Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.10.2006 30.09.2003 yildagi 418-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.10.2006
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 2006-yil 11-oktabrdagi 214-son “Oʻzbekiston Respublikasida Ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek ommaviy axborot vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish, ularning mustaqil rivojlanishi uchun kafolatlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (R. Shogʻulomov) 2003-yil 31-dekabrgacha boʻlgan muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarining taʼsis hujjatlarini xatlovdan oʻtkazsin, ularni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼsis hujjatlariga (qonun hujjatlarida belgilangan muassislarni aniqlash, nashrning nomi, maqsadi va vazifalari hamda boshqa qoidalar) muhim oʻzgartirishlar kiritilgan ommaviy axborot vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, ommaviy axborot vositalari belgilari va xususiyatlariga ega boʻlgan bosma nashrlarga ilovalar qonunda belgilangan tartibda alohida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida” 1998-yil 15-apreldagi 160-son qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 19-martdagi 123-son qaroriga ilovaning 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 30-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
418-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
30-sentabrdagi 418-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida ishlab chiqilgan. Nizom Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ommaviy axborot deyilganda shaxslarning cheklanmagan doirasi uchun moʻljallangan bosma, audio, audiovizual va boshqa xildagi xabarlar va materiallar tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, ularga ilovalar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radio eshittirishlar, hujjatli kino, elektron-axborot aloqasi, shuningdek doimiy nomga ega boʻlgan, davlat tasarrufidagi, nodavlat va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari mahsuloti deyilganda davriy bosma nashrning tiraji yoki alohida soni bir qismining tiraji, tele-radio, kinoyilnoma dasturi, audio yoki video yozuv dasturining tiraji yoki bir qismi tiraji tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reklama xususiyatiga ega boʻlgan ommaviy axborot vositasi deyilganda davriy bosma nashr alohida soni hajmining 40 foizidan, tele-radio dasturlarda eshittirish va koʻrsatuv har bir soatining 10 foizidan koʻprogʻini reklama xabarlari egallagan ommaviy axborot vositasi tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari ilovalar nashr etishlari mumkin. Bosma nashrlarning ommaviy axborot vositasi belgilari va xususiyatlariga ega boʻlgan ilovalariga mustaqil ommaviy axborot vositasi sifatida qaraladi va ular mazkur Nizomga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslar ommaviy axborot vositalarini chiqarish (nashr etish) bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan va ularga belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berilgandan keyin shugʻullanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda matnda — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi) tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy davriy matbuot nashrlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyaning qaroriga muvofiq teleradio kompaniyalar, teleradiostudiyalar (kabelli, efir-kabelli televideniye) ommaviy axborotning boshqa elektron vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot agentliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-ommabop, hujjatli, xronikal filmlar ishlab chiqaruvchi kinovideostudiyalar roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari tomonidan mahalliy ommaviy axborot vositalari roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza muassis (muassislar) yoki ular tomonidan vakil qilingan shaxslar tomonidan qonunda belgilangan maʼlumotlar koʻrsatilgan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizada muassis (muassislar), turi, nomi, qaysi tilda (tillarda) eʼlon qilinishi, manzili, maqsad va vazifalari, qanday doiradagi oʻquvchiga (tomoshabinga, tinglovchiga) moʻljallanganligi, davriyligi, hajmi, moddiy-texnika taʼminoti va mablagʻ bilan taʼminlash manbalari koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga muassis (muassislar) tomonidan tasdiqlangan ommaviy axborot vositalarining Ustavi (Nizomi) nusxasi, belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis shartnomasi, roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalarining muassisi (muassislari) ustavida (ustavlarida) faoliyatning tegishli turi nazarda tutilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish muddati – ariza tushgan kundan boshlab bir oy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Taʼsis shartnomasining ayrim bandlari bajarilmagan taqdirda muassis, tahririyat uni bekor qilishga haqlidir. Bu haqda muassis yoki tahririyat shartnoma bekor qilinishidan kamida 3 kun oldin roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga maʼlum qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarining yagona reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ommaviy axborot vositalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi va roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma berilganligi uchun quyidagi miqdorlarda roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davriy matbuot nashrlari Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida
Bolalar, oʻsmirlar, nogironlar uchun, shuningdek umumtaʼlim va madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi ommaviy axborot vositalari Eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida
Axborot agentliklari, radio eshittirish, telekoʻrsatuv, hujjatli kino Eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida
Reklama xususiyatiga ega boʻlgan ommaviy axborot vositalari Eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida
Ommaviy axborot vositalarining boshqa shakllari Eng kam oylik ish haqining 45 baravari miqdorida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladigan ommaviy axborot vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomalar berilganligi uchun roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari miqdorlari ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari miqdorining 70 foizini tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ommaviy axborot vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish muassis (muassislar), nomi, eʼlon etilish tili (tillari), manzili, maqsadi va vazifalari, moʻljallanayotgan oʻquvchi (tomoshabin, tinglovchi), davriyligi, hajmi, moddiy-texnika taʼminoti va mablagʻ bilan taʼminlash manbalari oʻzgarganligi munosabati bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazishda nazarda tutilgan yigʻim summasining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar kiritilayotgan oʻzgartirishlar jiddiy boʻlmasa, u holda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ommaviy axborot vositasini qayta roʻyxatdan oʻtkazishning shart emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta roʻyxatdan oʻtkazish xuddi roʻyxatdan oʻtkazishdagi tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyati sud tomonidan toʻxtatilgan ommaviy axborot vositasining qayta roʻyxatdan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun undiriladigan yigʻimlarning 50 foizi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarning hisob raqamiga, qolgan qismi Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hisob raqamiga tushadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 23-dekabrdagi 279-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 381-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ommaviy axborot vositasini roʻyxatdan oʻtkazishda taqdim etilgan va ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda ariza beruvchi 3 kun muddatda bu haqda roʻyxatdan oʻtkazgan organni yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqolganda (yoʻqotib qoʻyilganda, yoʻq qilinganda va boshqa hollarda) “Dublikat” belgisi qoʻyilgan holda yangi guvohnoma beriladi. Bunda xuddi qayta roʻyxatdan oʻtkazishdagi miqdorda roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositasining maqsadi va vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hamda “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga zid boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bundan avval Oʻzbekiston Respublikasida xuddi shu nomdagi ommaviy axborot vositasi roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositasini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza uning faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil oʻtmasdan berilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassis yoki muassislardan birining yoxud noshirning joylashgan joyi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassisning oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxs ekanligi aniqlansa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassisning qasddan jinoyat sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan boʻlsa yoki u sud tomonidan huquqiy muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositasini taʼsis etgan jamoat birlashmasi faoliyati qonunda taqiqlangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositasini taʼsis etuvchi yuridik shaxslarning ustav jamgʻarmasida xorijiy investitsiyalar ulushi oʻttiz foizdan koʻproqni tashkil qilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror har tomonlama asoslangan boʻlishi va ariza beruvchiga yozma shaklda yuborilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan davriy matbuot nashrlari tahririyatlari noshirlar bilan tuziladigan shartnomalarda oʻz mahsuloti majburiy nazorat nusxalarining roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq boshqa tashkilotlar va muassasalarga yuborilishini nazarda tutishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Muassis yoki tahririyat roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olingan kundan boshlab olti oy mobaynida ommaviy axborot vositasining birorta ham sonini (dasturni) chiqarishni taʼminlay olmagan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari va boshqa organlar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslardan zarur axborotni, hujjatlarni va materiallarni soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlariga muntazam ravishda rioya qilmayotgan ommaviy axborot vositalarini tugatish (faoliyatini toʻxtatish) toʻgʻrisidagi taklif bilan sudga murojaat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning ommaviy axborot vositasini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Nizomning ommaviy axborot vositalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga yuklanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 162-modda; 2005-y., 51-son, 381-modda)