtma markaziy ekologik sertifikatlashtirish idorasida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.6 Buyurtma berilayotgan mahsulot uchun bir necha ESI mavjud boʻlgan hollarda, buyurtmachi ularni ichidan oʻzi hoxlagan idoraga murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.7 ESI ga buyurtma berilganidan keyin, uni koʻrib chiqadi, taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va ariza berilganiga 2 kundan kechiktirmay buyurtmachiga, ekologik sertifikatlashtirishning asosiy shartlari, shu jumladan ekologik sertifikatlashtirishning chizmasi, sertifikatlashtirishni oʻtkazishga asos boʻluvchi, kerakli MHlar, sinovlar oʻtkazilishi kerak boʻlgan ASL yoki AEAL larni oʻz ichiga olgan qarorni maʼlum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.8 Qarorning tavsiyaviy shakli ushbu standartning S ilovasida keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.9 Mahsulotni ekologik sertifikatlashtirish muddatlari, shu mahsulot va uning sinov usullari uchun amal qilayotgan MHlarda oʻrnatilgan muddatlarga mos kelishi, ammo bir oydan ortmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.10 Ekologik sertifikatlashtirishda, MHlarning majburiy talablarini tekshirish zaruriyatini, ESI, har bir holat uchun alohida, oʻzidagi mavjud boʻlgan qoʻshimcha hujjat (ASL va AEALlarning sinov bayonnomalari, texnik hujjatlar, xavfsizlik maʼlumotlari va boshqalar) larni hisobga olgan holda belgilaydi. Agar qoʻshimcha maʼlumotlarda ASL va AEAL larda oʻtkazilgan sinovlarning muayyan koʻrsatkichlar boʻyicha natijalari mavjud boʻlsa, ESI ekologik xavfsizlik boʻyicha qoʻshimcha sinovlarsiz, bu natijalarni qoʻllashi mumkin. Bunda oʻtkazilgan sinovlarning muddatlari hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.11 Koʻngilli ekologik sertifikatlashtirishda, ESI bilan ariza beruvchi birgalikda ekologik sertifikatlashtirish tavsiflari roʻyxatini va ularni aniqlash usullarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sinovlar uchun buyurtmachi tanlab olgan ekologik sertifikatlashtirish tavsiflarining roʻyxati, mahsulot MHsining talablaridan farq qilsa, unda buni buyurtma boʻyicha qarorda koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.12 Ekologik sertifikatlashtirish sinovlari oʻrnatilgan tartibda akkreditlangan ASL va AEAL larda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.13 Mahsulot namunasini tanlab olish va uni identifikatlashni ASL va AEAL lar tomonidan, joylarga chiqib, buyurtma berilgan kundan keyin ikki kun kechiktirmay amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.14 Ekologik sertifikatlashtirishi kerak boʻlgan mahsulotni identifikatlash, namunalar miqdori, tanlab olish tartibi, saqlash qoidalari, har bir mahsulot uchun amal qilayotgan MHlarda, shuningdek uning sinov usullari uchun MHlarda oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.15 Ekologik sertifikatlashtirishga taqdim etilgan mahsulotni identifikatlash mahsulotni identifikatlash boʻyicha yoʻriqnoma asosida amalga oshiriladi. Agar identifikatlash natijalari boʻyicha, buyurtmachi taqdim etgan namunalar ekologik sertifikatlashtirishning tur namunalari boʻlib chiqmasa, namunalar tanlab olinmaydi va buyurtmachiga, mahsulotni ekologik sertifikatlashtirilishga asosli rad javobi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.16 Bojxona nazoratida saqlanayotgan import tovarlaridan, ekologik sertifikatlashtirish uchun namunalar tanlab olish, bojxona idorasining ruxsati bilan, ESI va ASL (AEAL) vakillari bilan birgalikda, tovar egasi yoki uning vakili ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda, oʻrnatilgan