1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun dizel yoqilgʻisi sotib olishda narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda ularning benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun dizel yoqilgʻisi sotib olishda narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda ularning benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashini bekor qilish hisobiga hosil boʻladigan ularning oʻz manbalarini hisobga olgan holda davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun sotib olingan bir tonna dizel yoqilgʻisiga 200,0 ming soʻm miqdorida kompensatsiya summasi normativi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda tasdiqlangan Nizomni amalga oshirish yuzasidan fermer xoʻjaliklari oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish va olib borish chora-tadbirlari kompleksini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 9-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
221-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-avgustdagi 221-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun dizel yoqilgʻisi sotib olishda narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda ularning benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga muvofiq qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun dizel yoqilgʻisi sotib olishda narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda ularning benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomga muvofiq kompensatsiya summasini aniqlash, ajratish va ulardan foydalanish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjaliklar — 2014-yil hosili uchun “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining korxonalari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiya summasi — benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliqni hisobga olgan holda chakana narxlar boʻyicha dizel yoqilgʻisi sotib olinganligi munosabati bilan xoʻjaliklarning qoʻshimcha xarajatlari summasi bilan xoʻjaliklar davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinishi natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlar oʻrtasidagi qoplanishi kerak boʻlgan farq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Kompensatsiya summasini aniqlash va ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kompensatsiya summasi isteʼmol qilinadigan dizel yoqilgʻisining va 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun belgilangan tartibda xoʻjaliklarga ajratilgan dizel yoqilgʻisi limitining bir tonnasiga kompensatsiyaning belgilangan normatividan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xoʻjaliklarga toʻlanishi kerak boʻlgan kompensatsiya summasi tuman (shahar) hokimi (komissiya raisi) va tuman (shahar) qishloq va suv xoʻjaligi, statistika, yer resurslari va davlat kadastri, moliya boʻlimi, davlat soliq xizmatining tegishli organi, Fermerlar kengashi, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqaviy neft bazalari (keyingi oʻrinlarda neft bazalari deb ataladi) rahbarlaridan iborat tarkibda tuziladigan komissiyaning qarori bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xoʻjaliklar kompensatsiya summasini olish uchun 2014-yil 15-avgustgacha komissiyaga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha kompensatsiya summasini toʻlash toʻgʻrisidagi arizani hamda dizel yoqilgʻisi sotib olishga tuzilgan shartnomalar va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi korxonalari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari nusxalarini taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiya xoʻjaliklarning arizalariga muvofiq 2014-yil 20-avgustgacha kompensatsiya summasini aniqlaydi va ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha toʻrt nusxada kompensatsiya summasini oluvchilar reyestrini (keyingi oʻrinlarda reyestr deb ataladi) tasdiqlaydi. Reyestrning bir nusxasi komissiyada qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya tomonidan tasdiqlangan reyestr ikki kun muddatda bir nusxadan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalikning asosiy hisob raqami ochilgan tijorat bankining filialiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) moliya boʻlimiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga va viloyatlar moliya boshqarmalariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tijorat banki filiali reyestr olingan paytdan boshlab ikki bank ish kuni mobaynida xoʻjaliklarga 23410 maxsus hisob raqamini (keyingi oʻrinlarda maxsus hisob raqami deb ataladi) ochadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyatlar moliya boshqarmalari reyestr olingan paytdan boshlab ikki ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha viloyat boʻyicha yigʻma reyestrni shakllantiradi va uni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi besh ish kuni mobaynida viloyat boʻyicha yigʻma reyestrni koʻrib chiqadi hamda budjetlararo oʻzaro hisob-kitoblar yoʻli bilan kompensatsiya summasini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetiga va viloyatlarning viloyat budjetlariga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kompensatsiya summasi ikki bank ish kuni mobaynida budjetlararo oʻzaro hisob-kitoblar yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlarning viloyat budjetlaridan tumanlar (shaharlar) budjetlariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tuman (shahar) moliya boʻlimi kompensatsiya summasi tumanlar (shaharlar) budjetlariga oʻtkazilgan paytdan boshlab uch bank ish kuni mobaynida Gʻaznachilikning tuman (shahar) boʻyicha boʻlinmasiga mablagʻlarni xoʻjaliklarning maxsus hisob raqamiga oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqlarini va reyestrning nusxasini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kompensatsiya summalarini xoʻjaliklarning maxsus hisob raqamlariga oʻtkazishda shartnomalar yoki xarajatlar smetasi taqdim etilishi talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Kompensatsiya summalaridan foydalanish va ularning toʻlanishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Maxsus hisob raqamiga tushgan kompensatsiya summasi xoʻjaliklar tomonidan olinadigan dizel yoqilgʻisiga oldindan haq toʻlash hisobiga qarzdorlik mavjud emasligi sharti bilan dizel yoqilgʻisi uchun qarzdorlikni qaytarish uchun neft bazasi tomonidan ochiladigan 23410 maxsus hisob raqamiga (keyingi oʻrinlarda neft bazasining maxsus hisob raqami deb ataladi) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Neft bazasining maxsus hisob raqamiga tushgan mablagʻlar neft bazasining benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq va qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha qarzdorligini toʻlashga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft bazasining benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq va qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlmagan taqdirda mablagʻlar neftni qayta ishlash zavodlari oldidagi kreditorlik qarzlarni toʻlash hisobiga neftni qayta ishlash zavodiga, zavod tomonidan ochiladigan 23410 maxsus hisob raqamiga (keyingi oʻrinlarda neftni qayta ishlash zavodining maxsus hisob raqami deb ataladi) oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Neftni qayta ishlash zavodining maxsus hisob raqamiga tushgan mablagʻlar korxonaning soliq toʻlovlarini amalga oshirish uchun budjetga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kompensatsiya summasi belgilanishining toʻgʻriligi uchun javobgarlik komissiyaga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kompensatsiya summalarini belgilashning toʻgʻriligini va ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilganligini tekshirish yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun dizel yoqilgʻisi sotib olishda narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda ularning benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun dizel yoqilgʻisi sotib olishda narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda ularning benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun dizel yoqilgʻisi sotib olishda narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda ularning benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_____________________ viloyati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) _________________ tumani (shahri) hokimligi komissiyasiga
A R I Z A
______________________________________________________ tomonidan (xoʻjalikning nomi)
“_____________________” AJning paxta tozalash zavodi bilan tuzilgan kontraktatsiya
(nomi)
shartnomasiga (nusxasi ilova qilinadi) muvofiq 2014-yil hosili uchun umumiy maydoni __________ gektar erga chigit ekilgan.
