27.11.2014 yildagi 324-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish yuzasidan va bepul donorlikni rivojlantirish hamda qon va uning tarkibiy qismlari zaxiralarini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qon bilan ishlash xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Donor qoni, uning tarkibiy qismlari va preparatlarini tashish, olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davolash-profilaktika muassasalarining donor qonining tarkibiy qismlariga ehtiyojlarini taʼminlash normativlari 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 27-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
324-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-noyabrdagi 324-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Qon bilan ishlash xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq qon bilan ishlash xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining donor qoni va uning tarkibiy qismlari masalalari boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash hamda ishlatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qon bilan ishlash xizmatining tuzilmasi va vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qon bilan ishlash xizmati donor qoni va uning tarkibiy qismlarini toʻplashga, tayyorlashga, qayta ishlashga va saqlashga ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlari hamda donor qoni va uning tarkibiy qismlaridan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan farmatsevtika tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda – qon bilan ishlash xizmati) majmuidan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qon bilan ishlash xizmati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
donor qoni va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va undan foydalanishga ixtisoslashtirilgan davlat tibbiyot tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
donor qoni va uning tarkibiy qismlaridan foydalanadigan tibbiyot tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalarini ishlab chiqarish uchun qon plazmasini yigʻishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qon plazmasidan dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan farmatsevtika tashkilotlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlari binolarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qon va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash faqat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan tibbiy jihozlar yordamida amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qon va uning tarkibiy qismlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan talablarga muvofiq uzluksiz haroratni saqlash va roʻyxatga olish tizimi mavjud boʻlgan maxsus muzlatgichlarda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qon va uning tarkibiy qismlari, shu jumladan, qon plazmasini 18 yoshga toʻlgan shaxslar tomonidan topshirilishiga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshiradigan shaxslarning salomatlik koʻrsatkichlari, sogʻligʻiga qoʻyiladigan talablar hamda ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish oldidan shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda ularning salomatligi toʻgʻrisidagi hujjat berish bepul amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish chogʻida donor quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻligʻi saqlanishi kafolatining tibbiyot xodimlari tomonidan taʼminlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bepul ovqat bilan taʼminlanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Donor qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qon va uning tarkibiy qismlari bepul va pulli asosda topshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qon va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat tibbiyot tashkilotlari hamda qon plazmasidan dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar donorlarga kelishuvga muvofiq qoʻshimcha kafolatlar hamda kompensatsiya toʻlovlarini belgilashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining elektron tizimiga ulanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qon bilan ishlash xizmati qon va uning tarkibiy qismlari donorligini quyidagilar orqali tashkil etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
donor qoni, uning tarkibiy qismlari va preparatlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini qon va uning tarkibiy qismlarini ixtiyoriy ravishda topshirishga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek, donor qoni preparatlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning xavfsizlik sharoitlarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek, donor qoni preparatlarini xavfsiz tashishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
donor qoni bankini yaratish va yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qon bilan ishlash xizmatini, donorlikni qon va uning tarkibiy qismlari donorligini, ularni tayyorlashni hamda klinik qoʻllanishni tashkil etish masalalari boʻyicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qon va uning tarkibiy qismlari donorligi boʻyicha maʼlumotlarning yagona elektron bazasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qon va uning tarkibiy qismlarining ixtiyoriy bepul donorligini rivojlantirish boʻyicha tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qon bilan ishlash xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qon bilan ishlash xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirliklar va idoralar rahbarlari oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxslarni donorlar safiga jalb etishda qon bilan ishlash xizmatiga koʻmaklashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
donorning arizasiga binoan uni ish, xizmat yoki oʻqish joyidan tibbiy koʻrikdan oʻtish kunida, shuningdek, qon topshirish kunida sogʻliqni saqlash tashkilotlariga toʻsqinliksiz yuboradilar, donorning ushbu kunlarda ish joyida yoki xizmat joyida boʻlmasligi odamlarning hayotiga yoki salomatligiga xavf solishiga, davlat mudofaasini, xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash bilan bogʻliq vazifalarning bajarilmasligiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qon topshirishni tashkil etish uchun zarur xonalar taqdim etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
donorga qonunchilikda belgilangan kafolatlarni beradilar va uni ragʻbatlantirish choralarini qoʻllaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralar qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
donor qoni va uning tarkibiy qismlari toʻgʻrisidagi qonunchilikning bajarilishini taʼminlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz hududlarida qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirishga mahalliy budjetdan mablagʻlar ajratadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi orasida begʻaraz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish, donorlarga sifatli xizmatlar koʻrsatish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻradilar.
(14-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-19-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 07/26/19/0067-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Favqulodda vaziyatlarda qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Favqulodda vaziyatlar xavfi paydo boʻlganda oʻz vaqtida harakatlanish, tegishli hududlarda qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etish ishlariga tezkor rahbarlik qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moʻljallanayotgan donorlar roʻyxatlarini aniqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikastlanganlar uchun qon topshirish shoxobchalarini aniqlash va tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
donor qonini tayyorlash boʻyicha koʻchma brigadalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
donor qonini tayyorlash va tekshirish uchun reaktivlar va uskunalar zaxirasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi oʻrtasida qon donorligi boʻyicha tushuntirish ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
donorlarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilishini va donor qonini tayyorlashda sanitariya-epidemiologiya nazoratini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Favqulodda vaziyatlarda donor qoni tarkibiy qismlariga hamda preparatlariga boʻlgan ehtiyoj ushbu Nizomga ilovaga muvofiq, ehtiyojning nomenklaturasi va hisobi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Favqulodda holatlar va vaziyatlarda Vazirlar Mahkamasining qarori asosida qon xizmati nodavlat tashkilotlari zaxirasidagi qon plazmasi va qon preparatlari davlat zaxirasiga olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda zaxiraga olingan qon plazmasi va qon preparatlari uchun ulgurji referent narxlardan yuqori boʻlmagan miqdorida kompensatsiya toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Qon bilan ishlash xizmatini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qon bilan ishlash xizmatining davlat tashkilotlari faoliyati belgilangan tartibda, Davlat budjeti mablagʻlari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga, nodavlat tashkilotlari faoliyati oʻzlarining mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Nizomning qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Donor qoni va uning tarkibiy qismlari bilan ishlash xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlarda donor qoni tarkibiy qismlariga hamda preparatlariga boʻlgan ehtiyojning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NOMENKLATURASI VA HISOBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Donor qoni tarkibiy qismlari hamda preparatlari nomi

