Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 26.06.2014 yildagi PQ-2193-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014/2015 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlimning ikki boʻgʻinli tizimini yanada takomillashtirish asosida respublika iqtisodiyoti sohalari va tarmoqlarida talab etiladigan ixtisosliklar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni sifatli tayyorlashni taʼminlash, kirish test sinovlari mexanizmini tubdan yaxshilash hisobiga tanlangan ixtisosliklar boʻyicha bakalavriatga kirayotgan abituriyentlarning bilim darajasini baholash sifati va xolisligini oshirish, oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashning boshlangʻich davri sifatida magistratura rolini kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushma va kompaniyalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va tarkibiy oʻzgartirish istiqbollarini hisobga olgan holda, taʼlim yoʻnalishlari va aniq mutaxassisliklar boʻyicha real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining amalda oliy maʼlumotli mutaxassislar bilan taʼminlanganligi tanqidiy oʻrganib chiqildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2011 — 2016-yillarda oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash Dasturi amalga oshirilishini hisobga olgan holda, tarmoqlar va mintaqalar doirasida bakalavriat yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarini tayyorlash boʻyicha respublikaning oliy taʼlim muassasalariga iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab etilayotgan yoʻnalishlar boʻyicha 2014/2015 oʻquv yilida qabul kvotalariga oid takliflar ishlab chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2014/2015 oʻquv yili uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bakalavrlarni 57 907 nafar, shu jumladan davlat grantlari boʻyicha — 19 120 va toʻlov-kontrakt asosida — 38 787 nafar miqdorida, 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistrlarni 5 000 nafar, shu jumladan davlat grantlari boʻyicha — 1 548 va toʻlov-kontrakt asosida — 3 452 nafar miqdorida, 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent kimyo-texnologiya instituti (Qoʻngʻirot boʻlimi)ning maxsus sirtqi boʻlimida bakalavrlarni tayyorlash davlat grantlari boʻyicha 65 nafar va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi boʻlimida — 50 nafar, shu jumladan davlat grantlari boʻyicha — 15 nafar va toʻlov-kontrakt asosida — 35 nafar qabul qilish umumiy kvotalari 3-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 30-apreldagi PP-2170-sonli qarori bilan tashkil etilgan 2014/2015 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga oliy taʼlim muassasalariga kirish chogʻida bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha abituriyentlar toʻplagan ballarning reyting baholanishini hisobga olgan holda bakalavriat va magistraturaga belgilangan umumiy qabul kvotalari doirasida oliy taʼlim muassasalarining qabul parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda bir hafta muddatda oʻzlariga qarashli oliy taʼlim muassasalari doirasida bakalavriat va magistratura boʻyicha davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida oʻrinlar kvotasini taʼlim tillariga qarab taqsimlashga oid takliflarni Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar klassifikatoriga yangi kiritilayotgan bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda yangi kiritilayotgan bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha dasturlar va oʻquv rejalarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014/2015 oʻquv yilida davlat grantlari asosida bakalavriat va magistraturaga qabul qilish boʻyicha belgilangan kvotalarni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻz tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ish beruvchilar bilan birgalikda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining oʻzlari olgan bilim yoʻnalishiga muvofiq ishga joylashganliklari ustidan tizimli monitoring oʻtkazib tursin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻz tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar bersin, shuningdek idoraviy meʼyoriy hujjatlarga tegishli oʻzgartishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 26-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2193-son