Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KORPORATIV BOShQARUV MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-oktabrdagi 305-sonli “Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining samarali faoliyatini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda xoʻjalik jamiyatlari rahbar boʻgʻinlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, korporativ boshqaruv sharoitlarida korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy biznes maktabining tarkibiy boʻlinmasi sifatida Korporativ boshqaruv oʻquv markazi (keyingi oʻrinlarda matnda Markaz deb yuritiladi) tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 375-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 7-modda)
2. Quyidagilar Korporativ boshqaruv markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
aksiyadorlarni, kuzatuv kengashlari va taftish komissiyalari aʼzolarini korporativ boshqaruv, moliyaviy va ishlab chiqarish jihatidan tahlil qilish, korxona va uning ijro etuvchi organlari faoliyatini nazorat qilish usullariga oʻqitish;
aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv ijro etuvchi organlari rahbar xodimlarini menejment va marketingning zamonaviy usullari boʻyicha tayyorlash va qayta tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarni hamda davlatning ishonchli vakili xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
xususiylashtirish, qimmatli qogʻozlar bozori, monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida va boshqa iqtisodiy tuzilmalarda ishlovchi mutaxassislarning kasb darajasini oshirish.
3. Quyidagilar:
Korporativ boshqaruv markazining xodimlarning cheklangan soni 14 kishidan iborat boʻlgan (yordamchi xodimlardan tashqari) tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy biznes maktabining Korporativ boshqaruv markazi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 375-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 7-modda)
Belgilansinki, Korporativ boshqaruv markazi rahbari ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy biznes maktabi direktorining oʻrinbosari hisoblanadi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 375-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 7-modda)
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Markazga tinglovchilar xoʻjalik yurituvchi subyektlar buyurtmanomalariga koʻra qabul qilinadi;
Korporativ boshqaruv markazida oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy biznes maktabi tomonidan tasdiqlangan oʻquv dasturlariga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 375-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 7-modda)
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun olingan mablagʻlar, respublika tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarning grantlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining Xususiylashtirish, bozor tuzilmalarini tashkil etish va rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirish sarf-xarajatlari uchun nazarda tutilgan mablagʻlari Markaz faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 375-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 7-modda)
Korporativ boshqaruv markazida oʻqishni muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi;
Korporativ boshqaruv markazining doimiy ishlovchi professor-oʻqituvchilar tarkibi va xodimlari moddiy-maishiy shart-sharoitlar va mehnatga haq toʻlash boʻyicha tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining professor-oʻqituvchilar tarkibi va xodimlariga tenglashtiriladi.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 375-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 7-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Korporativ boshqaruv markaziga zarur oʻquv va moddiy-texnika bazasini yaratish, Korporativ boshqaruv markazi binolarini taʼmirlash uchun 100,0 mln soʻm ajratsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti Korporativ boshqaruv markaziga xalqaro tashkilotlar grantlarini jalb qilishda koʻmaklashsin.
7. Korporativ boshqaruv markazi quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Shahrisabz koʻchasi, 42-uy.
Davlat mulki qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi va “Maxsusqotishma” respublika tashkiloti bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan binoning umumiy maydoni 1100 kv. metr boʻlgan uchinchi qavatini Korporativ boshqaruv markazi balansiga bersin.
“Oʻzrangmetloyiha” loyihalashtirish instituti “Maxsusqotishma” respublika tashkiloti balansiga uchinchi qavatda “Maxsusqotishma” respublika tashkiloti boʻshatayotgan maydonga teng miqdorda binoning boʻsh maydonlaridan bersin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 2-fevraldagi 32-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 52-modda)
8. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Korporativ boshqaruv markazini kutubxonani toʻldirish uchun bosma va kitob mahsulotlarining (ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, tarixiy nashrlar) nazorat nusxalarini (1 nusxa) oluvchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Korporativ boshqaruv markazini iqtisodiy tahlil va korxonalarda korporativ boshqaruv dasturlarini modellashtirish uchun axborot byulletenlarini oluvchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 7-modda)
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 4-iyul,
304-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy biznes maktabining Korporativ boshqaruv markazining
TAShKILIY TUZILMASI
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 375-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 7-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy biznes maktabining Korporativ boshqaruv markazi toʻgʻrisida
NIZOM
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 375-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 7-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy biznes maktabining Korporativ boshqaruv oʻquv markazi (keyingi oʻrinlarda matnda “Markaz” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan hamda xoʻjalik jamiyatlari uchun rahbar kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha Oliy biznes maktabining tarkibiy taʼlim boʻlinmasi hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 375-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 7-modda)
2. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlisning qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining ustaviga va mazkur Nizomga amal qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 375-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 7-modda)
II. Markaz faoliyatining huquqiy asoslari
3. Markaz Oliy biznes maktabining oʻz faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
4. Markazning toʻliq nomi:
oʻzbek tilida — “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining Korporativ boshqaruv markazi”;
rus tilida — Sentr korporativnogo upravleniya Visshey shkoli biznesa pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
ingliz tilida — The Center for Corporate Management of the Nigher School of Bisiness the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 375-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 7-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Markazning manzili: Toshkent shahri, Shahrisabz koʻchasi, 42-uy.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 2-fevraldagi 32-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 52-modda)
III. Markazning maqsad va vazifalari
6. Respublikada amalga oshirilayotgan demokratik qayta oʻzgartirishlar va iqtisodiy islohotlar vazifalari va ustuvorliklarini hisobga olgan holda ilgʻor xalqaro dasturlar asosida xoʻjalik jamiyatlari korporativ boshqaruvi rahbarlari va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markazning asosiy maqsadi hisoblanadi.
