Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK “Boing-767-300ER” yoʻlovchi tashish samolyotlarini yuk tashish variantiga qayta jihozlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning ikkita yoʻlovchi tashish “Boing-767-300ER” samolyotlarini yuk variantiga qayta jihozlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 12-maydagi PQ-2174-son qarori 5-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning ikkita “Boing-767-300ER” yoʻlovchi tashish samolyotini yuk tashish variantiga qayta jihozlash” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan 1-ilovaga* muvofiq;
ikkita “Boing-767-300ER” yoʻlovchi tashish samolyotini yuk tashish variantiga qayta jihozlash ishlari uchun uzil-kesil toʻlovlarning bir qismini moliyalashtirish uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qaytarishning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1- va 2-ilovalar berilmaydi.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-oktabr,
303-son