2014-yilda ______ gektarda paxta hosili yetishtirish uchun________ tonna dizel yoqilgʻisi ajratilgan (_____________________ bilan tuzilgan shartnoma nusxasi ilova
(neft bazasining nomi)
qilinmoqda).
Shu munosabat bilan _____________________________ ni kompensatsiya summasini
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun dizel yoqilgʻisi sotib olishda narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda ularning benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TASDIQLAYMAN” _____________ tuman (shahar) hokimi
(F.I.O.)
MOʻ
_______________ tumanining (shahrining) 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchi kompensatsiya summalari oluvchilari REESTRI
T/r
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisining nomi
Xizmat koʻrsatuvchi bankning MFOsi
Maxsus hisob raqamining tartib raqami
Xoʻjalikning STIRi
Paxta ekin maydoni (ga)
Neft bazasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq foydalaniladigan yoqilgʻi-moylash materiallari hajmi (tonna)
Bir tonnasiga 200,0 ming soʻm hisobidan kompensatsiya summasi ming soʻmda (gr. 7 * 200,0 ming soʻm/tn)
1
2
3
4
5
6
7
8
1.
2.
...
Tuman (shahar) qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
(imzo)
F.I.O.
Tuman (shahar) statistika boʻlimi boshligʻi
(imzo)
F.I.O.
Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi
(imzo)
F.I.O.
Tuman (shahar) moliya boʻlimi mudiri
(imzo)
F.I.O.
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi
(imzo)
F.I.O.
Fermerlar kengashining tuman (shahar) boʻlimi rahbari
(imzo)
F.I.O.
Neft bazasi rahbari
(imzo)
F.I.O.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Mintaqaviy neft bazasi fermer xoʻjaliklari joylashgan joydan qatʼi nazar, reyestrni tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun dizel yoqilgʻisi sotib olishda narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda ularning benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
____________ viloyati boʻyicha 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta yetishtiruvchi kompensatsiya summalari oluvchilarning YIGʻMA REESTRI
T/r
Tumanlar (shaharlar)ning nomi
Paxta ekin maydoni (ga)
Neft bazasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq foydalaniladigan yoqilgʻi-moylash materiallari hajmi (tonna)
Bir tonnasiga 200,0 ming soʻm hisobidan kompensatsiya summasi ming soʻmda (gr. 7 * 200,0 ming soʻm/tn)
1
2
3
4
5
__________ viloyati moliya boshqarmasi boshligʻi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri )
_______
____________
MOʻ
(imzo)
(F.I.O)
_______________ viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri)
_______
____________
(imzo)
(F.I.O)
M.Oʻ.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namuna
“TASDIQLAYMAN” Quva tumani hokimi
______________
___________
(F.I.O.)
MOʻ
Quva tumanining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchi kompensatsiya summalari oluvchilari REESTRI
T/r
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisining nomi
Xizmat koʻrsatuvchi bankning MFOsi
Maxsus hisob raqamining tartib raqami
Xoʻjalikning STIRi
Paxta ekin maydoni (ga)
Neft bazasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq foydalani-ladigan yoqilgʻi-moylash materiallari hajmi (tonna)
Bir tonnasiga 200,0 ming soʻm hisobidan kompensatsiya summasi ming soʻmda (gr. 7 * 200,0 ming soʻm/tn)
1
2
3
4
5
6
7
8
1.
“Ahmad” fermer xoʻjaligi
41560
23234100055022500000
300252145
100
18,7
3740
Tuman (shahar) qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
F.I.O.
Tuman (shahar) statistika boʻlimi boshligʻi
F.I.O.
Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi
F.I.O.
Tuman (shahar) moliya boʻlimi mudiri
F.I.O.
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi
F.I.O.
Fermerlar kengashining tuman (shahar) boʻlimi rahbari
F.I.O.
Neft bazasi rahbari
F.I.O.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: aniq tuproq sharoitlariga, shuningdek paxta yetishtirish sxemasi va usullariga qarab dizel yoqilgʻisi sarfining tavsiya qilingan agrotexnika normasi 100 gektar paxta maydoniga 17 tonnadan 21 tonnagachani tashkil etadi. Shunga koʻra ushbu hisob-kitobda paxta yetishtirishning ikkinchi zonasi uchun 18,7 tonna qabul qilingan (oʻrtacha koʻrsatkich).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 33-son, 415-modda)