7. Oldinga qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun Markazga quyidagi vazifalar yuklangan:
xoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlari va taftish komissiyalari aʼzolarini korporativ boshqaruv prinsiplariga, moliyaviy va ishlab chiqarish tahlili usullariga, korxonalar ijro etuvchi organlari faoliyatini nazorat qilishga oʻqitish;
xoʻjalik jamiyatlari boshqaruvi ijro etuvchi organlari aʼzolarini menejment va marketingning ilgʻor usullari, buxgalteriya hisobi va hisoboti asoslari, boshqaruvning korporativ shakllari boʻyicha tayyorlash va qayta tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarni hamda davlatning ishonchli vakili xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, qimmatli qogʻozlar bozori, monopoliyaga qarshi va tanglikka qarshi tartibga solish sohasida, davlatning boshqa iqtisodiy tuzilmalarida ishlovchi mutaxassislarning kasb darajasi va malakasini oshirish;
korxonalar moliya-xoʻjalik faoliyatini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida ilgʻor xorijiy va Vatanimiz tajribasini umumlashtirish asosida tavsiyalar, qoʻllanmalar va ichki korporativ hujjatlar namunalarini ishlab chiqish;
Markaz oʻqituvchilari va tinglovchilarining korporativ boshqaruv sohasida xorijiy oʻquv markazlari va industrial markazlarda ilgʻor jahon tajribasini oʻrganish boʻyicha xalqaro tashkilotlar va institutlar bilan hamkorligini kengaytirish;
Markazning oʻquv jarayoniga yetakchi xorijiy ilmiy va oʻquv yurtlari professorlari va mutaxassislarini jalb etish, oʻquv va moddiy-texnika bazani mustahkamlash, kutubxona fondini barpo etish uchun xalqaro tashkilotlarning grantlarini jalb etish;
korporativ boshqaruv prinsiplarini joriy etish, ichki korporativ hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha xoʻjalik jamiyatlariga shartnoma asosida maslahat xizmatlari koʻrsatish, qabul qilingan qonun hujjatlari va normativ hujjatlarni tushuntirish boʻyicha mavzuli seminarlar va davra suhbatlarini, shu jumladan respublika mintaqalarida tashkil etish va oʻtkazish;
korporativ boshqaruv nazariyasi va amaliyoti boʻyicha tadqiqotlar olib borish, ham yirik, ham oʻrta va kichik korxonalar, shu jumladan qishloq xoʻjaligidagi tadbirkorlik tuzilmalari uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni takomillashtirish uchun oʻquv, metodik, maʼlumotnoma va axborot materiallarini ishlab chiqish;
Korporativ boshqaruv markazi tinglovchilari va boshqa manfaatdor shaxslarning oʻquv va maslahat adabiyotlarining elektron manbalaridan foydalanishini taʼminlagan holda oʻquv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
korporativ boshqaruv, kichik biznesni, tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va boshqa adabiyotlarni ishlab chiqish va nashr etish.
