Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son qarori)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qarorining 5-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 20-oktabr,
451-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 33-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining Paxta va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazi toʻgʻrisidagi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 29-modda) 5-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“paxta tozalash korxonalarining kontraktatsiya shartnomalarini bajarishlarini va ular tomonidan taqdim etiladigan qabul qilingan paxtaning miqdori va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini nazorat qiladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 191-modda; 2004-y., 3-son, 33-modda)