tartibda, 3 nusxada namunalar tanlab olish dalolatnomasi tuziladi, bir nusxasi bojxona idorasiga, ikkinchi nusxasi ariza beruvchiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek buyurtmachi ESI ga, Oʻzbekiston Respublikasi akkreditlash tizimida akkreditlangan yoki tan olingan laboratoriyalarda oʻtkazilgan, mahsulotni ishlab chiqarishga qoʻyilishida, ishlab chiqishdagi sinov bayonnomalarini, sinov hujjatlarini taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.17 Buyurtmachiga uning soʻroviga binoan, ASL yoki AEALlarda oʻtkazilayotgan sinovlar sharoitlari bilan tanishish imkoni berilishi kerak. Buyurtmachi oʻzining mahsulotining sinovlarida ishtirok etish huquqiga ega, bunda kasb sirlariga rioya qilinishi choralari taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.18 Namunalarning sinovlari sifati va ishonchliligi, shuningdek, sinov bayonnomalarini saqlanishi uchun masʼuliyatni, bu sinovlarni oʻtkazgan ASL yoki AEALlarga yuklatiladi. Sinov bayonnomalari vakolatli sinovchi-mutaxassislar tomonidan imzolanadi va ASL yoki AEAL rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.19 Sinovlar bayonnomalari buyurtmachiga va ESIga taqdim etiladi. Agar har xil sinov laboratoriyalarida har xil koʻrsatkichlari boʻyicha sinovlar oʻtkazilgan boʻlsa, bunda barcha kerakli bayonnomalar natijalari ijobiy boʻlganida, ekologik xavfsizlik boʻyicha talabga javob bergan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.20 Sinovlar natijalari qoniqarsiz boʻlsa yoki taqdim etilgan hujjatlar toʻplami toʻliq boʻlmagan hollarda, ekologik sertifikat berishga, qonunchilikning muayyan meʼyorlarini koʻrsatilgan holda rad javobi toʻgʻrisidagi xulosa beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.21 Sinovlar davrida toʻliq buzilgan mahsulot boʻyicha buyurtmachi yoki uning vakili ishtirokida roʻyxatdan oʻchirish boʻyicha dalolatnoma tuziladi. Sinovlarda qisman buzilgan yoki buzilmagan mahsulotni buyurtmachining hoxishiga koʻra, qaytarish hujjatiga uning imzosini qoʻydirib qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.22 Sertifikatlashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini oʻrganish maqsadida tahlil qilish ESI ning hujjatlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahlil natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzilib, ekologik sertifikat berishda bu dalolatnoma qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.23 Tahlilni oʻtkazish muddatlari namunalar olingan kunidan boshlab 10 ish kundan ortmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.24 Oʻtkazilgan tahlil toʻgʻrisidagi maʼlumot auditorlik bayonnomasida koʻrsatiladi. ESI buyurtmachi taqdim etgan, sinovlar bayonomasini, ishlab chiqarish sharoitlarini oʻrganish tahlili natijalarini koʻrib chiqqanidan soʻng, natijalar ijobiy boʻlganida ekologik sertifikat beradi, nomuvofiqliklar aniqlanganida buyurtmachiga, yozma ravishda, qonunchilikning muayyan meʼyorlarini koʻrsatib, ekologik sertifikat berishni rad javobini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.25 Ekologik sertifikat MESI oʻrnatgan shaklda davlat yoki rus tillarida rasmiylashtiriladi. Rasmiylashtirilgan sertifikat ESI ning reyestiriga roʻyxatga olinadi. Ekologik sertifikat, faqat roʻyxatga olingan raqami mavjud holdagina haqiqiy hisoblanadi. Ekologik sertifikat buyurtmachiga 2-ishchi kuni davomida beriladi, ESI tomonidan ishlab chiqarish sharoitlarini oʻrganilganida esa, ishlab chiqarishni oʻrganish dalolatnomasini tayyorlanganidan va sinovlar natijalari olinganidan soʻng, besh kun davomida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.26 