(7-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 31-modda)
IV. Oʻquv jarayonini tashkil etish
8. Markazda oʻquv jarayoni tinglovchilarning quyidagi toifalari:
kuzatuv kengashlar aʼzolari;
xoʻjalik jamiyatlari ijro etuvchi organlari aʼzolari;
taftish komissiyalari aʼzolari;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar hamda davlatning ishonchli vakili xodimlarini;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
iqtisodiy tartibga solish davlat organlari mutaxassislari;
xususiy korxonalarning aksiyadorlari va mulkdorlari uchun tasdiqlangan oʻquv rejalariga muvofiq oʻquv kurslari shaklida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tinglovchilarni Korporativ boshqaruv markaziga qabul qilish xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buyurtmanomalari hamda davlat ulushiga ega boʻlgan korxonalar uchun — Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlari yoʻllanmalari boʻyicha amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
10. Kompleks test sinovi, nazorat ishlari yakuniy bilimlarni nazorat qilish shakli hisoblanadi.
11. Markaz tinglovchilarni oʻquv vositalari (oʻquv adabiyoti va boshqa adabiyotlar, audiovizual va texnik vositalar) bilan taʼminlaydi.
12. Markazda oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga tugatganlik toʻgʻrisida belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
13. Markazning tinglovchilariga oʻqish davrida asosiy ish joyida oʻrtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi. Boshqa shaharlik tinglovchilarga asosiy ish joyida oʻqish davrida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq sutkalik xarajatlar toʻlanadi hamda oʻqish joyigacha yoʻlkira beriladi.
V. Markazning professor-oʻqituvchilar tarkibi
14. Markazda oʻquv jarayoni yuqori malakali professorlar va oʻqituvchilar, amaliyotchi mutaxassislar, shu jumladan yetakchi xorijiy ilmiy va oʻquv yurtlari, xalqaro tashkilotlarning professorlari tomonidan taʼminlanadi.
15. Markazning doimiy ishlovchi professor-oʻqituvchilar tarkibi va xodimlari moddiy-maishiy sharoitlar va mehnatga haq toʻlash boʻyicha tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy biznes maktabi professor-oʻqituvchilar tarkibi va xodimlariga tenglashtiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 375-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 7-modda)
VI. Markazni moliyalashtirish va oʻqish uchun toʻlov shakli
16. Markazni moliyalashtirish:
belgilangan vazifalarga va Markaz faoliyati yoʻnalishlariga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tashkilotlarga koʻrsatiladigan oʻqitish, maslahat xizmatlari va boshqa xizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining Xususiylashtirish, bozor tuzilmalarini tashkil etish va rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlari;
respublika va xalqaro tashkilotlarining grantlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
17. Markazda tinglovchilarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Tinglovchilar belgilangan tartib buzilganligi yoki oʻzlashtirmaganligi uchun tinglovchilar safidan chiqarilganda oʻqish uchun toʻlangan pul qaytarilmaydi.
18. Markaz Oliy biznes maktabi bilan kelishgan holda:
Markaz tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga tariflar, narxlarni belgilaydi;
ishlab topilgan hamda boshqa shaxslar va tashkilotlardan olingan mablagʻlardan oʻquv va moddiy-texnika bazani rivojlantirish, mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va mazkur Nizomda nazarda tutilgan boshqa vazifalar uchun foydalanadi.
VII. Markazning tashkiliy tuzilmasi
19. Markaz faoliyatiga joriy rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishgan holda Oliy biznes maktabi direktori tomonidan tayinlanadigan rahbar amalga oshiradi, u ayni vaqtda Oliy biznes maktabi direktorining oʻrinbosari hisoblanadi.
20. Markaz rahbari:
asosiy maqsadlar va yuklangan vazifalarga binoan Markaz siyosatini shakllantirish;
Markaz xodimlari ishini tashkil etish va rahbarlik qilish, oʻz vakolatlari doirasida Markaz xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan farmoyishlar chiqarish;
oʻquv rejalari va dasturlarini, Markazning daromadlari va xarajatlari smetalari boʻyicha takliflarni tasdiqlash uchun Oliy biznes maktabi direktoriga kiritish;
xoʻjalik faoliyatidan olingan mablagʻlar doirasida mehnatga haq toʻlash va professor-oʻqituvchilar tarkibini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha Oliy biznes maktabi direktoriga takliflar kiritish huquqiga ega.
21. Markaz rahbari:
tinglovchilarni oʻqitish sifati taʼminlanishi;
Markazga yuklangan shartnoma majburiyatlari bajarilishi;
foydalanish uchun berilgan mol-mulkdan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishi uchun javob beradi.
VIII. Markazni qayta tashkil etish va tugatish
22. Markazni qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 13-son, 106-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda; 2009-y., 6-son, 52-modda, 52-son, 568-modda; 2015-y., 1-son, 7-modda)