Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 14.03.2014 yildagi PQ-2151-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yilda qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash, shartnomalarni amalga oshirishda bozor mexanizmlarini yanada joriy etish va shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish, shuningdek mahsulot eksporti hajmlarini koʻpaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2014-yilda mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va taqsimlash balanslari 1 — 4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzkimyosanoat” DAK qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga shartnoma asosida va haqini 100% oldindan toʻlash sharti bilan, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga moʻljallangan mineral oʻgʻitlarni 5-ilovadagi* jadvalga muvofiq sotishni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 5-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, mineral oʻgʻitlarni birja savdolari orqali sotish belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasi “Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” OAJ orqali rasmiylashtirilib, keyin xaridorning xohishiga koʻra, respublika viloyatlaridagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardan yoki ularning vakolatli omborxonalaridan berib yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzkimyosanoat” DAKning mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi korxonalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yilning 1-mayidan boshlab, belgilangan tartibda, “qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga boshqa mahsulotlar yetkazib berish” balansining moddasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda “davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun” balansining moddasi boʻyicha har oyning yakunida sotilmay qolgan mineral oʻgʻitlar hajmini eksportga sotishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” OAJning valyuta maydonchasi orqali sotishga chiqarilgan eksport mahsulotiga talab boʻlmagan va jahon bozoridagi narxlar pasaygan hollarda, avvalgi birja sessiyasidagi boshlangʻich narxga nisbatan yangi boshlangʻich narxni qadam-baqadam 1,0 foizgacha, ammo mahsulot tannarxidan kam boʻlmagan miqdorgacha pasaytirishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2014-yilda mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaradigan va sotadigan “Oʻzkimyosanoat” DAK korxonalari yetkazib berilgan mineral oʻgʻitlar uchun qarzlarni undirish toʻgʻrisida xoʻjalik sudlari va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda koʻrilayotgan daʼvolar boʻyicha oldindan toʻlanadigan davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAK bilan birgalikda 2014-yilda mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va taqsimlash balansining tasdiqlangan parametrlari bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib borsin, shuningdek yetkazib berilgan mahsulotlar uchun hisob-kitob qilinishi boʻyicha tegishli maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakdan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 14-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2151-son