Transportda tashiladigan mahsulot uchun ekologik sertifikat mahsulot toʻpini transportda tashish muddatlariga, yetkazib berish shartnomalarini hisobga olgan holda beriladi, seriyali ishlab chiqariladigan mahsulot uchun, mahsulotni bevosita atrof muhitga koʻrsatadigan taʼsiri darajasini, shuningdek ushbu mahsulot turini ishlab chiqarishni ekologik xavfi darajasini hisobga olib, bir yildan uch yilgacha muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.27 Kelishmovchiliklarni hal qilish va ESI faoliyatini “Oʻzstandart” agentligi tomonidan inspeksion nazoratni amalga oshirish maqsadlarida, ekologik sertifikatlashtirish hujjatlari (namunalar tanlab olish dalolatnomalari, ishlab chiqarishni baholash va tahlil qilish dalolatnomalari, sinovlar bayonnomalarining nusxalari) ekologik sertifikatning amal qilish muddatigacha, ammo bir yildan kam boʻlmagan vaqt saqlanishi kerak. Hujjatlarni saqlash qoidalari va muddatlarini ESI ning va sinov laboratoriyasining protsedura hujjatlarida koʻrsatiladi. Koʻrsatilgan hujjatlarning amal qilish muddatlari tugaganidan soʻng ularni arxivga topshiriladi yoki yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.28 Ekologik sertifikatlashtirilgan mahsulotni ishlab chiqaruvchi tomonidan sotilishida, ekologik sertifikatini nusxasi, uni bergan idoraning muhri bilan tasdiqlangan holda boshqa hujjatlar bilan birga taqdim etilishi mumkin. Ekologik sertifikatni asl nusxasini ushlab turuvchi tomonidan berilayotgan ekologik sertifikatning nusxalari mahsulot uchun beriladigan yoʻl hujjatlariga muvofiq roʻyxatga olib boriladi. Har bir nusxada uning roʻyxatga olingan raqami va sotilayotgan mahsulotning miqdori koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.29 Ekologik sertifikat amal qilayotgan davrda ishlab chiqarilgan mahsulot ekologik xavfsiz (toza) hisoblanadi va qayta ekologik sertifikatlanmaydi. Mahsulotning foydalanish va yoʻl hujjatlaridagi ishlab chiqarilgan vaqti ekologik sertifikatining tasdigʻi boʻlib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.30 Buyurtmachi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotiga, ekologik sertifikatining amal qilish muddati tugashiga bir oy qolganidan kechiktirmay, qayta ekologik sertifikatlashtirishga ESI ga ariza berish huquqiga ega. Bunda ESI inspeksion nazorat natijalarini hisobga olgan holda sertifikatlashtirishni chizmasini oʻzgartirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.31 Ekologik sertifikatlashtirishda tasdiqlanadigan, mahsulotning ekologik xavfsizligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, mahsulot tarkibiga kiritiladigan oʻzgartirishlar, ishlab chiqarish texnologiyasidagi oʻzgarishlar, utillashtirish ishlarini rejalashtirilganida, tayyorlovchi ESI ni bular haqida ogohlantiradi, ESI ularni hisobga olgan holda aniqlik kiritish chora-tadbirlari oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.32 Seriyali ishlab chiqarishga ekologik sertifikatni bergan ESI, bir yilda bir martadan kam boʻlmagan vaqtda, mahsulotni sertifikatlashtirish tavsiflarini tasdiqlash maqsadida, inspeksion nazorat oʻtkazadi. Inspeksion nazorat oʻtkazishda, ekologik sertifikatlashtirishning chizmasiga bogʻliq ravishda, mahsulotni ekologik xavfsizligiga sinovlar oʻtkaziladi yoki ishlab chiqarish sharoitlarini oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.33 Inspeksion nazorat natijalari boʻyicha ekologik sertifikatning amal qilish muddati uzaytirilishini, toʻxtatishni yoki bekor qilishni tasdiqlash mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.34 Ekologik sertifikatlashtirilgan