Oʻlchov birligi

100 nafar jabrlanganlarni 5 kunlik davolash uchun ehtiyoj normasi

Eritrotsitar massa

litr

50,0

Yangi muzlatilgan plazma

litr

100,0

Trombotsitlar konsentrati

doza

20

Albumin 10%

litr

40,0

Antistafilokok immunoglobulin

doza

15

Qoqsholga qarshi immunoglobulin

doza

50

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Jabrlanganlar holatining ogʻirlik darajasidan kelib chiqib ehtiyoj normasi oʻzgarishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 22 apreldagi 225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2024-y., 09/24/225/0294-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-noyabrdagi 324-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Donor qoni, uning tarkibiy qismlari va preparatlarini tashish, olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq donor qonini, uning tarkibiy qismlarini va preparatlarini tashish, olib kirish va olib chiqish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Donor qoni, uning tarkibiy qismlari va preparatlarini tashish, olib kirish va olib chiqish tizimi ularning saqlanishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Donor qoni, uning tarkibiy qismlari va preparatlarini tashish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolash-profilaktika muassasalarida bemorga qon quyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolash-profilaktika muassasalari oʻrtasida qayta taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemorni boshqa davolash-profilaktika muassasasiga yoʻnalish boʻyicha kuzatib borish holatlarida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish favqulodda vaziyatlarda, shoshilinch insonparvarlik yordamini koʻrsatish va boshqa zarur holatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining taklifiga binoan Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 22 apreldagi 225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2024-y., 09/24/225/0294-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Donor qoni, uning tarkibiy qismlari va preparatlarini tashish, olib kirish va olib chiqishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Donor qoni, uning tarkibiy qismlari va preparatlarini tashish, olib kirish va olib chiqishdan oldin ular vizual koʻzdan kechirilishi va hujjatlashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Donor qoni, uning tarkibiy qismlari va preparatlarini tashish, olib kirish va olib chiqish uchun masʼul boʻlgan shaxs qon, uning tarkibiy qismlari va preparatlarini yuklash, tashish va tushirishda ular bilan ishlash qoidalariga oʻqitilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Donor qoni va uning tarkibiy qismlarining har bir birligini tashish, olib kirish va olib chiqish toʻgʻrisidagi qaror faqat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot identifikatsiyalangandan keyin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
donor qoni namunalari gemotransmissiv infeksiyalar yuzasidan tekshirilgandan keyin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi koʻrinishi, oʻramining butligi va mahsulotni saqlash shartlari toʻgʻrisidagi roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlari tekshirilgandan keyin qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Donor qoni, uning tarkibiy qismlari va preparatlarini tashish, olib kirish va olib chiqishning umumiy shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Donor qoni, uning tarkibiy qismlari va preparatlarini tashish, olib kirish va olib chiqish faqat tashish qoidalariga rioya etilishi uchun javob beradigan sogʻliqni saqlash davlat tizimining ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Donor qoni, uning tarkibiy qismlari va preparatlarini tashish, olib kirish va olib chiqish quyidagi shartlarga rioya etilgan holda amalga oshirilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sovutish uskunalari va transport termoizolyatsiya konteynerlarining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
donor qoni, uning tarkibiy qismlari va preparatlarini tashishda ularning nomi boʻyicha alohida saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan harorat rejimini doimiy ravishda saqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Donor qoni, uning tarkibiy qismlari va preparatlari joylangan termoizolyatsiya konteynerlari tashish, olib kirish va olib chiqishda zarblardan, buralishdan, silkinishdan, kataklar qismlari — muzlashdan saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Donor qoni, uning tarkibiy qismlari va preparatlarini termoizolyatsiya konteynerlarida tashish, olib kirish va olib chiqish har qanday transport vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Donor qoni, uning tarkibiy qismlari va preparatlarini yarim soatdan kam vaqtda tashish yetarli darajada izotermiklikni taʼminlaydigan har qanday konteynerlardan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Donor qoni, uning tarkibiy qismlari va preparatlari paketlari termoizolyatsiya konteynerlarida bir-biriga tegib turishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tik holatda joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Donor qoni, uning tarkibiy qismlari va preparatlarini saqlash harorati izotermik konteyner va sovutgichda bir kecha-kunduzda kamida ikki marta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Donor qoni, uning tarkibiy qismlari va preparatlarini olishda izotermik konteyner ochilgandan keyin konteyner ichidagi harorat darhol tekshirilishi, olish sanasi va vaqti roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 48-son, 572-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 07/22/348/0725-son; 23.04.2024-y., 09/24/225/0294-son; 23.01.2026-y., 07/26/19/0067-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)