29.10.2003 yildagi 473-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UMUMIY OʻRTA VA OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMIGA IZCHIL OʻTISHNI TAʼMINLASHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi yangi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarini ishga tushirish boʻyicha yoʻl qoʻyilgan qoloqlik va oʻrta umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar oʻrni yetarlicha muvozanatli qisqartirilmaganligi munosabati bilan ayrim tumanlarda 9-sinflarning bitiruvchilari oʻqishni kasb-hunar kollejlarida yoki umumtaʼlim maktablarining 10-sinflarida davom ettirish imkoniyatiga ega emasligi hollari mavjudligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini izchil, bosqichma-bosqich amalga oshirish, 9-sinflarning bitiruvchilari umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi bilan toʻliqroq qamrab olinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror bilan belgilangan 9-sinflarni bitiruvchilarni qamrab olish parametrlari soʻzsiz bajarilishi, 10-sinflarga va oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlariga qabul qilishni taʼminlash, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini oʻz vaqtida ishga tushirish uchun shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlariga, xalq taʼlimi hududiy boshqarmalari boshliqlariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-sinflar bitiruvchilarini qamrab olishning mazkur qaror bilan tasdiqlangan istiqbolli koʻrsatkichlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablarining vaqtincha faoliyat koʻrsatayotgan 10-11-sinflari faoliyati ustidan nazorat qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-sinfning bitiruvchisi biror shahar yoki tumanda oʻqishni bundan keyin davom ettira olmasligining har bir holati mahalliy hokimiyat organlari tomonidan darhol qaror qabul qilinishini talab etuvchi tashvishli hol sifatida qaralsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi 9-sinflarni bitiruvchilar keyinchalik umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida oʻqish bilan toʻliq qamrab olinishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin hamda har yili 1-oktabrga, yangi oʻquv yili boshlanishi yakunlari boʻyicha, ishlarning joylardagi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirsin va Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin. Mazkur talabning bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003/2004 oʻquv yili oxirigacha 11-sinflar uchun yangi oʻquv rejalari va dasturlar ishlab chiqilishini tugallasin hamda ularni oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun tasdiqlangan umumtaʼlim fanlari boʻyicha davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-11-sinflarda oʻqitishning yangi oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq boʻlgan 11-sinflar oʻquvchilari uchun darsliklar yaratilishi va nashr etilishini 2004-yil 1-avgustgacha tugallasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, umumtaʼlim maktablarining 11-sinfini bitiruvchilar oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari bilan teng huquqlarga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Davlat test markazi bilan birgalikda umumtaʼlim maktablarining 11-sinflarini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini bitiruvchilarga nisbatan ularning tayyorlanishi va oʻqish uchun respublikaning oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinishi masalasida yagona yondashuvga rioya etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 11-sinflar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi davlat taʼlim standartlarini takomillashtirish va respublikada majburiy taʼlim sifatini oshirishni tanqidiy oʻrganib chiqsin va belgilangan tartibda chora-tadbirlar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorga 3 va 4-ilovalarda belgilangan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilishiga investitsiyalarning yillik hajmi koʻrsatib oʻtilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarini ishga tushirish boʻyicha belgilangan topshiriq soʻzsiz bajarilishi nazarda tutilgan holda respublikaning yillik investitsiya dasturlarini tuzishda aniqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yillik investitsiya dasturini hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilishining aniq yoʻnaltirilgan roʻyxatlarini tuzishda koʻrsatib oʻtilgan oʻquv yurtlarini birinchi navbatda qishloq aholi yashash joylarida qurishni nazarda tutsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilishining aniq yoʻnaltirilgan dasturiga ularning oʻquvchilar bilan toʻldirilishini hamda umumiy oʻrta taʼlimning 9-sinflari bitiruvchilari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi boʻyicha uch yillik oʻqish bilan qamrab olinishini hisobga olgan holda oʻzgartirishlar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 14-avgustdagi 338-son qarorining 1, 3 va 4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.A. Azizxoʻjayev va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 29-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
473-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 11-son, 167-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 199-modda; 2017-y., 11-son, 167-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)