mahsulotni inspeksion nazoratini oʻtkazish tartibi, hajmi inspeksion nazoratni oʻtkazish qoidalarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.35 ESI, tayyorlovchi va Markaziy ekologik sertifikatlashtirish idorasini ekologik sertifikatning amal qilishini toʻxtatish yoki yoʻq qilingani toʻgʻrisida maʼlumot berishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sertifikatlashtirish chizmalarini qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1 № 1 chizma - keltirilayotgan mahsulot toʻplarini ekologik sertifikatlashtirishda qoʻllanilib, ekologik xavfsizlik talablari, atrof muhitni muhofazasi boʻyicha ASL yoki AEALlarda sinovlar oʻtkazishni koʻzda tutadi. Bu chizmada, sertifikatlash tavsiflarini tasdiqlash, uzoq muddatli saqlash shartlariga, shuningdek, mahsulot solingan idishlar (oʻrab joylash) bilan munosabat qismlarini koʻzda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2 № 2 chizma - olib chiqib ketilayotgan mahsulot toʻplarini ekologik sertifikatlashtirishda qoʻllanilib, ekologik xavfsizlik talablari, atrof-muhitni muhofazasi boʻyicha, MH larda oʻrnatilgan sinovlar oʻtkazishni koʻzda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3 № 3 chizma - ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ekologik sertifikatlashtirishda qoʻllaniladi. Mahsulotni ekologik xavfsizlik talablarini va atrof-muhitni muhofazasi talablarini tasdiqlash maqsadida, sinovlar oʻtkazishni, shuningdek ishlab chiqarish sharoitlarini oʻrganish tahlillarini koʻzda tutadi. Bu chizma, korxonada, mahsulot hayotiy siklini baholash va sertifikatlashtirish tavsiflarini tasdiqlash maqsadida inspeksion nazorat oʻtkazishni koʻzda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.4 № 4 chizma - ekologik xavfli mahsulotni tranzit usulida olib oʻtilganida qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.5 № 5 chizma - mahsulotni ekologik sertifikatlashtirishda qoʻllanlab, uni ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofazasi talablariga deklaratsiyalashni koʻzda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maʼlumotlar berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.1 ESI berilgan, yoʻq qilingan, amal qilish muddatlari toʻxtatilgan ekologik sertifikatlarni, shuningdek ekologik sertifikat berishni rad etilgan hollar hisobini olib boradi, oʻrnatilgan tartibda, ular toʻgʻrisida va ekologik sertifikatlashtirish faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ekologik sertifikatlashtirishning Markaziy idorasiga joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.2 Ekologik Sertifikatlashtirishning Markaziy Idorasi (ESMI) faoliyat koʻrsatayotgan ASL (AEAL)lar toʻgʻrisida maʼlumotni nashr qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.3 ESMI mahsulotni ekologik sertifikatlashtirish natijalarini, quyidagilarni oʻz ichiga olgan maʼlumotnomani nashr qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik sertifikatlarni ushlab turuvchilarning roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ESI lar, ASL yoki AEAL va ekspert-auditor-ekologlarning roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻq qilingan va amal qilish muddati toʻxtatilgan ekologik sertifikatlar roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xorijiy ekologik sertifikatlarni tan olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.1 Ekologik sertifikatlashtirish ishlarini tan olishni, ekologik sertifikatlashtirish boʻyicha ishlarni, davlatlararo kengashda (MGS), oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanganidan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.2 Xalqaro tizimlar va kelishuvlar doirasida tan olinadigan ekologik sertifikatlarni tan olish, ushbu xalqaro tizimlar va kelishuvlarda oʻrnatilgan qoidalar asosida, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos ravishda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot uchun ekologik sertifikat, agar MHlardagi mahsulotning ekologik xavfsizligiga qoʻyilgan talablari, Oʻzbekiston Respublikasining MHlarida koʻrsatilgan ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofazasi boʻyicha talablariga mos kelganida tan olinadi. Oʻzbekiston Respublikasi MH larida ekologik sertifikatlashtirish uchun, zaruriy qoʻshimcha talablar boʻlganida yoki kontraktda bu haqida aytilgan boʻlsa, mahsulotni ushbu qoʻshimcha talablarga mos kelishini sinovlari oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.3 Ekologik sertifikatni tan olinishi uchun buyurtmachi ESI ga buyurtma yuboradi. Buyurtmaning tavsiyaviy shakli ushbu standartning D ilovasida keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmaga, ekologik sertifikatning ekologik sertifikatni bergan idoraning muhri bilan tasdiqlangan, asli va nusxasi, shuningdek, ushbu standartning 3.4 bandida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinishi kerak. Buyurtmachi qoʻshimcha tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan MH larning qoʻshimcha talablariga mos kelishini tekshirilgan sinov bayonnomalarini taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.4 Olingan hujjatlar va materiallar asosida ESI ekologik sertifikatni tan olish (tan olmaslik) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ESI tan olish jarayonida, mahsulotni, buyurtmada koʻrsatilganiga identifikatlashtiradi (bir xilligini tekshiradi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.5 Eksport qilgan davlatning ekologik sertifikatlashtirish idorasi tomonidan berilgan ekologik sertifikatini tan olish, uni oʻrnatilgan namunaga binoan qayta rasmiylashtirish va davlat reyestriga kirgazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Appelatsiyalarni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.1 Ekologik sertifikatlashtirish natijalaridan norozi taraf, ESIga, Markaziy ekologik sertifikatlashtirish idorasiga, “Oʻzstandart” agentligining Appelatsiya kengashiga va bevosita sudga appelatsiya bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.2 Apellatsiyalar Oʻz MST ning protseduralarida oʻrnatilgan tartibga asosan, ikki hafta davomida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.3 “Oʻzstandart” Agentligining Appelatsion kengashining qarori qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda sudda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A ILOVA
(tavsiyaviy)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologik xavfsizlik talablarini tasdiqlash chizmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chizma
‎№ ‎
Ekologik sertifikatlashtirish obyekti‎ Oʻtkazish tartibi‎ Inspeksion nazorat‎
1.‎ Toʻplarni olib kirish‎ Isteʼmolchidan olingan namunalarni sinovlari‎ Oʻtkazilmaydi‎
2.‎ Toʻplarni olib chiqish‎ Tayyorlovchidan olingan namunalarni sinovlari‎ Oʻtkazilmaydi‎
3.‎ Ishlab chiqarish (murojaat)‎ Tayyorlovchidan olingan namunalarni sinovlari. Ishlab chiqarish sharoitlarini oʻrganish tahlili‎ Oʻtkaziladi‎
4.‎ Tranzit‎ Tashqi koʻrinishini tekshirish‎ Oʻtkazilmaydi‎
5.‎ Deklaratsiyani taqdim etilayotgan hujjatlar bilan mos kelishini koʻrib chiqish‎ Takdim etilayotgan hujjatlar bilan solishtirish‎ Oʻtkazilmaydi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V ILOVA
(majburiy)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

_______________________________________
(ekologik sertifikatlashtirish idorasining nomi)

_________________________________________________
‎‎‎(ekologik sertifikatlashtirish idorasining manzili)‎‎


‎‎‎BUYuRTMA
‎ekologik sertifikatlashtirishni oʻtkazish boʻyicha

‎‎__________________________________________________________________

‎‎‎buyurtmachining nomi (tayyorlovchi korxona, yetkazib beruvchi yoki individual tadbirkorning F.I.Sh.)

‎‎__________________________________________________________________

‎(buyurtmachi manzili, aloqa telefoni)

__________________________________________________________________
‎tomonidan_________________________________________________________

‎‎‎(rahbar F.I.Sh.)

�‎quyidagilarga buyurtma ______________________________________________
‎‎‎‎‎‎‎(mahsulot nomi, TIFTN kodi, seriyali ishlab chiqariladi, olib kiradi, olib chiqadi‎‎

__________________________________________________________________

‎‎‎tranzit, miqdori (toʻpga, tranzit)‎‎

‎‎boʻyicha chiqariladi _________________________________________________

‎‎‎(meʼyoriy hujjat nomi)

‎‎‎‎talablariga mos keladi______________________________________________

‎(meʼyoriy hujjatlar raqami va nomi)

__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

‎‎va mahsulotni hujjatlarda koʻrsatilgan talablarga mos kelishiga ekologik sertifikatlashtirishni chizmasi boʻyicha oʻtkazishingizni soʻraydi_____________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎(sertifikatlashtirish chizmasi raqami)

‎‎Qoʻshimcha maʼlumotlar ______________________________________________
‎‎‎‎(boshqa hujjatlar koʻrsatiladi (inventarizatsiyalash, PDV va boshqalar))
‎‎__________________________________________________________________
Buyurtmachi‎‎

‎‎____________
‎(shaxsiy imzo)‎

‎‎____________
‎(F.I.Sh.)‎

‎‎“‎___” ______________20___y
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
S ILOVA
(majburiy)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
__________________________

‎‎“TASDIQLAYMAN”

‎‎(Ekologik sertifikatlashtirish idorasi nomi)

‎‎Ekologik sertifikatlashtirish idorasi rahbari

‎‎__________________________

‎‎(ESI manzili)

‎‎“___” _____________ 20___y. ‎‎____________ ‎‎___________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.Sh.)

M.Oʻ.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎QAROR
‎Ekologik sertifikatlashtirish buyurtmasi boʻyicha

‎‎№______ “_____” ____________20___yildan

‎‎Buyurtmani qoʻrib chiqib_____________________________________________

‎‎(tayyorlovchi korxona, yetkazib beruvchi nomi)

ekologik sertifikatlashtirish _______________________________________

(‎‎mahsulot nomi, TIF TN kodi, toʻp oʻlchami)

__________________________________________________________________‎‎
‎‎quyidagilarni maʼlum qilamiz:
‎‎1. Ekologik sertifikatlashtirish chizma boʻyicha oʻtkaziladi_______________
‎‎__________________________________________________________________

‎‎(sertifikatlashtirish chizmasi raqami)

‎‎2. Ekologik sertifikatlashtirish uchun sinovlarni______________________
____________________________________________________da oʻtkazish kerak

‎‎(akkreditlangan sinov laboratoriyasining yoki akkreditlangan ekoanalitik laboratoriyaning nomi, manzili)

‎‎3. Ekologik sertifikatlashtirish_____________________________________
________________________________________talablari asosida oʻtkaziladi

‎‎(meʼyoriy hujjatlar belgisi va nomi)

4. Ishlarni toʻlov shakli_____________________________________________

(xoʻjalik shartnomasi, tarif, toʻlovning boshqa turi)‎‎

‎‎‎‎__________________________________________________________________

‎‎5. Ekologik sertifikatlashtirish maqsadlarida quyidagilari taqdim etilishi kerak______________________________________________________

‎‎(kerakli hujjatlar sanab oʻtilsin)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
D ILOVA
(majburiy)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‎_______________________________________

‎‎(ekologik sertifikatlashtirish idorasi)

‎‎_______________________________________

‎‎(ESI manzili)


‎‎‎BUYuRTMA
xorijiy ‎ekologik sertifikatni tan olish toʻgʻrisida

_______‎‎__________________________________________________ga ekologik

‎‎(ekologik xavfli mahsulot nomi, turi, modeli, rusumi, toʻp oʻlchami)

‎‎sertifikatini tan olish boʻyicha murojaat qilmoqdamiz
_____________________________________________________‎‎da tayyorlangan

‎‎‎(tayyorlovchi korxona nomi, manzili, mamlakat)

________________________________________________________da sinalgan

‎‎(sinov laboratoriyasining nomi, manzili)

______________________________________________‎‎talablariga mosligini
__________________________________________________________________

‎‎(ekologik sertifikat muvofiqligiga oʻtkazilgan hujjat nomi, belgisi)

‎‎Ekologik sertifikat ________________________________________________

‎‎(ekologik sertifikatni bergan

_________________________________________________‎‎tomonidan berilgan

‎‎idora)

_____________ qoidalar boʻyicha ______________________________________

‎‎‎��(manzil)‎‎

‎‎‎‎(sertifikatlash tizimi nomi yoki kelishuv soni)

‎‎dan _______________ ‎‎‎‎gacha _________________ muddatga
‎‎Qoʻshimcha maʼlumotlar ______________________________________________
‎‎__________________________________________________________________
‎‎Buyurtmaga quyidagilarni ilova
‎‎‎qilmoqdamiz: ______________________________________________________

‎‎(hujjat va materiallar roʻyxati)

‎‎Buyurtmachining nomi va manzili _____________________________________
‎‎Buyurtmachi telefoni/faksi __________________________________________
‎‎Shaharlararo telefon aloqasi ________________________________________
‎‎F. I. Sh., buyurtmachi vakilining F.I.Sh., vazifasi va telefoni___________
‎‎‎__________________________________________________________________

‎‎___________________

‎‎“____” ____________ 20___y.

(shaxsiy imzo)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
E ILOVA
(majburiy)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‎_______________________________________

‎‎(ekologik sertifikatlashtirish idorasi nomi)

‎‎_______________________________________

‎‎(ESI manzili)

‎‎DALOLATNOMA
‎mahsulotni solishtirib koʻrish (identifikatlash) toʻgʻrisida

��‎1. Mahsulot nomi___________________________________________________‎
‎‎2. Buyurtmachining nomi, uning yuridik manzili
__________________________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________
‎‎3. Mahsulotning kelib chiqishi_______________________________________
‎‎__________________________________________________________________
‎‎4. Toʻp oʻlchami ______________________________________________________
5. Xavflilik sinfi ________________________________________________
‎‎6. TIF TN kodi ____________________________________________________

‎‎7. Mahsulotni ekologik xavfsizlik tavsiflariga muvofiqlik koʻrsatkichlarini atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga tahlili __________________________________________________________________

‎‎__________________________________________________________________

‎‎meʼyoriy hujjatlar nomi

‎‎
‎‎XULOSALAR:

‎‎Taqdim etilgan mahsulot namuna va tamgʻalanishiga solishtirib koʻrildi (identifikatsiyalandi) (identifikatsiyalanishi mumkin emas)_____________

‎‎__________________________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________
‎‎Ekologik sertifikatlashtirish idorasi vakili ‎

‎‎____________

‎‎________________

‎‎imzo

‎‎F.I.Sh.

M.Oʻ.‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bibliografik maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Oʻzgartirishlarni qayd qilish
‎varagʻi (Majburiy)


‎‎‎Oʻzgartirishlarni qayd qilish varagʻi

Nashri‎ Redaksiya‎ Oʻzgartirish kiritilgan varaqlar‎ Kiritilgan oʻzgartirishlar mazmuni‎ Sanasi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Boshdavekosertifikat” boshligʻi‎ ‎ Karimov N.M.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎ANIDI boshligʻi‎ ‎ ‎Mirraximov M.M.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎ANIDI, ekologik standartlashtirish va metrologiya boʻlim boshligʻi‎ ‎ ‎Nabiyeva M.S.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎ANIDI, normakontroli‎ ‎ ‎Bekmirzayeva K.M.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎KELIShILGAN:‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Rais oʻrinbosari‎ ‎ ‎Sadikov K.F.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti va uni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi‎ ‎ ‎Mamatqulov R.I.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ekologik-huquq boʻlimi boshligʻi‎ ‎ ‎Tillyayev T.S.‎